Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Shartnomalar bo‘yicha mulk huquqining



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

8-§. Shartnomalar bo‘yicha mulk huquqining
vujudga kelishi
Qadimgi rim huquqida rimliklar mulk huquqining vujudga
kelishini tarixiy belgilarga asoslanib, sivil huquqlari va xalqlar
huquqlariga taalluqliligi jihatdan yondoshganlar. Bunga asosiy dalil


111
sifatida bir shaxsdan ikkinchi shaxsga mulkning hosila jihatdan
o‘tishi (ko‘pchilik holatlarda shartnomalar orqali) hamda dastlabki,
ya’ni egasi bo‘lmagan, biror-bir shaxs tomonidan egallanmagan,
ashyoga nisbatan birinchi marta huquqning yoki egalikning vujudga
kelishi ko‘rsatilgan.
Rim huquqida ashyoga, mol-mulkka ega bo‘lish deganda,
dastlabki va hosila asosda vujudga keladigan usullar tushunilgan.
Rim imperatorlarining qonunlariga, farmoyishlariga va pretorlar
qarorlariga va boshqa huquqiy hujjatlarga rioya qilingan holda,
shaxslar tomonidan o‘zi uchun yaratilgan, o‘z mehnati asosida
ishlangan obyektga, ashyoga, mahsulotga nisbatan egalik huquqi
birinchi marotaba paydo bo‘lgan. Rim fuqarolari o‘z mulkiga
nisbatan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda, egalik huquqini yo‘qotgan
bo‘lsa yoki o‘z ashyolarini, mulkini tashlab yuborgan bo‘lsa va o‘z
ixtiyoridan chiqib ketgan bo‘lsa, qonuniy asosda egallash natijasida
mulk huquqi vujudga keladi. Bu vujudga kelgan egalik huquqi boshqa
shaxslarning egalik huquqi bilan butunlay bog‘liq emas. Ana
shunday ashyoga, obyektlarga, mulkka bo‘lgan egalik huquqining
vujudga kelishi dastlabki usul asosida mol-mulkka egalik huquqining
vujudga kelishi deb tushuniladi.
Dastlabki usuldan tashqari mulkka bo‘lgan egalik huquqining
vujudga kelishi hosila usulida ham amalga oshirilgan. Mulkka egalik
qilish huquqining hosila usuli deganda—mol-mulk, ashyo yoki
biror obyekt shaxslardan-shaxslarga kelishuv, shartnomalar asosida
qonun-qoidalarga rioya qilingan holda egalik huquqi birinchi
sotuvchidan-oluvchiga ixtiyoriy asosda, belgilangan narxni to‘lash
asosida o‘tkaziladi. Bunday hollarda mol-mulk o‘zining dastlabki
sifatini yo‘qotmaydi, faqat subyektlar o‘zgaradi, xolos ya’ni,
sotuvchi ushbu ashyoga, mol-mulkka nisbatan mulk huquqi
egaligini yo‘qotadi, sotib oluvchi esa yangi mulk huquqining
subyekti bo‘lib hisoblanadi.
Huquq va burchlarning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishiga
huquq vorisligi deyiladi. Mulk huquqining vorislik bo‘yicha bir
shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi hosila usuli deyiladi
1
.
1
Ðàìîí³óëîâ ¥. ¤çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Ôó³àðîëèê êîäåêñèíèíã áèðèí-
÷è ³èñìèãà óìóìèé òàâñèô âà øàðëàð. 1-æèëä. — Ò., 1997. — 337—338- áåòëàð.


112
Rim huquqi mulk huquqining vujudga kelishini doimo yangi
narsalarni yaratish, o‘zlashtirilmagan tabiat boyliklariga ega bo‘lish
kabi munosabatlarni ko‘proq e’tiborga olgan. Ayniqsa, mulk
huquqiga ega bo‘lishning eng asosiy, ko‘p qo‘llaniladigan va oddiy
usulda amalga oshiriladigan turini, ya’ni shartnomalarni tuzish
asosida mulk huquqining vujudga kelishiga katta e’tibor qaratgan.
Mulk huquqini shartnomalar asosida o‘tkazish deb, rimliklar
«shaxslar o‘rtasida biror-bir ashyoni, mulkni bir-biriga shartno-
malar, bitimlar asosida, meros tariqasida, vasiyatnomalar va
qonunga binoan merosxo‘rlik munosabatlarini qo‘llagan holda tirik
shaxslar bilan birgalikda qilingan harakatlar, ya’ni o‘tkazish,
berish, ashyoni topshirish yoki ega bo‘lish layoqatlariga aytilgan.
Bundan tashqari, mulk huquqiga ega bo‘lishning qonunlar
bilan nazarda tutilgan yuridik faktlarning vujudga kelishi, mulkka
egalik qilish uchun asos, mulk huquqini vujudga keltiruvchi
muddatning o‘tib ketganligi va boshqa huquqiy munosabatlarni
vujudga keltiruvchi harakatlar ham asos bo‘lgan.
Rim sinfiy davrida shartnomalar asosida mulkka egalik qilish
huquqining vujudga kelishi uchta usul asosida amalga oshirilgan.
Bu usullar mansiðatsio, in jure chessio va traditsiolarga bo‘linib,
har biri o‘zining mazmuniga, mulkni o‘tkazish usuliga ega bo‘lgan.
Imperator Yustinian davriga kelib, mulkka egalik qilish
huquqining vujudga kelish usullaridan traditio (an’anaviy) usuli
keng tarqalgan. Bu usulning o‘ziga xos xususiyati, mulkni
o‘tkazuvchi shaxs yoki sotuvchi bo‘lsa, o‘tkazuvchi yoki sotuv-
chining o‘zlariga o‘tkazilayotgan, yoki sotiladigan mulk huquqiga
tegishli bo‘lib, ular uning subyektlari bo‘lishlari shart bo‘lgan.
Agar ular mulk huquqining egasi hisoblanmasa, bunday harakat
mulk huquqining yangi egaligini, subyektini keltirib chiqarmagan.
Shartnomalar asosida mulk huquqining vujudga kelishi uchun
tomonlarning o‘zaro erklarining bayon qilinishi, ya’ni roziligi
bo‘lishi, hamda mulkning mavjud bo‘lishi unga nisbatan mulk
huquqining vujudga kelishini amalga oshiradigan munosabatlarning
yuzaga kelishi shart bo‘lgan.
Rim huquqida sinfiy davr mobaynida mulk huquqiga ega bo‘lish
usullaridan biri «an’ana» (traditio) hisoblanib, bu usul eng qulay,


113
oddiy va norasmiy xarakterga ega bo‘lganligi uchun boshqa usullardan
farq qilib, eng asosiy usul bo‘lib qolgan. An’ana usulida mulk huquqi
ashyoning faqat «adolatli», ya’ni qonuniy asoslar jista causa ning
mavjudligi sharoitida amalga oshirilgan.
Mansiðatsio (manciðatio) usuli kviritlar huquqiga taalluqli
bo‘lib, u mulk va ashyoni beshta guvoh oldida, kelishilgan narx
asosida, tarozibon ishtirokida amalga oshirilib, xuddi oldi-sotdi
shartnomasiga o‘xshash qoidalar asosida vujudga kelgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish