I ma`ruzalar Kirish Reja


Millatlararo munosabatlardagi ziddiyatlarning



Download 449,5 Kb.
bet12/12
Sana28.06.2022
Hajmi449,5 Kb.
#715960
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Migratsiya (1)

Millatlararo munosabatlardagi ziddiyatlarning
Migratsion jarayonlarga ta’siri
Reja:

  1. Tezlashish siyosati. Qayta qurish va oshkoralik.

  2. Ijtimoiy-siyosiy hayotning jonlashishi.

  3. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy inqirozning yetilishi.

  4. Ittifoqchi respublikalarda milliy harakatlarining o’sishi.

  5. Gorbachyovning tashqi siyosati.

  6. Siyosiy hokimiyatga KPSS monopoliyasining qulashi.

  7. 1991-yil avgust v oqealari.

  8. Belovejsk va Olma-Ota kelishuvlari. Sobiq SSJIning qulashi. Yangi mustaqil davlatlarining tashkil etilishi.



Ma’lumki, yetmishyildan ortiqroq hukmronlik qilgan sobiq sovet davlatining milliysiyosati ko‘p millatli birlikni vujudga keltirish niqobi ostidaadolatsizlik va zo‘ravonlik bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Sovet davlatidaamalga oshirilgan milliy siyosat respublikadagi demografik vaziyatningkeskinlashuviga ham sabab bo‘ldi. «Kommunizm davrida barcha xalqlarqo‘shilib ketadi», degan soxta shiorni mutloq haqiqatga aylantirib olgansiyosiy ma’muriyat faoliyatida, milliy masalada shovinizm siyosati yaqqolnamoyon bo‘ldi.Sovet davlatida milliy masala hal etildi, xalqlar “yagona oilaga”birlashgani haqida bong urib kelingan bo‘lsa-da, aslida maqsad sobiqittifoqdosh respublikalarni iqtisodiy jihatdan bir-biriga bog‘liq qilibqo‘yish, shu orqali boshqaruvni to‘liq qo‘lga olishdan iborat bo‘lgan.Aslida sobiq sovet davlatining butun tarixi davomida mamlakatda milliymasalada barqarorlik bo‘lmagan. Yuqoridagi shiorni bayroq qilib ko‘targansovet davlati hukumati va kommunistik partiya vakillari 70 yildanortiqroq vaqt davomida muttasil shovinistik siyosatni amalga oshiribkeldilar. 70-80- yillarga kelib milliy siyosatning boshqa jihatlari ko‘zgatashlandi. Ana shunday vaqtda mamlakatdagi inqiroziy jarayonlar milliytus ola boshladi. Ayniqsa, 80-yillardan e’lon qilingan “qayta qurish” esajamiyat hayotini yangilash, demokratlashtirishga qaratilgan “oshkoralik”jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. “Qayta qurish” siyosati dastlabiqtisodiy muammolar yechimini topishga qaratilgan bo‘lib, uning doirasigamilliy masalaga oid muammolar kiritilmadi. Natijada, jamiyat hayotigakirib borayotgan “oshkoralik”dan foydalangan xalqlar o‘z milliymanfaatlarni himoya qilish jarayonini boshlab yubordilar. Xalqlar orasidamilliy tilga nisbatan munosabat kuchayib, milliy harakatlar avj oldi.Bu mamlakatdagi jiddiy o‘zgarishlar chiqishlarga, milliymanfaatlarni himoya etish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarga aylanib ketdi,qolaversa, bu chiqishlarda respublikalar bilan markaz o‘rtasida turlidarajadagi milliy davlatchilik shakllari avtonom respublikalarniittifoqdosh respublikalarga aylantirish uchun separatchilik harakatlariham kuchayib ketdi. Shunday to‘qnashuvlar Olma Ota, O‘sh, Farg‘ona, Tog‘liQorabog‘, Tbilisi hamda Moldaviya davlatlarida bo‘lib o‘tdi.O‘zbekistonda, jumladan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent viloyatlaridabo‘lib o‘tgan mojarolar ham respublikadagi siyosiy vaziyatningkeskinlashishiga va migratsion jarayonlarga ta’sir etdi1.
Butun SSSRda yuzaga kelgan vaziyatni siyosiy dastur vositasi bilanhal etish o‘sha yillari markaziy rahbariyat tomonidan kun tartibigaqo‘yildi. 1989 yil SSSR xalq deputatlarining 1 s’ezdidan so‘nghokimiyatning yangi ittifoq – respublika mahalliy organlar tuzilishimilliy masalani qayta qurishning tarkibiy qismi sifatida belgilab olishzaruriyatini yuzaga keltirgan edi. Natijada KPSS MKning 1989 yil 20sentyabr plenumida “Partiyaning hozirgi sharoitdagi milliy siyosati(KPSSning harakat dasturi)” qabul qilindi. Mazkur dasturda ham turlisabablarga ko‘ra millatlararo zaminda yuzaga kelayotgan mojarolarga alohidae’tibor bilan yondoshuvni”105 taqozo etishi ta’kidlab o‘tildi va milliysiyosatning mamlakatda har bir xalqning o‘ziga xos manfaatlariniqondirish, milliy tillar va madaniyatlarning erkin rivojlanishi uchunshart-sharoitlar yaratish, fuqarolarning huquqlarini, ularning millatigaqarab kamsitishni istisno etadigan kafolatlarni mustahkamlash, har birxalqning tarixiy an’analarini va milliy o‘ziga xosligini o‘zaro hurmatqilishni qaror toptirish kabi yo‘nalishlari bajarilishi lozim bo‘lganmuhim vazifalar qatoriga kiritildi.Biroq bu vazifalarning milliy manfaatlarini himoya qilish bilanbog‘liq bo‘lgan harakatlar ancha jonlanib, milliy rivojlanish yo‘llarinibelgilab olgan respublikalar, xalqlar o‘rtasida amalga oshirishningimkoni kam edi.
Ta’kidlash joizki, millat tushunchasi, milliy masala muammosimasalaga nazariy-uslubiy asnoda yondoshishni taqozo etadi. Milliymasalani hal etish uchun tanlangan yo‘lning xatoligi millionlab kishilartaqdirida asoratli iz qoldirishi mumkin edi. Bunga tabiiy-ob’ektivsabablarga ko‘ra tarqalib ketgan sovet ittifoqi misol bo‘la oladi. Uningparchalanishi ko‘p millionlab kishilarning ko‘chib ketishi va ko‘chib kelishijarayoniga ta’sir etdi va aholining o‘zaro nisbatini o‘zgartirib yubordi.Masalan, rus va boshqa millatga mansub aholining sobiq ittifoqdoshrespublikalardan Rossiyaga ko‘chib ketishi jarayonlari kuchaydi. Keyingiyillardagi tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, bunday holatlar Qrim,Estoniya, Latviyada yaqqol ko‘zga tashlangan107. Ayni paytda shu yillardagijarayonlar millatlararo munosabatlar va migratsiya jarayonlariga ta’siretdi. O‘zbekistondan esa aholining ko‘p miqdorda ko‘chib ketishi 1989-90yillardan nisbatan yanada kuchaydi. Ana shu ikki yil davomida 350 mingdanortiq kishi respublikadan ko‘chib ketdi. Tashqi migratsiya hajmining asosiyqismini yevropalik xalqlar – ruslar, tatarlar, yahudiylar va qrim tatarlaritashkil etdi. 1990 yilda mazkur millatlar vakillari respublika hududidanko‘chib ketganlarning deyarli 60 foiziga to‘g‘ri keldi. Xususan, 1988-91yillardagi keskinlik, ko‘p hollarda rus millatiga qarshi kayfiyat asnosidayuz berdi. 1991 yilning oxiridan boshlab, 25 million ruslar sobiqittifoqdagi respublikalardan o‘z vatanlariga ko‘chib ketishdi.Bu jarayonlarni 1981-1990 yillardagi Rossiyaning O‘rta Osiyorespublikalari bilan migratsion aloqalar ma’lumotlari asosida hamko‘rish mumkin. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘rta Osiyorespublikalarida migratsion aloqalar, ayniqsa, 1986-1990 yillarda engyuqori darajaga chiqqan:
Hamma aholi nisbatan -
foiz hisobida
Jami
Qozog‘iston 403 482 840 11,0 1725
O‘zbekiston 205 479 364 6,0 1048
Qirg‘iziston 76 106 285 4,0 467
Tojikiston 46 113 166 3,0 325
Turkmaniston 42 39 20 2.0 101
1989 yil aholi ro‘yxati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1653 mingruslar istiqomat qilishgan111. 1989-1999 yillar oralig‘ida 729.900 ruslarO‘zbekistondan Rossiyaga ko‘chib ketgan bo‘lsa, 197.981 kishi ko‘chib kelgan.
Migratsiya saldosi (qoldig‘i)-531 919 kishini tashkil qilgan. Ko‘chib ketganaholidan ruslar 350 ming, tatarlar 70 ming, ukrainlar 10 ming,ozarbayjonlar 14 ming, koreyslar 10 ming, nemislar 5 ming, shuningdekarman, yahudiy va hokazo millatlarga mansub aholidan iborat bo‘lgan.Ushbu yillarda masalan: Ukrainaga 187615 kishi ko‘chib ketgan bo‘lsa,32743 kishi ko‘chib kelgan (migratsiya saldosi-154872), Belorussiyaga 12314kishi ko‘chib ketgan, 5789 kishi ko‘chib kelgan (migratsiya saldosi-6525)kishini tashkil qilgan.
Bu davrga kelib shahar aholisi salmog‘ida ruslar va boshqa Yevropamillatiga mansub aholi sonining kamayganligini ko‘rish mumkin. 1959yili o‘zbeklar shahar aholisining 34,4%, ruslar 42,5%, tatarlar 7,0%,yahudiylar 5,2% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1989 yilga kelib endi o‘zbeklarshahar aholisining 44,2%, ruslar 34,0%, tatarlar 6,3%, yahudiylar 21% nitashkil qilgan.Ma’lumki, aholining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko‘chibo‘tish tendensiyasi tabiiy jarayon hisoblanadi. O‘zbekistonda bu sohada hechqanday cheklashlar yoki boshqa choralar amalga oshirilmasa-da, 1980-yillarning oxirida ulug‘ davlatchilikka xos kayfiyatda bo‘lgan ba’zimarkazdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, xususan matbuotchilar,muxbirlar O‘rta Osiyoda, ayniqsa O‘zbekistonda «rusiyzabon aholiga» turli
tazyiqlar o‘tkazilayotir, shuning uchun ham ular bu hududlardan ko‘chibketayotirlar, deb jar sola boshladilar. Masalan, bunday ruhdagi maqolalar«Trud» va «Komsomolskaya pravda» gazetalarida chop etildi. Ommaviyaxborot vositalarida “Bugungi kunda O‘zbekiston uchun aholi ko‘chishixarakterlidir”, degan ovozalar ko‘plab uchradi. Xususan, o‘zbek tiliga davlat
tili maqomi berilishi munosabati bilan chidab bo‘lmaydigan sharoitvujudga kelganligi tufayli O‘zbekistonni tark etmoqdalar116, deyishdi.Ayni paytda bunday holatlar faqat rus millatiga tegishli bo‘lmay, o‘shayillarda boshqa millat vakillariga ham tegishli edi. Bunda Farg‘onadagifojiaviy voqealarning ta’siri va bir vaqtlar qatag‘on qilinib, bu yergako‘chirilgan xalqlarning tarixiy vataniga qaytish istagida bo‘lganlarningharakatlari yaqqol ko‘zga tashlangan edi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, 80-yillarga kelib milliy madaniyqadriyatlarni qayta tiklash harakatlari kuchayib, millatlarning onavatanlariga qaytish harakatlari kuchaysa-da, O‘zbekiston rahbariyatiommaviy axborot vositalarida, turli nashriyotlarda, ta’lim sohasida rustilidan foydalanish, turli millat vakillarining milliy manfaatlarinio‘ylagan holda siyosat yuritdi. Masalan, G‘ofur G‘ulom nashriyotida 1989-yillarda rus tilida 27 nomda badiiy adabiyot chop etilib, hajmi 462 bosmataboqni, tiraji salkam 2 mln. nusxani tashkil qilgan. O‘qituvchinashriyotida esa yiliga salkam 4 ming bosma taboq kitob bosib chiqarilgan.Shundan rus tilidagi nashr hajmi 1200 bosma taboqni yoki 30% ni tashkilqilgan. Shuningdek 1989 yilda O‘zbekistonda 259 ta maktab tojik tilida,491 ta maktab qozoq tilida, 52 ta maktab turkman tilida, 40 ta maktabqirg‘iz tilida, 12 ta maktab grek tilida, 7 ta sinfda koreys tilida ta’limberildi. Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlaridahar haftada tojik va qozoq tillarida radioeshittirishlar berib turildi.Ayni paytda milliy-madaniy markazlar ham tashkil etilgan, ular 1990yilda 13 taga yetgan edi. Toshkentning o‘zida rus drama teatri, yoshtomoshabinlar teatri, operetto teatri ishlab turdi. Shaharlardagikinoteatrlarda kinofilmlar asosan rus tilida namoyish etildi.Toshkent davlat konservatoriyasi, Hamza, Glier nomli musiqa bilimyurtlarida klassik va milliy rus musiqasini targ‘ib qilish sohasidasezilarli ishlar olib borildi. Bu sohada V.V.Nivolyuk, V.Matusaevich,S.M.Korolodino, Ye.G.Artomonovlarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Bunday mashmashalar aslida asossiz safsata ekanligi jamiyatdagiilg‘or fikr yurituvchi kishilarga shundoq ham ma’lum edi. 1989-1992 yillarmobaynida millatlararo munosabatlardagi keskinliklar natijasidaaholining O‘zbekistonga va boshqa respublikalarga ko‘chish jarayonlarikeskin tus olgan. Uni 5-jadval ma’lumotlari asosida ham ko‘rish mumkin.1990 yil 21 yanvarida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida milliy vaetnik xarakterga mansub to‘qnashuv sodir etildi. Kavkaz musulmonlaridiniy boshqarmasi raisi Shayxulislom Olloshukur Poshshozoda Bokudagiqirg‘in munosabati bilan sobiq ittifoq hukumat rahbarlariga yo‘llaganmurojaatnomasida shunday degan edi: «O‘zining mustamlakachilikmaqsadlari uchun millatlararo nizolarni bartaraf etish o‘rniga, o‘toldirgan mamlakat sharmandalikka muvofiqdir. Bunday mamlakat armiyasini o‘z fuqarolarining qotiliga aylantiradi, bunday mamlakatdainson haqiqiy hayotdan ko‘ra ko‘proq o‘limga mahkumdir. Biror xalq bilanjumladan, ozar xalqi bilan ham qurol tilida so‘zlashish mumkin emas. BuAfg‘onistondagi kabi, ehtimol, o‘n yil, ehtimol o‘n kun davom etar, ammoertami, kechmi haqiqat qaror topadi.Ushbu to‘qnashuvlar oqibatida xalq xo‘jaligiga ko‘plab iqtisodiyzarar keltirildi va bir necha ming kishilar boshpanasiz qoldi. Natijada,1988-1998 yillar oralig‘ida 5632 kishi Ozarbayjondan O‘zbekistonga ko‘chibkelganligi qayd etildi1.O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda milliy masalaning keskinlashuvi buyillarda aholining migratsion jarayonlariga salbiy ta’sir etdi. O‘rta Osiyo
va Qozog‘iston respublikalari sobiq ittifoqdosh respublikalar orasidageografik, iqtisodiy, demografik jihatdan e’tiborga molik mintaqabo‘lgan. Bu yerdagi respublikalar orasida Tojikiston “qaynoq nuqta”lardan hisoblangan124.
Tojikistondagi birodarkushlik harakatlari ayniqsamillatlararo munosabatlarga jiddiy ta’sir qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra,1990 yillarning boshlarida Tojikistonda 1 million 200 ming o‘zbekmillatiga mansub, O‘zbekistonda esa 933 mingdan ortiq tojik millatigamansub aholi istiqomat qilgan. Tojikistonda boshlangan fuqarolar urushi migratsiya jarayonlarini keskin kuchaytirib yubordi.
Xususan, Tojikistonvoqealarining dastlabki davrlaridayoq bu yerda 30 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, 600 mingdan ko‘proq aholi majburan o‘zlari yashab turgan joylarinitashlab ketdi125. 1993 yilda rasmiy ravishda 537 ming qochoq borligiro‘yxatga olindi. (Faqat Dushanbe shahrining o‘zidagina qochoqlar sonisalkam 12 ming kishini tashkil etdi).O‘zaro ziddiyatli urushlar tufayli respublikadan chiqib ketgan aholiichida, tabiiyki, muhim soha tarmoqlarining ishchi xodimlari ham mavjudedi. Natijada ularning o‘rnida mehnat qiladigan yangi kadrlarni tayyorlashuchun Tojikiston hukumati tomonidan kamida 3 mlrd. rubl miqdoridagimablag‘ (1993 y) sarflanishi zarur bo‘lgan. Respublikaning qishloq xo‘jaligimahsulotlari yetishtirilmay qolganligi hamda asosiy fondlar barbodetilganligi sababli 29 mlrd. so‘mlik zarar ko‘rildi. Migratsiyajarayonlarining kuchayishi natijasida respublika iqtisodiyoti amaldafalaj holatiga tushib qoldi. Umumiy iqtisodiy zarar 200 mlrd. so‘mdanoshib ketdi.Ushbu to‘qnashuvlar natijasida aholining O‘zbekistonga ommaviyravishda qochib o‘tish jarayoni tezlasha boshladi. 1989 yili O‘zbekistongako‘chib kelgan Tojikiston Respublikasi fuqarolari soni 153 kishinitashkil qilgan bo‘lsa, 1992 yilda esa O‘zbekistonga qochib kelganlar soni11420 nafar kishini tashkil qildi128. Mojaro va ziddiyatlarning kelibchiqish natijasida xalqlar taqdiriga o‘zaro tahdid solish, ularningmunosabatlariga putur yetkazish, azaldan qondosh-jondosh bir millat vakilibo‘lgan aholini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish holatlari ham kuchayibbordi. Tarixdan ma’lumki, Markaziy Osiyo davlatlarida kelib chiqishi birildizga borib taqaladigan tili, dini, madaniyati bir-biriga yaqin bo‘lganxalqlar qadimdan aralash tarzda yashab kelishgan. Masalan, Tojikistondajami aholining 24 foizini, Qirg‘izistonda 13,8 foizini, Turkmanistonda9 foizini, Qozog‘istonda 2,5 foizini o‘zbeklar tashkil etadi. Ayni vaqtdaO‘zbekistonda jami aholining 4,7 foizini tojiklar, 4,0 foizini qozoqlar,0,9 foizini qirg‘izlar, 0,7 foizini esa turkmanlar tashkil etmoqda.Garchi Sobiq Ittifoqdagi respublikalarning iqtisodiy, ijtimoiy,siyosiy hayotida yakkahukmronlikni qo‘ldan bermay turgan “markaz” siyosiyrahbariyati bu harakatlarni doimo ta’qib va tazyiq ostida bostiribkelishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa-da, biroq har qanday ta’qibga qaramay,mamlakatda yashagan ko‘p millatlar o‘zining milliy, diniy madaniyati, urf-odatlarini ma’lum darajada saqlab qoldilar. Mamlakatning turlimintaqalarida milliy manfaatlarni himoya qilib chiquvchi kuchlar soniortib bordi. Bu harakatlarning ba’zilari ayirmachilik ko‘rinishlaridabo‘lib, kam sonli hisoblangan, o‘z yurtidan uzoqda yashayotgan xalqlar buholatda asosiy qurbonlar qatoriga kirib qoldilar.O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan qrim-tatarlari (1944-56 yillaroralig‘ida) istiqomat qilishgan. KPSS MKI ning 1956 yil 28 aprelidabo‘lib o‘tgan yig‘ilishida maxsus ko‘chirilgan xalqlardan “Vatan xoini” aybiolib tashlandi130. Biroq bu har qanday to‘siqlar qrim-tatar xalqining onaVatanga qaytish ishqini so‘ndira olmadi. Ayniqsa, 80-yillarda e’lonqilingan “qayta qurish” va “demokratiya” g‘oyalari ularning o‘z talablaribilan chiqishiga imkon berdi. 1989-98 yillarda O‘zbekistondan ko‘chib ketganqrim-tatarlarning umumiy soni 105 ming kishini tashkil etdi.
Jumladan, Farg‘ona fojialari (1989) tagida ham shovinizmgaaloqador sabablar bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. Sh.Rashidov o‘limidanso‘ng markaziy matbuotning «rashidovchilik», «o‘zbek ishi» kabi g‘avg‘olaribilan chalg‘itilgan hukumat rahbarlari «iltimoslariga» ko‘ra Rossiyadanyuzlab chalasavod rahbarlar «desanti» O‘zbekistonga tashlandi. To‘rt yildanecha o‘n ming milliy kadrlarni badnom qilgan «desantchilar» siyosati foshbo‘la boshlagach, respublikani millatchilikda ayblash kerak bo‘lib qoldi.Yarim yillik tayyorgarlikdan so‘ng, 45 yil davomida SSSR hukumatidanMesxetiyaga qaytarishni talab qilib charchagan, may oyida ketishnirejalashtirayotgan turklarning faollashuvidan xuddi shu oyda ishsizlikjonlariga tegib, namoyishlarga hozirlanayotgan Farg‘ona yoshlariningsoddaligidan foydalanildi. O‘zbeklar esa ijtimoiy-siyosiy talablari uchunQo‘qonda o‘qqa tutildi.1989 yili Farg‘onada bo‘lib o‘tgan mojarolar ham aholining ko‘chish
jarayoniga ta’sir etdi. 1989 yil 15 iyunda respublika partiya xo‘jalikfaollarining yig‘ilishida SSSR Ministrlar Soveti raisi N.I.RijkovO‘zbekistonda vaziyat izga tushgunga qadar aholini Rossiyaning noqoratuproqrayonlariga ko‘chishlari mumkinligi xususida ma’ruza qiladi. Vaholanki,o‘sha yillarda Rossiyaning chekka viloyatlaridagi qishloqlar bo‘shab qolgan va xarobaga aylangan uy-joylarning soni 900 mingtaga yetgan edi. Bundayharakatlar natijasida 1989 yil 10 iyungacha 2839 kishi Belgorod shahrining
Koroga, Novыy oskol, Proxorovka, Krasnogvardeyskaya, Borisovkarayonlariga, 500 kishi Kalinin oblastining Zubsova, Rjev, Openinorayonlariga, 1875 kishi Orel oblastining qishloqlariga ko‘chirildi. Ko‘chibborgan mesxeti turklari asosan klublarga, maktablarga, bo‘sh qolgan uylargajoylashtirildi. 1989 yil iyun oyi oxiriga kelib, Farg‘ona viloyatidanSmolensk, Orel, Kursk, Belgorod, Voronej oblastlariga 16.282 kishiko‘chirildi133. Ammo ushbu tahlikali davrda boshqa millat vakillari bilanham shunday voqealar takrorlanmasligiga kafolat bormi? – degan savoltug‘ilishi tabiiy edi. Iqtisodiy muammolar, mafkuraviy ishlarningsustligi, Davlat xavfsizligi komitetining passivligi, matbuotningtashabbussizligi oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealaroldindan namoyon bo‘la boshlagan bo‘lsa-da, oldini olish choralari ko‘rilmadi.Yaypan, Toshloqda shuningdek, markaziy bozorlarda sodir etilganvoqealarga134 panja ortidan qaraldi va bu milliy mojarolarning avjolishiga olib keldi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, har bir fuqaro, millatvakillarining haq-huquqlarini himoya qiladigan, ularning xavfsizliginita’minlaydigan qonunlar hamda davlat kafolatlari zarur edi. Bumuammolarning avj olganligi bois, Farg‘ona shaharlarida rus tilidaso‘zlashadigan aholining ko‘chib ketish hollari ham keskin ortdi. Shahardatemir yo‘l konteynerlariga navbatda turish uchun odamlar bir necha oyoldindan ro‘yxatga olingan, Farg‘ona oblast partiya komiteti oblastgazetasiga O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketishni xohlayotgankimsalarning uy-joylarini almashtirish to‘g‘risidagi e’lonlarni bosibchiqarishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma berishdan boshqa yo‘lni topa olmadi.
To‘qnashuvlar natijasida qariyb 70 mingga yaqin mesxeti turklariO‘zbekistondan ko‘chib ketishdi. Hukumat ko‘rsatmasiga muvofiq, ulardan 46mingi Ozarbayjon respublikasiga, (qochoqlar sifatida) 30 mingga yaqiniesa, Rossiyaning bo‘shab qolgan qishloqlariga ko‘chirildi. 1990-yillargakelib respublikada millatlaro munosabatlarni takomillashtirishmaqsadida doimiy ravishda ish ko‘ruvchi kengashlar tashkil etildi. Bundaykengashlar Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax va boshqaviloyatlarda, Toshkent shahrida tuzildi. Ularning tarkibiga huquqnimuhofaza qiluvchi organ xodimlari, olimlar kirib, asosiy maqsadmillatlararo munosabatlarda yuz berayotgan jarayonlarni chuqur anglab olish,huquqnimuhofaza qiluvchi organlar faoliyatini, jamoatchilikning kuch-g‘ayratini muvofiqlashtirish, yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchunchora-tadbirlarni ko‘rishdan iborat edi1.Milliy mojarolardan yana biri 1990 yil Qirg‘izistonning O‘shshahrida qirg‘iz va o‘zbek aholisi o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu voqealar bayonivaqtli matbuotda quyidagicha talqin qilingan: «Keyingi 20 yilda O‘shda o‘zbek ko‘p degan siyosat oqibatida shahar markazidan 55 ming aholi 9-10 chaqirim naridagi suvsiz yaydoq adirlarga ko‘chirildi, hatto shahar xaritasiga kiritilmagan bu adirlarda o‘zbeklar bir mashina suvni 20so‘mdan (1990 yil) sotib olib hozirgacha imorat qurish bilan band».«Shaharda qirg‘izlar miqdorini ko‘paytirish uchun 2-3 yil avval 10-12chaqirim naridagi qirg‘iz qishloqlari shahar hududiga qo‘shib olindi.Holbuki, viloyat partiya qo‘mitasi idorasidan bir chaqirim naridagi o‘zbekmahallalari 25 chaqirim naridagi Qorasuv tumaniga qaragan».Aniq ma’lumotlar bo‘yicha, O‘shda 55% o‘zbek, 23,7% qirg‘iz (ko‘pchiliktalabalar), Jalolobodda 39% o‘zbek, 2,3% qirg‘iz, O‘zganda 82% o‘zbek, 13%qirg‘iz bo‘lgani holda shahar ijroqo‘mlarida o‘zbeklar 10,8% ichki ishlarbo‘limlarida esa 16% ni tashkil qilgan.To‘qnashuvlar oqibatida 320 kishi halok bo‘ldi, 1200 kishi yaradorbo‘ldi. 503 xonadon, 80 ta avtomashina, 36 ta davlat ob’ekti yondirildi.Umumiy iqtisodiy zarar 4 mln. 587 ming so‘mdan oshib ketdi.O‘sh fojiasidan ko‘zlangan maqsad – hokimiyat masalasi, demokratiyashiori ostida hokimiyat jilovini ma’muriy-byurokratik apparat qo‘lidasaqlab qolish, qirg‘izlarning milliy yo‘nalishdagi harakatiga zarba berish,o‘zbek xalqining esa ma’muriyatchilikka qarshi kurashini to‘xtatish edi.Albatta bu siyosiy voqealar o‘sha davrdagi ahvolning haqiqiynatijasini ko‘rsata olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, bu harakatlar sovetdavlatining ich-ichidan yemirilib bo‘lganini, yillar davomida partiyaningmilliy masala «to‘liq hal etildi», «yagona sovet xalqi shakllandi» degantushunchalari aslida quruq safsatadan iborat ekanligini isbotlab bo‘lganedi O‘shdagi millatlararo to‘qnashuvlar tufayli (1989-1992 yillar)Qirg‘izistondan 33845 kishi O‘zbekistonga ko‘chib kelishga majbur bo‘lganedi.1980 yillarning oxiri va 1990 yillarning boshlarida MDHmamlakatlarida bir necha marta sodir bo‘lgan millatlararo mojarolaraholining migratsion jarayoniga ta’sir etdi. Natijada, 1989-1998 yillaroralig‘ida Ozarbayjondan 5732, Tojikistondan 58 219, Armanistondan1363, Gruziyadan 1244, Qirg‘izistondan 35845 nafar kishi O‘zbekistongako‘chib kelganligi qayd qilingan142. O‘zbekiston hukumatining o‘sha davrlardayangi saylangan rahbariyati milliy manfaatlarni adolatli himoya etishyo‘lini tutdi. Masalan, 1988-89 o‘quv yilida Samarqandda 8 ta maktabdatojik sinflari faoliyat olib bordi. Samarqand, Buxoro shaharlaridaviloyat markaziy gazetalari rus, tojik tilida nashr etildi. Respublikada1980 yildan boshlab qrim-tatar tilidagi jurnalning nashr etilishi buxalqlarning o‘z milliy an’analarining rivojlanishiga O‘zbekistonda to‘laimkoniyatlar yaratilganligidan dalolat beradi1.Umuman olganda, sovet davlatining 70 yildan ortiqroq vaqtdavomidagi hukmronlik yillarida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotirejali ravishda amalga oshirildi. Sovet hukumati siyosatida “yagona sovetxalqini” shakllantirish bevosita migratsiya jarayonlari bilan ham bog‘liqbo‘ldi. Yillar davomida “Aholi migratsiyasi mavjud mehnat resurslariniintaqaviy miqyosda qayta taqsimlanishiga ishlab chiqaruvchi kuchlarningbir me’yorda taraqqiy etishini ta’minlashga ko‘mak beradi”, degan qarashlaraslida butun sovet davlati demografik muammolarining yuzaga kelishigaijtimoiy turmush tarzining og‘irlashishiga sabab bo‘ldi. Butun mamlakatmiqyosida migratsiya jarayonlari respublika, viloyat, tuman, qishloq vashaharlararo shaklda namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston ana shu respublikalarqatorida bo‘lib, bu holat O‘zbekistonni ko‘p millatli respublikagaaylantirib bordi. O‘zbekistonning sobiq ittifoqdagi respublikalar bilanmigratsion aloqalari ham yuqori darajada edi.
Shu o‘rinda o‘zbek xalqi o‘zining bag‘rikengligini to‘liq namoyon qilibkeldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida dushman ustidan g‘alaba qozonishyo‘lida fidokorona mehnat qilish bilan bir qatorda vaqtincha boshpanasizqolgan rus, ukrain, belorus, moldavan va yahudiy millatlariga mansubkishilarga, qatag‘on qilingan xalqlarga o‘z dargohini keng ochdi. Urushdankeyingi yillarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi yerlarnio‘zlashtirishda ishtirok etish maqsadida respublikaga ko‘chib keluvchilarningsoni ortib bordi. Bularning barchasi bilan o‘zbek xalqi yelkadosh bo‘ldi.Mashaqqatli mehnatning qiyin jabhalarida birgalikda harakat qildi. Buxalqlarning mehnati bilan O‘zbekistonda qo‘riq va bo‘z yerlar o‘zlashtirildi,bir qancha xo‘jaliklar, turar-joylar qad ko‘tardi.Lekin rejali maqsadda amalga oshirilgan sovet migratsiyasixalqlarning milliy manfaatlarini e’tiborga olmadi. Respublikada uy-joytanqisligi, ishsizlik muammolari ortib bordi. Ish joylarini yaratishsur’atlari o‘rniga mehnat resurslari sur’atlari ortib bordi. Bu o‘znavbatida o‘zligini anglayotgan xalqlar orasida milliy harakatlarnikeltirib chiqardi. Iqtisodiy-ijtimoiy va demografik muammolar kuchayib,o‘z ona - Vataniga qaytish istagidagi xalqlar harakati jonlandi. Buholatlar O‘zbekistonda ham yuz berdi. Farg‘ona fojialari, O‘sh voqealari,qrim-tatarlar harakati O‘zbekistondan ko‘chib ketuvchilar va O‘zbekistongako‘chib keluvchilar orasida vaziyatni og‘irlashtirdi. Bu yerlarda yuz berganturli millatlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, nizolar mustaqil davlatlartashkil topganiga ko‘p vaqt bo‘lganiga qaramasdan, haligacha o‘z ta’sirinio‘tkazib kelmoqda. Chunki uzoq yillar davomida hukmronlik qilgan sobiqsovet tuzumining tor sinfiy yo‘nalishga asoslangan milliy siyosatimamlakatda istiqomat qilgan xalqlarni milliy xaq-huquqlaridan mahrumqilib, sovet siyosatini targ‘ib etib, “millatlarning qo‘shilib ketishi”haqidagi asosiy qoidalar negizida ish yuritib kelgan edi. Sovet hukumatixalqlarni go‘yoki ixtiyoriy ravishda teng huquqli yagona oilagabirlashganini, milliy madaniyatlar va tillar o‘zining eng yuksak cho‘qqisigako‘tarilganligini, bularning barchasi milliy manfaatlar, madaniyyaqinlashish va uyg‘unlashish asosida sodir bo‘layoganini asoslashga urinib,turli xalqlarning manfaatlarini teng himoya qilayotgan adolatlidemokratik jamiyatdek ko‘rinsada bizningcha buning zaminida payqab olishqiyin bo‘lmagan murakkab va ziddiyatli maqsadlar yotgan. Bu maqsadlardanko‘zlangan birinchi yo‘l xalqlarni asta-sekinlik bilan ruslashtirishsiyosati bo‘lsa, ikkinchi yo‘l xalqlar o‘rtasida ishonchsizlik nizolarinikuchaytirish, shu orqali respublikalar ishlab chiqarish kuchlarinirivojlantirishda ularni bir-biriga qarama-qarshi qilib qo‘yishdan iboratedi. Madaniy merosni o‘rganish bahonasida tarixdagi soxtaliklar esarespublikalar o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish va ularnibirlashib mustaqil davlat bo‘lib intilishi uchun bo‘lgan harakatlarinito‘sishga qaratilgan edi.Ayni paytda O‘zbekiston hukumati bu vaziyatni tinch yo‘l bilan amalgaoshirish, millatlar o‘rtasida nizolar kelib chiqishining oldini olish uchunbarcha choralarni ko‘rdi. Bu holatlar sovet davlatining no‘noq milliy,demografik, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining oqibatlari ekanligidandalolat berar edi.
Download 449,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish