5-sinf – MATEMATIKA
Amallarni bajaring: (4532 + 8) : (99 998 – 99 997).
a)40 b)4540 c)4420 d)4523
Omborda 345 t kartoshka bor edi. Birinchi haftada 27 t, ikkinchi haftada esa
birinchi haftaga qaraganda 8 t kam kartoshka sotuvga chiqarildi. Omborda
necha tonna kartoshka qoldi?
a)299 b)265 c)234 d)123
Uydan kinoteatrgacha bo‘lgan masofa 1200 m, uydan maktabgacha bo‘lgan
masofa esa 850 m. Uydan maktabgacha bo‘lgan masofa kinoteatrgacha
bo‘lgan masofadan necha metr qisqa?
a)235 b)350 c)354 d)355
AB kesmani C va D nuqtalar ketma-ket kelgan AC, CD va DB qismlarga
ajratadi. Agar AC kesmaning uzunligi 21 mm, CD kesma AC kesmadan 6 mm
uzun, DB kesma esa CD dan 7 mm qisqa bo‘lsa, AB kesmaning uzunligini
toping.
a)68 mm b)64 mm c)65 mm d)60 mm
Amallarni bajaring: (3568 + 232) : 2
a)400 b)250 c)350 d)450
Quyidagi sonli tenglik va tengsizliklarning qaysilari to‘g‘ri?
1) 322 + 128 = 450; 2) 25 · 22 = 5500; 3) 132 : 11 = 18 – 6;
a)1.2.3 b)2.3 c)1.3 d)1.2
Tenglamani yeching: 21 + x = 56
a)25 b)30 c)35 d)40
Ifodani soddalashtiring: 7x + 43 + 6x + 15
a)12x+58 b)12x+46 c)13x+78 d)13x+58
1minut soatning qanday qismini tashkil qiladi? 19 minut-chi? 30 minut-chi?
48 minut-chi?
a)1/60. 1/6. 1/2. 4/5
b)1/60. 19/60. 1/2. 4/5
c) 1/60. 60/19. 60/2. 4/7
d) 1/60. 2/3. 1/2. 4/5.
Toshkentdan Buxorogacha bo‘lgan masofa 600 km. Bir vaqtning o‘zida
Toshkentdan 90 km/soat tezlik bilan yuradigan avtomobil, Buxorodan esa
tezligi 110 km/soat bo‘lgan ikkinchi avtomobil yo‘lga chiqdi. Ular yo‘lda necha
soatdan keyin uchrashishadi?
a)4soat b)2soat c)5 soat d)3soat
Elektr plita 1 soatda 1,5 kilovatt elektr quvvatini iste’mol qiladi. 1 litr suv
plitada 13 minutda qaynaydi. Bunga necha kilovatt·soat elektr energiyasi
sarflanadi?
a)0.235 b)0.365 c)0.325 d)0.369
Poyezd 95 km/soat tezlik bilan 2,5 soatda necha kilometr yuradi? 0,8 soatdachi?
a)17100m, 4560m b)17200m, 4560m
b)14253m, 4566m d)17850m, 4120m
Hisoblang: (18,6 – 9,1) ∙ 3.
a)25.8 b)28.5 c)25.6 d)23.8
Maktab oshxonasining bo‘yi 29,8 m, eni esa 15 m. Maktab oshxonasining
yuzini toping.
a)455 b)414 c)447 d)425
Birinchi bog‘da 163 tup daraxt bor, ikkinchi bog‘da esa undan 35 tup
ko‘p daraxt bor. Har bir daraxtdan o‘rtacha 6,8 kg dan hosil olinsa, ikkala
bog‘dan jami qancha hosil olinadi?
a)2454 b)2454.8 c)2545.8 d)2425.4
Qadimda odamlar masofani chaqirimlarda o‘lchashgan. 1 chaqirim
1066,78 m ga teng bo‘lgan. 23 chaqirim necha m ni tashkil qiladi?
a)24555 b)24535.94 c)24135.36 d)24123.64
Bozorda go‘sht narxi — 25 000 so‘m bo‘lib, u 10 foizga qimmatlashdi.
Go‘shtning yangi narxi qancha bo‘ladi?
a)27500 b)27000 c)25700 d)27000
1 L Sutdan 10 % qaymoq olinadi. 32,8 kg sutdan qancha qaymoq olinadi?
58,7 kg sutdan-chi?
a)0.328 / 5.87 b)3.28/ 5.87 c)32.8/ 5.87 d)328/ 587
Teploxodning o‘z tezligi 53,2 km/soat. Teploxodning oqimga qarshi tezligi
50,5 km/soat. Teploxodning oqim bo‘ylab tezligini toping.
a)53.5 b)55.3 c)56.2 d)56.4
Bochkada 85 l suv bor edi. Unga yana suv quyilgandan keyin undagi suv 192 l bo‘ldi. Bochkaga qancha suv quyilgan?
a)107 b) 105 c)100 d)102
Tenglamalarni yeching: 2 •x + 356 = 900
a)272 b)256 c)236 d)235
Ko‘pburchaklarning har biri ko‘pyoqning nimalari deb ataladi?
a)tomonlari b)burchaklari
c)uzunligi d)yoqlari
Geologlar 144 km yo‘l yurishdi. Ular dastlab 60 km/soat tezlik bilan 2 soat mashinada yurishdi, keyin qolgan yo‘lni 8 km/soat tezlik bilan otda bosib o‘tishdi. Ular qancha vaqt otda yurishgan?
a)24 soat b)12 soat c)6 soat d)3 soat
Omborda 4 t shakar bor edi. Bir do‘konga 1 265 kg, ikkinchisiga undan 375 kg ortiq shakar jo‘natildi. Omborda necha kilogramm shakar qoldi? (Tonnani kilogrammlar bilan ifodalang.)
a)1045 b)1095 c)1010 d)1256
Hisoblang : (63 144 – 7 191) : 3
a)18562 b)12564 c)18651 d)18655
Tokar 100 ta detal tayyorladi. Dastlabki 3 soatning har bir soatida 12 tadan, keyingi har bir soatda 16 tadan detal tayyorlagan. U necha soat 16 tadan detal tayyorlagan?
a)3soat b)2 soat c)5 soat d)4soat
Hisoblang : 1 804•2•10 + 8 631
a)44711 b)44325 c)44265 d)44752
Yuzi 56 sm2 va bir tomonining uzunligi 8 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning ikkinchi tomonini toping.
a)10 b)8 c)7 d)9
Kinoteatr katta zalining har birida 28 o‘rindiqdan 30 qator, kichik zalining har birida 18 o‘rindiqdan 20 qator bor. Kinoteatrning ikkala zalida hammasi bo‘lib nechta o‘rindiq bor?
a)1000 b)1200 c)1500 d)1100
Tenglamalarni yeching: 728 100 : x = 900
a)908 b)809 c)880 d)808
Do'stlaringiz bilan baham: |