Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»



Download 67.93 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi67.93 Kb.
TOSHKENT TIBBIET AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI



«TASDIQLAYMAN»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Professor Teshaev O.R.

___________________________

«27» avgust 2015 y.



Maruza mavzusi:
JIGAR XIRURGIK KASALLIKLARI

Davolash fakulteti 4 kurs talabalari uchun




Toshkent – 2015

TOSHKENT TIBBIET AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI



«TASDIQLAYMAN»

Davolash fakulteti dekani prof. Zufarov P.S.


___________________________

«27» avgust 2015 y.




Ma'ruza mavzusi:
JIGAR XIRURGIK KASALLIKLARI

Davolash fakulteti 4 kurs talabalari uchun

Xirurgiya bo‘yicha MK da

ko‘rib chiqilgan va

tavsiya etilgan

Majlis bayoni № 1

«27» avgust 2015 y.

Toshkent – 2015

Jigar xirurgik kasalliklari
O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Talabalar soni- 80-100

Davomiyligi – 2 soat

O‘quv mashg‘uloti shakli

Ma'ruza – vizuallashtirish


Ma'ruza rejasi

1. Jigar xirurgik kasalliklarning asosiy turlari, ularni davolash va UASh taktikasi.

2. Jigar jaroxatlari

3. Jigar gemangiomasi

4. Jigar exinokokki

5. Jigar exinokokki klinikasi va tasnifi

6. Jigar exinokokki asoratlari.

7. Jigar exinokokki bolalarda kechishi.


O‘quv mashg‘uloti maqsadi: Bulajak shifokorlar, ular kaysi mutaxasislikni egallashlaridan kat'iy nazar jigar kasalliklarini bilishlari zarur. Xozirgi talabalarning aksari bulajak umumiy amaliyot shifokorligiga tayyorlanayotganlari sababli bu turdagi kasalliklarga uz vaktida tashxis kuyish, davolash, profilaktika ishlarini olib borish va uchraydigan asoratlarning oldini ola bilishlari kerak, chunki bu kasalliklarning kupchiligi ambulatoriya sharoitida davolanadilar va ularning bevosita nazoratida buladilar.

O‘qituvchining vazifalari:

1. Jigar exinokokki asosiy turlari, ularni davolash va UASh taktikasi bilan tanishtirish.

2. Jigar jaroxatlari zamonaviy klassifikatsiyasi, klinik belgilari, diagnostika, differensial diagnostiki va davolash usullari.

3. Gemangioma etiopatogenezini taxlil etish.

4 Gemangioma zamonaviy klassifikatsiya (tasnifi)ni taxlil etish.

5. Jigar exinokokki Bilan bemor shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv klinik belgilarini bayon etish.

6. Jigar usmalari klassifikatsiyasi, klinik belgilari, differensial diagnostikasi va UASh taktikasi.


O‘quv faoliyatining natijalari:

Talaba bilishi kerak:

1. Jigar kasalliklarning asosiy turlari, ularni davolash va UASh taktikasi.

2. Jigar jaroxatlari.

3. Jigar gemangiomasi

4. Exinokokk klassifikatsiyasi.

5. Jigar exinokokki klinikasi va tasnifi

6. Jigar exinokokki asoratlari.

7. Jigar exinokokki kasalliklarining bolalarda kechishi.



O‘qitish usullari va texnikasi

Ma'ruza – vizuallashtirilgan, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltirilgan savollar, “ha-yo‘q” texnikasi

O‘qitish vositalari

Kompyuter proektori, vizual materiallari, axborot ta'minoti

O‘qitish shakllari

Kollektiv

O‘qitish sharoitlari

Texnik o‘qitish vositalari bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya

MA'RUZA TeXNOLOGIK XARITASI



Muddat, bosqichlar

Faoliyat

o‘qituvchining

talabaning

1bosqich

Kirish


(5 min)

1. Maruza mavzuining nomi, maqsadi, rejalashtirilgan natijalari va o‘tkazish rejasi ma'lum qilinadi

1. Eshitadi.

2 bosqich

Bilimlarning dolzarbligi

(20 min)


2.1. Talabalarni jonlantirish uchun yo‘naltirilgan savollar beriladi:

1. Jigar exinokokki tugrisida nima bilasiz?

2. Exinokokk asoratlari.

Blits-so‘rov” o‘tkazadi.

2.2. Ekranga ma'ruzaning maqsadini chiqaradi va u bilan tanishib chiqishni tavsiya etadi.

Slayd mazmunini izohlaydi. 1-slayd.

2.3. Ekranga 2-slaydni chiqaradi.


2.1. Savollarga javob beradi.

2.2. 1-slayd mazmunini o‘rganadi.

2.3. 2-slayd mazmunini o‘rganadi.


3 bosqich

Axborot berish (55 min)



3.1. Rejadagi masalalar bo‘yicha vizual materiallar va yo‘naltirilgan savollarni qo‘llagan holda ma'ruza materialini birin ketin bayon qiladi: Rejaning 1-masalasi bo‘yicha: Jigar kasalliklarning asosiy turlari, ularni davolash va UASh taktikasi.

Rejaning 2-masalasi bo‘yicha: Jigar jaroxatlari.

Rejaning 3-masalasi bo‘yicha: Jigar gemangiomasi

3.. Rejaning 4-masalasi bo‘yicha: Jigar exinokokki.

4. Rejaning 5-masalasi bo‘yicha: Exinokokk klassifikatsiyasi

5. Rejaning 6-masalasi bo‘yicha: Jigar exinokokki asoratlari.

6. Rejaning 7-masalasi bo‘yicha: Jigar kasalliklarining bolalarda kechishi.

Mavzuning asosiy joylariga e'tibor berishni va yozib olishni tavsiya etadi.



3.1. Berilgan materialning mazmunini muhokama qiladilar, oydinlashtiradilar va savollar beradilar.

Asosiylarini yozib oladilar.



4 bosqich

Yakuniy


(10 min)

4.1. Savol beradi:

  1. Jigar usmalari.

  2. Jigar jaroxatlarida UASh taktikasi.

4.2. Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriq beradi: Jigar amebali abssessi

4.1. Savollarga javob beradi.
4.2. Eshitadilar, yozib oladilar.

Mavzuni asosolash: Jigarning anatomik nuqsonlari jigarning joylanishi (situs viscerus inversus) va uning tuzilish xususiyatlari bilan bog‘liq. Jigarning bir qator hayvonlarga hos bo‘lgan bo‘laksimon tuzilishi insonda ham atevizm ko‘rinishida uchrashi mumkin. Kamdan-kam hollarda qo‘shimcha bo‘lakchalar tutqich (mezenteriy) ga ega va buralib qolishi mumkin, bu jarrohlik operatsiyasini o‘tkazishni talab qiladi. Jigar shikastlanishlari odatda yo‘lning transport hodisalari, balandliklardan yiqilish, sovuq yoki o‘q otar qurol, turli-tuman qattiq buyumlardan teshib kirgan yaralanishlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ular yatrogen tabiatga ega bo‘lishi mumkin. Jigar shikastlari aksariyat ko‘krak, qorin bo‘shlig‘idagi boshqa a'zolarning, shuningdek bosh va sklet suyaklarining shikastlanishi bilan o‘tadi.

Ma'ruza maksadi: talabalarni jigar xirurgik kasalliklari etiopatogenezi, klinik kechimi va asoratlari, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash usullari bilan tanishtirish.

Ma'ruzaning tarbiyaviy maksadi: Ma'ruza talabada mustakil fikr yuritishga, uz maksadiga erishishda mexnatsevar bulishni, kat'iyyatlikni, javobgarlik xissini va shaxs sifatida shakllanishni rivojlantiradi. Davlat mikyosiga ega bulgan bu ogir kasalliklarni davolash va profilaktikasida kelajakda vrach sifatida uning majburiyatlari va rolini shakllanishiga katta ta'sir kursatadi.

Ma'ruzada ko‘riladigan masalalar: Jigar xirurgik kasalliklari buyicha tushuntirish berish, uning etiopatogenezi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, zamonaviy davolash usullarini yoritish.
Ko‘rsatilgan vaqt bo‘yicha muxokama qilish kerak bo‘ladigan savollar:

  1. Mavzuini asoslash (motivatsiya) - 5 min

  2. Jigar buyicha kiskacha anatomo-fiziologik ma'lumotlar, tekshirish usullari - 15 min

  3. Portal gipertenziya tasnifi - 5 min

  4. Portal gipertenziya tushunchalari - 15 min.

  5. Klinik kechimi - 25 min

  6. Davolash usullari - 25 min


Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar:

1. Jigar xirurgik kasalliklarni davolash prinsiplari .

2. Jigar exinokokki sabablari va turlari

3. Jigar exinokokki klinikasi va davolash.

4. Jigar gemangiomasi, uning klinikasi va davolash usullari.

5. Jigar o‘smalari, ularning kelib chikish sabablari.



Anatomo-fiziologik xususiyatlari

Jigar inson organizmining eng yirik a'zolaridan biri hisoblanadi. Uning og‘irligi 1200 – 2000 g ni (tana og‘irligining 1/50 % ќismini) tashkil qiladi. U ona qornidagi homila hayotining uchinchi xaftasida o‘n ikki barmoq ichak shilliq pardasi epiteliysidan unib chiqish yo‘li bilan rivojlanadi. Jigar qorinning o‘ng yuqori kvadrantida joylashgan va qovurg‘alar bilan yopilgan. Uning yuqori chegarasi o‘ng o‘rta o‘mrov chizig‘i bo‘ylab IV qovurg‘alar oralig‘igacha yetadi, pastki cheti chaqaloq bolalarda aksariyat hollarda kindikkacha boradi. Ko‘krak yoshidagi bolalarda u qovurg‘a cheti ostidan 2-3 sm ga chiqib turadi va taxminan to‘rt yoshlarga kelib uning orqasida yo‘koladi. Jigarning pastki chegarasi o‘rta chiziq bo‘ylab kindik bilan xanjarsimon o‘siq o‘rtasidagi masofaning o‘rtasida joylashgan. Jigarning oldingi yuqori qabariq yuzasi o‘roqsimon boylam bilan ikki bo‘lakka: o‘lchamlari bo‘yicha katta o‘ng bo‘lakka va chap bo‘laklarga bo‘linadi. Pastki botiq yuzasida ikkita uzunasiga ketgan bo‘ylama egatlar (o‘ng va chap) va ko‘ndalang egat farq qilinib, buni jigar darvozasi deb ataladi. Bu egatlar jigarning o‘ng, chap, kvadrant va dumsimon bo‘laklarga badi.

Jigar darvozasiga jigar arteriyasi, nervlari va darvoza (qopqa) venasi kiradi, limfatik yo‘llar va umumiy jigar o‘t yo‘li esa undan chiqadi. Jigar, diafragmaga tegib turadigan orqa yuzasidagi qismidan tashqari, hamma tomonlardan qorin parda bilan qoplanadi.

Qorin pardasi atrofidagi a'zolarga o‘tib, jigarni fiksatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydigan boylamlar (o‘ng va chap tojsimon, jigarning me'da boylami, jigarning o‘n ikki barmoq ichak, jigarning buyrak boylami) hosil qiladi. Jigarning qon ta'minoti xususiy jigar arteriyasi, shuningdek darvoza venasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda umumiy qon oqimining taxminan 25% arteriyaga va 75% i darvoza venasiga to‘g‘ri keladi.

Jigarning o‘roqsimon boylami bo‘yicha o‘ng va chap bo‘laklarga bo‘lish uning funksional anatomiyasiga mos kelmaydi, bundan vizualizatsiya usullari natijalariga baho berishda hamda xirurgik operatsiyalar o‘tkazishda foydalaniladi. Uning negizini darvoza venasi, xususiy jigar arteriyasi va o‘t yo‘llarining tarmoqlanishi prinsipi tashkil qilinadi, ular qon ta'minotini va jigarning bir-biridan nisbatan uzoqlashgan zonalaridan qon oqib kelishini ta'minlab turadi. Chunonchi, darvoza venasi o‘ng va chap tarmoqlarga bo‘linib, tegishlicha jigarning o‘ng va chap bo‘lagini oziqlantiradi. Bo‘laklar o‘rtasidagi chegara qiyshiq chiziq bo‘ylab pastki kovak venasidan o‘t qopchasi o‘rnigacha va keyin jigar darvozalarigacha boradi. Darvoza venasining har ikki tarmog‘i, o‘z navbatida, yana ikkita tarmoqa bo‘linib sektorlar nomini olgan sohalarni qon bilan ta'minlaydi.

O‘ng bo‘lakda oldingi va orqa, chap bo‘lakda medial va lateral sektorlar farq qilinadi. Sektorlar segmentlarga bo‘linadi, ular raqamlar bilan belgilanadi. Chap bo‘lakni I-IV segmentlar hosil qiladi. Bunda I segment jigarning dumsimon bo‘lagigacha mos keladi, II va III segmentlar chap lateral sektorda, IV segment chap medial sektorda joylashgan. Jigarning o‘ng bo‘lagi tarkibiga V va VIII segmentlar kiradi. O‘ng oldingi sektor V va VIII ga, o‘ng orqa esa VI va VII segmentlarga bo‘linadi.

Jigarning gistologik tuzilishi asosini shakli prizmasimon va o‘lchamlari 1 dan 2.5 mm gacha bo‘lgan bo‘lakchalar tashkil qilidi. Har bo‘lakcha o‘rtasida markaziy vena joylashgan. Undan radiuslar bo‘yicha periferiyaga tomon to‘sinlar joylashib, ular o‘t kapiillyarlarini, qo‘shilgandan keyin esa o‘t yo‘llarini hosil qiladigan ikki qator jigar hujayralaridan iborat. Jigar arteriyasini va darvoza venasining oxirgi tarmoqlarini kapillyarlar hosil qiladi, ular jigar hujayralarining o‘rab turadi. Oddiy kapillyarlardan farqli ravishda bo‘lakchalar ichidagi kapillyarlar endoteliysidan tashqari, yuqori fagotsitar funksiyasiga ega bo‘lgan kupffer hujayralarini saqlaydi. Endotelial hujayralar muayyan o‘lchamdagi makromolekulalarni gepatotsitlar bilan endotelial hujayralar o‘rtasida joylashgan Disse bo‘shlig‘igacha o‘tkazib, qonni filtirlash xususiyatiga ega bo‘lgan fenesterlar bilan ta'minlanadi.

Subendotelial bo‘shliqda yulduzsimon hujayralar (Ito hujayralari) topiladi, ular aktin va miozin borligi tufayli muayyan moddalar, masalan endotelin-1 ta'siri ostida qisqarish qobiliyatiga ega bo‘lib shu tariqa qon oqimini sinusoidlar darajasida amalga oshirib turadi. Qon kapillyarlar orqali o‘tib, markaziy venaga tushadi, ular birlashib, so‘ngra jigar venalarini hosil qiladi. Jigar venalari 3-5 ta miqdorda pastki kovak venasiga quyiladi.

Jigar ichi o‘t yo‘llari darvoza venasi va jigar arteriyasini tarmoqlarining yo‘li bo‘ylab joylashgan. O‘ng va chap bo‘lakchali jigar yo‘llari birga ko‘shilib, umumiy jigar o‘t yo‘lini hosil qiladi (gepatikoxoledox). Unga qopcha yo‘li kuyilgandan keyin u umumiy o‘t yo‘li deb ataladi (xoledox), u me'da osti bezi yo‘li bilan birga o‘n ikki barmoq ichakka quyiladi.

Limfa Disse bo‘shliqlarida hosil bo‘ladi. Jigardan venoz oqim buzilganda va sinusoidal bosim orta borganda limfa ishlanishi kesikn kupayadi, bu assit hosil bo‘lishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Jigarning limfatik tomirlari limfaning jigar darvozasining limfatik tugunlariga va keyin jigarning o‘n ikki barmoq boylami bo‘ylab oqishini ta'minlab turadi. Limfa jigarning yuza bo‘limlaridan yo‘llar bo‘yicha oqib keladi, ular diafragmadan oqib o‘tib, ichki ko‘krak arteriyasi yo‘li bo‘ylab ko‘ks oralig‘i tugunlariga va ko‘krak limfatik yo‘liga limfa oqishin ta'minlaydi. Limfatik yo‘llar va tugunlarning bir qismini pastki kovak venaning ko‘krak bo‘limi yo‘li bo‘ylab tarqaladi.

Jigar sunuslari qorin chigalida joylashadigan yettinchi-o‘ninchi simpatik gangliylarining nerv tolalaridan innervatsiya qilinadi. Parasimpatik innervatsiya o‘ng va chap adashgan nervlarining tolalaridan amalga oshiriladi. Innervatsiyada shuningdek o‘ng diafragmal nerv qatnashadi. Nerv tolalari jigar arteriyasi va o‘t yo‘llari yo‘li bo‘ylab kiradi va jigar parenximalarigacha yetadi.

Jigar turli-tuman funksiyalarni bajaradi, oqsil sintezi, uglevod, yog‘ almashinuvida qatnashadi, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Jigarda qon plazmasining asosiy oqsillari (albuminlar, globulinlar, fibrinogen), oddiy uglevodlardan glikogen polisaxaridi sintezi sodir bo‘ladi va uning glyukoza hosil qilib parchalanishi, yog‘ utilizatsiyasi, yog‘ kislotalarining parchalanishi va oksidlanib parchalanishi, shuningdek fosfolipidlar sintezi ro‘y beradi. Jigar hujayralarida ammikdan mochevina hovil bo‘lishi kechadi, qon ivish omillari sintezi, bilirubin almashinuvi bo‘lib turadi. Jigar endogen va ekzogen toksik moddalarni utilizatsiya qilishning eng muhim a'zolaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Jigar yetishmovchiligining eng muhim ko‘rinishi sariqlik hisoblanadi, uning asosini jigar pigment funksiyasining buzilishi tashkil qiladi. Bilirubin gemm metobolizmining oxirgi mahsuloti hisoblanib, u gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar, masalan, R450 sitoxromi molekulalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bir kecha-kunduzda retikuloendotelial sistemada taxminan 300 mg bilirubin hosil bo‘ladi. Bunda uning qariyib 80% eritrotsitlar gemoglobinidan sintez qilinadi, qolgan miqdori esa taloq, suyak iligi, gem saqlaydigan oqsillarning yetilmagan hujayralaridan sintez qilinadi.

Gemoglobinning utillanishi jarayonidauning oqsil qismi (globin) ajralib chiqadi, gemosidirin tarkibidagi temirdan sintez uchun foydalaniladi, gemotoidin esa (molekulaning gemm saqlovchi bo‘lagi) keyinchalik parchalanishga uchraydi. Mikrosomal ferment gemoksigenaza ta'siri ostida porfirinli halqa chiziqli terapirrol (biliverdin)ga aylanadi, u o‘z navbatidan biliverdin sintetazadan bilirubinga aylanadi, hosil bo‘lgan bilirubin tuzilishiga ko‘ra qutiblanmagan birikma, ya'ni yog‘da eruvchan modda hisoblanadi. U qon albumini bilan uzviy bog‘langan. Jigar sinusoidlarida bilurubin albumindan ajralib chiqadi. Jigar hujayrasida bilirubinning glyukuron kislotasi bilan kon'yugatsiya reaksiyas ro‘y berib natijada bilirubin mono va diglyukuronid (bog‘langan bilirubin) ga aylanadi. U suvda eruvchan bo‘lib qoladi va o‘t bilan ajraladi. Kon'yugatsiyalanmagan bilirubin sulfodiazoreatkiv bilan molekulalararo vodorod bog‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (spirt bilan, Vandenberg reaksiyasi) hosil qilmaydi, shuning uchun kon'yugatsiyalangan (bevosita bilirubin) dan farqli ravishda bilvosita bilirubin deb ataladi. Albumin bilan bog‘langan va suvda erimaydigan bilvosita bilirubin buyrak kanalchalarida filtrlanmaydi va siydik bilan ajralib chiqmaydi.

Ingichka ichakda, o‘t yo‘llarida (ayniqsa bakterial xolangitda) bilirubin urobilinogenga aylanadi, u qrnga yaxshi so‘riladi. Biroq amalda to‘la-to‘kis ushlab qolinadi. Jigar funksiyasi buzilganda urobilinogenning jigardan ekskretsiyasi ortadi, keyinroq yog‘on ichak mikroflorasi ta'siri ostida bog‘langan bilirubindan sterkobilinogen hosil bo‘ladi, u sterkobilinga aylanib axlatga o‘ziga hos rang beradi. Normada sterkobilinogenning ozroq qismi jigarni chetlab o‘tib, to‘g‘ri ichak venalari bo‘ylab, sistem qon oqimiga tushadi va siydik bilan ajraladi.
Jigarning anatomik nuqsonlari

Jigarning anatomik nuqsonlari jigarning joylanishi (situs viscerus inversus) va uning tuzilish xususiyatlari bilan bog‘liq. Jigarning bir qator hayvonlarga hos bo‘lgan bo‘laksimon tuzilishi insonda ham atevizm ko‘rinishida uchrashi mumkin. Kamdan-kam hollarda qo‘shimcha bo‘lakchalar tutqich (mezenteriy) ga ega va buralib qolishi mumkin, bu jarrohlik operatsiyasini o‘tkazishni talab qiladi.

Jigar tomirlarining tug‘ma patologiyasi jigar bo‘lagining atrofiyasiga olib kelishi mumkin, fiboz rivojlangan sayin jigarning o‘lchamlari keskin kichrayadi. Jigar o‘ng bo‘lagining ageneziyasi birmuncha kam topiladi, u jigardan tashqari portal gipertenziyasiga olib kelishi mumkin.

Ridel bo‘lagi borligi jigardan anatomik tuzilishining varianti hisoblanadi, bunda u jigarning o‘ng bo‘lagi til ko‘rinishida o‘sib chiqqan bo‘lib, pastga o‘ng yonbosh sohasi sathigacha osilib tushib, katta hajmli tuzilmaga o‘hshab ko‘rinadi.

Ko‘pchilik hollarda jigar nuqsonlari klinik jihatdan yuzaga chiqmaydi, davolashni talab qilmaydi va boshqa patologiyani aniqlash uchun bemorni tekshirilayotganda tasodifiy topilma bo‘lishi mumkin.
Jigarning shikastlanishlari

Jigar shikastlanishlari odatda yo‘lning transport hodisalari, balandliklardan yiqilish, sovuq yoki o‘q otar qurol, turli-tuman qattiq buyumlardan teshib kirgan yaralanishlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ular yatrogen tabiatga ega bo‘lishi mumkin. Jigar shikastlari aksariyat ko‘krak, qorin bo‘shlig‘idagi boshqa a'zolarning, shuningdek bosh va sklet suyaklarining shikastlanishi bilan o‘tadi.

Jigar jarohatlanishlarining ochiq yoki yopiq turlarga bo‘ladilar. Jigar jarohatining tabiatiga va darajasiga ko‘ra ularning klinik belgilari juda kam yoki shok, ichki qon ketishi, peritonit simptomlari ko‘rinishida yaqqol bo‘lishi mumkin. Qorinning oldingi devorida qon talash sohalar borligi, jarohat kanalining joylashuvi va yo‘nalishi operatsiyaga qadar jigarning shikastlanganligiga shubha uyg‘otishi mumkin. Tashhis qo‘yishda qorin bo‘shlig‘i suyuqligin diagnostik aspiratsiya kilish, ultratovush bilan tekshirish, kompyuter tomografiyasi jiddiy yordam berishi mumkin. Bunda qorin bo‘shlig‘ida qon va o‘t suyuqligi borligi, jigarning yorilganligi yoki uning kapsulasi ostida suyuqlik yig‘ilganligini aniqlash mumkin. Ayrim hollarda jigar prenximasida yel to‘planganligi aniqlanadi. KT da pasaygan singish koeffitsenti zonasi fonidagi yel gematoma bilan infeksiyalanish to‘g‘risida axborat beradi. Qorinning yopiq shikastida diagnozni aniqlash uchun laparotomiya o‘tkazish zarur.

Jigar shikastlarini davolash ko‘pchilik hollarda xirurgik usulda va shikastlanish tabiati va og‘ir yengilligi bilan belgilanadi. Jigardagi kichikroq gematomalar qunt bilan kuzatib borilganda va gemodinamika ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lganda davolash konservativ usulda olib boriladi. Qorin bo‘shligida patologik suyuqlik bo‘lganda, shuningdek sanchilgan, kesilgan, o‘q otar qurollardan jaroxatlanishda laparotomiya va qorin a'zolari reviziyasi o‘tkazish zarur.

Jigar jaroxatlarida operatsiya qon oqishini to‘xtatish, jigar shikastlangan to‘qimasiga ishlov berish, qorin bo‘shlig‘ini drenajlashni o‘z ichiga oladi. Qon oqishini to‘xtatish uchun tamponlash, gepatoduodenal bog‘lamdan o‘tadigan jigar arteriyasi va darvoza venasini barmoq bilan bosib turish, qon to‘xtatuvchi qisqichlar ishlatish, eng qulay joyda tomirlarni tikish yoki bog‘lash kabi amaliyotlar qo‘llanadi. Shikastlangan jigarga xirurgik ishlov berish, mahalliy gemostaz uchun kichikroq jaroxatlarni koagulyasiya qilish, majaqlangan va xayotga layoqatsiz to‘qimalarni qirqish, atipik rezeksiyalar, P-simon choklar quyish yoki klipslar yordamida qonni to‘xtatishdan iborat. Qator hollarda shikastlangan qismni gemostatik bulutga yoki charvi tutami bilan tompanada qilish talab etiladi. Jigar parenximasining yirik qon tomirlar va o‘t yo‘llarini qamrab olgan shikastlanishlari jigarni bir qismini rizeksiya qilishni talab etadi, uni jigarni sektor va segmentar tuzilishini xisobga olib o‘tkakziladi.

Operatsiyadan keyingi davrda kechikkan qon ketishi, o‘t oqmalari, o‘t yo‘llari strikturalari, darvoza venasi stenozlari va portal gipertenziya, jigar abssesslari shakllanishi, koagulyapatiya va sepsis bilan asoratlanishi mumkin. Qon ketishining sabablaridan biri jigar arteriyasining uzilib anevrizma shakllantirishi, u esa yorilib o‘t yo‘llariga tushishi (gemobiliya) paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu asoratlarni aniqlash uchun jigar arteriyasi selektiv arteriografiyasi bajarish lozim.

O‘t oqmalari magistral yo‘llarida o‘tkazuvchanlik bo‘lmaganda va o‘t qopchasi gipertenziyasida xirurgik davolashni talab qilmaydi. O‘t chiqaruvchi yo‘llar strikturasida toraygan qismlar dilyatatsiyasi, stentlar o‘rnatish vositasida, endoskopik yoki jigar orqali endobiliar operatsiyalar yordamida yaxshi natijaga erishish mumkin. Xirurgik operatsiya aylanib o‘tadigan biliodigestiv anastomozlar quyishdan iborat. Jigar shikastlanishlarida letallik 10-60% gacha bo‘ladi va shok og‘irligiga, shikastlanish tabiatiga, operatsiyadan keyingi asoratlar soniga va og‘irligiga bog‘liq. Jigarning pastki kovak venasi, darvoza venasi va jigar venalarining birgalikdagi shikastlanishi ayniqsa xavfli xisoblanadi.
Jigar abssesslari

Jigar abssesslari antibiotikoterapiya keng qo‘llanila boshlanilgandan so‘ng bir muncha kam uchraydigan kasallik bo‘lib qoldi. Jadal kimyoterapiya, qandli diabet, a'zolarni ko‘chirib o‘tkazish va VICh sababli immunitetning pasayib ketishi bu asorat sonining o‘sishiga olib keladi. Jigar abssesslari yuqoriga ko‘tariluvchi biliar infeksiya, infeksiyaning portal venoz sistema bo‘ylab gematogen tarqalishi yoki sepsisda jigar arteriyasi orqali tarqalishi, infeksiyaning qorin bo‘shlig‘i a'zolarining yallig‘lanish kasalliklarida to‘g‘ridan- to‘g‘ri tarqalishi, shuningdek jigar shikastlanishlarida paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda jigar abssesslari o‘t tosh kasalligida yoki jigadan tashqaridagi o‘t yo‘llari rakida aksariyat og‘ir, ko‘pincha yiringli xolangitning asorati xisoblanadi. Boshqa sabablari, destruktiv appenditsit, chambar ichak divertikuliti, nospetsifik yarali kolit, amyobali dizenteriya asorati bo‘lgan sepsis, pilefilibit xisoblanadi. Abssesslar yakka bo‘lishi mumkin, biroq aksariyat ko‘p sonli abssesslar uchraydi. Yakka abschess ko‘pincha o‘ng bo‘lakda joylashadi. Abssesslarda bakteriologik tekshiruv natijasida bakterial florani taxminan 50% xollarda topadilar.

Sepsisda aksariyat xollarda tillarang stafilokokk, gemolitik streptokokk aniqlanadi. Biliar abssesslarida aksariyat ichak tayoqchasi yoki aralash florani aniqlaydilar. So‘nggi yillarda anerob floraga katta ahamiyat berilmoqda. Uni maxsus muxitga ekkandagina topish mumkin. Jigar abssessi xamisha ikkilamchi kasallik, asosiy kasallikning klinik belgilari fonida xarorat intermittirlovchi yoki gektik tabiat kasb etadi, et junjikishi, ko‘p terlash, ko‘ngil aynishi paydo bo‘ladi, ishtaxa pasayadi. Og‘riq kechikgan simptom bo‘lib hisoblanadi va aksariyat yakka yirik abssesslarda uchraydi. Ko‘pincha jigar kattalashadi va paypaslanganda jigarda og‘riq paydo bo‘ladi va ba'zan ter iva skleralar sarg‘ayishi kuzatiladi. Qon analizida –yuqori leykotsitoz, leykoformula chapga siljigan, anemiya. Qon ekmasida kasallik qo‘zg‘atuvchi taxminan 30% hollarda, aksariyat septik kelib chiqgan abssesslarda aniqlanadi.

Qorin bo‘shlig‘i a'zolarining obzor rentgenoskopiyasida diafragma o‘ng gumbazining yuqoriga ko‘tarilishi va xarakatchanligi chegaralanishi aniqlanadi, plevral sinusda suyuqlik yig‘ilishi mumkin. Gaz hosil qiladigan florada jigar soyasi fonida suyuqlik sathi aniqlanishi mumkin, ba'zan jigarning yuqori konturining deformatsiyasi aniqlanadi.

Diagnostikasida jigarni ultratovush bilan tekshirish, kompyuter rentgen tomografiyasi, angiografiya, shuningdek jigarni radioizotop texnitsiy 99 bilan skanerlash yordam beradi. Antibiotiklar bilan davolash mikroflorani sezuvchanligiga muofiq tarzda olib boriladi. Jigarda antibiotikning ko‘proq konsentratsiyasini vujudga keltirish uchun jigar arteriyasiga yoki kindik venasiga, u ajratilgandan obliteratsiyalangan kindik venasini kayta ochiladi va kateter kiritiladi. Yakka xoldagi katta yoki bir necha yirik abssesslarni operatsiya qilib davolanadi, u ochiladi va bushliq drenajlanadi. Ayniqsa ko‘p sonli abssesslarda bo‘shliqni rentgenoskopiya, kompyuter tomografiya yoki ultratovush tekshiruvi nazorati ostida teri orqali drenajlash davolashning kam invazivli va eng samarali usuli bo‘lib xisoblanadi. Jigar abssessi asoratlariga sepsis, diafragma osti abssessi, abssessning qorin bo‘shlig‘iga yoki plevra bo‘shlig‘iga yorilishi, plevra empiemasi, yiringli perikardit kiradi.

Prognozi doimo jiddiy. Yakka yirik abssesslarda o‘z aqtida drenaj qilinganda 90% gacha bemorlar sog‘ayib ketadilar.Ko‘p sonli abssesslar va drenaj qilinmagan yakka abssesslarda davolash kupchilik xolatda ulim bilan yakunlanishi kuzatiladi.


Adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red. M.I.Kuzina, Meditsina, Moskva. 2002.

6. Operatsii na organax bryushnoy polosti. Voylenko I. GEOTAR. Moskva. 2000.

7. Chastnaya xirurgiya. Yu.L.Shevchenko. SpetsLit. Sankt Peterburg. 2000.


II. Qo‘shimcha:

8. Federov I.V. i dr. Endoskopicheskaya xirurgiya. Moskva. GEOTAR. 2006.

9. Astapenko V.G. Prakticheskoe rukovodstvo po xirurgicheskim boleznyam. Minsk, 2004.

10. E.Itala Atlas abdominalnoy xirurgii. 1,2,3 tom. Moskva. Meditsinskaya literatura. 2006.

11. Illyustrirovannoe rukovodstvo po endoskopicheskoy xirurgii. S.I. yemelyanov Meditsinskoe informatsionnoe agentstvo. Moskva. 2004.

12. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g.

13. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

14. Xoledoxolitiaz – Maystrenko N.A.2000.

15. Atlas operatsiy na jelchnыx putyax, Krasilnikov D.M., Mavrin M.I., Mavrin V.M. 2000.

16. Laparoskopicheskaya i torakoskopicheskaya xirurgiya – Konstantin Frantzaydes. 2000.

17. Rukovodstvo po xirurgii jelchnыx putey – Galperin E.I.2009g

18. Zdravыy smыsl v neotlojnoy abdominalnoy xirurgii – Moshe Shayn.2003g

19. Maloinvazivnыe vmeshatelstva v abdominalnoy xirurgii . Timoshin A.D. Triada-x. Moskva 2003

20. Mavzuga doir internet manzillari: www.rmj.ru, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www.omoc.su., www.medline.ru






Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa