I ma`ruzalar Kirish Reja


Majburiy ko‘chirish siyosati va Markaziy Osiyo aholisi milliy tarkibining o‘zgarishi



Download 449,5 Kb.
bet9/12
Sana28.06.2022
Hajmi449,5 Kb.
#715960
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Migratsiya (1)

Majburiy ko‘chirish siyosati va Markaziy Osiyo aholisi milliy tarkibining o‘zgarishi
Reja:

  1. Stalin totalitar siyosati

  2. Turli millat vakillari, jumladan polyaklar, volgabo’yi nemislari, qirim tatarlar, meshetin turklar, Kavkaz halqlari va boshqalarning o’z vatanlaridan ko’chirilish sabablari.

  3. Ko’chirilgan xalqlarning Markaziy Osiyo milliy tarkibining o’zgarishidagi roli.



Turli millatlar boshiga tushgan «repressiyalar», 40-yillarda «jazolangan» xalqlarning majburiy ko‘chirilishi – totalitar siyosatning tarkibiy qismi edi. Shu yillarda qonunga zid tarzda bir qator milliy davlat avtonom tizimlarining yo‘q qilinishi ham ma’lum miqdorda Stalin faoliyati bilan bog‘liq siyosatning natijasi edi.
40-yillarda «davlat vazifasi» deb nomlangan majburiy ko‘chirilishga 3 011 108 ta har xil millat vakillari, jumladan, butun xalqlar: ingushlar, chechenlar, nemislar, qalmiqlar, bolqorlar, mesxeti turklari va boshqa xalqlar majbur qilinganlar.
Totalitar tuzum davlatning hech qanday huquqiy normalari bilan hisoblashmas edi. Manbalar bilan tanishib chiqish shuni ko‘rsatadiki, butun bir xalqqa nisbatan deportatsiyani qo‘llash uchun davlatda keraklicha asos ham yo‘q edi, bo‘lishi ham mumkin emas edi. Bu xalqlar tomonidan ommaviy sotqinlik harakatlari bo‘lgan deb bahona qilish noto‘g‘ri bo‘lib, agar shunday hollar uchrasa ham ushbu xalqlarning ayrim vakillari qilgan edi. Butun xalq esa qonunbuzar, buning ustiga xiyonatkor bo‘la olmaydi, shuning uchun ularga nisbatan jazo qo‘llash huquqiy jihatdan noto‘g‘ridir. Xalqlarni surgun qilish kabi ishga oxirgi vosita sifatida qarab, bu ishga qo‘l urgan hokimiyatning dalillari asosli bo‘lishi lozim edi. Bu yerda, ulug‘ Vatan urushi davrida gitlerchilarga yordam berishda nohaq ayblanib majburiy ravishda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Sharqiy Sibir va boshqa regionlarga ko‘chirilgan qorachaylar, qalmiqlar, mesxeti turklari, chechenlar, ingushlar, bolqorlar qrim tatarlari va boshqa bir qator xalqlar nazarda tutilyapti. Bu harakatlar hammasi Konstituson tamoyillarga zid bo‘lib, g‘ayriqonuniy ravishda butun bir xalq huquqini poymol qilardi. Hokimiyat ba’zi xalq vakillariga ayb qo‘ygani holda butun bir xalq ommasini ayovsiz jazoladi. Yana shuni aytish kerakki, bu qilingan jinoyatlar sud organlari tomonidan qo‘yilmay, agentura va boshqa ma’lumotlar asosida tasdiqlanardi.
Pirovardida, SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi u yoki bu xalqni javobgarlikka tortish, ularni avtonom davlat shaklidan judo qilish huquqiga ega bo‘lmay, bu bilan u o‘zining Konstitutsiyada belgilangan vakolatini oshirib yubordi.
SSSR ichki ishlar xalq komissarligining qarori asosida Qozog‘iston respublikasi­ning o‘ziga yo‘llarda ochlik, kasallik va o‘limga mahkum etilib 400 mingdan ortiq, O‘zbekistonga 100 mingdan ortiq Kavkaz xalqlari vakillari surgun qilinadi. Tovar vagonlarida yetib kelganlar respublikalarning kerakli xo‘jalik tarmoqlariga tarqatila­di.
Sovetdavriamaliyotimilliymanfaatlarnihisobgaolmaslik, milliyomilnibo‘rttirishbilanbirqatordaolibborildi. Bu ayniqsa, partiyamilliy siyosatining asosini tashkil etuvchi kadrlar siyosati misolida yaqqolnamoyon bo‘lib, respublikadagi etnosiyosiy ziddiyatlarning kelib chiqishigakuchli ta’sir ko‘rsatgan.Sovet hukumatining dastlabki yillarida partiya xodimlarini«mahalliy» va «mahalliy bo‘lmagan» kadrlarga ajratilmagan. Markazda vajoylardagi boshqaruv organlari tarkibida turli millat vakillaribirgalikda ishlaganlar. Yillar o‘tishi bilan vaziyat o‘zgaradi.Urushning og‘ir yillari davrida rivojlanayotgan sanoatni ishchi kuchibilan ta’minlash vazifasini hal etish dolzarb muammolardan biri bo‘lgan.Minglab tajribali ishchilarning frontga ketishi natijasida yuzaga kelganishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj sanoat korxonalariga yangi kelgan, tajribaga vamehnat malakasiga ega bo‘lmagan kadrlarni qisqa muddat ichida ishlabchiqarish sohasining turli kasblariga o‘qitish va o‘rgatish hisobiga hal etibborilgan. Shu bilan birga, ishchilar safi O‘zSSR Oliy SovetiPrezidiumining 1942 yil 13 fevraldagi farmoniga ko‘ra, urush davridaishlamayotgan mehnatga layoqatli aholi – xotin-qizlar, o‘smirlar,nafaqaxo‘rlarni safarbar qilish evaziga ham to‘ldirib borilgan.Xotin-qizlar ayniqsa sanoat ishlab chiqarishiga ko‘proq jalb qilingan.1940 yilda xotin-qizlar salmog‘i sanoatda ishlovchilar orasida 34,0 foiznitashkil etgan bo‘lsa, 1942 yilga kelib bu ko‘rsatkich 63,5 foizgacha o‘sgan.Respublika ishchilar sinfining keskin ortib borishi asosan yoshlarhisobiga ro‘y bergan. Yoshlardan ishchi kadrlar tayyorlashda mehnat rezervlaritizimi salmoqli rol o‘ynashi kerak bo‘lgan. Shu maqsadlarda 1942 yilningoxirida qo‘shimcha 31 ta FZO (fabrika-zavod ta’limi) maktabi ochilganbo‘lib, respublikada jami 14 ta hunar maktabi va 45 ta FZO maktablarifaoliyat ko‘rsatgan. Ishchilarni qisqa muddatli kurslarda ommaviytayyorlash, yakka tartibda va brigada shogirdligi usullari bilan tayyorlashurushning dastlabki bosqichlarida ayniqsa keng tarqalgan. Urushningdastlabki 17 oyida yoshlardan ommaviy kasblar bo‘yicha 23300 ishchitayyorlangan1. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, 1940 yil sentyabrdarespublika sanoatida 141,6 ming ishchi va xizmatchi mehnat qilgan bo‘lsa,urushning oxiriga kelib 196,2 ming ishchi va xizmatchi band bo‘lgan. Lekinbularning aksariyatini O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan korxonalarbilan kelgan ishchilar, injener-texnik xodimlar tashkil qilgan.Kadrlar masalasi sezilarli ravishda keskinlashgan. Urush tufaylifrontga malakali kadrlarning katta qismi jalb qilingan. Natijada 1941-1942 yillardayoq O‘zbekistonda mehnatga layoqatli kolxozchilarning soni 20foizga, 1945 yilga kelib esa deyarli 40 foizga qisqargan. Ishlab chiqarishgaxotin-qizlar, keksalar, o‘smirlar keng jalb qilingan, ular hisobigasanoatda bo‘lgani kabi, qishloq xo‘jaligida ham erkaklar o‘rni anchaginaqoplangan.Urush yillarida O‘zbekistonga Moskva, Leningrad, Kiev, Minsk,Voronej va boshqa shaharlardan 31 ta oliy o‘quv yurti va 7 ta harbiyakademiya evakuatsiya qilingan. O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlariningbutun o‘quv va ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini markaz andozasiga yana hamyaqinlashtirish imkoniyatiga, respublikaga ko‘pgina oliy o‘quv yurtlarihamda, ilmiy pedagogik jamoalarning ko‘chirib keltirilishi tufaylierishilgan. Urush davri mobaynida respublika oliy o‘quv yurtlari 11750nafar yuqori malakali mutaxassis, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari esa 6673 nafarmalakali kadr tayyorlagan.Urushdan keyingi dastlabki yillardayoq davlat apparatinimahalliylashtirish jarayoni boshlangan. VKP(b)MK qarorlariga muvofiqO‘z KP(b)MQ kotibi U.Yusupov ko‘plab milliy kadrlarni tayyorlashnitezlashtirib yuborgan. Uning O‘zbekiston paxtakorlarining IV respublikaqurultoyidagi chiqishlari (1947 yil 7-10 fevral), O‘zSSR FA ilmiysessiyasidagi (1947 yil 13 iyun), O‘z KP(b)MQning kadrlar masalasi bo‘yichayig‘ilgan majlisidagi (1947 yil 8 iyun), O‘z KP(b)MQning XVIIIplenumidagi va boshqa chiqishlari milliy kadrlarni ko‘paytirish uchunqilgan harakatlaridan guvohlik beradi2. O‘z SSR FAning ilmiy sessiyasidachiqish qilar ekan, u faxr bilan shunday deb e’lon qilgan: «Eng muhim omilko‘p sonli milliy bolshevik kadrlarni shakllantirishdan iboratdir.Davlat boshqaruv organlarining rahbar xodimlari tarkibida o‘zbek vaboshqa mahalliy millat vakillarining soni quyidagichadir: partiya
organlarida-49 foiz, shulardan partiya shahar komitetlari va rayon ijroiya
komitetlari kotiblari-67 foizni, sovet organlarida-67 foizni, shujumladan, shahar va rayon ijroiya komitetlarining raislari-93 foizni, sud
va prokuratura organlarida-74 foizni, shulardan rayon va shaharprokurorlari-81 foizni, rayon va shahar gazeta redaktorlari tarkibida-93 foizni, shahar va rayon xalq ta’limi bo‘limlarida-82 foizni, O‘zSSR yuqori kengash deputatlari tarkibida-68 foizni tashkil etadilar».Milliy kadrlarni shakllantirish va oldinga surish haqidagi X s’ezdhamda O‘z KP(b)MQning ko‘rsatmalari barcha jabhadagi kadrlarfaoliyatining asosiga aylandi. 1952 yil 20 dekabrdagi O‘z KPMQapparatining KPSS MK komissiyasiga taqdim etgan ro‘yxatiga ko‘ra, undaruslardan 86 ta, o‘zbeklar-52, ukrainlar-9, beloruslar-1, boshqirdlar-1,tatarlar-5, armanlar-5, qozoqlar-2, yahudiylar-2, buryatlardan-1 ta bo‘lgan.Oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot uyushmalarida mahalliy millatvakillariga mansub ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda tubo‘zgarishlar ro‘y bergan. RSFSR olimlari rahbarligida mahalliy millatvakillaridan yuzlab o‘qituvchilar o‘z malakalarini oshirganlar, hamdadoktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini tayyorlab, himoya qilganlar. 1946yildayoq O‘z SSR XKS va O‘z KP(b)MQ tasdiqlagan ro‘yxatga ko‘ra, SSSRFAning Moskva va Leningraddagi institutlariga 40 ta doktorant, hamda 50tacha aspirant jo‘natilgan. 1949 yilning o‘zidayoq Moskvadagi ilmiytadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida 200 ga yaqin o‘zbek yoshlarita’lim olishgan.Urushdan keyingi dastlabki yillarda O‘zbekistonda mahalliy millatvakillaridan ishchi kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berilgan. Bumamlakatning g‘arbiy rayonlariga aholi reevakutsiyasi tufayli yanada muhimahamiyat kasb etdi. 1948 yil iyun oyi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbeklarO‘zbekiston aholisi tarkibining 65 foizini, boshqa mahalliy millatlarbilan birga-80 foizini tashkil etgani holda, oliy ma’lumotlimutaxassislarning 17,7 foizini, o‘rta ma’lumotlilarning esa-23,3 foizinitashkil etardi. Ayniqsa, rahbar xodimlar hamda sanoat va transportishchilari tarkibida o‘zbeklar juda kam miqdorda bo‘lgan. Masalan, Toshkentto‘qimachilik kombinatida o‘zbek ishchilari 7 foizni, «O‘zbektekstilmash»zavodida esa-13 foizni, Chirchiq elektroximiya kombinatida-19 foiznitashkil etardi.Samarqand viloyati sanoat tarmoqlarida mahalliy millatvakillarining salmog‘i 1940 yildagi 7,1 foizdan 1948 yilda 19,7 foizgachao‘sgan. Sanoat ishlab chiqarishida band ayollar soni 21,2 foizdan 40,6foizgacha o‘sgan. Lekin, temir yo‘l transporti tashkilotlari va metallniqayta ishlash sanoatida band aholi orasida mahalliy millat vakillariningsalmog‘i juda kam bo‘lgan.O‘zbekistondagi chigal ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyatnibir necha o‘n yillar mobaynida markazdan boshqarishning amaldagi tizimi,uning idoralari, xo‘jalik yuritish usullarining keskin ijtimoiymuammolarni hal qilishga qodir emasligi oqibatida hal etilmay qolganmuammolar yuzaga keltirgan. Buning natijasida ahvol shu darajaga tushibqolgan-ki, qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligi bilan bir qatorda undao‘z mahsuloti bilan agrar sohani ta’minlaydigan tarmoqlar ustunlik qilibkelgan.
O‘zbekistonda qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga,tayyor mahsulotni emas, balki juda past narxlarda xom ashyo hamda yarimtayyor mahsulotlarni yetkazib beruvchi asosiy baza sifatida bir tomonlamaixtisoslashtirilishi to‘sqinlik qilgan. Respublikadagi ahvol, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi siyosati va mahalliy idora rahbarlarining ishlabchiqaruvchi kuchlarni joylashtirishda, ishchi va mutaxassis kadrlartayyorlashda va ayniqsa, respublikaning o‘ziga xos milliy va demografikvaziyatini hisobga olmasdan noto‘g‘ri yo‘l tutganligi oqibatida yanadaog‘irlashib ketgan.O‘zbekistonda yillar davomida markazga tashib ketishga aniqyo‘naltirilgan, mehnatni nisbatan kamroq talab qiladigan arzon xom ashyotarmoqlari ustun deb hisoblab kelingan. Bunday nomukammalliknatijasida respublika sanoatining mahalliy millat vakillari ijtimoiy turmushiga, uning sanoatning an’anaviy tarmoqlarida jamlanishiga salbiy ta’sir qilgan. Ularning respublika iqtisodiy rivojlanishinita’minlaydigan va fan-texnika taraqqiyotini belgilaydigan tarmoqlaridanihoyatda kamchil bo‘lishiga olib kelgan. Bunday sharoitda, avvalo mahalliymillat vakillaridan malakali kadrlar tayyorlashning milliy dasturi zarur edi.
Chunki, respublikada mehnat qilishga layoqatli bo‘lgan yuqori malakalimahalliy kadrlarsiz O‘zbekistonning mustaqilligini tasavvur qilishqiyin edi.O‘zbekistonda 1970-80 yillarda xalq xo‘jaligining ishchi va ilmiy-texnik kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji ilmiy asoslangan tarzda o‘rganilmagan.Buning natijasida, kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda jiddiyxatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, ayrim sohalarda talabga nisbatan ko‘proq ishchi kadrlar tayyorlangan bo‘lsa, boshqa sohalarda esa, ayniqsa texnikataraqqiyotini hal qiluvchi tarmoqlardagi ishchi kadrlar orasida mahalliymillat vakillarining soni kamayib ketgan.O‘zbekiston xalq xo‘jaligida 1970-1985 yillar mobaynida ishchi vaxizmatchilar soni 2641,5 mingdan 4833,5 ming nafarga ko‘paygan. Shu davrdamoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida (qishloq xo‘jaligi va transport,aloqa, sanoat, savdo, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar) mehnat resurslarining74,2 foizi, mahsulot yaratmaydigan tarmoqlarda esa, 25,8 foizi mashg‘ulbo‘lgan.Mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan O‘zbekiston singari o‘lka sharoitidakadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash yirik iqtisodiy hamda ijtimoiymuammo hisoblanadi.O‘zbekiston xalq xo‘jaligida mashg‘ul bo‘lgan oliy va o‘rta maxsusma’lumotli mutaxassislar soni 1970-1985 yillarda 531 mingdan 1385 mingkishiga, shu jumladan, oliy ma’lumotli mutaxassislar 252,5 mingdan 669,2mingga, o‘rta maxsus ma’lumotlilar esa 278,6 mingdan 715,8 ming kishigako‘paygan.O‘zbekiston sobiq ittifoqdagi respublikalar ichida xalq xo‘jaliginingmutaxassislar bilan ta’minlanganligi jihatidan oldingi o‘rinlardanbirini egallar edi. Ammo, bunday ko‘rsatkichga asosan ijtimoiy sohadagioliy va o‘rta ma’lumotli xodimlar evaziga erishilgan. O‘zbekistonda 1970-1985 yillar davomida oliy ma’lumotli mutaxassislar orasida muxandislar salmog‘i 19,3 foizdan atigi 23,6 foizga ko‘tarilgan1. O‘rta maxsus texnikama’lumotiga ega mutaxassislar borasida ham xuddi shu ahvolni kuzatishmumkin.Ko‘p yillar davomida respublikadagi demografik vaziyatga yetarli e’tibor berilmagan. Respublikada ishlab chiqaruvchi kuchlarningjoylashtirilishi siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumdavlatmiqyosida birqancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, bu ishlarpala-partish, milliy manfaatlarga mos kelmagan holda, oxirigachaetkazilmasdan yuzaki olib borilgan.
Ayni paytda, turli millatvakillarining ish bilan ta’minlanganlik sohalari bo‘yicha olib borilgantadqiqot ishlari deformatsiyalanganligini alohida ta’kidlash lozim.Misol uchun, sanoat ishlab chiqarishida faoliyat ko‘rsatuvchi mehnatgalayoqatli bo‘lgan butun aholining 12 foizdan kamrog‘ini o‘zbeklar tashkiletgan. Shuning uchun ham mahalliy aholi orasidan ishchilar tayyorlashningsifatini oshirish, miqyosini kengaytirish zarurati yetilib turgan dolzarb masalalardan biri edi.

Download 449,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish