Og’iz chaqasi, tish milklarida toshma paydo bo`lsa: shotut shirasining o’zi yoki qora uzumining suvi, asal suvi bilan og’iz bo`shlig’i yuvilib, anor po`chog’i yoki guli olib quritilib, yanchib og’izga sepiladi.
Isitma. Ba`zida bolalarda isitma paydo bo`ladi. Shunday vaqtda onasi issiq kiyinishi kerak. Anor suvi sikanjubin yoki asal bilan, bodring suvi esa shakar bilan qo`shib emizuvchiga ichiriladi. Bola issiq kiyintirib, terlatiladi. Ho`l qamishning suvi siqib olinib, bolaning boshiga va oyog’ining tagiga surtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |