Mavzu: Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining tahlili
Mundarija:
Kirish
I bob. Mahsulot ishlab chiqarish tizimi va funksiyasi, izokvantalar
1.1. Mahsulot ishlab chiqarish tizimi: elementlari, maqsadi va vazifalarining mohiyati
1.2. Mahsulot ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi, izokvantalar
II bob. Ishlab chiqarishni omillari va sotish hajmining tahlili
2.1. Sotish hajmining tahlili va omillari
2.2. Ishlab chiqarish tuzilmalarini turkumlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH.
Hozirgi kunda butun jahon iqtisodchilarining oldida turgan yirik masalalardan biri, bu shak shubhasiz, odamlarning bitmas tuganmas
ehtiyojlarini qondirishdir. Shu sababli, bugun dunyoning har bir chekkasini olmaylik, turli xildagi insonlarning iste’ moli uchun kerak bo’ ladigan mahsulotlarni tayorlashga bo’ lgan talab ortib bormoqda.
O’zbekiston zaminida juda ulkan va noyob, hali ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral xom- ashyo resurslari to’plangan. Ularning 95 turi aniqlangan. Respublikada 370 ta kon ishlab, har yili 200 million tonnadan ortiq tog’ jinslari qazib olinmoqda. Paxta tolasini yetishtirishda mamlakatimiz jahonda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Markaziy Osiyo davlatlarida yetishtirilgan paxta
tolasining 1,5 million tonnasi yoki 75 foizi O’zbekiston hissasiga
to’g’ri keladi.
Hozirda dunyo aholisi soni taxminan 7 milyardga yetgan. Va bu ko’rsatkich kundan kunga yanada oshib bormoqda. Kishilik jamiyatini taraqqiyoti va insonlarni yashashlari uchun zarur bo’lgan moddiy – ne’ matlar tabiatda mavjud bo’lsada, ularni inson extiyojlariga moslab tayyorlamoq, yetishtirmoq, ishlab
chiqarmoq va qayta ishlab, ularni tayyor iste’mol maxsulotlariga aylantirmoq lozim.
Buning uchun esa, eng avvalo ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan unsurlarni bo’lishi, ularni o’ zaro birikishini shakllantirish lozimdir. Xullas ishlab chiqarishni tashkil etmoq kerak. Shundan keyin ishlab chiqarishni maqsadi, mox iyati, vazifasi va uning natijalarini tushunmoq kerak bo’ladi. Maqsad aniq
bo’lgandan keyin esa, ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash, samaradorligini oshirib borish va iste’ molchilarga to’g’ridan to’g’ri yetkazib berish ustvor vazifaga aylanadi. Biz ushbu kurs ishini tayorlashda asosan shu narsalarga katta ahamiyat qaratdik. Ishlab chiqarishni, iste’ mol, xo’jalikni tashkil qilish va uni yuritishga ta’ luqli tayanch iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy qonuniyatlar
yoritib berishga harakat qildik.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy iqtisodiy manfaatdorlik yangi
mohiyat kasb etadi. Lekin, shaxsiy iqtisodiy manfaatdorlikka bog’liq bo’ladi,
ular o’zaro uyg’unlashadi.
Iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi va aholining ijtimoiy-iqtisodiy
turmush darajasini oshirish yo’llarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosaga
kelish mumkin:
- mulkiy va intellektual salohiyatiga qarab daromad olish erkin
iqtisodiyotning asosiy manbai hisoblanadi va xodimlarning daromaddagi
ulushlari shunga ko’ra bir xil bo’lmaydi;
- bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat iqtisodiyotning bosh islohotchisi sifatida tadbirkorlik munosabatlariga nafaqat mehnatni me`yorlash va tarifikasiyalash orqali, balki asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlari: paxta xomashyosiga va boshqalarga shartnoma asosida davlat buyurtmasini o’rganish asosida daromadlarni shakllantirish orqali ham ta`sir ko’rsatadi;
- erkin iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi qonuni amal qiladi va bu qonun tadbirkorlar harakati bilan ularning daromadlari o’rtasida iqtisodiy bog’likliklarni ifoda etadi. Bu qonun harakati tufayli tadbirkorlik ishlab chiqarishi takroriylik kasb etadi. Tadbirkorlik faoliyatining samadorligi qonuni, birinchi navbatda, ishlab chiqarishdan manfaatdorlik va daromadlarni taqsimlash qonuni bilan bog’liqdir.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishni tashkil etishda ixtisoslashuv muhim o’rin tutadi. Ixtisoslashuv - ayrim korxona yoki uning bo’linmalarini ma`lum bir turdagi mahsulot yoki uning ayrim qismlarini ishlab chiqarishga moslashtirishdir.
Mehnat taqsimotiga ko’ra ixtisoslashtirishning uch xil turi mavjud: buyumli, texnologik, detalli. Ixtisoslashtirishning ushbu turlari nafaqat asosiy ishlab chiqarishga, balki yordamchi ishlab chiqarishga ham xosdir. Masalan, instrumentlar va tamirlash sexini ixtisoslashtirish, qo’l instrumentlarini ishlab chiqaruvchi, mashina va jihozlarni tamirlashda ishlatiladigan instrumentlarni ishlab chiqaruvchi bo’linmalarni tashkil etishda ko’rinadi.
Ixtisoslashtirishning yuqorida qayd etilgan shakllari tarmoq, tarmoq
ichidagi va tarmoqlararo ixtisoslashuv ko’rinishida namoyon bo’ladi. Tarmoq ixtisoslashuvi buyumli ixtisoslashuv ko’rinishida namoyon bo’ladi. Tarmoq ichidagi ixtisoslashuv bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishni tarmoq korxonalari ichida taqsimlanishini ko’zda tutadi. Tarmoqlararo ixtisoslashuv detalli va texnologik shakllar bilan bog’langan bo’lib, bir qancha tarmoq korxonalari foydalanadigan mahsulot turini ishlab chiqarishda ko’rinadi.
Korxonalarning bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarishga moslashtirilishi korxona ishlab chiqarish bo’linmalarining ham ixtisoslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |