Reja: XII-XIII asrlarda Chexiyaning sotsial iktisodiy tarakkiyoti va milliy ziddiyatlarning keskinlashishi



Download 73,5 Kb.
bet1/2
Sana01.06.2022
Hajmi73,5 Kb.
#628456
  1   2
Bog'liq
XI-XV asrlarda Chexiya


XI-XV asrlarda Chexiya
Reja:

  1. XII-XIII asrlarda Chexiyaning sotsial – iktisodiy tarakkiyoti va milliy ziddiyatlarning keskinlashishi.

  2. Guschilar xarakatining boshlanishiga va sabablari.

  3. Chexiya iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti.

X-XI asrlarda uzil-kesil rasmiylashgan Chexiya davlati XII-XIII asrlarga kelib, Yevropaning boshka mamlakatlariga uxshash feodal mamlakatga aylandi.


Kirol drujinachilari lexlar va vladiklarning eski zodagon oilalari bilan birlashib, feodal tipidagi katta va ancha mayda yer eglariga aylandilar. Ular mamlakatdagi yerlarning katta kismini bosib oldilar. Ularning yer-mulklarida krepostnoylar birinchi navbatda kuliga yer berilgan kullardan tashkil topgan krepostnoylar (otroklar yoki erksiz dexkonlar) ishlardilar. Feodallar dexon axolisini sud kilish muddaosida kiroldan xukuklar olardilar. Chexiyada oliy tabaka feodalar, panlar (jupanlar, ya’ni kabila boshliklari nomidan kelib chikkan suz) kuyi tabaka feodalar-vladiklar deb atalardi. Umuman olganda, panlar-baronlar va vladikalar-ritsarlar imtiyozli toifa-shlyaxtani tashkil kilardilar.
Sobik erkin jamoachi dexkonlardan chikkan karam dexkonlar kullardan tashkil topgan krepostnoylarga asta-sekin kelib kushildilar. Bunday karam dexkonlar degan nom bilan atalardi, bu nom fransuzcha «villanlar» degan suzga tugri keladi. Vakt utishi bilan sedlyaklar pomesteni tashlab ketish xukukidan maxrum etildilar. Ular muayyan (kesib kuyilgan) barshchinani ado etib, oldindan belgilab kuyilgan obrok xaki tulardilar. Ammo XIII asrning to oxirigacha va kisman xatto XIV asrda xam Chexiyada xam erkin dexkonlar-dedichlar tabakasi xali ancha-muncha saklanib kolgan edi. Dedichlar eski vorislik (dedich) xukukiga kura, uzlarining jamoachilik tartib-koidalarini tamomila saklab kolgan va asosan sud buyicha feodallarga karam edilar (lekin bu sudga ularning kilgan bircha ikir-chikir gunoxlari va ayb ishlari kirmasdi, albatta). Dedich xukukiga kura, dexkonlar uzlariga karashli yer uchastkalarning merosxurlari xisoblanardilar. Feodal muayyan mikdorda xak tulamay turib, ularni utirgan yeralaridan xaydab yubora olmasdi. Bu kategoriyadagi dexkonlarning majburiyatlari muxim bulib, ular urf-odat buyicha belgilab berilardi, xamda chinakam krepostnoy dexkonlar utaydigan majburiyatlarga nisbatan ancha-muncha yengil edi.
Chexiyada XIV asr urtasidan boshalanib siyosiy yuksalish mmlakatning iktisodiy yutuklarini aks ettiradi. Bu vaktga kelib Chexiya iktisodiy jixatdan goyat darajada rivojlangan mamlakat xisoblanardi. Chexlarning kumush konlari, movut tukishi, surp sanoatining rivojlanganligi, kishlok xujaligidagi yutuklari Chexiyada dexkonchilikdan tashkari, bogdorchilik, balikchilik xujaligi, uzumchilik, zigirchilik, nasha, xmel ustirish va x.k. mana shularning biridir degan shon-shuxrat keltirdi. Chexiya kiroli olgan bexisob daromadlarni Germaniyaning birorta xam badavlat knyazi lolmasdi. Praga yirik savdo markaziga aylandi . Chezxiyaning kupdan-kup boshka shaxarlari u bilan juda yakindan aloka kilardilar. Bu shaxarlar orasida Brano, Plzen, Xeb, Kutna gora, Lolomouts aloxida ajralib turardi. XIV asrda Chexiya, Germaniya, Polsha, Vengriya, Kuyi Dunay buyi mamlakatlari, Janubi-Garbiy Rus bilan keng xalkaro savdosi olib borardi. Mamlakatda tovar-pul xujaligi tobora usib, u kishlokni xam kamrab olgan edi.
Chexiyada goyat darajada keskinlashib ketgan ijtimoiy ziddiyatlar ochikdan-ochik milliy tusga kira bordi. Chexiya dexkonlari, urta va mayda darajadagi shaxarliklar, shuningdek, kuyi ritsarlar (zemanlar) asosan badavlat nemis sinflarini uzlarining snfiy dushmanlari deb bilardilar, chunki Chexiyadagi nemislar bu vaktga kelib juda katta boylik orttirib, bu mamlakatda katta siyosiy rol uynar edilar.
Ruxoniy va Praga universitetining professori Yan Gus milliy va diniy-reformatorlik kayfiyatidagi chex jamiyati ilgor tabakalarining ifodachisi buldi. Dexkon oilasidan chikkan Yan Gus , 1369 yilda Gusinets degan joyda dunyoga keladi. Praga universitetining shogirdi bulgan Yan Gus 1398 yilda universitet professori, 1402 yilda esa uning rektori bulgan. Yan Gusning gayrati tufayli Chexiya kiroli Vatslav 1409 yilda Praga universitetining ustavini uzgartirib, professor chexlarga universitetni idora kilishda raxbarlik rolini topshirdi. Yan Gusning zamondoshi ingliz reformatori Jon Viklefning ta’siri ostida Gusning diniy va ijtimoiy-siyosiy karashlari ancha rivoj topdi. Ammo bir kancha masalalarda Gus Viklefdan utib ketdi va dadilrok xarakat kildi.
Gusning faoliyati Praga arxiyepiskopini, sungra esa papa kuriyasini xam unga karshi oyoklantirdi. Gusga toat-ibodat kilish man etildi. U professorlik va rektorlik lavozimlaridan ketishga majbur buldi. Segizmund uz suzidan xoinona kaytib Gusga yordam berishni istamadi. 1415 yilning 6 iyulida Yan Gus Konstans maydonlaridan birida olovda kuydirildi.
XV asrning birinchi yarmida kichik bir slavyan mamlakati – Chexiyada boshlanib ketgan kudratli sinfiy va xalk ozodlik kurashi feodal Yevropani larzaga keltirdi. Asoschisi Yan Gus nomi bilan atalgan guschilar xarakati avvalo feodal tuzumning eng katta tayanchi-katolik cherkoviga karshi karatilgan edi.
XIV asr urtalarida chex kiroli Karl 1 (1346-1378) Mukaddas Rim saltanatining imperatori kilib saylandi. Chexiya saltanatining eng kuchli davlati bulib koldi. Chex kiroli imperator saylash xukukiga ega bulgan knyazlar urtasida birinchi urinni egallagan edi. Karl 1 urushlardan buyin tovlasa-da, yer sotib olib, farzandlarini foyda keltiradigan kilib uylantirish va erga berish bilan chex kirolligining xududini kengaytirishga muvaffak buldi. U yirik feodalarning xukuklarini cheklashga urinmadi, ammo bu ishida jiddiy muvaffakiyatlar kozona olmadi. Kirol kasb-xunar, konchilik, savdo-sotik va madaniyatning rivojlanishiga xomiylik kildi.
Bu vaktda Chexiyaning xujaligi yuksalib bormokda edi. Juda kup yangi yeralar ochildi. Chexiyani xar tomondan urab olgan toglardan yangidan-yangi mis, kalay va ruda konlari topildi. Pul zarb kilinadigan kumush kazib chikarish buyicha Chexiya Yevropada oldingi urinlardan biriga chikib oldi. Shaxarlarda xunarmandchilikning turlari bor edi, movut tukish va shishasozlik shular jumlasidan edi. Yevropaning deyarli markazida joylashgan Chexiyada muxim savdo yullari kesishib utardi. Paragada xar yili ikki marta katta yarmarka tashkil kilinar edi, unga Polsha, Germaniya va Italiyadan savdogarlar kelardi. Karl I davrida saltanatning poytaxti bulgan Praga u zamonning katta shaxarlaridan bulib, unda salkam 40 ming axoli yashardi.
Xujalikning yuksalishi xalkka yengillik keltirmadi. Yirik feodallar – panlar zeb-ziynat ichida, farogatda yashar, xar xil yullar bilan ritsarlarni kisib, xatto ularning yeralarini xam tortib ola boshladilar. Xonavayron bulgan kupchilik ritsarlar uz yurtida yoki begona yurtlarda yollanma kushinlarda xizmat kilishar, ba’zilari yullarda karokchilik bilan shugullanishardi. Katolik cherkovi Chexiyaning goyat katta yer egasi edi. Mamlakatda eng unumdor yerlarning uchdan bir kismi usha cherkov kulida edi. 14 ta shaxar, 900 ta kishlok chex cherkovining boshligi Praga yepiskopiga karardi. Ministrlar ayniksa boy edi. Bexisob cherkov tulovlaridan dexkonlar va shaxarliklarning tinkasi kurigan edi. Ruxoniylar Chexiyadan oladigan daromadlarining ancha kismini Rimga yuborardi. Chexiyada katolik cherkoviga karshi umumiy norozilik tugilmokda edi. Yepiskop va ministrlarning boyligi va yer-mulklari panlar va ritsarlarning gayirni kuzgardi, ular cherkov yerlari xisobiga uz yer-mulklarini kupaytirishdan kaytmas edi.
XV asr boshlarida Praga kuchalaridan biridagi cherkov juda kup odamlarni jalb etardi. Shaxarliklar, dexkonlar va ritsarlar bu yerga Praga universiteti professori Yan Gusning otashin nutklarni eshitgani kelishardi.
Yan Gus (1371-1415) dexkon oilasida tugilgan. Iste’dodli va mexnatsevar yigit universitetda ta’lim olish uchun kup mashakkatlarni boshidan kechirgan. Kup utmay Gus professor darajasiga kutarilib, chexlar orasida birinchi bulib, Praga universitetini boshkardi. Yan Gus ruxoniylarning kilmishlarini shavkatsizlik bilan fosh etardi. U Rimda cherkov mansablariga pulga sotilayotganligidan gazablanib, papani kalloblar piri deb atardi. Gus Chexiyada indulgensiyalar savdosini kattik koralardi: «Bechora kampirning oxirgi chakasini xam nomunosib ruxoniy shilib oladi. Shundan keyin bunaka cherkov xodimini ugridan xam mugambirrok va yovuzrok demay buladimi?
Rim papasi Gusni Germaniya janubidagi Konstansa shaxrida majlis kuruvchi oliy ruxoniylar s’ezdi-cherkov soboriga chakirtirdi. Imperator Gusga ximoya yorligi bergan bulib, bu yorlikda Gus uchun xech kanday xavf-xatar yukligi va’da kilingan edi. Gus uz karashlarini ximoya kilmok uchun Konstansaga borishga karor kildi. Kostansada Gusni zanjirband kilib zax va sovuk korongi zindonga tashaladilar. U olti oy zindonda yotdi, sungra uni sud kildilar. Sobor uni bid’atchi deb e’lon kildi va uz karashlaridan voz kechishni talab etdi.
1415 yili Yan Gus utda kuydirildi. U azobli ulimni mardonavor kutib oldi.
Gusning katl kilinishi chex xalkini goyat kattik gazabga keltirdi. Dexkon olomonlari toglarga chikib borib, Gus tarafdorlari bulgan xalk va’zxonlarining nutklarni eshitardi. Bu nutklarda chex xalkining dushmanlariga karshi kurash uchun kurollanishga va xar kanday zulmni yukotishga chakirik yangradi. Xalk Gus ta’limotdan dadil xulosalar chikardi. Yan Gusning tarafdorlari uzlarini guschilar deb ataydigan buldi.
1419 yili Pargada kuzgolon kutarildi. Xunarmandlar va kamabagallar ratusha binosiga bostirib kirib, shaxarning manfur xokimlarini derazalardan uloktirib tashladilar. Ular poytaxtdagi xokimiyatni vaktincha kulga olishga muvaffak buldilar.
Kambagallar va xunarmandlar nemis boylarini shaxarlardan xaydab chikardilar. Katolik cherkoviga karshi xalkning gazabi uygondi. Kuzgolonchilar monastirlarni ostin-ustin kildilar, ruxoniylarni uldirdilar. Kupgina panlar xalk xarakatidan foydalanib cherkov yerlarini tortib oldilar.
Chexiyaning janubidagi Tabor togi xalk uz yiginlarini utkazadigan eng yaxshi joy edi. Kuzgolonchilar ommasi shu yerga kelardi. Ular bu yerda yangi shaxar kurib, uni kuchli istexkomlar bilan urab oldilar va shaxarni togning nomi bilan Tabor deb atashdilar. Guschilarning kat’iyatli kismi taboriylar edilar. Dexkonlar, mayda xunarmandlar va shaxar kambagallari taboriylarning asosiy kuchini tashkil etardi. Taborga kelgan kishilar pullarini shaxar kuchaldariga kuyilgan maxsus bochkalarga tashlashlari lozim edi. Bu mablag kuzgolonchilarni kurollantirishga va kambagallrga yordam berishga sarf kilinardi. Toborda xamma kishi teng xisoblanar va bir-birini aka-uka va opa-singil deb atashardi.
Taboriylar orsida xalk targibotchilari bulib, ular xususiy mulkchilikni, feodalarga majburiyat va soliklarni beaor kilishga chakirishardi. Ular tez orada Iso osmondan yerga tushadi, xudo saltanati boshlanadi, ushanda yer yuzida kirollar, xukmdorlar, fukarolar bulmaydi, barcha soliklar yukoladi, xokimiyat xalk kuliga utadi, deb ishonardi. Mazlum xalk baxtli va adolatli xayot xakida shunday orzu kilardi.
Katlik cherkovi va nemisfeodallari Chexiyadagi boyliklardan maxrum bulishni istama edi. Rim papasi guschilarga karshi aslib yurishi e’lon kildi. Asosan nemis feodallaridan iborat bulgan salibchilar kushiniga german imperatori boshchilik kildi. Bu yurishda kupgina Yevropa mamlakatlarning ritsarlari va yollanma askarlari katnashdi.
1420 yili yuz ming asakardan iborat kushin Chexiyaga bostirib kirdi. Salibchilar chexlar poytaxtiga bora-borguncha shaxar va kishloklarni kuydirdilar, axolini taladilar va uldirdilar, kiynok va azobga soldilar. Salibchilar Pragani kurshab oldilar. Sharkiy darvoza oldidagi tepalikda goyat shiddatli jang boshlandi. Bu yerda poytaxt ximoyachilariga yordamga kelgan taboriylarning kichik bir kushini mustaxkamlanib olgan edi.
Feodal armiyalarga karshi dexkonlar, xunarmandlar va shaxar kambagallaridan iborat xalk kushini kurashdi. Salib yurishlari galabasidan umidini uzgan papa va imperator mu’tadillar bilan muzokara boshladi. Papa chex feodallari bosib olgan cherkov yerlarni ularning uzida koldirishga va’da berdi va Chexiyadagi yangi cherkov tartiblarini tan oldi. Taboriylar bilan urishish uchun mu’tadillar katta kushin tuzdi, bu kushinning xarajatini papa bilan imperator kutardi.
1434 yili Praganing sharkidagi Lipani shaxarchasi yonida mu’tadillar taboriylarga xujum kildi. Taboriylarning ayrim otryadlari Lipani maglub bulguncha xarakatlarini davom ettirdilar.
Taboriylar kushining yutuklari nemis feodallariga daxshat soldi. Guschilar kushini kuchib yuradigan xarbiy aravalarning takir-tukurigina nemis ritsarlarning tumtarakay kochishlari uchun kifoya edi. Tabor shaxri usib, kochok dexkonlar bilan shaxar kamabagallarining kuplab bu yerga okib kelishi, demokratik isloxatlar utkazish kerakligi xakidagi talablar panlarni va boyib ketgan pragalik meshchanlarni kurkitib kuydi. Bazeldagi cherkov sobori yerlarini kisman sekulyarizatsiya kilish (davlat ixtiyoriga olish )ga va diniy urf-odatlariga ba’zi bir uzgarishlar kiritishga rozilik berib, chashniklarga bir oz yon bergandan keyin chashniklar bu takliflarga kattik yopishib oldilar.
1433 yilda Pragada P r a g a k o m p a k t a t l a r i nomi ostida aloxida kelishuv bitimi tuzildi. Shundan keyin chashniklar nemis feodallariga karshi kurashni tuxtatib, taboriylarga karshi kurashish uchun nemis feodallari bilan birlashdilar. 1434 yili Lipani (bu joyning boshkacha nomi – Chexiya kechuvi) yonidagi jangda chashniklar endi nemislar bilan birgalikda taboriylarga karshi urishdilar. Taboriylar yengildilar. Xar ikkala Prokop uldirildi. Oddiy taboriylarning kupi xalok buldi. Taboriylar Janubiy Chexiyada bir kancha tayanch punktlariga suyanib turib, shundan keyin xam kurashni davom ettirdilar. Tabor shaxari to 1452 yilgacha kattik turib berdi, shundan keyin u oxiri chashniklar tomonidan kulga olindi va vayron kilib tashlandi.
Chashniklar imperator Sigizmundni kirol deb tan oldilar. Segizmund vafot etgach ( 1447y) Chexiya taxti buldi. Gabsburglardan birining ugliga erga tekkan kizining ugli (Sigizmundning nevarasi) kuliga utdi. Bu yosh kirol bulganligi uchun butun xokimiyat panlar kulida edi. Keyinrok 1458-1471 yillar davrida, Chexiya taxtini chashniklar tudasining liderlaridan biri bulgan Yuriy (Yirji) Podebrad egalladi . Podebrad ulgandan keyin chexlarni Yagellanlarning polyak dinastiyasiga mansub odamlar biroz vakt idora kilib turdi. Bu dinastiyaning sungi vakili 1526 yilda kazo kildi. Bu vaktda goyat katta kuch-kudratga ega bulgan turklar Chexiyaga xavf-xatar solayotganligi uchun Chex panlari toj-taxtni yana Gabsburglar kuliga topshirishga karor berdilar. Shunday kilib, Chexiya yana Germaniya imperiyasi sostaviga kirdi.

Download 73,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish