Issig’i oshib ketgan mizojni tuzatish uchun mizojga mos, yoqadigan ovqatlar berib tadbir qilinadi. Badan o`tlardan bo`shatiladi, chiqindilar qayt qildiriladi, ich surdirish tadbirlari qilinadi. Badantarbiyani yengillashtirish lozim bo`ladi va yaxshi sifatli ovqatlar tavsiya qilinadi. Ba`zan bir kunda bemor 3 marta hammomda cho`miltirilishi kerak. Ovqatdan keyin hammomga tushish kerak. Har qanday qizdiruvchi sababdan saqlanmoq kerak. Qorin va jigar sohasida og’riq paydo bo`lsa rum arpabodiyoni va achchiq bodom ichishga buyuriladi, ular tiqilmalarni ochadi. Bu kishilar doimo badanlarini yog’ bilan silab yuradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |