Ibn sino ta`limotida sog’likni saqlash tadbirlari


Yilning turli fasllaridagi tadbirlar quyidagilar



Download 32,75 Kb.
bet9/11
Sana03.01.2022
Hajmi32,75 Kb.
#316683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-maruzaaa

Yilning turli fasllaridagi tadbirlar quyidagilar:

1.Erta bahorda (qon olish, surgi qilish)

2.Yozda ( ovqatlar, ichimliklar, badantarbiya ozaytiriladi.)

3.Kuzda (badanni qurituvchi narsalardan saqlanish kerak)

4.Qishda (to charchaguncha mehnat qilish kerak, ovqatni qorin to`yguncha iste`mol qilish kerak)

Havoni sog’lomlashtirish tadbiri- havoni buzuqligi ko`pincha yerdan bo`ladi. Bu vaqtda kursilar ustida o`tirish, juda baland va shamol esib turadigan yerlarda istiqomat qilish kerak. (qadim zamonda yashagan odamlar katta-katta baland uylar qurishgan, yashaydigan uyning tagiga tosh terganlar). Buzilgan havoni tozalash uchun, uylar shamollatilgan, isiriq tutatiladi, ra`no gul, atirgul, har xil gullar o`stirilgan, uy peshtog’ida quritilgan ra`nogul osib qo`yilgan.

Uyqu va uyg’oqlik haqida.



Uyqu va uyg’oqlikda quyidagilarga rioya qilish kerak:

1.Uyqudan avval, ovqat hazm bo`lgandan keyin hammomga tushib, boshdan issiq suvni quyish yaxshi foyda qiladi.

2.Och qorin bilan uxlash yomon va gavda quvvati susayadi deb hisoblangan.

3.Kunduzgi uyqu ham yomondir, u tanada xiltlarni qo`zg’atib, xastaliklarni avj olishi uchun sharoit yaratadi, kishini lanj qiladi, ishtahani pasaytiradi.

4.Uyqudagi holatlarning eng yaxshisi o`ng tomonga qarab, keyin esa chap tomonga aylanib yotishdir.

Ovqat oshqozonda yaxshi hazm bo`lmaganda qorinni bosib yotish ham hazmga yaxshi yordam beradi. Uyqusi kelmaydigan kishiga sutcho`p iste`mol qilish yaxshi tadbirdir. Uyqudan avval yeyilgan ovqat hazm bo`lgandan keyin hammomga tushib, issiq suvga cho`milish tadbiri uxlash uchun eng yaxshi yordamchidir.To`q qorinda yoki ovqat qorinning yuqori qismidan tushishidan ilgari uxlash ham yomondir.

Chunki bu holatda chuqur uyqu bo`lmaydi, balki inson uyqusida bezovta bo`ladi.

Kunduzgi uyqu ham yomondir; u rutubatlardan bo`ladigan kasalliklarni va nazla kasalliklarini vujudga keltiradi, odam rangini o`zgartiradi, taloq xastaliklarini paydo qiladi, asablarni bo`shashtiradi, kishini lanj qiladi, ishtahani pasaytiradi, shish va turli xil isitmalar paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Uyqudagi holatlardan eng yaxshisi o`ng tomonga yotish, keyin esa chap tomonga aylanib yotishdir. Qorinni bosib yotish hazmga yaxshi yordam beradi. Chunki bunday yotish tug’ma issiqlikni to`plab organizmni kuchaytiradi. Chalqancha yotish uxlashning yomon shakli bo`lib, sakta, falaj va bosinqirash kabi yomon kasalliklarga sabab bo`ladi.

Suv va ichimliklar tadbiri haqida

Mo`tadil mizojli odamlarga eng yoqadigan suv sovuqligi o`rtacha yoki tashqaridan muz bilan sovutilgan suvdir, lekin muz solib suv ichish yaxshi emas. Chunki suvda erigan muz asablarga, nafas a`zolariga va umuman ichki a`zolarga zarar qiladi. Ichiga muz solib sovutilgan suv qoni juda ko`p bo`lgan bemorlarga tavsiya etilgan, boshqa kishilarga tavsiya etilmagan. Bunday suv darhol zarar qilmasa ham, vaqt o`tishi bilan va yosh ulg’ayishi bilan zarar qiladi. Nahorda badantarbiyadan keyin suv ichish, hammomga tushgandan keyin, ayniqsa och qorinda suv ichish, shuningdek, kechasi mast kishilarda paydo bo`ladigan yolg’ondakam tashnalikda, hamda tabiat ovqatning hazmi bilan ovora bo`lib turgan vaqtda suv ichish zararlidir. Juda sovuq bo`lgan suvni ichish eng yomondir. Agar uni ichmaslikni iloji bo`lmasa, yetarli darajadagi ovqatdan keyin ichish kerak. Iliq suv ko`ngilni aynitadi. Undan ko`ra issiqroq suvni ko`p ichish, me`dani sust qiladi. Agar goh - gohida suv ichilsa, u me`dani yuvadi va ichni yumshatadi. Sharob safrosi ko`paygan kishilarga safrolarini siydik orqali chiqarish bilan, ho`lligi ko`paygan kishilarga ho`lliklarini yetiltirish bilan foyda qiladi. Sharobning xushbo’yligi, tiniqligi va mazasi qancha yaxshi bo`lsa, o`sha eng muvofiqidir. Sharob ovqatni gavdaning hamma qismiga yaxshi o`tkazuvchidir. Sharob balg’amni kesadi va eritadi, siydik va boshqa vosita bilan safroni chiqaradi, qora o`tni so`rilishini qiyinlashtiradi, uni osonlik bilan gavdadan chiqaradi, uning zararli ta`sirini qaytaradi. Badanni ortiqcha qizdirishdan saqlab, undagi barcha qotgan narsalarni eritadi.

Badantarbiyadan keyin keladigan charchash haqida

Dastavval Ibn Sino charchashning turlarini 3 ga bo`lib, keyinchalik ularga to`rtinchisini ham kiritgan. Charchash paydo bo`lishining sababi 2 tadir. Charchashning 3 turi: yarali charchash, qotib charchash va shishli charchash. Qo`shimcha to`rtinchi tur rangpar, qurib va ozib charchash deb ataladi. Yarali charchash shuki, unda terining yuzida yoki tagida yaraga tegishli va qadalish vaqtidagi kabi bir narsa seziladi. Buning eng kuchlisi eng chuqur joyda bo`lganidir. Shu turi ushlab ko`rganda seziladi, goho kishi uni harakat vaqtida sezadi; u kishi gavdasida tikan qadalish kabi bir holatni sezadi. Shu xil charchashga uchragan kishilar hech bir harakatni, hatto kerishishni ham yoqtirmaydilar va kuchsizgina kerishadilar. Bu xil charchash qattiq bo`lsa, kishining etlari uvishadi, agar oshib ketsa, unga qaltiratuvchi isitma tegib, isitmalaydi.

Bu xil charchashning sababi-suyuq o`tkir chiqindilarning ko`pligi yoki harakatning qattiqligidan go`sht va yog’ning erishidir. Umuman buning sababi yomon xiltlar bo`lib, tomirlarga tarqalishi bilan qonni parchalaydi. Bu uning zararidir. Yomon xiltlar teri atrofiga tarqalsa, aziyat yetkazadi, xolos. Zararning eng ozi yarali charchashni keltirishidir, agar yomon xiltlar bir oz tarqalsa, et uvishishni, ko`p tarqalsa-qaltiratuvchi isitmani paydo qiladi. Ba`zi vaqt o`tkir xiltlar tarqalib, tomirlarda yetilgan balg’am qoladi. Ba`zan xom balg’am ham go`shtda qoladi. Qotib charchash shuki, unga charchagan kishi go’yo gavdasini bosilgan va majaqlangan singari his qilib, gavdasiga issiqlik va taranglik sezadi. U kishi harakat qilishni, xatto kerishishni ham istamaydi, ayniqsa, agar charchash biror mehnat sababli bo`lsa, harakatni sira yoqtirmaydi. Bu turli charchash mushakda qamalib qolgan chiqindilardan vujudga keladi; lekin u chiqindilarning moddasi yaxshi bo`lib, ularda kuydirib achitish bo`lmaydi. Ba`zan, bu xil charchash boddan paydo bo`ladi, bu ikki turning paydo bo`lishi yengil va og’ir holatga ajratiladi. Bu xil charchash ko`p vaqt raso bo`lmagan uyqudan keyin ham paydo bo`ladi. Charchash ko`p uyqudan keyin paydo bo`lgani ham uchun bu tur charchash yomondir. Eng yomoni esa mushak bo`laklarini turganicha qotirib tarang qilib qo`yuvchi charchashdir. Shishli charchashga kelsak, bunda gavda odatdagidan qiziganroq bo`lib, hajmi, rangi o`zgaradi va harakatni yoqtirmaydi, shishganga o`xshab turadi. Bu bilan ham taranglik seziladi.


Download 32,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish