6-§. Xususiy mulk huquqi tushunchasi va mazmuni
Mulk huquqi tushunchasi bu—ashyoga bo‘lgan keng ma’no-
dagi huquqiy vakolatlarga ega bo‘lish demakdir. Rim huquqshunos-
lari xususiy mulkni «muqaddas mulk» deb tan olgan bo‘lsalar
ham, lekin mulk huquqining tushunchasini to‘liq yoritib bera
olmaganlar. Ayniqsa, xususiy mulkning daxlsizligini hamda uni
ta’minlash va kafolatlash huquqlariga qadimgi Rim davlatida
nihoyatda katta e’tibor berilgan. Bu qoidalar barcha kapitalistik
tuzumni amalga oshiruvchi davlatlar, hatto MDH davlatlari,
xususan O‘zbekiston davlati ham o‘zining asosiy qonunida, ya’ni
Konstitutsiyasining 36, 53-moddalarida ham o‘z aksini topganligini
e’tirof etib va yuqori maqomli qoida darajasida mustahkam tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 53-moddasining
ikkinchi qismiga muvofiq «xususiy mulk boshqa mulk shakllari
kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda
107
tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi
mumkin»
1
.
Rim huquqshunoslarining mulk haqidagi fikr va mulohazalari,
ayniqsa mulkni «muqaddas» deb atagan tamoyillari barcha burjua
davlatlarida, hatto ijtimoiy kuchli siyosatni olib borayotgan davlat-
larda, xususan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
164-moddasida ham «Mulk huquqi muqaddasdir» degan huquqiy
norma o‘z ifodasini topdi. Mulkka nisbatan musulmon huquqida
ham shunday qoida nazarda tutilgan. Unda mulk muqaddas deb
e’lon qilinib, uni birovlarning g‘ayriqonuniy egallab turishidan
talab qilib olish uchun da’vo muddati nazarda tutilgan
2
.
Rim huquqshunoslari fikricha, mulk huquqining mazmunini
tashkil etadigan elementlar (vakolatlar) quyidagilardan iborat:
— jus utendi (ashyodan foydalanish huquqi);
— jus fruendi (ashyoning foydali xususiyatlarini, hosil va
daromadlarini olish);
— jus abutendi (ashyoni tasarruf qilish huquqi);
— jus possidendi (ashyoni egallash huquqi);
— jus vindicandi (ashyoni qonunsiz egallab turgan shaxsdan
mulkni qaytarib olish huquqi).
Shuningdek, Rim huquqshunoslari bu beshta element to‘liq
asosda mulk huquqining mazmunini ochib bermasligini va mulk
huquqining egasi o‘z mulkidan qonunlarga zid bo‘lmagan hollarda
foydalanish huquqiga ega, deb e’tirof etganlar. Ammo xususiy
mulk subyekti qancha vakolatlarga ega bo‘lmasin baribir bu
huquqning chegarasi bo‘lgan.
Xususiy mulk huquqiga ega bo‘lish deganda, huquqning
vujudga kelishiga sabab bo‘lgan faktik holatlarga hamda ularni mulk
huquqining vujudga kelishini bildiradigan usullar tushunilgan. Ular
quyidagilardan iborat bo‘lgan:
1) dastlabki usul asosida, ya’ni mulkka nisbatan egalik huquqi
hech kimga qarashli, tegishli bo‘lmagan asosda birinchi marta
vujudga kelishi;
1
¤çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñèíèíã Êîíñòèòóöèÿñè.— Ò., 2008.— 53-ì. 2-³.
2
Ðàìîí³óëîâ ¥. ¤çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Ôó³àðîëèê êîäåêñèíèíã
áèðèí÷è ³èñìèãà óìóìèé òàâñèô âà øàðëàð. 1-æèëä. — Ò., 1997. — 75-áåò.
108
2) hosila usuli — konkret (aniq bo‘lgan) shaxs tomonidan
mulk huquqini boshqa mulk egasiga o‘tkazish yoki huquqni qabul
qilib olish huquqi asosida vujudga keladi. Bu usulda ashyo dastlabki
egasidan rozilik asosida ikkinchi subyektga ya’ni, mulk huquqining
yangi subyektiga o‘tish jarayonidan iborat bo‘lgan.
Ayniqsa, rim huquqida dastlabki usul asosida mulkka egalik
qilish maxsus xarakterga ega bo‘lgan. Egasiz mulkni egallash,
mulkning qo‘shilishi yoki aralashib ketishi natijasida, mulkka
qaytadan ishlov berish asosida, hamda foyda va hosillarni yig‘ish
asosida, mulkka egalik qilish muddatining o‘tib ketganligi natijasida,
mulk huquqi kelib chiqsa, dastlabki usul asosida mulkka egalik
qilish, deb e’tirof etilgan. Bu usulda huquqni beruvchi noaniq,
hatto yo‘q bo‘lishi ham mumkin degan xulosaga ham borilgan.
Hosila usulida ashyo traditio (an’anaviy) asosida, ya’ni ashyoni
qo‘ldan - qo‘lga o‘tkazish yoki ashyoni berishga, boshqa shaxsga
o‘tkazilishiga katta e’tibor qaratilib, ashyoning sotib oluvchiga
o‘tkazilishi mulk huquqini keltirib chiqargan. Lekin ashyolarni,
berish yoki o‘tkazish hamma vaqt ham mulk huquqining egaligini
keltirib chiqarmagan, ba’zi holatlarda esa egallab turish yoki ushlab
turish munosabatlaridan iborat bo‘lgan.
Mulk huquqining vujudga kelishi uchun albatta ashyoni mulk
huquqining egasi bo‘lasan, degan xohish, istak bilan berish lozim
bo‘lgan. Rim huquqshunoslari «an’anani», ya’ni mulkka ega bo‘lish
usuli sifatida juda ko‘p qo‘llab uni quyidagicha ta’riflaganlar: ya’ni,
mulk egasidan (mulkdordan), ikkinchi shaxsga shartnomalar
asosida, haq evaziga (ba’zan haqsiz) mulk huquqi egaligini o‘zidan
boshqa shaxsga o‘tkazilishiga tushuniladi. Albatta, bu munosabatda
ashyoga bo‘lgan mulk huquqini ikkinchi shaxsga o‘z xohish, istagi
bilan o‘tkazishga tushunilgan va unda xohish, istak mulkni o‘tkazish
uchun asos bo‘lib hisoblangan.
Dastlabki usulda ashyoni, mulkni, yerni, tabiat boyliklarini
egallab olish yoki egasiz mulkni birinchi bo‘lib, o‘ziga o‘tkazib
olishga katta e’tibor qaratilgan. Masalan, yovvoyi hayvonlarni,
baliqlarni yoki mulk egasining o‘z roziligi bilan unga keraksiz
ashyolarni egallash kabi munosabatlar. Xususiy mulk huquqi
obyektlarini egallash chegaralanmagan.
109
Do'stlaringiz bilan baham: |