Ich ketish. Bolalarda tish chiqish oldida tish milkida shishlar paydo bo`ladi va bunday shishlarni yog’lar bilan uqalash kerak, bola og’ziga moychechak yog’i tomiziladi. Bolaning boshi moychechak va ukrop suvi bilan yuviladi. Tish chiqadigan paytda bolada ich ketish holatlari kuzatiladi, buning birinchi sababi, milklardan chiqqan yiringli sho`r chiqindi sut bilan birga emiziladi deb o`ylaydilar.
Ich ketishning ikkinchi sababi, og’riq bo`lishi mumkin, ich ketish zo`rayib ketishdan qo`rqilsa, qizil gul urug’i, petrushka urug’i, rum arpabodiyoni yoki zira qizdirilib qorin sohasiga bog’lanadi. Chala pishirilgan tuxum sarig’i, suvda qaynatilgan non mag’zi yeyishga buyuriladi.
Ich qotish. Ba`zi vaqtda bolada ich qotish hollari paydo bo`ladi, bunda bola qorni zaytun yog’i bilan silanadi, og’ziga asal tomiziladi, cho`l yalpizi yoki havorang gulsapsar ildizi asal bilan qo`shib huqna qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |