I ma`ruzalar Kirish Reja


Aholining ko‘chirish siyosatining dastlabki davridagi hususiyatlari va usullari



Download 449,5 Kb.
bet5/12
Sana28.06.2022
Hajmi449,5 Kb.
#715960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Migratsiya (1)

Aholining ko‘chirish siyosatining dastlabki davridagi hususiyatlari va usullari
Reja:

  1. XIX asrning 20-yillarida Sibir v Ural kazaklarining qozoq va qirg’izlarning hududlariga majbiriy tarzda ko’chirilishi va mahalliy aholidan tortib olingan erlarda joylashtirilishi

  2. Mahalliy aholi tomonidan norozilik kayfiyatlari.

  3. Imperiya hukumati tomonidanmenonitlarga joylashishda Turkiston hududining taklif etilishi.



Boshыaruv faoliyatining eng muxim yunalishi - Turkistonni mustamlakaga aylantirish jarayonining dastlabki damlaridan boshlab xukumatning uzoы muddatli ruslashtirish rejalarining tarkibiy qismi hisoblangan chorizmning rusiyzabon aholini kuchirib kelish siyosati amalga oshirildi. 1847 yildan e’tiboran qozoq va qirgaz xududlarida, 1867 yildan boshlab esa Turkiston viloyatlari da ushbu jarayonning borishini jadallashtirdi. 1886 yilgi «Nizom»ga kura yer ulushi quyidagi shartlarda ajratilardi: har bir ishlovchiga 10 desyatinadan, dastlabki 10 yil davomida soliqdan ozod qilish imtiyozi bilan bundan tashqari har bir kuchib keluvchiga 100 rubl miqdorida nafaqa ikkiga bulib berilardi («Nizom»ning 280-284- moddalari). Kurinib turibdiki, hokimiyat doiralari uzining mintaqadagi mavqeini mustahkamlash uchun yerni ham, pulni ham ayamasdi. Keyinchalik, uzboshimchalik bilan kuchib keluvchilar oqimining kuchayishi natijasida kuchib kelishni taqiqlash befoyda bulgani tufayli, general-gubernator Duxovskoy 1898 yili «...Turkiston ulkasiga ruslarning imkon qadar kuproq kuchib kelishiga yul ochish» haqida kursatma berdi. 1898 yili dastlabki «Turkiston ulkasini mustamlaka qilish qoidalari» tuzilib, ularga asosan 1903 yil 10 iyulda «Rqishlok; obivatellari va meshchanlarining Sirdaryo, Fargona va Samarkand viloyatlaridagi davlat yerlariga kungilli ravishda kuchirilishi tugrisidagi qoidalar» deb nomlangan qonun tayyorlandi va qabul qilindi. Ushbu k;oidalarning 7-moddasiga kura davlat yer maydonlari erkaklar soniga qarab jon boshiga: sug‘oriladigan yerlar - 3 desyatinagacha, yaylov va o‘tloqlar - zarurat va imkoniyatga qarab berilardi. Alohida hollarda general-gubernator kuchib keluvchiga beriluvchi sugoriladigan yer miqdorini erkak jon boshiga 5 desyatinagacha oshirishi mumkin edi. 8-moddaga kura yer maydonlari kuchib keluvchilarga doimiy (muddatsiz) ajratilib, ularga maydonlarning chegaralari kursatilgan maxsus hujjatlar berilardi. 9-moddaga kura sug‘oriladigan yerlar kuchib keluvchilarga hovli-uchastka tartibida foydalanishga, qolgan yerlar esa - jamoat tartibida foydalanishga berilardi. Kuchib keluvchilarga kuyidagi imtiyozlar berilardi: dastlabki 5 yil davomida ular har k;anday solik; tulashdan tuliq ozodqilinardi, sungra 3 yil davomida ularning yarmini tulardi; kuchib kelish davrida 15 yoshdan katta bulgan shaxslar xarbiy majburiyatdan ozod qilinardi.Turkistonga Rossiyadan ulkan krestyanlar armiyasining kuchirib kelinishi ulkada sugoriladigan yerlarga bulgan ehtiyojning oshishiga olib keldi. Ma’lumki, Fargona viloyati aholi zich joylashganligi va ziroatchilik madaniyatining rivojlanganligi bilan farq k;ilardi. Bu yerda, K.K.Palenning ma’lumotlariga kura, tub aholining jon boshiga tutri keluvchi sugoriladigan yerlar miqdori kuyidagicha edi: Andijon uezdi da -0 ,7 desyatina, Margilon u yezdi da - 0,65 desyatina, Namangan uezdida - 0,5 desyatina, Kuqon uezdida - 0,5 desyatina. Xuddi shu ma’lumotlarga kura aholi jon boshiga: Toshkent uezdida - 1,1 desyatina, Xujand uezdida - 1,1 desyatina, Samarkand uezdida - 0,9 desyatina, Kattakurgon, Jizzax va Ush uezdlarida - 0,6 desyatina yer tutri kelardi.Azaldan tub ax,oliga tegishli bulib kelgan yerlarning tortib olinishi natijasida norozilik yil sayin kuchayib bordi. Chunonchi, 1898 yilgi Andijon kuzgolonining asosiy sabablaridan biri - maxdlliy aholi yerlarining zurlik bilan tortib olinishi edi. Ma’lumki, ushbu kuzg‘olon vahshyona bostirilganidan sung podsho yer yuzidan supurib tashlangan Tojik, Mingtepa va Karnig‘ap qishloqlari urnida Russkoe qishlog‘ini barpo etish hamda undagi 2109 desyatina maydonga 260 oilani joylashtirish tutrisida farmon chiqardi. «Vayronagarlikka mahkum qilingan qishloqlarning fuqarolari kuchirilishlari muqarrarligiga tan berdilar, birok; qayoqqa kuchishlarini hali ham bilmaydilar», degan suzlarning ohangi usha paytdagi kayfiyatni anglatib turibdi. Yoki, masalan, xuddi usha 1898 yili Namangan uezdida 1422 desyatina maydonda 76 hovli va 436 jondan iborat Uspenskoe k;ishlogi; 1899 yili Andijon uezdida 2171 desyatina maydonda 100 hovli va 449 jondan iborat Blagoveshchensk qishlogi barpo etildi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kurinadiki, tub aholiga mansub dexqonlar tasarrufidagi yer maydoni sugoriladigan xududlarda jon boshiga 0,5-1,1 desyatinani tashkil qilgan. 1898 yil quzgolonidan sung chorizm uta surbetlik bilan mana shu ziqirday yer maydonlarini ham tortib olib, dexdonlarni oilalari bilan birga botqoq va kumloklarga kuchirib yubordi. Hukumat mustamlaka xududlarini kengaytirish va «ruslashtirish» borasidagi harakatlarini XX asr boshlarida ham davom ettirdi. Bunga, Stolipinning 1906 va 1910 yillardagi mashxur agrar qonunlari, jumladan, ulkaning tub aholisidan «ortiqcha yerlar»ni tortib olish tutrisidagi «Turkiston nizomining 270-moddasiga qushimcha kiritish haqida»gi qonuni asos bulib xizmat qildi. Ularga kura tub aholi yerlarini ekspropriatsiya qilish amaliyoti qonuniylashtirildi va kuchaytirildi, rus poselkalari, davlat urmon chorboglari va chorvadorlik uchastkalarini tashkil qilish maqsadida katta yer maydonlari mahalliy aholidan tortib olindi. Maxdlliy aholi yerlarining ommaviy ravishda tortib olinishini Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari misolida kuzatish mumkin. Chunonchi, yuqorida kursatilgan «ortiqcha yerlarni tortib olish tug‘risida»gi qonun joriy qilingan dastlabki yildaq Sirdaryo viloyatining Avliyoota uezdida 100 ming desyatinadan ortik; maydonda yangi kuchib kelganlarning 3 mingta xujaligiga muljallangan 63 qishlok; uchastkasi tashkil k;ilindi. 1912 yili viloyat kuchib keluvchilar fondiga 73674 desyatina, shu jumladan 65409 desyatina dexqonchilik uchun qulay yerlar tortib olindi. Bu yerlarga shu yili viloyatga Rossiyadan kuchirib kelingan 4630 jondan iborat bulgan 1569 oila joylash tirildi. Shuningdek, 1913 yili viloyatda 235377 desyatina yer maydonidan iborat 103 uchastkani tortib olish rejalashtirildi. Yil davomida esa, 4741 nafardan iborat bulgan 1668 oila kuchirib kelindi. 1914 yilda 1410 jondan iborat bulgan 380 oila Turkistonga kuchirib kelish uchun hisobga olindi. 1915 yili kuchib keluvchilarning Toshkent uezdiga joylashtirilishini boshqaruvchi ma’mur Kalgansir ovulidan tortib olish loyhalashtirilgan 506500 desyatina yer maydoniga yana 9293 desyatina bush davlat yerlari qushilib, ularda kuchib keluvchilarning poselkalarini barpo etish muljallanayotganligini ma’lum qiladi. Har bir oilaga 40 desyatinadan ekinbop yer ajratish muljallangan edi. Bundan tashqari, deyiladi ma’lumotda, tuzga boy Shurqay kuli mahalliy aholidan tortib olindi. Kul davlat obrok moddasini tashkil qilish uchun berilardi.
Kuchirib kelish fondi va urmonchilik mahkamasi tasarrufidagi yerlarning eng yaxshilari, odatda, turlicha unvondagi chor amaldorlariga bulib berilardi. 1913-1915 yillarda Yettisuv viloyatida «nufuzli shaxslar»ga 1800 desyatina yer ajratilgan edi. Jumladan, Verniy shaxrining polismeysteriga 10 desyatina yer ajratildi . Amaldor Ottendorf chorbog sifatida muqaddam uchta - Ichqaliq, Buston va Nayman bulislari ax,olisi mol bokish uchun yaylov sifatida foydalangan Margilon uezdidagi urmon quriqxonasini qo‘lga kiritdi. Hukumatning Turkiston kelajagi borasidagi rejalarida zohir buyukdavlatchilik, millatchilik va ruslashtirishga moyillik tendensiyalari ziroatchilik vaziri Krivosheinning podsho nomiga yullagan «maktubi»da, aynissa yaqqol uz ifodasini topgan. Unda ulka da qishloq xujaligini rivojlantirish , sugoriladigan paxta ekin maydonlarini va «rus yerlari»ni mustahkamlash masalasi bosh maqsad qilib quyilgan. «Faqat shundagina rus xalqining siyosiy ustunligi uning xujalik kuchi bilan ham mustahkamlanadi», deb hisoblaydi Krivoshein. Paxta ekiladigan rayonlarga lavlagi ekiladigan Janubi-garbiy, Novorossiya guberniyalaridan aholini kuchirib keltirish tavsiya qilinadi, «ulardan yaxshi paxtakorlar chiqadi», deb hisoblaydi vazir. «Maktub» davomida «300 mingta rus xujaligi» ixtiyoriga berilishi lozim bulgan taxminan uch million desyatina yerni sugorish rejalari ham bayon qilinadi. Vazir bu xujaliklarni «tub aholi yashovchi qishloqlardan» boyroq va farovonroq kurinadigan kushib tashkil etishni taklif qiqadi. Bundan kurinadiki, sugoriladigan rayonlardan «foyda soliq olish», Turkistonning tabiiy manbalarini ekspluatatsiya qilishni kuchaytirish, uni imperiyaning agrar-xomashyo maydoniga aylantirishning katta dasturi ishlab chiqilgan. Ziroatchilik va davlat mulklari boshqaruvi mahkamalarining harakatlari bilan rus paxtachilari va savdo firmalarining zamindor xujaliklari tashkil etildi. Ular orasida «Belyakovning plantatsiyasi 620 ming desyatina, Katta Yaroslav manufakturasi 400 ming desyatina, Tarsinning plantatsiyasi esa 200 desyatina yerga ega» edi. Samarkand viloyatida 200 ming desyatinaga yaqin yerga ega bulgan Meyerkort urtq;ligi eng yirik hisoblanardi. Fargona viloyatida 150 ming desyatinaga yaqin yerga ega bulgan Tomich, Kudrin firmasi va Yaroslav manufakturasining plantatsiyalari tashkil kushingan edi.Plantatorlar uz xujaliklarini asrlar davomida paxta ekib kelgan mahalliy aholi kuchi bilan yuritardi. Yerni ijaraga olib ishlovchi dehqonlarning arzon mehnati plantatorlarga ulkan yer rentasini olish imkonini berardi. Biroq ushbu xujaliklarning kupchiligi keyinchalik kasodga uchradi, faqat Katta Yaroslav manufakturasi uzining Andijon yaqinidagi «Andreevskiy xutor» nomli imeniesini sakdab qolish va kengaytirishga muvaffaq buldi. Ushbu xujaliklarning kasodga uchrashi sababini A.P.Demidov shu bilan izohlaydiki, dexqonchilik katta mehnat va texnikani talab qilardi, maydonlarga qulda ishlov berish usuli esa sermashaqqat edi, natijada tez va katta foyda olishdan manfaatdor bulgan kuplab firmalar paxta yetishtirish bilan shugullanishdan kura savdosotiq faoliyati bilan shug‘ullanishni ma’qul kurdilar. Bunda ularning mahalliy xujaliklarni yuritish sharoitlari, sug‘orish tartibi va Turkistonning boshqa qator uziga xos jihatlarini yaxshi bilmasliklari ham jiddiy rol uynadi.Turkistondagi kapitalistik-savdo xujaligiga knyaz N.K.Romanovning xujaligi misol bulib xizmat qilishi mumkin. Xujalik maydoni knyazning irrigatsiya-sugoruvchilik, yer almashtirish va bosib olish faoliyati natijasida 2790 desyatinani tashkil etardiki, bu yirik yer egalarining xujaliklari maydonidan bir necha baravar kup edi.Shuningdek, N.K.Romanov kuchirib kelish masalalari, jumladan, Mirzachuldagi yerlarni uzlash tirish bilan ham faol shug‘ullangan bulib, «sof rus poselkalari»ni tashkil silish g‘oyasini qattiq turib qo‘llab-quvvatlagandi. U shunday deb yozadi: «Niyatim - Urta Osiyo chullarini jonlantirish va hukumat tomonidan ularga barcha tabaqadagi rus kishilarining joylashtirilishi imkoniyatini yengillashtirishdan iborat». Ziroatchilik va davlat mulklari vazirligining ilmiy komiteti hisobotida N.K.Romanov faoliyatining quyidagi natijalari qayd etiladi: «Mirzachuldagi 9 poselkadan faqat ikkitasi: malorosslar yashovchi Romanovskiy va sektantlar yashovchi Konnogvardeyskiy poselkalarida yaxshi rivojlangan xujalik mavjud. Qolgan barcha xujaliklar esa, aksincha, batamom noxush taassurot qoldiradi. Nikolskiy poselkasidagi 40 hovlidan faqat uchtasi ziroatchilik bilan shugullanadi, qolgan poselkalarda ham ahvol shu. Yerlarni kqo‘shni qirgizlarga ijaraga berish juda avj olgan. Volinskiy poselkasida sugoriladigan yerlarning barchasi ijaraga beriladi, ...yerga juda yomon ishlov berilgan... Krestyanlar uz ax,vollaridan nuqul noliganlari-noligan... Krestyan xujaliklari qarovsiz, ruzgorlari nochor... Mahalliy hayotni kuzatuvchilar kuchirib keltirish mahkamasi tomonidan joylashtirilganlarning xujaliklari, ayniqsa, qarovsiz ekanini qayd etadilar. Nafaqa olganlariga qaramay, ular xujalikni yurita olmaydilar... Masalan, 1906 yil kuzda va 1907 yil bahorda Mirzachul tajriba dalasi yaqiniga joylashtirilgan kuchmanchilar shunday ish tutganlar. Ularga har bir hovli uchun 10 desyatinadan yer va 7421 rubl miqdorida nafaqa berilgan... Muqaddam kungillilar va asosan, turli sektantlar joylashtirilgan poselkalar yaxshi kurinishga ega. Biroq ziroatchilik madaniyatining yuksak shaklini Mirzachuldagi utroq ziroatchilarning xujaliklarida ko‘rish mumkin. Ular buyuk knyaz Nikolay Konstantinovichning mulkini tashkil qiluvchi uchastkadagi sug‘oriladigan yerlarni ijaraga oluvchilardir». Kurib turganimizdek, yangi «rus Turkistoni va baquvvat rus xujaliklari»ni tashkil qilish faqat Ziroatchilik va davlat mulklari boshqaruvi tomonidan katta qiyinchiliklar bilan xdyotga tatbiq etilardi. Rus krestyanlari uzlari uchun yangi hisoblangan sug‘orma yerlardagi ziroatchilikka moslasha olmasdilar. Mahalliy paxtakorlar uchun og‘ir ijara shartlarining kuyilishi, paxtaga belgilangan xarid narxlarining pastligi, oziq-ovqat narxlarining esa muttasil oshib borishi dexqonlar hayotini og‘irlashtirib, ularning haqli noroziligini keltirib chiqarardi. Turkistonni mustamlaka qilishning buyukdavlatchlik va shovinistik usullari ,hukumat doiralarining mahalliy aholiga riyoli munosabati, ularning yer-suv va uy-joyga bulgan oddiy huquqlariga ham nopisandliklari kuchirib keltirilgan krestyanlar uchun ham namuna bulib xizmat qilardi. Jumladan, Xujand uezdi boshlig‘i uzining Turkiston general-gubernatoriga yullagan maktubida rus krestyanlarining mahalliy aholiga nisbatan munosabati yaxshi emasligi, kup hollarda ular mahalliy aholini mensimasligi, uning mehnati va mulkiga nisbatan xurmatsiz munosabatda bulishi, kupincha ularni asossiz xafa qilishini kursatadi va bunga, uning fikricha, faqat rus krestyani va mahalliy dehqonning huquqlarini tenglashtiribgina barham berish mumkinligini qayd etadi.Birok; hokimiyat tepasidagilar odatda bunday ogohlantirishlarni e’tiborsiz qoldirardilar. Ularning butun diqqat -e’tibori «ulkan» loyiha - «yangi rus Turkistoni»ni barpo etishga karatilgan edi. Kuchirib kelish siyosati mavzuidagi kuplab maqola va monografiyalarda yetarli darajada bayon etilgan boshqa detallarga tuxtalmasdan, fasat shuni qayd etib utmoqchimizki, tub axolining kamsitilish i chor tuzumiga qarshi yalpi milliyozodlik xarakatining yuzaga kelishini tezlashtirdi, Turkiston xalklari milliy uz-uzini anglashining usishi va uz milliy davlatchiligini tiklash uchun kurash olib borish zarurligini anglab yetishiga kumaklashgan omillardan biri bulib xizmat qildi. Shunday qilib, Turkistonnimustamlakaga aylantirish jarayonida joriy kushingan boshqaruv tuzilmalari va davlat muassasalari deyarli metropoliyaning ichki bozori uchun ishlab, mamlakatning Rossiyaga nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va moliyaviy jihatdan ham qaramligini ta’minladi. Ularning kumagida yuzaga kelgan, asosan, paxtani qayta ishlash bilan shugullanuvchi sohalar, plantatsiya xujaliklari - bularning barchasi milliy xujalik organizmining integral qismi sanalmagan kapitalistik ishlab chiqarish tuzilmasini yaratgan edi. Ular savdogarlar, sanoatchilar, firmachilar va bonщalarning ehtiyojlari uchun xizmat kushib, ularning osmon baravar daromad olishlari va bir vaqtning uzida ommaviy mayda va urta ishlab chiqaruvchining iste’mol darajasini pasayishiga kumaklashardi. Mustamlaka tizimini «takomillashtirish» borasidagi keyingi urinishlar yapon urushidagi maglubiyat, birinchi rus inqilobi, birinchi jahon urushi va Markaziy Osiyodagi yalpi milliy-ozodlik harakatidan larzaga tushgan samoderjavie siyosiy tizimining inqirozi tobora kuchayib borgan sharoitda amalga oshirildi.



Download 449,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish