I ma`ruzalar Kirish Reja


Markaziy Osiyo- sovet davri migratsion jarayonlarida



Download 449,5 Kb.
bet7/12
Sana28.06.2022
Hajmi449,5 Kb.
#715960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Migratsiya (1)

Markaziy Osiyo- sovet davri migratsion jarayonlarida
Reja:

  1. Stalinizm davrida sobiq SSJI iqtisodiy rivojlanishining natijalari.

  2. Stalincha terror

  3. Qatag’on siyosatining avj olishi

  4. Stalin diktaturasi. Stalin davrida jamiyat.

  5. SSJI ikkinchi jahon urushi yillarida . Sobiq SSJI Stalinning oxirgi yillarida (1946-1953)

O‘zining mustaqillik yillari davomida jahon hamjamiyatiga ildamkirib borayotgan Markaziy Osiyo Respublikasilarida millatlararo munosabatlarnimustahkamlash hamda uyg‘unlashtirish muhim ahamiyatga molik masalalardanbiri hisoblanadi.
Darhaqiqat, sobiq sovet davlati hukmronligi yillarida milliy masalaga yondashuv millatlararo munosabatlarda munozarali mushohadalarni
keltirib chiqargan ediki, turli millatlar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar, nizolar mustaqil davlatlar tashkil topganiga o‘n olti yil to‘lgan bo‘lsada,
hali-hanuz o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. Chunki, 70 yildan ortiq hukmronlik qilgan sobiq sovet tuzumining tor sinfiy yo‘nalishga asoslangan milliy siyosati mamlakatda istiqomat qilgan, turli millat vakillari bo‘lgan xalqlarni o‘z milliy haq-huquqlaridan mahrum qilgani
holda «lenincha adolatli milliy siyosat»ni targ‘ib etib, «millatlarning qo‘shilib ketishi» natijasida shakllanadigan «yagona sovet xalqi» haqidagi
g‘ayriilmiy qoidalar negizida ish yuritib kelgan edNiqoblangan shaklda ayyorona siyosat olib borgan sovet hukumati xalqlarni go‘yoki ixtiyoriy ravishda teng huquqli yagona oilaga birlashgani, milliy madaniyatlar va tillar o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilganligi, bularning barchasi milliy manfaatlar va madaniy yaqinlashish, uyg‘unlashish asosida sodir bo‘layotganini asoslashga urinib, turli xalqlarning manfaatlarini teng himoya qilayotgan adolatli demokratik jamiyat haqida jar solgan bo‘lsa-da, aslida, buning negizida payqab olish qiyin bo‘lmagan murakkab va ziddiyatli maqsadlar yotganligi bugun barchaga ma’lum. Bu maqsadlardan ko‘zlangan birinchi yo‘l xalqlarni asta-sekinlik bilan ruslashtirishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi yo‘l xalqlar o‘rtasida ishonchsizlik, nizolarni kuchaytirish hamda shu orqali respublikalar ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda ularni bir-biriga bog‘liq qilib qo‘yishdan iborat edi.
Mustabid tuzumning iqtisodiyot sohasidagi milliy siyosati vazifalaridan biri barcha respublikalarning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuviga erishishdan iborat bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad respublikalarni yagona umumittifoq xalq xo‘jalik majmuiga mahkam
bog‘lab qo‘yish bo‘lgan. 20-yillarning ikkinchi yarmi - 30-yillarda yangi hududiy mehnat taqsimoti, respublikalarning shakllantirilayotgan umumittifoq xalq xo‘jalik majmuida ixtisoslashuvi qaror topgan.
O‘zbekistonga mamlakatning asosiy paxta bazasi bo‘lish vazifasi yuklangan. Natijada partiyaning milliy siyosatidan nafaqat mafkuraviy maqsadlar yo‘lidagina, balki markazning iqtisodiy manfaatlari yo‘lida ham foydalanilgan.
Madaniy merosni o‘rganish bahonasi bilan tarixni soxtalashtirish
orqali respublikalar o‘rtasidagi munosabatlarning chuqurlashishi va ularning birlashib mustaqil davlat bo‘lishga intilishini to‘sishga harakati qilingani holda milliy o‘zlikni anglash va mustaqillik uchun kurashishga
zarur bo‘lgan tug‘ma ehtiyojlarning uyg‘onishiga yo‘l qo‘yilmagan.«markaz ittifoqdosh respublikalar va milliy chekka o‘lkalarda o‘z e’tiqodiga ko‘ra
ilg‘or va o‘z xalqiga sadoqatli bo‘lgan kishilarni «millatchilik»da ayblab,
qatag‘on qilish siyosatini olib borgan. Mazkur siyosat majburan «baynalmilallashtirish» orqali xalqlarning milliy xususiyatlarini yo‘q
qilish hamda o‘zining imperiyacha manfaatlariga mos tushuvchi «ko‘pmillatli» birlikning vujudga kelish jarayonini jadallashtirish maqsadiga xizmat qilgan edi. «Xalqlar va millatlarni yaqinlashtirish»dan iborat bunday sun’iy jarayon jamiyatdagi «millatchilik» deb atash rasm bo‘lgan yashirin va oshkor qarshilik ko‘rsatish hollariga olib kelgan edi».
Bu harakatlarning barchasi sovet tuzumining «yagona madaniyat» barpo etish niqobi ostida imperiya aholisini ruslashtirishning bir ko‘rinishi bo‘lgan. Aslida, sovet davlatida millatlararo munosabatlar hal etilgan emas, «balki yanada kuchayib ketayotgan» hamda keskin tus olayotgan edi.
Sobiq ittifoq parchalanishi bilan bolsheviklar milliy siyosati masalasidagi tortishuvlar yanada avj oldi. Sobiq ittifoqda yashagan 200 dan
ortiq etnik birliklarning rivojlanish darajasidagi farqning ulkanligi, milliy muammolarga diqqat bilan e’tibor berishni, ilmiy asoslangan milliy siyosatni ishlab chiqishni talab etar edi.
Hech bir siyosiy partiya o‘z dasturini ishlab chiqa turib, bu masalani e’tibordan chetda qoldira olmas edi. Shunga ko‘ra, ko‘plab partiyalar «milliy partiya» sifatida tuzilib, asosiy maqsadi etib «o‘z millati»ning manfaatlarini himoya qilish, deya e’lon qilishgan. Lekin har bir partiya
milliy masalani hal qilishda o‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy tabaqaning manfaatlariga mos keluvchi yo‘lni tanlagan.
Bolsheviklarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Lenin o‘z vaqtida milliy siyosat yo‘nalishlarini belgilab bergan edi. Unga ko‘ra, “sovet hukumati milliy respublikalarni mustabid tuzum iskanjasida mustahkam ushlab turishi uchun, eng avvalo, “sotsializm” niqobiga o‘ralgan yangi mustamlakachilik siyosatining mohiyatini yashirishi, uning oshkor bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur edi. Buning uchun bolsheviklar partiyasi milliy siyosatni
har bir tarixiy bosqichda, har bir vaziyatda sharoitdan va asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda uning yo‘nalishini, maqsadini va mohiyatini o‘zgartirib
bordi”.
RSDRPning II s’ezdida Lenin tomonidan ishlab chiqilgan partiya dasturining programma minimum qismida millatlarning teng huquqliligi hamda o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi belgilab qo‘yilgan edi. Leninning
ko‘rsatmalariga binoan, millatlarning ixtiyoriy ittifoqini, bir millatning ikkinchi millatga hech qanday zo‘ravonlik qilishiga yo‘l qo‘ymaydigan, to‘la ishonch va kelishuvga asoslanadigan ittifoqini vujudga
keltirish lozim. ... Millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini e’tirof qilmasdan turib, imperializmga qarshi sotsialistik
1 Lenin aniq tarixiy vaziyatni hisobga olgan holda, «milliy masalaga oldingiga nisbatan ko‘proq e’tibor qaratish» lozimligini, uqtirgan edi. –
partiya milliy masalada abstrakt va formal tamoyillarni emas, balki.... birinchi o‘ringa, tarixiy va avvalambor, iqtisodiy sharoitning aniq hisobini qo‘yishi kerak» (PSS, T.41. –S.162.). U millatlar manfaatlarini himoya qiluvchi yagona to‘g‘ri yo‘l, «shuning zaminida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha kelishmovchiliklarning oldini olishga qaratilgan sharoitlarni yaratishdan» iborat ekanligini eslatib o‘tgan (PSS, T.45. –S.240.). Shu bilan birga, Leninning o‘zi bir necha bor millatlar aralashuvining muqarrarligi xususida yozgan edi. Uning insoniyat «keyinchalik millatlarning aralashib ketishiga olib kelishi kerak» degan fikrini keltirishning o‘zi kifoya qiladi (PSS, T.27. –S.457.). Oktyabr revolyusiyasidan keyin millatlar va davlatlar orasidagi farq hali juda-juda uzoq saqlanishi haqida yozgan edi (PSS, T.41. –S.77.). Bundan ko‘rinib turibdiki, bunday farqlar abadiy bo‘lmay, balki ertami, kechmi yo‘qolib ketishi kerak. Bugungi kunda, Lenin ko‘rsatmalarini dogmalashtirishning qanchalik zararli oqibatlarga olib kelganligini yaqqol ko‘rish mumkin.
Millatlarning erkin ajralish huquqi masalasini u yoki bu millatning biron bir paytda ajralishi maqbul-nomaqbulligi masalasi bilan aralashtirib yuborishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Proletariat partiyasi bu so‘nggi masalani har bir ayrim holda, butun ijtimoiy taraqqiyot manfaatlari va proletariatning sotsializm uchun olib borayotgan sinfiy kurashi manfaatlari nuqtai nazaridan qarab, mutlaqo mustaqil ravishda hal qilmog‘i lozim... Bir maqsadga: barcha millatlarning to‘la teng huquqli bo‘lishiga, juda mahkam yaqinlashuvlariga va bora-bora qo‘shiluvlariga, aftidan, turli konkret yo‘llar bilan borilsa kerak...Sotsializmning maqsadi insoniyatning mayda davlatlarga bo‘linishini va millatlarning har
qanday ayrimligini yo‘q qilishgina emas, millatlarni bir-biriga yaqinlashtirishgina emas, balki ularni qo‘shish hamdir.
Oktyabr to‘ntarishi arafasida bolsheviklar o‘zlarini ko‘rsatish__uchun
demokratiyaning umuminsoniy tamoyillaridan biri bo‘lmish-millatlarning «o‘z taqdirini o‘zi belgilash» huquqini e’lon qilgan edilar. Biroq, Turkiston Muxtoriyatining qurolli yo‘l bilan tor-mor etilishi, Qo‘qon aholisining ommaviy qirg‘in qilinishi bolsheviklarning asl maqsad- mohiyatlarini ochib tashladi. Ularning mahalliy xalqlar milliy davlatchiligiga tish-tirnog‘i bilan qarshi ekanligini ochiq-oydin ko‘rsatdi.
Umuman olganda, “millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi”- bolsheviklar milliy dasturining eng asosiy talablaridan biri bo‘lsa-da, bu talab amalda ro‘yobga chiqarilmadi. 20-30 yillarda o‘z taqdirini o‘zi belgilash konsepsiyasi ham shuningdek, bu huquqni ta’minlash amaliyoti kabi o‘z mazmunini butunlay o‘zgartirdi va amalga oshirilmaydigan shiorga aylandi. O‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilashga, suverenitetga, o‘zini o‘zi boshqarishga bo‘lgan huquqi O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tuzish va uning umumittifoq hokimiyat organlarida konstitutsiyaviy tarzda vakil bo‘lib qatnashuvidan iborat bir galgi hujjatda namoyon bo‘lishi bilan chegaralandi, xolos. O‘zbek xalqining amaldagi siyosiy tengligi ana shu bilan nihoyasiga yetdi.
Bolsheviklar mintaqada hukmronlikni o‘rnatish, mustahkamlab borish uchun siyosatning boshqa yo‘llarini ham ishlatishga kirishdilar. Bu mahalliy aholining ko‘pchilik qatlamlarini ijtimoiy-siyosiy hayot maydoniga yo‘latmaslik, ular o‘rtasida adovatni keltirib chiqarish va shu kabilar edi. Shundan keyingi davrda ham rasmiy hujjatlarda «millatlarning teng huquqliligi», «erkin milliy rivojlanish» zarurligi to‘g‘risida gapirib o‘tilgan. Biroq, real hayotda ko‘p narsalarni va’da qilgan bayonotlarga qarama-qarshi o‘laroq, oktyabrdan keyingi dastlabki kunlardan boshlab sovet davlati ulkan kommunistik imperiya sifatida tashkil topdi. U kommunizm xom hayollari yo‘lida millatlar va elatlarni ezish, ularni qiyofasiz yangi tuzilma bo‘lgan sovet xalqiga sun’iy ravishda birlashtirish siyosatini olib bordi. Bu, ayniqsa, totalitar tizimning yuzaga kelishi va Stalin shaxsiga sig‘inishning shakllanish davrida yaqqol namoyon bo‘ldi. Respublikalar suverenitetining yo‘q qilinishi va markaz tomonidan ularning ichki ishlariga betartib aralashuvi, amalda SSSRning federativ davlatdan unitar davlatga aylanayotganligini bildirar edi. Bunda shu yerda yashayotgan, o‘zida totalitar tizimning bosimini his etgan barcha xalqlarning, shu qatorda ruslarning ham manfaatlariga ziyon yetkazildi.
Milliy munosabatlar – Stalin davrida asosiy muammolar qatoriga
kiritilmagan. Milliy siyosat ilmiy boshqaruvning muhim dastagi va ijtimoiy munosabatlarning murakkab sohasi bo‘lmish-milliy siyosatning boshqaruvi sifatida emas, balki mamlakat boshqaruv elitasi asosiy
o‘yinlarining dastagi sifatida qaralgan.
Nafaqat KPSS hujjatlarida, balki o‘sha yillari chop etilgan adabiyotlarda ham SSSRda milliy masalaning hal qilinganligi to‘g‘risidagi xulosalar o‘z aksini topgan. Lekin, O‘zbekiston mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin olib borilgan tadqiqotlar natijasi SSSRdagi milliy qurilish amaliyotda etnik muammolarning butunlay siyosiy va g‘oyaviy maqsadlarga bo‘ysundirilganligini ko‘rsatdi.
O‘rganilayotgan davrda markaz rahbariyati milliy respublikalarga nisbatan qaror qabul qila olishga qodir sub’ektlar sifatida emas, balki markaz siyosatining ob’ektlari sifatida munosabatda bo‘lgan. Bu esa, mintaqalarning o‘ziga xos xususiyatlarining nazardan chetda qolishiga olib
kelardi.
Sobiq ittifoq davrida amalga oshirilgan milliy siyosat va uning oqibatlari to‘g‘risida turli fikrlar bildirilgan bo‘lsada, bugungi kunda turli millatga mansub fuqarolar hayotida sodir bo‘layotgan ma’naviy uyg‘onish va madaniy yuksalish jarayonini to‘g‘ri va chuqur tushunish uchun anna shu davr milliy siyosatining ayrim jihatlariga to‘xtalish joizdir.
Garchi SSSR Konstitutsiyasida milliy tillarda ta’lim olish hamda milliy madaniyatlarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, milliy o‘zlikni saqlab qolish bilan bog‘liq bo‘lgan, umume’tirof etilgan qoidalar
o‘z aksini topgan bo‘lsa-da, aslida u deklaratsiya tarzida e’lon qilingan va faqat qog‘ozdagina qolib ketgan edi. Amaliyot esa, «millatlarning yaqin kelajakda qo‘shilib ketishi» hamda «yagona sovet xalqi»ning shakllanishi
haqidagi nazariyaga bo‘ysundirilgan edi. Ana shu g‘oya ta’siri ostida milliy til va milliy madaniyatlarga bepisandlik bilan qarash hukmronlik qilgani holda, milliy manfaatlarni himoya qilgan ilg‘or fikrli shaxslarga qarshi
«millatchilik» niqobi ostida ayovsiz kurash olib borildi. Lekin, tadqiqot jarayonida ba’zi manbalarda ta’kidlangan «sovet davrida milliy masala na amaliy va na nazariy jihatdan 1923-1987 yillar oralig‘ida, ya’ni 64 yil davomida biron marta ham yo davlat hokimiyati tomonidan, yoki kommunistik partiya tomonidan muhokama qilingani yo‘q», - degan ma’lumotlarni ham uchratish mumkin. Ammo, hujjatlarning tahlili, buning aksi o‘laroq, «millatchilik» bilan bog‘liq masalalar KPSS qarorlari, rezolyusiyalarida doimiy ravishda tilga olinib kelinganini ko‘rsatadi. Ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, shartli ravishda uchta davrni farqlash mumkin: Birinchi davr 1925-1943 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrdagi 11 ta qaror va rezolyusiyalarda ruhoniylar, boylar quloqlar, mayda burjua unsurlari, ziyolilarning «millatchilik» yo‘lidagi harakatlariga qarshi kurashlar haqida ma’lumotlar mavjud4. Masalan, VKP(b) Markaziy Komitetining 1929 yil 25 maydagi «O‘zbekiston partiya tashkiloti faoliyati haqida»gi qarorida savdogarlar, boylar, ruhoniylar va ularga yordam berayotgan millatchi ziyolilarning sotsializm qurilishiga qattiq qarshilik ko‘rsatayotgani ta’kidlanib, millatchilik mafkurasi, buyuk o‘zbekchilik shovinizmiga qarshi kurash dolzarb bo‘lib turgani qayd etilgan.
Mazkur yillarda qabul qilingan qarorlar amaliy hayotda o‘ziningmudhish aks sadosini topdi. Jumladan, 1937-1938 yillarda markaziy hukumatning jazo organlari va uning respublikadagi «nazoratchilari» tomonidan O‘zbekistondagi yirik «millatchi» guruhlarning fosh etilib, qatag‘on qilinishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Akmal Ikromov va Fayzulla Xo‘jaev boshchiligidagi «Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi», Abdurauf Qoriev rahbarligidagi «Musulmon ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti», «Aksilinqilobiy o‘ng troskiychi josuslar tashkiloti markazi»ning «fosh etilishi» buning dalilidir. Aslida esa, bunday tashkilotlar bo‘lmaganligi, ular sovetlar tomonidan o‘ylab topilgan tashkilotlar bo‘lib, sovet hokimiyati va kommunistik partiyaning niqoblanib yo‘naltirilgan milliy siyosatining natijasi ekanligi bugun barchaga ma’lum.



Download 449,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish