Korxonaning funksional ostki tizimlari. Korxonani ostki tizimlaridan
iborat ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida ko’rish mumkin. Ostki tizimlar sifatlariga qarab guruhlash mumkin. Korxona birlik tizimida ierarxiya funksional, kibernetik ostki tizimlar alohida o’rin tutadi (ierarxiya – quyi mansablarning yuqori mansablarga bo’ysunish tartibi). Korxona murakkab ierarxik tizim hisoblanadi (1.2-rasm). Uning pog’onalari sifatida ishlab chiqarish, sex ish joyini olish mumkin.
Bu tizimda har bir yuqori pog’ona pastki pog’ona uchun tashqi muhit
elementini ifodalaydi, har bir pastki pog’ona esa yuqori pog’onaning ichki elementi hisoblanadi.
Ierarxiya pog’onalarining barchasi funksional ostki tizim xarakteriga ajralish mumkin va kibernetik tizim singari boshqaruv ob`yekti va
sub`yektlariga egadir.
Funksional ostki tizimlar:
1. Ishlab chiqarish jarayonlari ostki tizimi: Tirikt mehnatni tashkillash, mahsulot sifatini ta`minlash, asosiy ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarishni texnik tayyorgarligi.
2. Ishlab chiqarish elementlari tarkibining ostki tizimi: Mehnat predmetlari, kadrlar, asosiy ishlab chiqarish fondlari.
3. Ishlab chiqarish infrastrukturasini ostki tizimi. Tayyor mahsulotning sotish va ishlab chiqarishni moddiy texnik, energetik, transport xizmati bilan ta`minlash, asosiy ishlab chiqarish fondlarini remont qilish va texnik xizmat ko’rsatish.
4. Korxonani boshqaruv ostki tizimi: texnik-iqtisodiy rejalash, moliyalash, buxgalteriya hisobi, korxonaning ilmiy texnik rivoji, kollektivning ijtimoiy rivojlanishi.
Korxonaning har bir bo’limi va har bir funksional ostki tizimi: kibernetik tizim sifatida ham mavjud bo’ladi. Ular aloqa kanallari bilan o’zaro
bog’langan boshqaruv ob`yektlari va sub`yektlariga ega.
Korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish uslublari va
klassifikatsiyasi. Ish joylarining birlashishidan ishlab chiqarish jarayoni manbai paydo bo’ladi va natijada tayyor mahsulot yoki xizmatlar yaratiladi. Ishlab chiqarish jarayoni texnologiya yordamida amalga oshadi. Texnologiya deganda mehnat predmetlar shakli, o’lcham xususiyatlarining navbatdagi o’zgarish holatini va boshqa mehnat predmetlari xarakteristikasi tushiniladi. Barcha ishlab chiqarish jarayonlarini asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi jarayonlarga bo’lish qabul qilingan. Asosiy jarayonlarda mahsulot vujudga keladi. Bu esa firma faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yordamchi jarayonda esa tayyorlov, qayta ishlash, yig’ish, bo’yash ishlari bo’ladi. Buning maqsadi asosiy jarayonni ro’yobga chiqishi uchun sharoit yaratishdir.
Xizmat qiluvchi jarayonni, xom- ashyolarni, materiallarni, yarim fabrikatlarni, tayyor mahsulotlarni hisobga olishi zarurdir, ixtisoslashish, mutanosiblik, aniqlik, uzliksizlik, bukiluvchan, komplekslik ham zarur. Ixtisoslashuv sexda, tarmoqda, ish joyida ishlab chiqarish jaryonining
alohida jihozlariga, texnologiyaga, xom-ashyoga, kadrlarga, chiqarilayotgan
mahsulotga asoslangan holda ajratiladi.
Mutanosiblik ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda uning elementlar munosabatlarini muvofiqlashtirishdir. Aniqlik tashkil etish uslubi sifatida mahsulot harakatining alohida ishlab chiqarish jarayonlari etaplari orasidagi eng qisqa yo’llarini ta`minlash natijasida uning vaqt sarfida qisqartirish.
Uzluksizlik, ishlab chiqarish vaqt tejashga qodirdir. Ishlab chiqarish
jarayonlarida uzilishlarga to’liq cheek qo’yish va barcha omillardan: jihozlar,
mehnat predmetlari, ishchi kuchidan to’liq foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |