1946-1990 yillarda sovet hukumatining
ijtimoiy-iqtisodiy siyosati va demografik muammolar
Reja:
Markaziy Osiyo respublikalarida ko’p millatli tarkibining jshib borishi.
1959 yildagi aholini ro;yhatga olish natijalari.
Markaziy Osiyoda shaharlar soninig oshishi, mamlakatda sanoat industriyasining rivojlanishi.
Respublikalar iqtisodiyotini rivojlantirish omillari.
Totalitar targ’ibotning milliy respublikalar mahalliy hususiyatini inkor etuvchi ma’muriy buyruqbozlik tizimining natijasi.
Sovethukumatining “yagona xalq xo‘jaligi” majmuida sobiq ittifoqdoshrespublikalar imkoniyatlarini hisobga olmay, turli ishlab chiqarishsohalarini rivojlantirish, besh yillik rejalar, ularning bajarilishiqattiq nazorat ostida bo‘lishi kabi holatlar mamlakatda 70-yillardayoqo‘zining asoratli oqibatlarini ko‘rsatgan edi. Shu sababli, XX asrning 80-yillariga kelib ittifoqning bir qator mintaqalarida milliymunosabatlarga salbiy ta’sir etayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tangliknibartaraf etish yo‘lini har bir hududdagi aholining milliy tarkibinianiqlamay, shu aholini tashkil etgan har bir millat va elatning iqtisodiy,ijtimoiy, ma’naviy, etnik manfaatlariga mos keladigan izchil siyosatga egabo‘lmasdan topish mumkin emasligi ham ma’lum edi.O‘zbekistonda Markaziy Osiyoning boshqa respublikalardagi singariaholining ming yilliklar mobaynida tarkib topib kelgan va mintaqaningtub yerli millatlari vakillaridan iborat bo‘lgan ko‘p millatli tarkibi1950-1970 yillar mobaynida mahalliy bo‘lmagan ko‘pgina millat vaelatlarning vakillari hisobiga cheklanmagan tarzda yanada ortib bordi.O‘zbekistonga ko‘plab aholining ko‘chirib keltirilishi aholi soni vamilliy tarkibining ortib borishiga sabab bo‘lsa-da, ular asosan yirikshaharlarga joylashdilar. Shu bois, ayniqsa, shahar aholisining salmog‘iortib bordi. 1945 yilda respublika shaharlarida istiqomat qilayotganaholi soni 1761 ming (33,8 foiz)ga teng bo‘lgan bo‘lsa, 1970 yilda buko‘rsatkich 4322 ming (36,6 foiz), 1979 yilda esa 6348 ming (41,2 foiz)kishini tashkil etdi.O‘zbekiston aholisining umumiy soni 1945 yildagi 5197 mingkishidan 1989 yilda 19905 ming kishiga yetdi146. Respublika aholisiningsoni 1970-1979 yillarda, ayniqsa, tez o‘sib, 30 foizga qadar ko‘paydi. Aholisonining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati esa 3,3 foizni tashkil etdi. 1979-1989 yillar oralig‘idagi 10 yil ichida aholi soni 29,3 foizga ko‘paydi.Aholining o‘rtacha yillik o‘sishi 2,8 foizga teng bo‘ldi. 1979-1989 yillardavomida aholi soni 4,5 milliondan ortiq yoki yiliga o‘rtacha 451,5 mingkishiga ortib bordi1.1959 yildagi aholini ro‘yxatga olish tadbirlaridan keyin o‘tgan beshyil ichida O‘zbekiston aholisi 1694,0 ming kishiga ko‘paygan148. Shuningdek,shu yillarda aholi sonining oshishi viloyatlar bo‘yicha ham turlicha bo‘lgan.Masalan, Toshkent viloyatida yigirma yil mobaynida (1939-1959 yillar)aholi soni 600 ming kishiga ortgan149. 1939-1959 yillar mobaynidaSurxondaryo va Buxoro viloyatlari aholisi 20 foiz, Farg‘ona 18 foiz,Xorazmda 18 foiz, Andijon viloyatida 17 foizga ko‘paydi.Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda aholining tabiiy tezsur’atlarda o‘sish ko‘rsatkichi Tojikistondan keyin Ittifoqda ikkinchio‘rinda turgan. SSSR bo‘yicha 1970-1980-yillarda aholining tabiiy o‘sishihar ming kishi hisobiga 10 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, respublikada esabu 3 baravardan ko‘proq bo‘lgan.1959 yilgi aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada 33 tashahar va shahar tipidagi 68 posyolka mavjud bo‘lgan. 1963 yil 1 yanvargakelibshaharlar soni 36 ta vashahartipidagiposyolkalar soni 77 tanitashkil etdi152. Buyillardashaharlarsoniningortishigasabab, mamlakatdasanoat-industriyasinirivojlantirishuchunyangisanoatmarkazlarinivujudgakeltirishvashaharlarbarpoetishkabiomillarjadalsur’atlarbilanrivojlantirilaboshlanganedi. Natijada 1963 yilgakelibO‘zbekistonSSRdagishaharlarvashahartipidagiposyolkalar soni 1939yildagiganisbatan 1,3 baravarga ortgan153. O‘zbekistonSSRdaushbu 36shahardanto‘qqiztasi: Guliston (Mirzacho‘l), Denov, Kogon, Leninsk (AsakaNavoiy (Karmana), Termiz, Bekobod, Xo‘jayli, ChimboyvaYangiyo‘lshaharlariqishloqaholipunktlariniqaytatashkilqilishnatijasida,shuningdekOlmaliq, Ohangaron, Quvasoy, Nukus, Taxiatosh, Chirchiq,Yangiobod, Yangiervaboshqashaharlardaesarespublikadasanoatningyangitarmoqlarinivujudgakeltirishvayangisanoatmarkazlariningbarpoetilishinatijasida «bo‘m-bo‘sh» joylardabarpo etildi1.Angren (1946), Olmaliq (1951), Quvasoy (1954) kabi sanoat shaharlari,1950-60 yilda yangi yerlarni o‘zlashtirish natijasida Yangier (1957) Navoiykabi shaharlar tashkil topdi. Faqat 1970 yildan 1985 yilga qadarO‘zbekiston xaritasida yana 80 ta yangi shaharlar vujudga keldi. Bu shaharlarjumlasiga Navoiy viloyatining Zarafshon (1972), Uchquduq (1978), Sirdaryoviloyatining Shirin (1972), Jizzax viloyatining Paxtakor (1977) kabishaharlarini kiritish mumkin. E’tiborli tomoni shundaki, bu tashkil
topgan shaharlarga, asosan, yevropalik millat vakillari kelib joylashdilar.
Shu bois bu shaharlarda ularning salmog‘i ancha yuqori edi. Yangi sanoatkorxonalarini qurish uchun ko‘chirib keltirilganlar doimo hukumattomonidan rag‘batlantirib turilganligi bois keyinchalik butunlay yashashuchun qolib ketganlari ham kattagina foizni tashkil qilgan.Agarda 1939 yilda shahar tipidagi posyolkalar soni 110 ta bo‘lganbo‘lsa, 1959 yilda ular soni yana 3 marta ortgan. Shuningdek, ushbu yillardarespublika iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlarni egallagan, O‘zbekiston kimyosanoatining to‘ng‘ich korxonasi Chirchiq elektrokimyo kombinati ham ishgatushirildi156. Markazlashgan davlat boshqarishning tarmoq usulishakllantirilganligi tufayli, respublikadagi 1970-1980 yillarda mavjudbo‘lgan sanoat korxonalarining 31 foizi ittifoq, 61 foizi ittifoqdoshrespublikalar vazirlik va idoralari tasarrufida, 8 foizgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston SSR va mahalliy sanoat boshqarmalari qaramog‘ida edi.O‘zbekistonda bir qancha sanoat korxonalari barpo etilganligi bois, atrof-muhit zararlanib, ekologik vaziyat murakkablashib bordi.Shaharlar miqdorining tez sur’atlarda ko‘payishi birinchi navbatdaularga qo‘yiladigan asosiy talab – aholi sonining pastki chegarasini 10 ming kishidan, Respublika Oliy Soveti Prezidiumining 1972 yil 24fevralda qabul qilingan farmoniga ko‘ra 7 ming kishiga qisqartirilishibilan bog‘liq bo‘lib, yangi vujudga kelgan shaharlarning aksariyatida turlimillat vakillari joylashdilar. Bunday shaharlar jumlasiga Buxoroviloyatining Zarafshon (1972 yilda tashkil topgan), Uchquduq (1978 yil),Sirdaryo viloyatining Shirin (1972 yil), Jizzax viloyatining Paxtakor(1977) kabi shaharlari kirgan.Birmuncha ilgariroq vujudga kelgan va sanoati rivojlangan Navoiy,Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Yangiyo‘l va boshqa shunga o‘xshashshaharlarda ham aholi soni muntazam o‘sib turgan, uning tarkibida ham rus,ukrain, tatar va boshqa yevropa millatlariga mansub bo‘lgan kishilar salmog‘iancha yuqori edi.Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, mavjud 123 ta shaharning uchdan ikkiqismi respublika yer osti boyliklarini ishga kiritish va yangi yerlarnio‘zlashtirish tufayli vujudga kelgan159. Bunday o‘sish natijasida 1960-70yillarda shahar aholisi yuqori sur’atlar bilan o‘sib, 2.840 ming kishidan6500 ming kishiga yetgan. O‘rtacha yillik ko‘payishi 183 ming kishiga yoki 6,4foizga teng bo‘ldi. Mazkur davrda ko‘plab shaharchalarning shaharlarqatoriga o‘tkazilishi urbanizatsiya jarayonini yana ham oshirilishiga olibkeldi.Shahar aholisining salmog‘i Qoraqalpog‘iston respublikasida(42,5%), Toshkent (41,7%) va Navoiy (39,9 %), Farg‘ona (29,7%) viloyatlaridanisbatan yuqori bo‘lsa, Surxondaryo (20,8 foiz), Qashqadaryo (25,7%)viloyatlarida bu ko‘rsatkich ancha past darajada bo‘lgan.Ayni paytda esa sanoati uncha rivojlanmagan kichik shaharlar vatuman markazlarida aholi asosan bir millatli yoki mahalliy millatvakillaridan iborat edi.Aslida milliy tarkib bo‘yicha respublikada o‘zbeklar, ruslar,tatarlar, qozoqlar, tojiklar, qoraqalpoqlar yetakchi o‘rinni egallaganlar.Shu jumladan, ozarbayjon, arman, turk, grek, nemislar ham anchaginasalmoqqa ega bo‘lishsa-da162, milliy tarkibi bo‘yicha ruslar ikkinchi o‘rindaturishgan. 1939 yili ular O‘zbekistonda jami aholining 11,8 foizini, 1959yili 13,5 foizini, 1970 yili 10,8 va 1989 yilda 8,3 foizini tashkil etgan.Masalan, 1939 yili O‘zbekistonda 758 ming nafar ruslar istiqomat qilganbo‘lsa, 1989 yil ularning soni 1.653 476 ga yetgan. Shu o‘rinda alohidata’kidlash joizki, millatlarning hududiy joylashishi ham bir xil emasedi. Masalan, o‘zbeklar qishloqlarda ko‘proq va aksincha sanoat shaharlaridakamroq joylashgan. Ular jami aholining Toshkent shahrida 44.2,Qoraqalpog‘istonda 32.8, Toshkent viloyatida 50.2, Samarqandda 77.3,Farg‘onada 81.0, Andijonda 87.5, Qashqadaryoda 87.7, Namanganda 85.1,Buxoroda 75.6, Surxondaryoda 79.5, Xorazmda 78.2 va Sirdaryoda 62.0 foiznitashkil etgan164. Buning asosiy sabablaridan biri millatlarning tarixiyrivojlanishi bo‘lsa, ikkinchidan respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlarining
kengayishi bilan bog‘liq edi.Yuqorida ta’kidlanganidek, tadqiq qilinayotgan yillarda aholisonining yil sayin oshishi, ya’ni yiliga 2,5-3 foizni tashkil etishigaqaramay, ko‘payib borayotgan mehnat resurslarini ish bilan band qilish vaulardan samarali foydalanishni ta’minlovchi dasturlar ishlab chiqilmadi.Aholi jon boshiga yalpi mahsulot ishlab chiqarish, milliy va realdaromadlar aholining o‘sish sur’atlaridan orqada qoldi. Kapitalmablag‘larning o‘sish sur’atlari nisbatan yuksak bo‘lib, butunittifoqko‘rsatkichlariga nisbatan yuqoriroq bo‘lsa-da, ammo bu mablag‘lar birtomonlama taqsimlandi. Asosiy qismi qishloq xo‘jaligi, mashinasozliknirivojlantirishga, yoqilg‘i-energetika, kimyo, yengil sanoatga sarflandi. Bukabi holatlar respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga, mehnatresurslarining ijtimoiy ishlab chiqarishda to‘la band bo‘lishinita’minlash, mintaqalar bo‘yicha ishlab chiqarish kuchlari joylashtirilishini
O‘zbekiston aholisining 60 foizga yaqini qishloqlarda istiqomatqilgan. Shundan 1970 yilda 42,1 foizi, 1986 yilga kelib esa 37,2 foiziqishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida band bo‘lgan.O‘zbek xalqining an’anaviy tarzda yashash joyiga bog‘langanligi(o‘troqligi) aksariyat respublika aholisiga, ayniqsa, qishloq aholisiga xosbo‘lib, bu hol ularni industrial mehnatga faol jalb etishga ham to‘sqinlikqilar edi. Ularning shaharlarga kelib ishlashlariga rus tilining ustunmavqeda ekanligi hamda bu tilni yaxshi bilmasliklari ham salbiy ta’sirko‘rsatar edi. Bu hol mahalliy xalq yoshlariga industrial kasblarniegallashlarida ham qiyinchiliklar tug‘dirardi. Ayniqsa, Jizzax, Qarshi vaSurxon-Sherobod kabi yangi o‘zlashtirilgan joylarda qishloq aholisi sonimuntazam ortib borgan. Masalan, 1971-1987 yillar mobaynida Qashqadaryoviloyatida qishloq aholisi soni 454 ming kishiga ortgan holda, respublikajami qishloq aholisi soni o‘sishining 13 foizini tashkil etgan1.
O‘zbekistonda aholining bunday o‘sishi yana bir omil bilan, ya’niSobiq Ittifoqning boshqa mintaqalardan ko‘plab kishilarning doimiyyashash uchun respublikamizga ko‘chib kelganlari bilan izohlanadi.Respublikaga ko‘chib kelganlarning aksariyati shahar aholisi safinito‘ldirdi.Bu omillar katta shaharlarda har bir kvadrat metr maydonga to‘g‘rikeladigan aholi soni ko‘payib, aholi nihoyatda zich yashayotganligi bilanbog‘liq muammolarni keltirib chiqardiki, bu muammo ishsizlik kabiijtimoiy illatlarning kelib chiqishiga ham sabab bo‘ldi. O‘zbekistondaishchilar soni ko‘paygan bir paytda Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Samarqand vaboshqa viloyatlarning sanoat korxonalarida bo‘sh ish joylari ko‘p edi. Ammobunday muammolar hal qilinish o‘rniga boshqa mintaqalardan ortiqcha ishchikuchlarini safarbar qilish bilan osongina o‘z yechimini topgandekhisoblandi.Ular yuqori tashkilotlar tomonidan mahalliy aholi uchun asosiymuammo sanalgan uy-joy va boshqa shart-sharoitlar bilan birinchi navbatdata’minlandilar.Respublikada mamlakat markazining manfaatlarini ko‘zlab ko‘plabkorxonalar qurildi va shunga mo‘ljallab boshqa mintaqalardan minglabmutaxassislar keltirildi. Ulargama’lumimtiyozlarberildiva ular turli
qaror, farmoyishlarbilanhimoyaqilindi. Uy-joyolishuchunnavbatdaturganmahalliyaholiningminglabvakillariesabirnechayillarmobaynidanavbatkutishardi. 1979 yilgakelib respublika bo‘yicha 1 kv.km.ga 34,4 kishi to‘g‘rikeldi.Yuqoridagi qator sabablarga ko‘ra, mahalliy aholi o‘rtasida shahargako‘chib kelishni xohlovchilar qishloq aholisi o‘rtasida juda kamchiliknitashkil etar edi.Lekin shunga qaramasdan shaharlarda aholining emigrantlar hisobigao‘sib borishi ko‘pgina muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bundayahvol, ayniqsa, Farg‘ona vodiysidagi yirik shaharlarga ko‘proqtaalluqlidir. Agar 1975 yilda 1 kv.kmga Farg‘onada 238,6 kishi, Andijonda321,3 kishi, Namanganda 139,2 kishi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa181, 1985 yilga kelibesa Andijonda 1 kv.km maydonga 370 kishi, Farg‘onada 273,7 Namanganda esa164,9 kishi to‘g‘ri kelar edi182. Buning ustiga xalq xo‘jaligidagi qo‘shib yozishholatlari, kishilardagi loqaydlik, bajarilgan ishlarda unumdorlik, sifatdarajasining pastligi ham uy-joy qurilishi muammosini keltiribchiqargan edi. Masalan, 1988 yilning o‘zida davlat kapital mablag‘i va uy-joy qurilishi kooperativlarining mablag‘lari hisobiga qurilayotgan uy-joylar mo‘ljaldagidan 550 ming kv.m kam bo‘ldi, ya’ni 36 ming kishi yangiuy-joy bilan ta’minlanmadi.
Albatta, aholining zich joylashganligi uning tabiiy o‘sishi va sobiqSSSRning boshqa mintaqalaridan ishchi kuchlarini keltirish hisobiga o‘sish sur’atlarining yuqoriligi aholi shundayicha ham zich joylashganshaharlarda beistisno tarzda barcha ijtimoiy muammolarni yanadamurakkablashtirib yuborgan edi.Umuman olganda, 1970-1980 yillarda respublikada ko‘plab sanoatkorxonalari qurilganiga qaramasdan, 4,5 million kishining, ya’ni butunaholining 45 foizining turmush, yashash tarzi eng past darajada ekanligi,salkam 1 mln. ishsizlar turganligi sababli ham yuqorida ta’riflanganholatlar bilan izohlash mumkin. Ish bilan ta’minlanmaganlar orasida 16-29 yoshdagi yigit va qizlar 1970 yilda 33,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1979yilda 46,7 foizni, 1985-1986 yillarda esa 50 foizdan ko‘proqni tashkiletdi. Qishloq joylarda ayniqsa Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘istondagiqishloqlarda yoshlar orasidagi ishsizlar salmog‘i bundan ham ortiq edi.70-80 yillarda O‘zbekistonda aholi zichligi o‘rtacha Ittifoqdarajasidan 3,3 baravardan ham ortiq bo‘ldi185. Aholining uchdan ikkiqismi O‘zbekiston umumiy maydonining 14 foizida istiqomat qilgan, bungaAndijon, Farg‘ona, Toshkent, Namangan, Xorazm, Samarqand va Sirdaryo
viloyatlari kiradi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, sovet davlatining bu siyosatiO‘zbekistonning yillar davomida turli millat vakillari istiqomatqiladigan respublikaga aylantirib yubordi. Ayni paytda, O‘zbekistondaerlarning o‘zlashtirilishi, urushdan keyingi yillarda turli millatvakillarining ko‘chirib keltirilishi, malakali kadrlar sifatida turlimillat vakillarining respublikaga ko‘chib kelishi jarayonida ham o‘zbekxalqi o‘zining bag‘ri kengligini namoyon etdi. Xalq xo‘jaligining barchasohalarida ular bilan yonma-yon turib mehnat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |