Qorin va ichak burab og’rishi. Ba`zi vaqtda bolada qorin va ichak sohasi burab og’riq paydo bo`ladi va bola ko`p yig’laydi, shunday vaqtda uning qorniga issiq mato, og’ziga esa ozgina mum aralashtirilgan issiq yog’ surtish kerak bo`ladi.
Uyqusizlik. Goho bolalarda uyqusizlik, to`xtovsiz yig’lash, chinqirish paydo bo`ladi. Bunday vaqtda bolani uxlatish kerak. Ko`knor po`sti, uning urug’i, sutcho`p va ko`knor yog’i qorilib bemor bolaning chakka sohasiga va peshonasiga surtiladi.
Shaytonlash kasalligi bolada paydo bo`lsa, kaklik o`ti, qunduz qiri va ziradan barobar bo`laklar olinib, yanchilib 2 choy koshikdan ichiriladi.
Xurrak otish. Bolalar uyqusida xurrak otadi: yanchilgan zig’ir urug’ini asalga qo`shib yalatmoq yoki asal bilan zirani qorib ichirish kerak.
Gijja. Bola ichida gijja paydo bo`lsa: qora andiz va zarchavakning har biridan bir bo`lak olib hammasiga barobar shakar bilan aralashtirib suv bilan ichirish kifoya.
Chaqaloqlarning bolalik yoshiga o`tgandan keyingi tadbirlar to`g’risida.
Bolaning hulqlarini mo`tadillikka saqlashga e`tibor berish kerak. Bolani qo`rqishdan, qattiq g’azab, qayg’u va uyqusizlikdan saqlash lozim. Hamma vaqt bola istagan narsani muhayyo qilish kerak. Bunda ichki manfaat bor; biri bolaning nafsi uchun bo`lib, u yoshlikdan boshlab yaxshi ho’llikli bo`lib o`sadi. Ikkinchisi - uning badani uchundir, chunki yomon hulq turli xil mizoj buzilishiga olib keladi.
Bola uyqudan uyg’onganda uni issiq suvda cho`miltirish kerak, keyin uni bir necha vaqt o’ynatib, keyin bir oz narsa yedirish kerak. Bolaga ovqat yegandan keyin suv bermaslik lozim. Bola 6 yoshga to`lgach murabbiy va muallim ixtiyoriga topshirish kerak. Ovqat yeyishdan oldin ko`proq badan tarbiya bilan shug’ullanish kerak.
Badantarbiya tadbiri.
Sog’likni saqlashni asosiy tadbiri badan tarbiya bo`lib, keyin ovqatlanish tadbiri va undan keyin esa uyqu tadbiri turadi. Badan tarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi harakatdir. Mo`tadil ravishda va o`z vaqtida badantarbiya bilan shug’ullangan inson kasal bo`lmaydi. Yeyilgan ovqatni hammasi ham ozuqa sifatida hazm bo`lmaydi, qandaydir chiqindi qoladi, chiqindilarning to`planishi paydo bo`ladi. Badantarbiya tug’ma issiqlikni oshiradi, chiqindilarni chiqarishni yaxshilaydi, bo’gim va paylarni mustaxkamlaydi, organizmni chiniqtiradi.
Badantarbiya bilan mashg’ul bo`lmay qo’ygan kishi ingichka ichak og’riqiga uchrashi mumkin. Chunki har bir a`zo uchun hayot quroli bo`lgan tuqma ruhni tortib keltiruvchi harakatni tark yetishi natijasida uning a`zolari zaiflashib ketadi.
Badan tarbiyani boshlash va to`xtatish haqida.
Badantarbiya ovqatlanishdan oldin qilinadi, sababi, ovqatlanganda ichki a`zolarda yetilgan kaymuslar hosil bo`ladi va badantarbiya ularni butun gavdaga tarqatadi. Badantarbiyani boshlashdan oldin ichaklardagi chiqindilarni va qovuqni bo`shatish kerak. Bahorda badantarbiya tushga yaqin bo`lib, o`rtacha haroratli uyda qilinishi kerak. Yozda esa badantarbiyani ertalabki, qishda esa kechqurun qilish kerak.
Badantarbiyaning davomiyligiga kelsak 3 ta holatga e`tibor berish kerak. 1.Terining rangiga
2.Harakatning yengilligi
3.A`zolarning holatiga
Eslatma: agar ter tomchi-tomchi bo`lib oqa boshlasa badantarbiyani to`xtatish kerak.
Uqalash haqida.
Uqalash 4 xil bo`ladi.
1.Gavdani baquvvat qiluvchi - kuchli uqalash
2.Gavdani yumshatuvchi-kuchsiz uqalash
3.Ozdiruvchi-davomli uqalash
4.Gavdani yashnatib o`stiruvchi mo`tadil uqalash
Bundan tashqari yana dag’al uqalash, ya`ni dag’al mato bilan ham uqalash qilinadi. Uqalashda quyidagi maqsadlar ko`zda tutiladi. Bo`shashgan g’ovak a`zolarni mustahkamlash, yumshoqlarni qotirish, zichlarni g’ovak qilish, qattiqlarni yumshatish kabilar. Uyqu oldidan uqalash va barmoqlar bilan kuchli bosish foydalidir.
Bundan tashqari, badantarbiya oldidan qilinadigan tayyorlovchi uqalash ham bordir. Bu uqalash mayinlik bilan boshlanib, badantarbiya vaqti yaqinlashgan sari u kuchaytiriladi. Badantarbiyadan keyin qilinadigan o`z asliga qaytaruvchi uqalash ham bordir. Uni tinchlantiruvchi uqalash ham deyishadi. Buning maqsadi, badantarbiya vaqtida chiqarilmay qolib, mushaklarda to`plangan chiqindilarni tarqatish va yo`qotish, toki ular charchash alomatlarini tug’dirmasin. Bunday uqalashni unchalik qattiq qilmaslik kerak va yaxshisi yog’ bilan mo`tadil darajada uqalash kerak. Uqalashni qattiq va dag’al harakatlar bilan tamomlamaslik kerak, chunki bu holda a`zo qotadi, bolalarda esa o`sish to`xtaydi. Ammo balog’atga yetgan kishilarga buning zarari yo`q. Ba`zan uyqu oldidan uqalash va barmoqlar bilan kuchli bosish foydalidir. Bu gavdani yengil his qildiradi, quritadi va namlikning bo`g’imlarga quyilishining oldini oladi.
Yilning turli fasllaridagi tadbirlar va havoni sog’lomlashtirish to`g’risida.
Do'stlaringiz bilan baham: |