I bob. Mumtoz adabiyot tarixida yaratilgan e’tiqod va fiqhga oid asarlarning oʻziga xos oʻrni


Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi



Download 32,53 Kb.
bet5/6
Sana27.05.2022
Hajmi32,53 Kb.
#611007
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
A.N. va B. asarlari tadqiqi

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi shundan iboratki, ushbu ilmiy ishni yozishda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va hozirgi davlat rahbarimiz Shavkat Mirziyoyevning tarixni haqqoniy yoritish to‘g‘risida bildirgan fikrlari, shuningdek, islomshunoslik, manbashunoslik sohasida tadqiqot olib borgan respublika va xorij olimlarining ilmiy tajribalari, birlamchi qo‘lyozma va toshbosma manbalar hamda ularning zamonaviy nashrlarini taqqoslab, ularga tanqidiy munosabat bildirish ham tadqiqot uchun ilmiy-uslubiy asos bo‘ldi.
Jumladan, tadqiqotda ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’naviy jarayonlar tarixiylik, xolislik tamoyillariga tayangan holda tahlil qilindi. Ishda qiyosiy-tipologik va paleografik-kodikologik, nazariy va empirik metodologiyaga murojaat qilgan holda, taqqoslash, tavsiflash, vaziyat tahlili, SWOT va bashorat metodlaridan ham foydalanildi.
Shuningdek, tadqiqotda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy tekshirish instituti, fundamental kutubxona, Alisher Navoiy, O‘zMU ilmiy kutubxonalaridan keng foydalanildi. Tadqiqotni amalga oshirishda qo‘lyozma fondlar hamda asarga matn jihatidan yaqin manbalar tadqiqot ishining manbai bo‘lib xizmat qildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati unda ko‘tarilgan masalaning katta ahamiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Ilmiy ishning xulosalari va undagi ma’lumotlar islom fiqhi, tarixi va manbashunosligi bo‘yicha tadqiqotlar olib borishda, shu mavzuda maxsus kurslar o‘qishda ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotdan tarix, dinshunoslik, fiqh, islom tarixi va manbashunosligi, islom aqidasi va kalom, falsafa fanlarini o‘qitish va shariat masalalarini o‘rganishda ham foydalanish mumkin. Ishdan manbashunoslik nazariyasiga tadqiqotlarda, darslik va uslubiy qo‘llanmalar yaratishda, seminarlarda foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, XX asr oxiri - XIV asrning boshlaridagi Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ma’rifiy hayoti haqidagi tarixiy voqealarni yoritishda katta ahamiyat kasb etadi.
Dissertatsiya xulosalari XIV-XIX asrlarda O‘rta Osiyo madrasalaridagi ta’lim tizimi, ularda o’qitilgan darsliklar haqida ham muayyan tasavvur paydo qiladi. Ishdagi yangiliklar Movarounnahrda yozilgan islom manbalari, fiqhiy asarlar haqidagi ma’lumotlarni yanada kengaytiradi va to‘ldiradi.
Shuningdek, mazkur tadqiqot ishi ma’ruza matnlarini tuzish, amaliy mashg‘ulot ma’ruzalarini tayyorlash, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarni yaratishda asqotishi mumkin.

Download 32,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish