I.2. Ma`ruzalar
Kirish
Reja:
Faning mazmuni va maqsad hamda vazifalari
Migratsion jarayonlarning sabablari, geografik hududi
Uni yuzaga keltirgan omillar.
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi, tarix fanining ham muammolariga munosabat o‘zgardi. 70 yildan ortiq vaqt davom etgan sovet tuzumi sharoitida muhim, murakkab tarixiy muammolar ustida erkin fikrlashga, tarixning xolisona o‘rganilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Tarixga yangicha yondashish – tarixni chuqur, xolisona o‘rganish, tadqiqot natijalarini davrimizning dolzarb muammolari bilan bog‘lab rivojlantirish, kishilarning yangi dunyoqarashini shakllantirishdir.
Mustaqillik tufayli demokratiya yo‘lidan rivojlanayotgan yurtimizda tarixiy manbalarga tayangan holda, tarixiy voqelikni bo‘yab ko‘rsatmasdan, o‘z ko‘rinishida yoritish, uni xolis tadqiq etishga sharoit yaratildi.
Hozirgi davrga kelib totalitar tuzum, uning qurbonlari, illatlari, yovuzliklari natijasida butun bir xalqlarning surgun, ya’ni deportatsiya qilinishi haqidagi mavzular tarixning dolzarb muammolaridan biri hisoblanmoqda. Vaholanki, deportatsiya-surgun qilingan xalqlarning taqdiri, hayoti, tarixi ham o‘lka va jahon tarixida ma’lum iz qoldirganligi haqiqat. Ommaviy deportatsiya jarayonini boshidan kechirgan xalqlarning umumiy tarixida bu davr o‘ziga xos ma’noga ega, uning ma’lum ta’sirlari bugungi kundagi muayyan siyosiy nizolarni ham oziqlantirmoqda.
Markaziy Osiyo respublikalari shunday davlatlar jumlasiga kiradiki, ularda xalqning etnik tartibiga migratsion jarayonlarning ta’siri kuchlidir. Oxirgi yillarda migratsiya borgan sari siyosiy ahamiyati kuchayib bormoqda va siyosiy jihatdan Markaziy Osiyo respublikalarining davlat xavfsizli bilan bog‘liq bo‘lib bormoqda, bu regionning mustaqil davlatlari o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqib etnik va migratsion siyosatni shakllantirish zarurati oldida turibdi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgandan so‘ng davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sistemadagi transformatsiya sharoitida bo‘lib o‘tgan ommaviy migratsion jarayonlar fan oldida qator dolzarb vazifalarni qo‘ydi. Ulardan biri migratsiyaning etnoijtimoiy jarayonlarga bo‘lgan ta’siri xarakterini va Markaziy Osiyo respublikalarining yangi geosiyosiy sharoitda boshqa davlatlar bilan migratsion o‘zaro ta’sirining kelajagi va manzarasini o‘rganish.
Zamonaviy migratsion jarayonlarini tushunib yetish uchun Markaziy osiyodagi etnomadaniy guruhlarining turli vakillarining tarixiy ko‘chirilish dinamikasini o‘rganish lozimdir. Rossiya imperiyasi tomonidan Markaziy Osiyo yerlarini egallanishi, sobiq SSSRning demografik siyosati har tomonlama sovet davridan so‘nggi migratsion jarayonlarning masshtabi, xarakteri va yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Sovet hukumati parchalangandan so‘ng uning hududlarida mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, uning natijasida yuz bergan boshqarilishi qiyin bo‘lgan migratsion oqimlar (asosan Rossiyaga), yuz yillik tarixiy jarayonlarga yangicha qarashga va XXI asr nuqtai nazaridan tushunib va baholashga majbur qiladi.
Migratsiya keng ma’noda ko‘proq xalqning makoniy harakatlanish jarayoni sifatida belgilanadi. Tor ma’noda esa xalqlarning ko‘chish jarayoni ma’nosini bildirib, u hududiy-ma’muriy chegaralarni kesib o‘tish va doimiy yashash joyini ma’lum bir muddatga yoki doimiy o‘zgartirish jarayonlari bilan kuzatiladi. «Migratsiya» va «migrant» kategoriyalari aniq tadqiqot, ro‘yxatga olish, xalqlarning joriy ro‘yxatini e’tiborga olgan holda konkretlashtirish mumkin. Xalqlarning migratsiyasi nazariyasida amalda uning asosiy (markaziy) tushunchasini qo‘llash mumkin emas, u holda migratsion jarayonlar rivoji migratsiya ta’rifida o‘z aksini topmaydi, migratsiya ta’rifning eskirib boradi.
Migratsion jarayonlar - insoniyat tarixining har bir davriga xos doimiy hodisadir. Migratsiyalar – hayotiy vazifalardagi o‘zgarishlarga xalqning umumiy ta’siri usuli hisoblanadi, jamiyatdagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniq va ko‘rgazmali holda aks etadi. Bu borada migratsiyalar bilan teng keladigan boshqa bir ijtimoiy hodisani topish qiyindir.
Migratsiya jarayonlar katta hududni o‘z ichiga Markaziy Osiyo respublikalari hayotida katta rol o‘ynagan.
Rossiyaning XIX asr oxiri – XX asr o‘rtalarida olib borgan ko‘chirilish siyosatining ko‘pgina jihatlarini o‘rganish hozirgi Markaziy Osiyo Respublikalari va Rossiya uchun dolzarb bo‘lib, bu davlatlar tezkor ravishda XX asr oxiri XXI asr boshlaridagi migratsion oqimlarni tartibga solish boshqarishni qonuniylashtirish uchun ishlar olib borilmoqda.
Bugungi kundagi Rossiya va Markaziy Osiyo respublikalari o‘rtasidagi borayotgan migratsion jarayonlar Rossiya migratsiyasi va sovet hukumatining ko‘chirilish siyosati tarixining to‘liq tahlili asosida o‘rganilishi lozim. Ushbu jarayonlarning o‘xshashlik joylari ko‘p bo‘lib, atamalarning zamonaviylashgani bilan farq qiladi: ko‘chirilish migratsiya, o‘zboshimchalik bilan ko‘chish – migratsion harakatning ommaviy tus olishi; mahalliy aholi bilan o‘zaro munosabatlari (ta’siri) – migrantlarning yangi joylariga adaptatsiyasi (moslashuvi); ko‘chirilgan dehqonlar – mehnat migrantlari; «o‘zboshimchalar» - legal bo‘lmagan migrantlar; ko‘chirilishi bo‘yicha boshqarma – federal migratsion xizmat va boshqalar.
Markaziy Osiyo respublikalari tarixidagi migratsiyalarning asosiy qismi majburiy xarakterga ega bo‘lib, davlat tomonidan yo‘naltirilgan.
XX asr boshida Stolыpin islohoti bilan 20 – yillardagi kollektivlashtirish, 30-yillardagi etnotsid, 40-yillardagi harbiy evokuatsiya va deportatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan turg‘un migratsion jarayonlar respublikalar aholisi etnik va ijtimoiy tarkibi, davlatning rivojida o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning o‘rtalari Rossiya imperiyasining ko‘chirilish siyosati aktivlashgani bilan xarakterlanadi. Chor hukumati tomonidan yangi qo‘shib olingan yerlarda ko‘plab o‘zgarishlar olib borildi, - qullik bekor qilindi, katta yer egaligi cheklandi, ishlab chiqarish, savdo va maorif rivojlandi. Rossiya imperiyasining hududlari, harbiy – strategik vaziyati (o‘rni) mustahkamlandi. Bu davrda ko‘chirilgan slavyan oilalari (russlar, ukrainlar, beloruslar) Rossiya imperiyasiga qo‘shib olingan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlariga kelib joylashadilar, Sibir kazaklarida Yettisuv kazak qo‘shini shakllanadi, tatar savdogarlari, hunarmandlari va mullalar, bundan tashqari ixtiyoriy ravishda uyg‘urlar va dunganlar, Volgabo‘yi va Ukrainadan nemislar, keyinchalik ixtiyoriy va majburiy tarzda polyaklar, chexlar, vengerlar, slovak va boshqalar kelib joylashadilar.
Asrlar davomida Rossiya bilan bo‘lgan migratsion jarayonlar Markaziy Osiyo respublikalari aholisining etnik jarayoniga ma’lum bir miqyosda ta’sir ko‘rsatgan.
Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro va boshqa davlatlari o‘zaro munosabatlarining hozirgi davrdagi ahvolini baholash, rivojlanishning kelajagini aniqlash, xalqaro munosabatlarda yuzaga keladigan muammolarning o‘z vaqtida yechimini topish uchun nafaqat mahalliy aholining, balki ko‘chib kelgan yoki keltirilgan xalqlarning madaniyati, ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli, tafakkurini o‘rganishi lozim bo‘lib, ular uchun Markazi Osiyo hududlari ikkinchi, ularning avlodlari uchun Sovet hukumati tarqalib kelgunga qadar esa birinchi vatanlari bo‘lgan.
Demak, yuqoridagi fikrga muvofiq zamonaviy migratsion jarayonlarni tahlil etish uchun uning tarixiy iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, etnomadaniy asosini o‘rganish lozimdir.
Bugungi kunda migratsion jarayonlar natijasida yuzaga kelayotgan muammolar yechimini Markaziy Osiyo hududidagi turli xil xalqlarning tarixini o‘rganish orqali topish mumkin.
Bu esa zamonamizning muhim muammolaridan biri bo‘lib qolgan migratsion jarayonlar kompleks ravishda o‘rganish zaruriyatini tug‘diradi va bu jarayonlarni alohida ko‘rib chiqib bo‘lmaydi.
Fanning maqsad va vazifalari: Markaziy Osiyo Respublikasidagi migratsion jarayonlarning asosiy davrlarini kompleks tahlil qilish, ko‘chirib kelganlarning alohida etnoijtimoiy guruh sifatida shakllanishi va ularning ushbu hududlarda XIX asr oxiri va XX asr o‘rtalaridagi hayotida tarixiy rolini o‘rganish.
Markaziy Osiyo Respublikalari migratsiyaning ijtimoiy-demografik, iqtisodiy, siyosiy oqibatlarini aniqlash.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda ushbu vazifalar belgilanadi:
- Markaziy Osiyoga XIX asr oxiri XX asr o‘rtalaridagi migratsion jarayonlar tarixshunosligini o‘rganish va sistemalashtirish;
- Manbalar asosida XIX asr oxiri – XX asr o‘rtalarida Markaziy Osiyo hududlaridagi demografik vaziyatni har tomonlama ko‘rsatish;
- Ko‘chirib keltirilganlarning joylashuvi geografiyasi va moslashuvi sharoitini o‘rganish;
- Hujjatlar asosida Markaziy Osiyoda qonuniy hududiy (harbiy-ma’muriy) boshqaruv sistemasini tartibini aniqlash;
- O‘rganilayotgan davrlarda ko‘chib kelgan va keltirilganlarning ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli va faoliyatini va ularning mahalliy aholi bilan munosabatini ko‘rib chiqish;
- Markaziy Osiyo respublikalariga ko‘chirilgan xalqlarning davlat rivojiga qo‘shgan hissasi;
- Ko‘chib kelganlarning mahalliy aholi bilan madaniy jihatdan o‘zaro ta’sirini aniqlash.
Migratsion jarayonlarning Markaziy Osiyo xalqlarining etnik tarkibiga ta’siri ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotda XIX asr oxiri – XX asr o‘rtalarida tutgan o‘rni.
Tadqiqotning geografik ramkalari Markaziy Osiyo respublikalarining hozirgi chegaralari bilan belgilangan. Chor Rossiyasining O‘rta Osiyo xonliklarini qo‘shib olishi, sovet davridagi ko‘plab ma’muriy – hududiy o‘zgarishlar izlanuvchining (tadqiqotchining) ishini murakkablashtiradi.
Fanning xronologik ramkasi: XIX asr oxiri – XX asr o‘rtalari, ya’ni Chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyo hududlarida olib borgan ko‘chirish siyosatidan to ikkinchi jahon urushi yillarida sovet hukumati olib borgan ko‘chirilish siyosatigacha bo‘lgan davr.
XIX asr oxiri – XX asr o‘rtalari (ikkinchi jahon urushi davri)ni, ya’ni, chor Rossiyasi va sovet davridagi migratsion jarayonlarni o‘z ichiga olib, bu davrni o‘rganish Markaziy Osiyo hududlariga bo‘lgan ko‘chirilish jarayonlarini masshtabi bo‘yicha har tomonlama tasavvurga ega bo‘lishga va chor Rossiyasi va sovet hukumatining olib borgan siyosatini kuzatib, uning oqibatlarini o‘rganishga imkon yaratadi.
Migratsion jarayonlar - tarixshunoslik ob’ekti sifatida ilk bor fan miqyosida o‘rganilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |