I ma`ruzalar Kirish Reja


XX asr ikkinchi yarmida migratsion jarayonlarning o‘ziga xos xususiyati



Download 449,5 Kb.
bet10/12
Sana28.06.2022
Hajmi449,5 Kb.
#715960
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Migratsiya (1)

XX asr ikkinchi yarmida migratsion jarayonlarning o‘ziga xos xususiyati
Reja:

  1. Ikkinchi jahon urushdan so’ng aholi soni dinamikasi, mamlakatning tarixiy, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy rivojlanish shart-sharoitlari.

  2. Migratsiya jarayoni ikkinchi jahon urushidan keyin, ayniqsa 1950 yillarda jadal suratlarda rivojlangan milliy bo’linmalarning urbanizatsiyalashuviga olib kelishi.

  3. Ikkinchi jahon urushining Markaziy Osiyo respublikalarining demografik jarayonlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi..



Sovet davlatining Stalin qatag‘onlari natijasida qariybyigirmadan ortiq millat vakillari Markaziy Osiyoga, jumladan,O‘zbekistonga ko‘chirilishi, yangi zavod va fabrikalarning qurilishi vaularni malakali ishchi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida mamlakatningmarkaziy rayonlaridan kishilarni ko‘chirib keltirish aholining milliytarkibi hamda demografik holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.1940-1950 yillarda SSSR ning turli hududlaridan bir qatorxalqlarni O‘rta Osiyo va Qozog‘istonga ko‘chirish siyosati o‘tkazilib, bu asosanbutun xalqlarni bir-biridan ajratish va jazolash maqsadida amalgaoshirilgandi. Sovet hukumatining bu xatti-harakatlari fashistlarokkupatsiyasi davrida ayrim kishilar va guruhlarining xoinligi uchunberilgan jazo mamlakat xavfsizligini qo‘riqlash deb ta’riflangan edi.1937 yil 21 avgustda 1428-326-sonli «Uzoq Sharq chegara rayonlaridankoreys xalqini ko‘chirish» to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, Uzoq Sharq,Buryatiya, Mongoliya ASSR, Xabarovsk, Primore o‘lkasidan hamda Chitaviloyatlaridan koreys xalqlarini Qozog‘iston va O‘rta Osiyorespublikalariga ommaviy tarzda zudlik bilan ko‘chirish belgilangan edi.Ushbu ko‘rsatmaga muvofiq, 1937 yil kuzida 11 ming koreys oilalari (55ming kishi) O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi. 1938 yil noyabridaO‘zbekistonda yashayotgan koreys oilalari soni 16,3 ming nafar (74,5 mingkishi)ga yetdi48. Ko‘chirib keltirilgan koreyslar dastavval barcha huquq vaimtiyozlardan mahrum etilgan edi. 1953 yil Stalin vafotidan keyinginaular barcha fuqarolar kabi teng huquqli imtiyozlari tiklanib, erkin yashashimkoniyatiga ega bo‘lishgan. Hozirgi vaqtda ularning ko‘p qismi Saxalin,Janubiy Saxalin shaharlarida istiqomat qilishmoqda. 1989 yildagi aholiro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, qariyb 100 mingga yaqin koreyslar Qozog‘istonrespublikasida va 183,1 mingga yaqini O‘zbekistonda istiqomat qilishgan.1943-1944 yillarda qalmiqlar, qrim tatarlari, chechenlar, ingushlar,nemislar, qorachoylar, pontiya greklari, mesxeti turklari, bolqorlaro‘zlarining tarixiy vatanlari, doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylaridanmamlakatning sharqiy tumanlariga ko‘chirib yuborildi. Umuman, 1936-1952yillar mobaynida 20 dan ortiq millat vakillaridan iborat qariyb 3 mln.gayaqin kishi xoinlikda ayblanib, markaz ko‘rsatmasiga muvofiq Sibir vaO‘rta Osiyo respublikalariga majburan ko‘chirib yuborilgan edi. Qatag‘ongauchragan xalqlarning sakkiztasi o‘z ona yurtlaridan butunlay ko‘chirilibyuborilganbo‘lib, bular Povolje nemislari, qalmiqlar chechenlar,ingushlar, qorachoylar, bolqorlar, qrim-tatarlari va mesxeti turklari edi.1944 yilning 18 mayida SSSR mudofaa vazirligi buyrug‘i bilan«Vatan xoinlari» sifatida O‘zbekistonga ko‘chirib keltirgan qrim-tatarlarining umumiy soni 889.400 kishini tashkil etgan. «Ishonchsiz»hisoblanmish bu xalqlar ko‘chirilayotgan vaqtdayoq konstitutsiyaviyhuquqlaridan mahrum etilib, respublikada ishchi kuchiga ehtiyoj kuchlibo‘lgan Olmaliq, Bekobod, Chirchiq kabi sanoat shaharlariga, ya’ni yangio‘zlashtirilgan yerlarda barpo etilgan kolxoz va sovxozlargajoylashtirilgan. Yetarlicha shart-sharoitlar bo‘lmaganligi bois ko‘chiribkeltirilgan vaqtning o‘zidayoq badarg‘a qilinganlardan 195000 kishi vafotetgan.1944 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonga Qrimdan147170 kishidan iborat 37325 oila ko‘chirilgan, shundan 18444 tasikorxonalarga, 18881 tasi kolxoz-sovxozlarga joylashtirildi. Bundantashqari 175 ming nafar chechenlar, 157 ming nafar ingushlar, 4,5 ming nafarbolqor, arman va greklar keltirildi.1945 yil 1 iyulgacha bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra, Farg‘ona viloyatigajoylashtirilgan Qrimdan va Gruziyadan maxsus ko‘chirilgan 6569 oiladan4322 oila kolxoz a’zoligiga qabul qilingan va shaxsiy tomorqa hamda yerbilan ta’minlangan. 3847 oiladan 979 oila qishloq xo‘jaligi kreditiniolgan.1949 yilda Qora dengiz bo‘ylarida va Qrimda istiqomat qilgangreklarni ko‘chirishning ikkinchi bosqichida 12 ming etnik greklar Toshkent,Chirchiq, Yangiyo‘l shaharlariga joylashtirildi. Ular uchun maxsus 14 tashaharchalar barpo etildi.1949 yil 1 yanvar ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonga maxsusko‘chirilganlar soni 177 090 kishini tashkil etgan.Ko‘chirib keltirilganlar muhtojlik va oddiy shart-sharoitlaryo‘qligiga qaramay, yangi joylarga asta-sekin o‘rganib, moslashib bordilar.1944 yilning iyulidan 15 avgustigacha maxsus ko‘chirilganlarni oziq-ovqatbilan ta’minlash asosan qoniqarli darajada bo‘lgan. Davlat mudofaaQo‘mitasining qaroriga muvofiq, maxsus ko‘chirilgan har bir kishi yilliknorma hisobidan 8 kg un va 2 kg yorma shaklida davlat ssudasi bilanta’minlangan.Hukumat tomonidan maxsus ko‘chirilganlarga nisbatan ba’ziijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi chora-tadbirlar belgilangan bo‘lsa-da,lekin aksariyat tarzda ular hamma joyda ta’qib etildi, maxsus lagerlarga“joylashtirilib” turli qiynoqlarga duchor qilindi.Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqlarni ko‘chirib yuborishning
barcha zararli oqibatlarini baholab chiqish qiyin. Bu odamlarning nobudbo‘lib ketganligi bilangina emas, balki ko‘chirilgan xalqlar madaniyati,milliy davlat tuzilish prinsiplari buzilganligi, respublikalar vaavtonom viloyatlar mustaqilligi poymol etilganligi bilan ifodalanadi.Urush yillarida aholi tarkibida harbiy xizmatchilar oilalari,evakuatsiya qilinganlar, urush tufayli nogiron bo‘lganlar, yetim bolalar,asir olinganlar kabi ijtimoiy guruhlar ham ko‘chirilib, ularningtarkibida turli millat vakillari bor edi. Shubhasiz, bu kabi holatlarmigratsiya jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilar edi. O‘shayillari 682 nafar yapon asirlari ham O‘zbekistonga keltirildi.O‘zbekistonda migratsiya jarayonining yana bir o‘ziga xos tomoni bo‘lib,bu ikkinchi jahon urushidan so‘ng sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Urushdankeyingi dastlabki yillarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini hartomonlama taraqqiy ettirish, mavjud muammolarni tezroq tugatish, moddiytexnikaviy ahvolni yaxshilash kabi vazifalar turgan edi. Paxta mahsulotigabo‘lgan ehtiyojni ta’minlash maqsadida Ittifoq direktiv organlari 1946yil fevralda maxsus qaror qabul qildi. Unda O‘zbekistonda paxtaetishtirishni “sotsialistikbeshyillik”da 2,5 baravarko‘paytirishqat’iytalabqilinibbelgilandi.Tiklash davrining ko‘p qirrali muammolarini hal etishda sug‘orishtizimi muhim rol o‘ynadi. 1949 yil aprelda Respublika hukumatitomonidan «Mirzacho‘lni yanada o‘zlashtirish tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorqabul qilinishi bilan 1950 yilda o‘zlashtirilgan yer maydonlari 281,4 minggektarni tashkil etdi60. Bu vazifalar ichki migratsiyani ham kuchaytirar edi,natijada 1949 yilning o‘zida 6615 nafar xo‘jalik, jumladan, Mirzacho‘ltumaniga 3337 nafar oila, Sirdaryo tumaniga 3278 nafar oila ko‘chirilgandi.Ko‘chirilgan xo‘jaliklarni joylashtirish va ularning ijtimoiymuammolarini (ish, uy-joy bilan ta’minlash, moddiy yordam ko‘rsatish) halqilish juda sust darajada olib borilganligi bois yana ko‘pincha qaytibketish holatlari ham bo‘lib turar edi. Masalan, aholini uy-joy bilanta’minlash uchun rejadagi 6600 ta uy-joy o‘rniga 5000 ta uy-joy quribbitkazilgan. 1600 nafar oila esa boshpanasiz, zax joylarda istiqomatqilishgan. Oqibatda 650 nafar xo‘jalik o‘z tumanlariga ko‘chib ketishgamajbur bo‘lgan.Shuningdek 1953 yilda Respublikaning bir qator viloyatlaridagiichki ko‘chish jarayonlari ham e’tiborga molikdir. Biz tadqiq etayotganviloyatlarda ushbu jarayon quyidagicha kechgan. Masalan: Surxondaryoviloyatidan 550 ta xo‘jalik Boysun tumanidan Angor tumaniga 350 ta, Sho‘rchitumanidan «Surxon» sovxoziga 200 ta xo‘jalik oilalari ko‘chirilgan bo‘lib,ulardan 150 tasi uy-joy bilan ta’minlangan62. Qashqadaryo viloyatidanToshkent viloyatiga 400 ta xo‘jalik ko‘chirilgan.Hukumat tashkilotlari yangi o‘zlashtirilgan kolxoz va sovxozlargaaholini ko‘chirish ishlarini maxsus organlar orqali amalga oshirishgaharakat qilganlar. Jumladan, SSSR paxtachilik ishlari ministrligining602-raqamli 1950 yil 11-yanvarda qabul qilingan «O‘zbekiston SSR ningyangi o‘zlashtirilgan yerlarga aholini ko‘chirish» haqidagi qaroridaO‘zbekiston SSRda kelajakda paxtachilikning taraqqiy etishi uchunaholining yangi o‘zlashtirilgan yerlarga ko‘chirishni jadallashtirilishialohida qayd qilib o‘tilgan edi. Ushbu qarorga muvofiq, 1953 yildako‘chirish ishlarini bajarish quyidagi reja asosida amalga oshirilishiko‘zda tutilgan.O‘zbekiston SSR paxtachilik sovxozlariga aholi xo‘jaliklariniko‘chirish, ya’ni Toshkent viloyatining bir qator sovxoz va kolxozlarigaToshkent viloyatidan, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlaridan 1953 yil jami1350 ta xo‘jalik oilalarini ko‘chirish rejalashtirilgan va quyidagichataqsimlangan.Hukumat tomonidan chiqarilgan qarorga muvofiq respublikaning yangio‘zlashtirilgan tumanlariga 1953 yil yakuniga qadar 21 ming xo‘jalikoilalarni belgilangan hududlarga ko‘chirish rejalashtirilgan edi. Ammojoriy yilning oktyabrigacha bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, 14 ming xo‘jalikko‘chirib keltirilgan va ularning atigi 8053 nafari uy-joy bilanta’minlangan, xolos. Qurilish ishlariga sarflanishi zarur bo‘lgan jami29 million 925 ming rubl mablag‘dan bor-yo‘g‘i 20 foizigina foydalanilgan.Qurilish ishlari esa bor yo‘g‘i 0,9 foizga bajarilgan.Shuningdek ko‘chirilgan xo‘jaliklarni uy-joy bilan ta’minlashmuammolari bilan birga, ularga kredit pullarini ajratish, tibbiysanitariya xizmati ko‘rsatish ham og‘ir ahvolda bo‘lgan. Jumladan, Toshkentviloyati Mirzacho‘l tumaniga Qashqadaryo viloyatidan ko‘chirilganlarningijtimoiy ahvolini o‘rganish borasida 1949 yil 1 yanvarda tumanrahbarlarining tekshiruvi natijasida quyidagilar aniqlangan: Mirzacho‘ltumani «Yangi yo‘l» qishloq sovetiga qarashli 4 ta kolxozga xizmatko‘rsatgan.Maishiy xizmat ko‘rsatish uyida klub, hammom, kutubxona ishlamagan.Shuningdek, ushbu xo‘jaliklarda xalq ta’limi sohasi ham og‘ir ahvoldabo‘lgan. Mavjud 2 ta maktabning deraza oynalari yo‘qligi, isitishtarmoqlarining ishlamasligi tufayli 51 nafar maktab yoshidagio‘quvchilarning ta’lim olishlariga deyarli sharoit yaratilmagan.O‘zbekiston SSR MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1960 yil30 apreldagi 103-sonli qaroriga muvofiq «Ko‘chish va ko‘chirish» ishlari boshboshqarmasi (dastavval bu boshqarma turli nomlarda bo‘lgan) tashkil etilganedi. Aholini ko‘chirish bilan birgalikda yangi o‘zlashtirilgan yerlarda aholi,xo‘jaliklar uchun uy-joy qurilish ishlarini olib borish ham mo‘ljallanganedi. Shu maqsadda O‘zbekiston SSR MKning 1967 yil 11 aprelidagi qarorigamuvofiq, Mehnat resurslaridan foydalanish davlat komiteti hamda O‘zSSRMinistrlar Soveti bilan hamkorlikda «Ishchi kuchlari ta’minoti»uyushmasi tuzilib, ko‘p yillar mobaynida uy-joy qurilish ishlarini amalgaoshirildi68. Bu tashkilotlarning mehnat faoliyati natijasida 1950-yillardan boshlab Qarshi, Jizzax, Sirdaryo viloyatlaridagi yangi yerlarnio‘zlashtirish bilan birga bu yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirishbilan ham mashg‘ul bo‘lingan. Umuman olganda, 1980 yillarga kelib qo‘riqerlarni o‘zlashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Mirzacho‘lda qariyb 300ming gektarga yaqin yerlar o‘zlashtirilib, 60 mingga yaqin yangi aholixo‘jaliklari – sovxozlar bunyod etilgan. Qarshi cho‘lida 350 ming gektar yero‘zlashtirilib, 192 ming gektar yerda 40 ta yangi sovxoz tashkil qilingan.Jizzax cho‘lida 50 ming gektarga yaqin yerlar o‘zlashtirilib, yangi paxtachilikkolxoz va sovxozlari bunyod etildi69. Ammo yangi aholi xo‘jaliklarinijoylashtirish va ularni uy-joy bilan ta’minlash ishlari qoniqarsizholatda bo‘lgan.«Ko‘chish va ko‘chirish» boshqarmasining 1951 yil respublika hududidaaholi xo‘jaliklarini ko‘chirish ishlariga xarajat mablag‘larini ajratishsmetasi tasdiqlanib, bunga ko‘ra Toshkent viloyatiga ko‘chish va ko‘chirishishlariga bog‘liq bo‘lgan pochta, telegraf, telefon, tipografiya xizmatlariuchun 300 ming so‘m, tibbiy sanitariya xizmatlariga 21 ming so‘m, madaniymaishiy xizmatlariga 11 ming so‘m, kundalik sarf-xarajatlariga 60 mingso‘m, ko‘chirilayotgan aholini jo‘natish va qabul qilib olish xarajatlariga125 ming so‘m, kredit, yordam pullari va oziq-ovqatga 155 ming so‘m, jami511,0 so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirishning barcha davrlarida ham oilalarni uy-joy bilan ta’minlash masalalari ancha yomon holatda bo‘lgan. Chunki qurilishmateriallarining yo‘qligi, mahsulotlarning yetishmasligi qatormuammolarni keltirib chiqargan. Bularning hammasi shundan dalolatberadiki, yangi o‘zlashtirilgan yerlarga ko‘chirilgan aholi xo‘jaliklarinijoylashtirish, ularni uy-joy bilan ta’minlash ishlari hukumat tomonidanbir me’yorda olib borilmagan. Shu sababli yangi o‘zlashtirilgan yerlardaaholi xo‘jaliklarining qaytib ko‘chib ketish jarayonlari doimo yuqoribo‘lgani holda, doimiy yashash tarzi past ko‘rsatkichda bo‘lgan.Jizzax cho‘llariga 1974 yilda 7815 nafar kishi ko‘chirib keltirilgan bo‘lsa,shundan 5346 nafari turmush darajasi yomonligi tufayli qaytib ko‘chibketishga majbur bo‘lganlar72. Buning ustiga aholining qoniqarsiz turmushsharoiti, issiq iqlim ularning ko‘pchiligini quvvatsizlanib qolishiga olibkelgan, bunday holat zarur dori-darmonlarning yetishmasligi sharoitidaommaviy yuqumli kasalliklarning ko‘payishiga, ba’zan esa o‘limholatlarining sodir bo‘lishiga, mehnatga layoqatsiz aholi soniningoshishiga sabab bo‘lgan. Masalan, Samarqand viloyatidan Sirdaryo tumanigako‘chirilgan 2683 kishidan 819 kishi, Andijon viloyatidan Mirzacho‘ltumaniga ko‘chirilgan 2112 kishidan 578 nafari, Toshkent viloyati Bo‘katumaniga ko‘chirilgan 1400 kishidan 302 kishi, Qashqadaryo viloyatidanBekobod tumaniga ko‘chirilgan 2319 kishidan 725 nafari mehnatgalayoqatsizligi hamda turli xastaliklar sababli ishlab chiqarishda ishtiroketmagan.Hukumat tomonidan respublikaning yangi o‘zlashtirilgan bir qanchatumanlariga ko‘chirib keltirilgan xo‘jaliklarga nisbatan ijtimoiy yordamko‘rsatilsa-da, ammo bular qog‘ozlarda bitilgan chora-tadbirlarni qamrabololmas va aholi ehtiyojini to‘la qondirish imkonini bermas edi. Buningustiga O‘zbekistonda yangi shaharlar bunyod etilganligi, zavod-fabrikalar,elektrostansiyalar qurilishi va ularni malakali ishchi mutaxassis kadrlarbilan ta’minlash maqsadida SSSRning markaziy rayonlaridan aholiko‘chirib keltirildi. Masalan, 1933 yilda RSFSRdan yangi qurilishlar uchun3062 ishchi xodimlar keltirilgan bo‘lsa, 1935 yil-3000, jami 1933-1938yillaroralig‘ida 650 ming ishchi xodimlar ko‘chirib keltirilgan74. 1939yilgi butun ittifoq aholi ro‘yxatiga ko‘ra, O‘zbekistonda istiqomatqilayotgan ruslar 727,3 ming kishini tashkil etgan. Ular umumiy aholining11,5%ni tashkil etib, ularning 35,5% shaharlarda istiqomat qilishgan.1959 yilgi Butunittifoq aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlarigako‘ra, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat vakillari orasida rusmillatiga mansub kishilarning salmog‘i o‘sganligini ko‘rish mumkin.Ularning milliy tarkib bo‘yicha soni 1939 yilga nisbatan 1,9 foizga oshib,13,4 foizni tashkil qilgan. Ko‘chib kelgan aholining aksariyat qismi kattashaharlarga kelib o‘rnashgan. Respublikada yangi sanoat korxonalariningko‘plab bunyod etilishi hamda bu zavod-korxonalarida mehnat qiladiganishchilarni chetdan ko‘plab jalb qilish natijasida respublika aholisiningortiq darajada ko‘payib ketish hollari sodir etildi. Bunga yo‘l qo‘ymaslikmaqsadida olib borilgan ishlar natijasiz bo‘ldi. Aksincha, yangi korxonalaruchun ishchilar mahalliy millatlar vakillaridan emas, balki tayyorishchilarni chetdan keltirish natijasida shahar aholisi ular hisobiga ortibbordi, ya’ni 1961-1975 yillarda qariyb 400 ming kishining O‘zbekistongako‘chib kelganligi qayd etilgan. Vaholanki, Toshkent shahrida 200 mingortiqcha ishchi kuchi bo‘lgani holda 125 ming ishchi hamda mutaxassislarboshqa mintaqalardan jalb qilindi.Respublikaning boshqa shaharlaridagi ko‘plab sanoat korxonalaridaham ishchilar safi asosan ko‘chib keluvchilar hisobiga uzluksiz to‘ldirilibborildi. Boshqacha qilib aytganimizda, ana shunday yo‘llar bilan mahalliymillat kishilaridan malakali sanoat ishchilari shakllantirilmadi. Bundayhamkorlik oqibatida va ko‘plab ko‘chib keluvchilar sababli bir tomondanO‘zbekistonda milliy ishchi kadrlar tayyorlanmagan bo‘lsa, ikkinchi tomondanushbu yillarda mamlakatda boshqa millat vakillarining salmog‘i oshibketishiga sabab bo‘ldi. Rossiya, Ukraina davlatlari qatori Shimoliy Kavkazva Kavkaz ortida yashovchi bir qator millat va elat vakillari salmog‘i hamushbu yillarda keskin orta borgan. Buning sababi maishiy xizmat ko‘rsatishsohasini o‘zlashtirish imkoni mavjudligi va kooperativ ishlab chiqarishshakli rivojlanganligidir. Kavkaz orti, Shimoliy Kavkaz, Rossiya,Ukrainadan ko‘chib kelganlar asosan O‘zbekistonning muayyan tumanlaridamuqim o‘rnashib qolganlar.Boshqa millatlarning hududlararo bo‘linishi ham o‘ziga xos xususiyatgaegadir. Masalan, qozoqlar asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent,Buxoro viloyatlariga tarqalgan bo‘lsa, tojiklar Samarqand, Surxondaryo,Namangan, Farg‘ona viloyatlariga, qirg‘izlar Andijon, Farg‘ona va Jizzaxviloyatlariga joylashgan. Ruslar eng avvalo shahar joylarda va ayniqsa,Toshkent va Toshkent viloyatida istiqomat qilishgan. Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ham ularning soni sezilarli darajada katta bo‘lgan.Respublikada yashovchi tatarlarning deyarli yarmisi Toshkent shahri vaToshkent viloyatiga to‘g‘ri kelgan (ular ayniqsa Chirchiq, Yangiyo‘lshaharlarida ko‘pchilikni tashkil etar edilar), yahudiylarning aksariyatipoytaxtda yashar edilar. Markaziy Osiyo va Buxoro yahudiylarining esa buerda 30 foizga yaqini istiqomat qilar edilar78. Bunday ayrim millat vaelatlarning respublika hududida joylashuvining o‘ziga xos jug‘rofiyxususiyatlarini hisobga olish milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklash vasaqlab qolish borasidagi vazifalarni milliy madaniy markazlarfaoliyatini va bu xususda respublika rahbariyatining ijobiy yondoshuvinitadqiq etish va ularni ilmiy yondashgan holda o‘rganish hozirgimillatlararo vaziyatni yaxshilash borasida, shuningdek o‘quv ta’limtarmog‘ini tegishli tilda olib borish katta ahamiyatga egadir.1966 yil Toshkent shahrida sodir bo‘lgan zilzila natijasida hamO‘zbekistonning sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan migratsionaloqalari yanada tezlashdi. Toshkent shahrining aholisi migratsiya aloqalaritufayli 9 yil mobaynida (1951-59 yillar) 96,2 ming kishiga ko‘paygan bo‘lsa,1966-69 yillarda esa bu jarayonning kamayganligini ko‘rishimiz mumkin.Bunday tabiiy ofat natijasida ko‘plab boshpanasiz qolgan Toshkent shahriaholisi sobiq ittifoqning bir qancha respublikalariga ko‘chirildi. 1966yil 14 mayda zilziladan talofat ko‘rgan 75 mingdan ko‘proq oilanievakuvatsiya qilish uchun maxsus komissiya tashkil qilindi. Tashkil etilganmaxsus komissiyalarning faoliyatiga ko‘ra Toshkent shahri aholisi RSFSR,O‘zbekiston SSR viloyatlariga, Qozog‘iston hamda O‘rta Osiyorespublikalariga ko‘chirildi.



Download 449,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish