Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili
Strukturaviy o‘zgarishlarning mahsulot hajmiga ta’siri tahlili
Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilining mazmuni va vazifalari
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi – korxonalar faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Mahsulot sotish hajmi uning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, shuningdek, tannarx darajasi, foyda miqdori, rentabellik darajasi, korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to‘lov qobiliyati va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar bog‘liq bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish tahlilining maqsadi raqobatchilarga nisbatan mahsulot sotish hajmini oshirish yo‘llarini topish, ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalangan holda bozordagi ulushni kengaytirish va buning natijasi sifatida – korxona foydasini oshirish hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni kompleks maqsadli tahlil qilishning asosiy vazifasi korxonaning raqobat pozitsiyasini va bozor konyunkturasi o‘zgarganda resurslar bilan o‘zgaruvchan manyovr qilish qobiliyatini tahlil qilish hisoblanadi.
Mazkur umumiy vazifaquyidagi xususiy analitik vazifalarni hal qilish yo‘li bilan bajariladi:
Mahsulot ishlab chiqarishning prognoz hajmi bajarilishi va dinamikasi o‘zgarishi ustidan tizimli nazorat;
Hajm bo‘yicha bitimlar bajarilishini baholash, yetkazib berishlar maromiyligi, mahsulotlar butligi;
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga omillar ta’sirini aniqlash;
obyektiv va subyektiv omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishni oshirish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha
korxona faoliyatini baholash;
Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha aniqlangan zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish hajmini o‘rganish ish faolligining muayyan diapazonida, ya’ni relevant qator taqdim etuvchi min-max chegarasida amalga oshiriladi. Tahlil nafaqat mutlaq min-max chegarasida, balki o‘zgarmas doimiy xarajatlar chegarasida ham amalga oshirilishi mumkin. Relevant qator minimal mumkin, maksimal mumkin, optimal va haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini tashkil qiladi.