Sovug’i oshgan mizojni tuzatish to`g’risida bu kishilarni ho`l va quruqligi o`rtacha bo`lgan issiq ovqatlar bilan, qizdiruvchi yog’lar bilan, hammomga tushirib terlatish bilan, badantarbiya bilan issiqlarini qo`zg’atishga qaratilgan muolajalar bilan isitish darkor.
Kasallikka tez beriluvchan kishilarning tadbiri to`g’risida. Hammomdan avval badantarbiya va uqalashni ko`paytirish kerak, ovqatni oz-oz qilib bo`lib berish kerak, to`yg’azib ovqat bermaslik kerak. Agar bemor tanasi terlaydigan bo`lsa, goh- gohida terlatib turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |