I ma`ruzalar Kirish Reja


Chorizmning aholini ko‘chirish siyosati



Download 449,5 Kb.
bet4/12
Sana28.06.2022
Hajmi449,5 Kb.
#715960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Migratsiya (1)

Chorizmning aholini ko‘chirish siyosati
Reja:

  1. Sibir va Uraldan kazaklar ko’chirilib Ettisuvning va Issiqko’l havzasining Xitoy bilan chegaradosh hududlarda joylashtirilishi.

  2. XIX asrninig 40-yillarida rus qo’shinlari O’rta va Kichik juzlarga mansub qozoqlarning hududlarga o’z mavqeini kuchaytirish uchun xarakati.

XIX asrning 60-80-yillari urtalarida yuzaga kelgan Turkistonni mustamlaka sifatida ekspluatatsiya qilishning shakl va usullari tutrisidagi karama-qarshi tasavvurlar ulka ma’muriyatining siyosatiga, eng avvalo, u tayyorlagan Turkistonni boshqarish tutrisidagi yangiqonun loyhasiga ta’sir qildi. Rossiya byurokratik apparatining tarkibiy qismi hisoblangani K.P.Kaufman boshchiligidagi «xarbiy-xalq» boshqaruvi bu loyihadagi oliy feodal-monarxik tabaqalarning manfaatlarini jon-dildan qullab-quvvatlar edi. Boshqa tomondan, kundalik amaliyot mustamlaka hokimiyatini ekspluatatsiya qilishning noiqtisodiy usullari Turkistonning chor gaznasiga daromad berishi darajasining jadal usishiga olib kelmasligiga ishontirdi. Shu bois, ular uz loyixalarida islohotlarni sekin-asta va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish yulidan borishni taklif qildilar. Bu islohotlar yer-suv munosabatlarini, aholiga soliq solish tizimini qayta kurish, sanoat va temir yul kurilishiga davlat mablagini jalb qilish va shu kabilarni nazarda tutardi. Umuman olganda, maxalliy ma’murlar dasturi chor xukum atining X IX asr oxiridagi Rossiyaning markaziy mintaqalarini j a d a l sur’atlarda sanoatlash tirish va ixtisoslash tirishga qaratilgan umumiy yulidan chetga chiqardi. Biroq, ijtimoiy-iqtisodiy uziga xosliklar va harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib tayyorlangan bu dastur katta sarf -xarajatlarni talab qilardi. Rossiyaning iqtisodiy ahvoli va moliyaviy imkoniyatlari mustamlaka ma’muriyatining budjetini qat’iy chegaraga soldiki, buning natijasida, olib borilayotgan siyosat darhol yoki tez orada samara berishi mumkin emasdi. Sh u bois Rossiyaning oliy byurokratik hokimiyati K.P.Kaufman yuliga ishonchsizlik bildirdi va uning 1871 hamda 1873 yillarda taqdim etgan Turkistonni boshqarish tug‘risidagi nizom loyixalarini rad qildi. Loyihaning yetarli daraj ada puxta uylanmaganligi haqidagi fikr-mulohazalar bunga bahona buldi. Vazirlar Kaufmanni byurokratik radikalizmda, ya’ni muhim davlat vazifalarini bajarishga volyuntaristik munosabatda bulish da aybladilar. Rossiya vazirliklari tomonidan Turkistonni boshqarish masalalari yuzasidan juda kup ta’nali gaplar aytildi. Chunonchi, adliya vazirligi «tub aholining barcha xukuqlarini rus fuqrolariniki singari batafsil sanab utirish»ni ortiqcha deb hisobladi va tub aholiga «qonunlarda belgilgangan qishloq va sh ah a r obivatellari hukuqlari»ni berish bilan chegaralanishni tavsiya qildi.«O‘z turmush sharoitiga kura, imperiyaning past tabaqasiga yaqinroq bo‘lgan qishloq axolisi» huquqlariga kelganda ularni kengaytirish dan tiyilish tavsiya qilinib, ular «rus fuqarolariga o‘xshash biron-bir maxsus huquqlarga ega bulmasligi lozimligi» uqtirildi. Shu bilan birga, dasturda tub aholining ichki turmushiga tegishli bulimlarni (85-modda) kuchaytirish va «e’tiqod erkinligi», «shaxsiy, uy va jamoat hayoti uzgarmay qoldirilishi»ning ijobiy ahamiyatini ajratib kursatish, ularni mavjud urf-odatlarga muvofiq merosiy, mulkiy va shartnomaviy xukuvdarini batafsil bayon etish yuli bilan kengaytirish taklif qilindi.Ichki ishlar vazirligi uz navbatida Turkiston shaharlarining barcha fuqarolariga «shahar obivatellari huquqi»ni berish niyatini tanqid qildi va bunday huquqni faqat Sharqning tarixiy yuzaga kelgan yirik savdo markazlari bulgan Toshkent, Qo‘qon, Andijon, Margilon, Namangan va Samarkand shaxarlarining fuqarolarigina olishlari mumkinligini uqtirdi. «Uezd mahkamalari, mansabdor shaxslar va qushinning katta qismi jamlangan» Xujand, Chimkent, Avliyoota, Kattaqurgon va Turkiston shaharlarining fuqarolariga xam shunday xukuklarni berish mumkinligi kursatildi. Shuningdek, «ruslar kuchirib keltirilgan» va «ruslar savdo kdoladigan» aholi punktlari fuqarolariga ham shunday huquqlar berilishi mumkinligi aytildi.Turkiston ulkasida yer-suv inshootlari qurilishi masalalari Adliya vazirligi tomonidan, ayniqsa, qattik; tanqid qilindi. 1873 yil loyihasiga muvofik; amlok yerlarini ularda amalda ishlagan dexdonlarga berish va ushbu tartibni keyinchalik vaqf va mulk yer egaligiga ham joriy qilish rejalashtirilgan edi. Adliya vazirligi «bunday kurilishning asosiy negizlari Rossiyada amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan butun yer-suv islohotining umumiy xarakteriga tug‘ridan-tug‘ri xilof» ekanligini loyihaning 204-moddasi yer egasiga uz yerida yetishtirilgan xamma narsaga va uning chegarasida joylashgan suvga egalik qilish xukuqini beruvchi mulk xukukq tug‘risidagi asosiy qonunlardan biriga xilofligini; loyihada kursatilgan «davlatning sug‘orish kanallari, soylar va daryolardagi suvdan foydalanishni mavjud urfodatlarga kura amalga oshirish sharti bilan egalik qilish xukuqi mutlaqo soxta»ekanligini qayd etadi. Vazirlik aholiga suvdan «general-gubernator tomonidan tasdiqlangan qoidalarga kura emas, mavjud urf-odatlarga kura foydalanish xukuqi»ni berishni taklif qiladi va «aks holda bu xukuqhech qanday amaliy axamiyatga ega bulmasligi»ni uqtirib utadi. «Xozirgi paytda mulk xukukuga bulgan» yerlarni rejada kursatilgani kabi «foydalanish xuquqi bilan berilgan davlat yerlari»ga aylantirish, Ichki ishlar vazirligining fikricha, yo loyihaning ushbu bulimi Rossiyaning uzidagi yer-suv kurilishi asoslariga muvofik; holatga keltirilishi, yoki umuman «imperiya tub 204-modda: «Ulka ariklari, kanallari, soylari, daryolari va kullaridagi suv... davlat mulki hisoblanadi, birok;... ulka aholisi undan mavjud urf-odatlarga kura foydalanish huqini saqlab qoladi, suvdan foydalanish tartibi, arshugar va boshqa inshootlarning kurilishi esa general-gubernator tasdiqlagan moddalar bilan belgilanadi». Xukmron doiralarning jiddiy tanqd va ogohlantirishiga qaramay, Kaufman, uziga berilgan «ulka ustidan boshqaruvni maxalliy sharoitga muvofiq uzgartirish» xuquqidan foydalanib, yersuv masalasi buyicha qator tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, uning farmoyishlariga muvofiq mulk yerlari gazna hisobiga qisman tortib olindi va mulkdorlarning imtiyozlari bekor qilindi; ularning yerlari amlok yerlari qatori soliqqa tortildi; yer-suv bilan bogliq nizolar tug‘ilgan takdirda nizo chikqan paytdagi «yerga egalik holati»ni hisobga olish zarurligi kursatildi hamda murakkab ish larni xalq sudlarida hal qilishda ushbu omil hal kiluvchi rol uynashi uqtirildi va x,.k. Vaqf yer egaligi tizimi ildiziga bolta urildi, ularning eng yiriklari va nufuzlilari tugatildi, urta va maydalarining xuquqlariqat’iy cheklandi. Mustamlaka ma’muriyatining bunday radikal xatti-harakatlariga turtki bergan siyosiy sabablar aniq kurinib turardi. ular: aholi zodagon qatlamining moddiy negizi, ularning jamiyatdagi avvalgi ijtimoiy-siyosiy roliga putur yetkazi sh va K auf m an dalolat berishicha, “tub aholining eng xavfli qismini vaqf va mulk yerlarini uz kulida jamlagan rus ma’muriyatiga bevosita qaram qilib kuyish”daniborat edi, Mulk va vaqf egalarining yerga egalik qilish xukuklari taftishdan utkazildi, aksar hujjatlar «noqonuniy» deb topildi, yerlar davlat hisobiga utkazildi, machit, Madrasa, maktablarning binolari ombor, turma, kasalxonalar ixtiyoriga berildi. Loyihalarning markaz tomonidan rasmiy tanlanishi «dustona» ruxda bulib, faqat «oliy» doiralarning Turkiston «qurilishi»ga nisbatan turli nuqtai nazarini ifodalardi. Amalda esa hamma Kaufman podshodan olgan «chegarasiz vakolatlar» unga kungliga kelgan ishini qilish imkonini berishini yaxshi bilardi. U xuddi shunday ish tutadi va bu hak;da uz hisobotida ma’lum k;iladi: «Zarafshon okrugi va Amudaryo bulimidagi vaqf yer egaligi shu ma’noda tartibga solindiki... umumiy solik; tulash holatiga buysundirildi, avvalgi egalariga mutlaqo‘ aloqasi yuk; va ularga gaznadan pul beriladi». Fargona viloyatida ham ahvol shunday edi. 1880 yilda maxsus «Jamoat, solshщa tortish va yer-suv kurilishi tug‘risidagi majmua» e’lon qilindi, u chegaralash ishlarini amalga oshirish, vakf yerlari hisobi buyicha maxsus vedomostlar tuzish, ularning hajmlarini belgilash, egalarining machit, Madrasa, maktablarga xarajatlarini tayinlash, musodara qilingan yerlarni ijara savdosiga quyish imkonini berardi. Kaufmanning bunday «uzboshimchaliklari» taftishchi Girsning hisobotida Kaufman «amal qilishi lozim bulgan asoslardan jiddiy chekindi» va «Urta Osiyo ulkasini boshqarish uchun 1867 yilda kursatilgan eng asosiy boshlanmalarni kup jihatdan uzgartirdi», deb qayd etishiga sabab buldi. Turkistonni boshqarish masalalari yuzasidan rahbarlar urtasidagi bu yozishmalar xiyla uzoq davom etdi. Mahalliy ma’muriyat ulkada zudlik bilan iqtisodiy islohotlar utkazilishini talab qildi, ularni keyinga surish «davlat g‘aznasiga jiddiy zarar yetkazibgina qolmay», Rossiyaning Turkistondagi siyosiy mavqeiga ham putur yetkazishini uqtirdi. Kaufman uz opponentlariga javoban, jumladan, shunday deb yozadi: «Agar biz ulkani bundan keyin ham shunday boshqaradigan bulsak, uning aholisi bizni uz xukmdori deb hisoblamay k;uyadi, balki xaqqoniy ravishda ixtiyoriga har ehtimolga qarshi katta harbiy kuch berib quyilgan politsiya agentlari deb hisoblay boshlaydi. Biz ularni tartibning tahdid shakllariga rioya kilishga urgatib kuyamiz, ammo uning hayotiga jiddiy ta’sir kursata olmaymiz. Bunday harakatlar xiyla ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin»
80-yillar urtalariga kelib ma’muriy uzboshimchalikka asoslangan «harbiy-xalk;» boshqaruvi tizimi Rossiya savdo-sanoat doiralari va mahalliy tadbirkorlarning manfaatlari bilan bogliq yangicha munosabatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik kilayotgani ochiq-oydin kuzga tashlanib qoldi. Bu xukmron doiralarning mustamlaka ma’muriyati yuliga nisbatan bildirgan, hatto bir qadar tahdidli tanqidiyy fikrlari chindan ham «dustona» bulganligidan dalolat berardi. Mazkur doiralar Kaufmanga tanqidga uchragan loyihalarni eng katta va aholi zich joylashgan, 1873 yil loyihasiga muvofik; boshqarilgan Fargona viloyatida «sinovdan utkazish»ga monelik kilmadi. Chor ma’muriy tizimining ikkala — markaziy va mintaqaviy — tarmogi ham uzini xuddi Turkiston xalklarining manfaatlari va exhiyojlari haqida qaygurayotgandek qilib kursatar, amaldaesa chorizm uchun faqat muhim bulgan bitta vazifa - ulkani mustamlakaga aylantirishni tezlatish va mustamlaka tuzumini mustahkamlash vazifasini bajarardi. 80-yillarning boshlaridayoq Rossiya xukmron doiralari mustamlaka tuzumini qonuniy rasmiylashtirishni tezlatishga qaror qildi. 1881 yil 13 iyulda «Nizom»ning yakuniy variantini Peterburga taqdim etish va unda «ulkani bonqarish buyicha davlat xarajatlarining imkon qadar kam aytirilishini nazarda tutish»tug‘risidagi oliy farmoyish e’lon kilindi. Loyiha muhokamasi M.D.Skobelev raisligidagi komissiyaga topshirildi. Biroq bu komissiya kup utmay tarqatib yuborildi. Gap shundaki, vafot etgan K.P.Kaufman urniga tayinlangan uning eski va murosasiz opponenti M.G.Chernyaev Turkistonda «ulkani boshqarish kurilishida amalga oshirish zarur bulgan uzgarishlarni yaxshirok, aniklash uchun» puxta taftish utkazilishini talab qildi. Bunday taftish natijasida F.K.Girs tomonidan hisobot va «Turkiston ulkasi ustidan bopщaruvni tashkil kilishning bosh vazifalari tutrisida» izohnoma tuzildi. Ushbu xujjatlar 1884 yili chor xukumati farmoni bilan tuzilgan Davlat Kengashi a’zosi graf N.P.Ignatev raisligidagi navbatdagi maxsus komissiyaga kurib chiqish uchun topshirildi. Komissiya tarkibiga uzining asosiy vazifasini «Turkistonda utish davrida mavjud bulgan nomaqbul boshqarish usuliga bardam berish» va «hokimiyatga harakat qilish uchun qonuniy asoslar taqdim etish, bunda uning ixtiyorida favqulodda holatlar uchun yetarli kuch va vakolatlarni qoldirish»dan iborat deb bilgan taniqli chor amaldorlari va turli mahkamalarning vakillari kiritildi. Ignatev raisligidagi maxsus komissiya usha paytgacha tuplangan barcha loyhalar, xatlar va hisobotlar asosida «Nizom»ning beshinchi loyihasini tayyorladi. U turtta asosiy bulimdan iborat edi: ulkaning ma’muriy tuzilishi, sudlov tuzilishi, yer-suv tuzilishi, soliq va yigimlar. Bu «Nizom» kuyidagilarni nazarda tutardi: generalgubernatorlikning xududiy birliklari nomlarini uzgartirish va ularni unifikatsiya qilish, generalgubernatorning vakolatlarini chegaralab kuyish, zero, Kaufmanga berilgan cheksiz vakolatlar «ulka tuzilishining dastlabki davrlarida zarur edi»; ulka, viloyat va uezd hokimiyatini uning sud va davlat muassasalari ishiga aralashuvini chegaralash tomoniga bir qadar uzgartirish; Rossiyaning 1864 yil sud nizomlariga muvofik; yangi sud amaliyotini joriy qilish. Shuningdek, unda yer-suv qurilishi borasidagi dastur ham bayon etilgan bulib, u yer-suvga egalik qilish, undan foydalanish va boshqarish xukudiga bagishlangan edi. Bu esa uz navbatida yerga xususiy mulkchilikni rivojlantirish va uni tovar-pul operatsiyalari ob’ektiga aylantirish imkoniyatiga yul ochardi. Ushbu xol kundan-kunga kuchayib borayotgan Rossiya va milliy burjuaziya manfaatlari talabiga javob berardi. Keyinchalik Ignatev raisligidagi komissiya loyixalashtirgan yer-suv tugrisidagi qoidalar elementlari 1886 yil qonunida uz ifodasini topdi. Rossiya ziroatchilik va yer-suv tuzilishi bosh boshqaruvchisi A.V.Krivoshein shunday deb tan oladi: «Turkiston nizomida faqat mulk degan suz yuk;. Ulka da mavjud ziroatchilik shakllari yetarli darajada aniklanmaganligi va ziroatchilik bilan boglik; maxdlliy suv xhuquqlari tuliq mavhumligi sababli (qonunda shunday deb kursatilgan), Davlat Kengashi 1886 yilda bu suzni aytishga chuchidi. Biroq mulkka egalikning barcha elementlari: foydalanish, egalik qilish va boshkarishdan to yerlarni krepostnoylik tartibida berish huquqiqadar qonunda kursatilgan».
N.P.Ignatev komissiyasi Turkistonda jamoat boshqaruvini tashkil qilish yuzasidan ham o‘z fikrini aytdi. Unga muvofik; utroq va kuchmanchi aholi yashaydigan rayonlarda qishloq va bulis boshqaruvlarini bir xilda joriy qilish, ma’muriy qurilishning bu miqyosida saylov tizimini saqlab qolish taklif qilindi; uezd va shahar politsiya organlarining vakolatlari batafsil ta’riflanib, uchastka boshliqlari, pristavlar va ularning yordamchilari xizmatini joriy silish orqali ularni jiddiy kuchaytirish kuzda tutildi; barcha miqyosdagi hokimiyat ma’muriy organlarining shtat tarkibi, ular maoshining smeta xarajatlari batafsil bayon etildi, gaznadan olinuvchi ushbu xarajatlarni qisqartirish buyicha takliflar kiritilib, xarajatlarning bir qismini shahar ma’muriyatlari mablaglariga utkazish tavsiya qilindi. Ignatev komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha podsho tomonidan 1886 yil 12 iyunda rasman tasdikdandi va qonuniy akt tusini olib, ozmoz o‘zgartirishlar bilan 1917 yilgacha amalda buldi. 1886 yilgi «Nizom»ga muvofik; Turkiston ulkasining ma’muriy-xududiy bulinishi uzgartirildi. Bunda mavjud birliklarni unifikatsiyalash prinsipiga izchil rioya kalina boshlandi. Chunonchi, Zarafshon okrugi Samarkand viloyatiga aylantirildi. Uning tarkibiga Sirdaryo viloyatining Xujand uezdi utkazildi va keyinchalik Samarkand viloyati Jizzax, Kattakurgon, Samarkand va Xujand uezdlaridan tashkil topdi. Fargona viloyati xududining ichki tuzilishi uzgarishsiz qoldirildi. Sirdaryo viloyatida muqaddam tuzilgan uezdlar qatoriga Amudaryo bulimi qushib olindi. Bir paytning uzida Kurama uezdi Toshkent uezdi deb uzgartirildi. Sirdaryo, Fargona va Samarkand viloyatlari «tub» viloyatl ar deb ataldi. Muqaddam Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan Yettisuv viloyati 1882 yili bu tarkibdan chiqarilib, Chul general-gubernatorligi tarkibiga kiritilgan edi. 1899 yili Yettisuv yana Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga qaytarildi. Xuddi shu yili ulka tarkibiga beshinchi — Kaspiyorti viloyati kushildi. U 1881 yili tashkil qilingan bulib, 1899 yilgacha Kavkaz noibligi tarkibida buldi. Kaspiyorti viloyati tarkibiga Ashxabod, Krasnovodsk, Mangishlok;, Marv va Tejen uezdlari kirardi.
Turkiston general-gubernatorligining umumiy maydoni XIX asr oxirida 1738918 kvadrat kilometrni tashkil kushardi. Aholi soni Birinchi Umumrossiya ax,olini ruyxatga olish tadbirining tulik; bulmagan ma’lumotlariga kura 5280983 kishiga yetdi. Rossiya statistika bonщarmasi tuplagan ma’lumotlarga kura u 1911 yili 6492692 kishini tashkil qildi. Aholi sonining usishi, tabiiy usish hamda Rossiyaning Yevropa qismi, Volgabuyi, Sibir, Kavkaz va bopщa mintak;alardan migrantlarni kuchirib keltirish hisobiga ruy berdi. Turkiston aholisining asosini uzbeklar, qozoklar, qirgizlar, turkmanlar, tojiklar va qoraqalpoklar tashkil qilar edi. Turkistondagi tub xalqlarning umumiy soni qatorida kursatilgan manbalarga kura 1897 yili 4986324, 1911 yili esa 5941604 kishini tashkil qildi. Ukrain va beloruslarni ham uz ichiga olgan rus aholisining umumiy soni 1897 yili 197240, 1911 yili esa 406607 kishini tashkil etdi. Bundan tashqari, Turkiston aholisining etnik tarkibi imperiyaning milliy xududlaridagi vakillar - tatarlar, boshqirdlar, armanlar, gurjilar, litvaliklar, latishlar, polyaklar hamda kushni Sharq mamlakatlari vakillari bilan boyidi. Ular orasida qoshgarlar, taranchilar, uygurlar, forslar, ozarbayjonlar, kurdlar va Afgoniston, Shimoliy Hindiston, Turkiya, Xitoy, Mutilistondan kelganlarning guruhlari son jihatidan salmoqli edi. Turkistonning qishloq joylarida aholining 86,17%i, shaharlarda esa 13,83%i yashardi. Shahar aholisi nisbati faqat Turkiston ulkasining yirik savdo-sanoat markazlari - Toshkent, Kuqon, Andijon, Samarkand, Margilon va bopщa shaharlar joylashgan tub viloyatlar - Sirdaryo, Fargona va Samarkand viloyatlarida yuqorii edi. 1897 yilgi ruyxatga olish xuj j atlarida u faqat rus aholiga nisbatan keltirilgan bulib, kuyidagi kurinishga ega: dvoryanlar va amaldorlar - 2,1%, shaxarr ahli va ruhoniylar - 6,5%, dexqonlar - 20%, kazaklar - 8,1%. Shunday qilib, krestyanlar va kazaklarning uziga tuqqatlamlarini ham x,isobga olganda, rus aholisining deyarli yarmi Rossiya samoderjaviesining Turkistondagi mustamlaka apparatining asl uzagini tashkil kushardi. U chor armiyasiga tayanib, ulkadagi siyosiy va iqtisodiy xayotni bonshqarardi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida mustamlaka tuzumining ijtimoiy negizi shunday edi. 1886 yilgi yangi me’yoriy xujjatda «xarbiyxalk;» boshqaruvining asosiy prinsiplari saqlanib k;oldi. Shu bilan bir vaqtda u maxalliy ma’muriyatning mahkama yunalishi, sud amaliyoti soxasidagi xukuklarini chegaraladi va bu chegaralashni hokimiyatning politsiya va jazoga tortish funksiyalarini kengaytirish yuli bilan kompensatsiya qildi.



Download 449,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish