Mashg’ulotning tartib raqami №10
Mаvzu: Oz komplektlangan maktablarda tabiatshunoslikni o‘qitishning
hususiyatlari
Darsning maqsadi va vazifalari:
Oz komplektlangan maktablarda tabiatshunoslikni o‘qitishning
hususiyatlari
haqidagi chuqur bilim mаlаkа vа ko’nikmа hоsil qilish.
Darsning turi:
amaliy
Dars uchun ajratilgan vaqt:
80 min. Dars o’tish joyi:
№_____xona
Darsning jixozlanishi;
ma`ruzalar matni, adabiyotlar, suratlar, rasmlar
Fanlar bilan bog’liqligi:
biologiya, geografiya
Hayot bilan bog’liqligi:
Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador
bo’lib, u narsa va xodisalar to’g’risida to’g’risida to’liq va Chuqur bilim olishga
qaratilgan.
Darsning texnologik xaritasi.
Darsning borishi:
I.
Tashkiliy qism; salomlashuv, davomat, yangiliklar: (2 min)
II.
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash: (10 min)
III.Asosiy tayanch iboralar:
(5 min.) ________________
IV. Asosiy qism. (30 min.)
Reja:
1. Oz komplektlangan maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini
tashkillashtirish
hususiyatlari, dars o‘tish tamoyillari va usullari. Tabiatshunoslikni o‘qitishning
sinflar bo‘yicha tabaqalashtirilgan variantlari.
2. Oz komplektlangan maktablarda mustaqil mashg‘ulotlarning o‘rni, turlari va
ularni tashkil etish qoidalari.
3. Har xil sinf o‘quvchilarni ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarda birlashtirish
tamoillari (printsiplari)
4. Oz komplektlangan maktablarda ekskursiyalar o‘tkazish tartibi va qoidalari.
Darslarni integratsiyalash – oz komplektlangan
maktablarning asosiy
tamoyillaridan biri.
5. Kuzatish va ijodiy daftarlarni yuritishning xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar va iboralar:
Oz komplektlangan maktablar, kuzatish,
integratsiya, mustaqil mashg‘ulotlar, o'rganish metodikasi
Mavzuga oid masalalarni oydinlshtirishda guruhlar blan ishlash uslubidagi
“Charxpalak” usulini qo’llash, talabalarning muammolarga o’z fikrlari va
bilimlariga suyanib fikrlarini asoslash, masalani guruhlarda muhokama
qilish malakasi va boshqalar fikrini tinglay olish ko’nikmasini
shakllantirishga yordam beradi.
“Charxpalak” usulining qoidasi: bu usulda talabalar bir necha guruhlarga
bo’linadilar. Guruhlarni nomlash yoki raqamlash mumkin. Har bir guruhga mavzuda
ko’riladigan masalalar boyicha savol beriladi. Guruh savolni alohida qog’ozga,
boshqa guruhlarnikidan farq qiluvchi rangli flomaster bilan yozadi. Shundan so’ng
o’qituvchi savolga javob berish vaqtini talabalara ma’lum qiladi. Savolga javob
yozish vaqti 1 minutdan oshmaydi. Shu vaqt ichida guruh a’zolari savolga bir necha
so’zdan iborat qisqa, lo’nda javoblar yozishi kerak. 1 minutdan so’ng guruhlar o’z
qog’ozlarini boshqa guruhlar bilan doira shaklida
almashadilar va endu shu
qog’ozdagi savolga javob yozadilar. Shu tariqa muayyan guruhning o’z qog’ozi
ma’lum vaqtdan so’ng o’ziga qaytib keladi. Shu vaqtda jarayon to’xtaydi va har bir
guruh berilgan javoblarni o’zaro muhokama qilib, belgilar qo’yadi, keyin har bir
guruhdan bittadan vakil bu javoblar va muhokamalariga izoh beradi. Har bir
guruh
savollarga bergan o’z javobiga izoh beradi. Shu bilan
mavzuga oid masalalarga bir
qancha javoblar olinadi, muhokama qilinadi va eng maqbul fikrlar qabul qilinadi.