Migratsion jarayonlar xususiyatlari va turlari
Reja:
Migratsiyaning xarakteri va maqsadlari.
Hohishiy va majburiy migratsion jarayonlar.
Vektor va mayaklak migratsiyalar
Hohishiy, majburiy migratsiyalar va ularning hususiyatlari
Bizga ma’lum bo‘lgan migratsion jarayonlar asoslarini o‘rganishga harakat qilamiz. Birinchi tartibdagi migratsion jarayonlarning turlariga oid belgilar bu- maqsad mohiyat, davr-vaqt, son va sifat bo‘lib, ular asosida biz ikkinchi tartibdagi jarayonlarining asosini o‘rganishimiz mumkin.
1. Birinchi tartibdagi migratsion jarayonlar turlari.
Har qanday harakatning asosiy belgilari bu- harakatning maqsad va mohiyatidir. Harakatning maqsadi mustaqil (erkin) yoki tashqi omillar ta’sirida, ya’ni majburiy bo‘lishi mumkin. Shuningdek vaziyatdan kelib chiqqan holdagi migratsion harakatlar ham bo‘lib, ularga harbiy harakatlar olib borilayotgan hududlar, etnik majarolar bo‘layotgan hududlar, tabiiy va ekologik ofatlardan odamlarning evakuatsiya qilinishi nazarda tutiladi. Shunday qilib, migratsion jarayonlarni biz quyidagi turlarga – ihtiyoriy, majburiy va vaziyatdan kelib chiqib, majbur bo‘lgan turlarga bo‘lish mumkin. Shu bilan birga tushinib olish kerakki, gap hamkorlik doirasidagi, rekratsion va ta’lim migratsiyasi haqida gap borganda, ularni bemalol erkin migratsiyaga misol qilishimiz mumkin, ammo mehnat va ko‘chirilish migratsiyasi haqida gap borganda, erkinlik to‘g‘risida shrtli ravishda gapirish mumkindir. Bu vaziyatda ko‘p xollarda (ko‘chish oilaviy sharoit tufayli, ya’ni turmush o‘rtog‘inikiga ko‘chish nazarda tutilgandan tashqri) juda ham kam miqdordagi hohishiy va majburlik bilan birga asosan majburiy migratsiya hisoblanadi. Demak bu yerda erkinlik darajasini aniqlashtirish lozim. Bugungi kunda bu darajani aniqlash inson huquqlari bilan bog‘iq bo‘lganligi sababli, migratsion jarayonlarning ushbu turi juda ham aktual bo‘lib qolmoqda.
Hudud-davr atamalaring kiritilishi (a)oxirgi ko‘chirilish punktiga (vektor va mayatnik migratsiyalari) shuningdek, (b)shartli va taasavurli chiziqlarga nisbatan (b)fikr yuritishga imkoniyat yaratadi:birinchidan (b.1), chegaraga nisbatan (b.1.1.) ma’muriy (ichki, tashqi, tranzit, chegaradosh) va (b.1.2.) ijtimo-madaniy; ikkinchidan (b.2)-markazga nisbatan (markazga tomon va markazdan yiroq).
Sifatli parametr, belgilarni aniqlashtirish, migratsion jarayonlarning xarakteristikasini sifatli aniqlashga imkon yaratadi. Bugungi kunda migratsion jarayonlarning quyidagi xarakterlari aniqlanmoqda: ta’lim, malakaviy, yoshga nisbatan, oilaviy, moddiy va ijtimoiy madaniy (irqiy, etnik, diniy, til). “Qanaqa”, “qaysi maqomdagi” singari prinsipial savollarga javob bermasdan oldin, u yoki bu mamlakatning o‘z hududiga qancha immigrantlarni kiritishi lozim yoki mumkin degan masalani muhokama qilishning foydasi yo‘q. Shuning uchun oqim sifati, uning integratsiyasi va iste’molchilik faoliyati mexanizmi masalasi miqdor parametrlari muhokamasidan oldin turadi. Ijtimoiy madaniy parametr tipologiyada kopmplementarlik darajasiga ko‘ra rivojlanadi.
Keyingi qadam: migratsion jarayonlar tipologiyasining ikkinchi tartibini ko‘rib chiqamiz, uning asosidaa maqsad va erkinlik darajasi, ko‘chishning oxirgi punkti va kelish vaqti, chegara va markaz, markazdan yiroqlik, sifat va mqdor, komplementarlik va ijtimoiy ta’lim turlari, oqim jadalligi va oqim yo‘li mavjudligi yotadi.
2. Ikkinchi tartibdagi tipologiya.
1) Erkin (mustaqil) bo‘lgan migratsion jarayonlar nisbatan quyidagilarga bo‘linadi: mehnat, ish yuzasidan, rekratsion va ko‘chish ya’ni, ishlashga, biznes qilishga, ta’lim olishga, dam olish yoki yashash uchun borgan insonlar. Bu turlar ham o‘z navbatida yana turlarga bo‘linadi. Masalan turizm-yoki rekreatsion oqim kiradigan, chiqadigan, ichki turizmga bo‘linadi, ko‘chish migratsiyasining turlaridan biri bu oxirgi yillarda ayniqsa G‘arbda katta ahamiyatga ega bo‘lgan oila bilan birlashish maqsadidagi migratsiya hisoblanadi.
2) Majburiy maqsaddagiga nisbatan bo‘linish bu- majburiy va repressivdir. Pavel Polyan bu iiki turni deportatsion migratsiya deb xarakterlaydi va uning ortida sovet hukumatining juda katta rejalari yotgan. Ushbu siyosatning juda katta miqyosda olib borilganaligiga tan bergan xolda yuqoridagi deportatsion migratsiyaning ikki turini alohida farqlagan holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
2. 1) Majburiy migratsiyaga quyidagillar misol bo‘lishi mumkin, SSSR Yevropa qismining markaziy va janubiy hududlaridagi qishloq aholisining kollektivlashtirish davrida shimoliy hududlarga, Ural va Sibirga ommaviy ko‘chirilishi; xarbiy kompaniyalardan avval davlat chegaralarini tozalash, ya’ni preventiv (oldini olish, ogohlantiruvchi) deportatsiya, bu usul Birinchi jahon urushi boshlanishidan avvalga xarakterli bo‘lib, ikkinchi jahon urushidan oldin tashkiliy ravishda keng ko‘lamda olib borilgan (Ikkinchi jahon urushidan oldin omaviy tozalash olib borilgan, jumladan, g‘arbiy chegaralarda polyaklar va nemislar (1935-36); janubdaga barcha hududlardagi kurdlar (1937); sharqda: koreylarning total deportatsiyasi (1937) va boshqalar; yana janubda: xorij fuыarolari yahudiy va eronilar (1938); yangi g‘arbiy chegaralar: sobiq polyak va boshqa horij fuqarolari (1940); shimoliy chegaralar:Murmansk viloyati (1940); shimoli- g‘arbiy va janubi g‘arbiy chegaralar : Boltiqbuyi, G‘arbiy Ukraina, G‘arbiy Belorussiya, Moldaviya (1941); Qrim, Shimoliy Kavkaz, Kavkazorti halqlarining Qozog‘iston va O‘rta Osiyoga Ikkinchi jahon urushi yillarida ommaviy ko‘chirilishi (qorachaylar (08-11. 1943), qalmiqlar (12.1943-06.1944), chechen va ingushlar (02-03.1944), bolqarlar (03-05.1944), qrim tatarlar, greklar, bolgarlar, armanilar, kam sonli italiyanlar (05-07.1944), mesxetin turklar, kurdlar, xemshinlar, lazlar, Janubiy Gruziyaliklar (11.1944) va boshqalar.))
2.2) Yangi hududlarga majburiy ko‘chirilgan migrantlar GULAG atrofidagi oqimlardan farqli ravishda bir hududdan ikkinchisiga o‘tish huquqiga ega bo‘lgan. Aytish joizki, ko‘chirilganlarning joylashtirish geografiyasi sovet davrining yangi indistrial o‘zlashtirish rayonlari bilan to‘g‘ri kelgan.
3). Majburiy migrantlarni qochoqlar va majburiy ko‘chirilganlarga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi farq chegarasi davr, mamlakatlar bilan belgilanadi. Rossiya qonunchiligida bu chegara qisman fuqarolik singari belgiga ham dahldordir.
Ushbu tipologiya XX asr davomida g‘arb demokratiyasi davlatlari uchun halqaro huquq sistemasining rivojida alohida ahamiyat kasb etgan. Bu yerda “muhojirlar” instituti va “gumanitar halokat, fojea”, “genotsid”va “etnotsid” kabi tushunchalar ma’nolari muhimdir. “Sotsialistik tuzumning yemirilishi va “sovuq urush” yillarida dunyoda siyosiy boshpana berilishi bu nafaqat parallel, balkim o‘zaro bog‘liqjarayondir”. Qochoq va immigrant qochoq bo‘lmaganlar o‘rtasidagi farq majburiyalar va yangi siyosiy vazifalar ostida borgan sari yemirilib borgan, u bilan birga migratsion nazorat siyosati va qochoqlar himoyasi bo‘yicha siyosat o‘rtasidagi farq ham yo‘qolib boradi.
4) Oxirgi kelish punkti yuzasidan- mayatnik (borish-qaytish ritmiga ega) va vektorga bo‘linadi. Boshqacha qilib aytganda insonlar qaergadir qaytib kelish uchun boradilar (bu mayatnik siklini shakllantiradi) va buni ma’lum bir davr orasida amalga oshiradilar; shunday ekanbu yerda borib kelishning takrorlanish tezligi amaliy qiziqish uyg‘otadi.
4. 1) Vaqtga nisbatan mayatnikli migratsiya ham chelnokli (mokilik) va mavsumiyga (yil davomida) bo‘linadi. Mavsumiy uchun qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi ixtisoslik xarakterlidir. Chelnokli uchun esa kisik savdo biznesi (asosan Xitoy, Turkiya davlatlariga) va chagara hududlaridagi iqtisodiy faoliyatni misol keltirishimiz mumkin.
4. 2) Vektor migratsiyasi o‘z navbatida qaytib kelmaydigan (nomlanishidan kelib chiqib) va vaqtinchalik-doimiy (1-6 yil muddatga, odatda ta’lim bilan, ish, vatnini majburiy tashlab ketish) va epizodik, ya’ni6 tasodifiy, takrorlanishsiz bo‘lgan safar yoki sayohatlarga bo‘linadi.
5. Chegaraga nisbatan.
5.1)Ma’muriy chegara. Bizning davrimiz uchun eng keng tarqalgan va oddiy ma’muriy tipologiyalardan biri. Migratsion oqimning ichki va tashqiga bo‘linishi bilan belgilanadi. Tashqi esa o‘z navbatida emigratsion va immigratsionga (qabul qiluvchi mamlakat va emitentga nisbatan), ichki esa hududichi va hududlararoga (ma’muriy chegaraga nisbatan) bo‘linadi. Tashqi migratsiyaning turlariga tranzit (davlat chegaralarining ikki karra o‘tilishi) va chegaraoldi, yoki aniqrog‘i fronter, ichki hududlarga kirish ichkariligini aks ettirilishi kabilar kiradi. Bu tur aniq siyosiy (geopolitik) kontekstga egadir. Uning gullab yashanishi milliy davlatlar instituti mustahkamlanishi davriga to‘g‘ri kelib, o‘zini chegaralar hisobiga tahlil qiladi (bu yerdan milliyiqtisod, milliy hafsizlik, milliy oziq ovqat va boshqlvr kabi fikrlarning kelib chiqishi). Bu tipologiyaga talabning oshishi “temir parda” davriga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |