Ovqatlanish tadbiri.
Ovqatlanish tadbirida quyidagilarga rioya qilish kerak.
1.Ovqatning asosiy qismi meva va sabzavotlardan tashkil topgan bo`lishi kerak.
2.To`yib ovqat yemaslik kerak.
3.Qishda issiq, yozda sovuq va iliq ovqat yeyish lozim.
4.Odam organizmida eng zararli narsa ovqat oshqozonda hazm bo`lmasdan turib, ovqat iste`mol qilishdir.
5.Suyuq, tez hazm bo`luvchi ovqatni undan kuchli va qattiqroq ovqat ustiga yeyishdan saqlanish kerak.
6.Eng yomon narsa bir-biriga kelishmaydigan ovqatlarni aralashtirish.
7.Ovqatdan keyin sovuq suv ichish mumkin emas.
8.Ovqatdan keyin spirtli ichimliklar ichishni man etish, chunki spirtli ichimliklar oshqozonni harakatini tezlashtirib, ovqat parchalanmasdan o`tib ketadi.
Odam organizmini chiqindilardan tozalash. (Tanqiya qilish)
Odam organizmini chiqindilardan tozalash 3 ga bo`linadi.
1.Qon olish
2.Qustirish (qayt qilish)
3.Huqna qilish
Tanqiya so`zi forscha tildan olingan bo`lib, tozalash ma`nosini bildiradi. Tanani tozalash uchun musxil va munzich dorilardan foydalaniladi. Organizmni tozalash (tanqiya qilish) uchun qon olish, qustirish (qayt qilish), ichaklardan chiqindilarni chiqarishda xuqna qilish orqali odam organizmi yot moddalardan tozalanadi.
Tarbiya haqidagi tadbirlar:
1.Bolaning tug’ilgandan to oyoqqa turguncha qilinadigan tadbirlar
2.Bolani emizish va sut bezidan ajratish tadbiri
3.Bolalarda paydo bo`ladigan kasalliklar va ularni davolash tadbiri
4.Chaqaloqlarni bolalik yoshidan o`tgandan keyingi tadbirlar to`g’risida
Chaqaloq tug’ilgandan keyin 4 barmoq eniga qoldirib kindik kesiladi, og’riq bermaslik uchun u jun ip bilan bog’lanadi va zaytun yog’iga botirilgan mato ustiga qo`yiladi. Bolaning badani qattiq va terisi kuchli bo`lishi uchun kam tuzli namakob suvga cho`miltiriladi. Ko`zlariga zaytun yog’i tomiziladi. Chaqaloq yotadigan uyning harorati o`rta darajali bo`lib, bola issiq va sovuq bo`lmagan uyda uxlatiladi.Uy soya va qorong’iroq bo`lishi kerak, uyga quyoshning kuchli nuri tushmasligi kerak, bola boshiga loyiq qalpoqcha kiygiziladi. Bolani cho`miltirish vaqti uzoq uxlagandan keyingi vaqtdir.
Bolani emizish va ona suti bilan boqish kerak. Bir kunda 2-3 marta emizish kerak. Bolani tez-tez emizmaslik kerak. Ertalabki emizadigan sutdan 2-3 marta sog’ib tashlab keyin emizish lozim. Ko`krak suti sifatsiz va achchiq bo`lsa ovqatlanmasdan turib bolani emizmaslik kerak. Bola mizojini kuchaytirish uchun bolani beshigini tez tebratmasliga darkor va unga alla aytish kerak. Bolani ko`krakdan ajratish uchun esa murr va cho`l yalpizining har biridan bir dirhamdan olib, uni ezib sut beziga surtish kerak. Bolani ko`krakdan asta sekinlik bilan ajratish kerak.
Bolada paydo bo`ladigan kasalliklar va ularni davolash to`g’risida.
Bolada paydo bo`ladigan kasalliklar quyidagilar:
1.Ich ketish
2.Ich qotish
3.Yo`tal va tumov
4.Nafas olishning yomonlashishi
5.Og’iz chaqasi va tish milklaridagi toshm
6.Isitma
7.Qorin va ichak sohasidagi burab og’rish
8.Uyqusizlik
9.Shaytonlash kasalligi