I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

Qo‘llanilishi.
 
Optikani ochiltirish (yoki blikka (shu’laga) qarshi 
qoplama) yorug‘lik optik elementdan o‘tadigan va intensivlikning 
yo‘qolishini kamaytirish yoki qaytishni bartaraf etadishni talab qiladigan 
ko‘pgina sohalarda qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgan holatlar ko‘zoynak 
linzalari va kamera ob’ektivlari hisoblanadi. 
Korreksiyalovchi linzalar.
 
Shu’laga qarshi qoplama ko‘zoynak 
linzalariga surkaladi. Bunda shu’lalarning yo‘q bo‘lishi tashqi 
ko‘rinishni yaxshilaydi va ko‘zga tushayotgan yuklamani pasaytiradi. 
Ayniqsa bu, sutkaning qorong‘i vaqtlarida avtomobil haydaganda va 
kompyuterda ishlaganda seziladi. Bundan tashqari, linza orqali 
o‘tayotgan katta miqdordagi yorug‘lik ko‘zning o‘tkirligini oshiradi. 
Ko‘pincha shu’laga qarshi qoplama boshqa turdagi qoplamalar, masalan, 
suvdan yoki yog‘dan himoya qiladigan qoplamalar bilan birgalikda 
ishlatiladi. 
Kameralar.
 
Ochiltirilgan linzalar bilan foto- va videokameralar 
ta’minlanadi. Buning hisobiga optik tizimning yorug‘lik o‘tkazish 
qobiliyati oshadi va bliklarning yo‘qolishi hisobiga tasvirning 
kontrastligi kuchayadi, biroq ko‘zoynakdan farqli ravishda ob’ektiv bir 
nechta linzalardan tashkil topadi.
Fotolitografiya. 
Blikka 
qarshi 
qoplamalar 
ko‘pincha 
fotolitografiyada taglik sirtidan qaytgan aks etishlarni yo‘qotish hisobiga 
tasvir sifatini yaxshilash uchun foydalaniladi. Qoplama fotorezistning 
tagida yoki ustida surkalishi mumkin va bu turg‘un to‘lqinlarni, yupqa 
plenkadagi interferensiyani hamda ko‘zguli aks etishni kamaytirish 
imkoniyatini beradi. 


58 
Bir qatlamli ochiltirish
. Yakka ochiltiruvchi qatlamning qalinligi 
(masalan, kremniy kislotasining) yorug‘lik to‘lqin uzunligining 1/4 
qismiga teng yoki unga karali bo‘lishi kerak. Bu holda uning tashqi va 
ichki tomonlaridan qaytgan nurlar qarama qarshi fazalarda qaytadi va bir 
hil amplitudalarda interferensiya natijasida so‘nadi – blikning 
intensivligi nulga teng bo‘lib qoladi (1.15– rasm).
1.15 - rasm. Chorak to‘lqinli shu’laga qarshi qoplamada interferensiya 
Effekt eng yaxshi bo‘lishi uchun (qaytgan yorug‘lik amplitudalarini 
baravarlashtirish uchun) ochiltiruvchi plenkaning sindirish ko‘rsatkichi 
linza optik shishasining sindirish ko‘rsatkichidan olingan kvadrat 
ildiziga teng bo‘lishi kerak. Ochiltiruvchi plenka uchun an’anaviy 
material bo‘lib, sindirish ko‘rsatkichi kichik (n=1,38) bo‘lgan magniy 
ftoridi hisoblanadi.
Kronli shishada magniy ftoridi aks etishni 4%dan 2% gacha 
kamaytirishi mumkin. Sindirish ko‘rsatkichi 1,9 bo‘lgan og‘irroq flintli 
shishada magniy ftoridli plenka aks etishni nulgacha kamaytirishi 
mumkin.
Bunday usul bilan ochiltirilgan shishaning qaytarish qobiliyati 
to‘lqin uzunlikka kuchli bog‘liq bo‘ladi. Bu esa bir qatlamli 
ochiltirishning asosiy kamchiligi sanaladi. Qaytarish qobiliyatining 
minimumi λ = 4d·x·n to‘lqin uzunligiga mos keladi, bu yerda d – 
plyonka 
qalinligi, n - 
uning 
sindirish 
ko‘rsatkichi. Birlamchi 
ochiltirilgan ob’ektivlarda spektrning yashil qismidagi (555 nm – inson 
ko‘zining eng katta sezgirlik sohasi) nurlar uchun qaytarish 
koeffitsientini kamaytirishga erishildi. Shu sababli bunday ob’ektivlar 
shishalarning akslanishi qirmizi yoki havorang-ko‘k tusga ega bo‘ladi 
(«havorang optika»). Aksincha, bunday ob’ektivning yorug‘lik 


59 
o‘tkazishining maksimumi spektrning yashil qismiga to‘g‘ri keladi. Bu 
esa tasvirning rang tonining o‘zgarishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda bir qatlamli ochiltirishdan (uning eng asosiy 
ustunligi - arzonligi) budjetli optik uzellarda va ensiz spektr diapazonida 
ishlashga mo‘ljallangan lazerli optikada foydalaniladi.
Ikki qatlamli ochiltirish. 
Ikkita ochiltirishli qatlamdan tashkil 
topadi va tashqi qatlamning sindirish ko‘rsatkichi ichkiga qaraganda 
kichik bo‘ladi. Bir qatlamli ochiltirishga nisbatan yaxshiroq tavsiflarga 
ega bo‘ladi. 
Ko‘p qatlamli ochiltirish. 
Ko‘p qatlamli ochiltiruvchi qoplamalar
sindirish ko‘rsatkichlari har xil materiallarning kamida uchta 
almashadigan qatlamlarning ketma ketligidan tashkil topadi. Avvallari 
spektrning ko‘rinadigan sohasi uchun 3-4 qatlam yetarli deb 
hisoblanardi. Hamma ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy ko‘p 
qatlamli ochiltiruvchi qoplamalari 6-8 qatlamga ega va spekrning 
hamma ko‘rinadigan sohasida aks etishda kam yo‘qotishlar bilan 
tavsiflanadi. Ko‘p qatlamli ochiltirishning fotografiyada va kuzatuvchi 
optikada asosiy ustunligi ko‘rinadigan spektr chegarasi-da aks ettirish 
qobiliyatining to‘lqin uzunligiga arzimas bog‘liqligidir.
Ko‘p qatlamli ochiltirishli linzalar sirtidan ochiltirilgan sohaning 
spektral chegaralarida qaytish natijasida aks etgin yorug‘lik yashil va 
binafsha ranglardan to keyingi yillarda chiqarilgan ob’ektivlarda juda 
kuchsiz kulrang-yashilsimon ranglarga ega bo‘ladi. Biroq bu 
ochiltiruvchi tizimnirng sifat ko‘rsatkichi hisoblanmaydi. 
Ko‘p qatlamli ochiltirishli optika avvallari MS – Mnogo 
Sloynoe, MultiCoating (masalan,MS Mir-47M 2,5/20) harflari bilan 
rusumlanar edi. Odatda «MS» abbreviatura uch qatlamli ochiltirishni 
anglatar edi. Hozirgi vaqtda ko‘p qatlamli ochiltirishning maxsus 
belgilanishi kamdan kam uchraydi, chunki undan foydalanish standart 
bo‘lib qoldi. Ba’zida ularning alohida turlarining «firmali» belgilanishi 
uchrab turadi: SMC (Super Multi Coating, Pentax), HMC (Hyper Multi 
Coating, Hoya), MRC (Multi-Resistant Coating, B+W), SSC (Super 
Spectra 
Coating, 
Canon), SIC(Super 
Integrated 
Coating),
Nano (Nikon), EBC (Electron 
Beam 
Coating, 
Fujinon/Fujifilm),
T* (Zeiss), 
"multiprosvetlenie" 
(multiochil-tirish) 
(Leica), 
"axromaticheskoe pokrыtie" (axromatik qoplama) (Minolta), va 
boshqalar. 


60 
Ko‘p qatlamli ochiltiruvchi qoplamaning tarkibiga xususiy ochilti-
ruvchi qatlamlardan tashqari, odatda yordamchi qatlamlar – shisha bilan 
tishlashishni yaxshilovchi, himoyalovchi, gidrofobli va boshqalar kiradi.
Infraqizil optika. 
Infraqizil diapazonda foydalaniladigan ba’zi bir 
optik materiallar juda katta sindirish ko‘rsatkichiga ega bo‘ladi. 
Masalan, germaniyning sindirish ko‘rsatkichi 4,1 ga yaqin. Bunday 
materiallar majburiy ochiltirishni talab qiladi.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish