I qism. Fotometriya asoslari


 Yorishgan optika (maxsus surtma bilan ishlab chiqarilgan



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

 
1.2.3. Yorishgan optika (maxsus surtma bilan ishlab chiqarilgan 
optika) 
Optikani yorishtirish (ochiltirish) deb, havo bilan chegaralangan 
linzaning sirtiga o‘ta yupqa plenkani yoki bir nechta plyonkalarning 
qatlamlarini biridan keyin birini surkashga aytiladi. Bu optik tizimning 
yorug‘lik o‘tkazuvchanligini kuchaytiradi va aks etgan shu’lalarni yo‘q 
qilish 
hisobiga 
tasvirning 
kontrastligini 
oshiradi. 
Sindirish 
ko‘rsatkichlarining kattaliklari nomaqbul akslarni interferensiya 
hisobiga kamaytirish (yoki umuman yo‘qotish) uchun surkaladigan 
plenkalar navbatma-navbati bilan almashadi va tanlanadi. 
1.14 – rasm. Ko‘p qatlamli ochiltirilgan obyektivlar, linzalarning qoplamasi 
ajralib turadigan tashqi ko‘rinishga ega 


56 
Ochiltirilgan ob’ektivlar odatda ehtiyotkorlik bilan ishlatishni talab 
qiladi, chunki linzadagi o‘ta yupqa ochiltiradigan plenkalariga osongina 
zarar yetkazilishi mumkin (1.14 - rasm). Ochiltiruvchi qoplamaning 
sirtidagi ifloslantiruvchi plenkalar (yog‘, moy) uning ishlash sharoitini 
buzadi va yorug‘likning qaytishini va sochilishini kuchaytirib uning 
samara-dorligini kamaytiradi. Bundan tashqari, iflosliklar (shu navbatda 
barmoq izlari ham) vaqt o‘tishi bilan ochiltiruvchi qatlamni eroziyaga 
olib keladi. Zamonaviy ochiltiruvchi qoplamalar odatda himoyalovchi 
tashqi qatlamga ega bo‘ladi. Bu ularni tashqi muhitning ta’siriga 
chidamliroq qiladi. 
Ochiltiruvchi qoplamalar bir-biradan:

qatlamlar soni bilan; 

surkash usullari bilan: yedirish, qorishmadan o‘tqazish, vakuum 
qurilmalarda changlashtirish …..; 

tarkibi bidan: bular odatda har xil kimyoviy elementlarning 
tuzlari va oksidlari bilan farqlanadi. 
Tarixda eng avval yedirish usuli yordamida shishaning sirtida 
kremniy oksidining plenkasi hosil qilingan.
Tarixiy ma’lumot.
 
Shishaning tabiiy eskirishi natijasida paydo 
bo‘ladigan optikaning «ochiltirish» effekti 20-asrning boshlarida bir-
biriga bog‘liq bo‘lmagan holda har xil mamlakatlarning fotograflari 
tomonidan tasodifan aniqlandi. Bunda bir necha yillar davomida 
ishlatilgan ob’ektivlar yangi ob’ektivlarga qaraganda aniqroq va 
kontrastroq tasvirlar berishligi sezilib qoldi. 
Bu fakt ancha kechroq 1920-yillarning boshlanishida bir-biriga 
bog‘liq bo‘lmagan holda rus, nemis va ameriklik optik olimlar 
tomonidan nazariy jihatdan tushintirib berildi. Bunda optik shishalarning 
ba’zi bir navlari nam havo bilan kontaktda ularning sirtida shishani 
legirlaydigan ba’zi bir metallar oksidlarining yupqa plenkasini hosil 
qilishga moyilligi aniqlandi. «Ochiltirish» hodisasi yupqa plenkalarda 
kuzatiladigan yorug‘lik interferensiyasi bilan tushintirildi.
Bu effektning linzalarni ishlab chiqarishga joriy qilinishi yetarlicha 
tezlik bilan boshlandi. Ochiltirish birinchi texnologiyalarida yedirish 
yo‘li bilan shishaning sirtini tabiiy yeskirtirish bilan amalda takror ishlab 
chiqara boshlandi. Rossiya davlat optika institutida boshqa jarayon – 
kislorodga boy holda etilenning yonishida hosil bo‘ladigan mahsulotlar 
bilan linzalarni oksidlash taklif qilindi. Bunday linzalarning ochiltirilgan 
sirtlari yeyilishga va suvning ta’siriga o‘ta chidamli bo‘lib chiqdi. 
Bunday texnologiya dala binokllari va ko‘zoynak linzalari uchun 1980- 


57 
yillargacha qo‘llanildi. 
Vakuumli 
changlatish texnologiyasining 
rivojlanishi bilan ochiltiruvchi plenkalar qoplama sifatida o‘tqazila 
boshlandi (ingliz tilli manbalarda «Coated Lens» termini paydo bo‘ldi). 
Avvaliga bular noorganik materiallar edi, biroq 1970-yillardan boshlab 
yuqori molekular birikmalar asosida organik plenkalar qo‘llanila 
boshlandi.
Ochiltiruvchi qoplamalarni bir nechta qatlam qilib o‘tqazish 
mumkin bo‘ldi. Bu esa, ayniqsa, rangli fotografiya/kinotasvir/videolar 
uchun muhim bo‘lgan ochiltirishning samaradorligini na faqat to‘lqin 
uzunligining bitta diapazonidagina emas, balki keng spektrda oshirdi. 
Rossiyada ko‘p qatlamli ochiltirilgan ob’ektivlarni belgilashda «MS» 
harflari qo‘lla-nildi (masalan ob’ektiv «MS-Gelios-44M»), ingliz tili 
manbalarda xudi shunga o‘xshash «MS» lotinchada (Multilayer 
Coating) abbreviatura uchraydi.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish