O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik fakulteti Islomshunoslik (islom tarixi va manbashunosligi) yo’nalishi 4-kurs talabasining
Islom tarixshunosligi va tarixiy tadqiqot usullari fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Xulofai roshidin” davri boshlanishi
Bajardi: S.MuhammadAlieva
Ilmiy rahbar: A.Ganiyev
Topshirgan sanasi__________
Himoya sanasi___________
Baho____________________
Ilmiy rahbar imzosi________
Toshkent 2022
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………3
1. Arab xalifaligining vujudga kelishi……………………………………....5
1.1 Arab diyorida Islom xalifaligi tashkil topishi…………………………….5
1.2 “Xulofai roshidinlar” davri xususiyatlari………………………………..7
2. “Xulofai roshidinlar” davri boshqaruvi va amalga oshirilgan fathlar10
2.1 Abu Bakr Siddiq (r.a.) davri……………………………….……………10
2.2 Umar ibn Xattob (r.a.) davri…………………………………………….12
2.3 Hazrati Usmon (r.a.) davri…………………………………………….15
3. “Xulofai roshidinlar” davri oxiri ………………….……………........18
3.1 Hazrati (r.a.) Ali xalifaligi………………………………………………18
3.2 “Xulofai roshidinlar” davrida shar’iy-huquqiy ahkomlar ….………….22
Xulosa……………………………………………………………………….29
Foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar…………………………………….31
Kirish
VI–VII asrlarda Arabiston yarim orolida yashayotgan arab qabilalari ijtimoiy hayotida urug‘doshlik tuzumi amal qilgan. Diniy e’tiqodi bo‘yicha ular orasida ko‘pxudolik keng tarqalgan bo‘lib, qabila va urug‘lar orasida tarqoqlik mavjud edi. VII asrda urug‘-qabila tuzumining yemirilishi yuz beradi. Urug‘-qabila munosabatlarining yemirilishi ayniqsa Xijozda keng quloch yoydi. Bu yerda nafaqat chorvachilik bilan, balki dehqonchilik bilan ham mashg‘ul bo‘lgan yarim o‘troq aholi birlasha boshladi. Bu mintaqada yirik savdo-hunarmandchilik shaharlari Makka va Yasrib joylashgan bo‘lib, undan janubdan shimol tomonga juda katta karvon yo‘li o‘tgan. Shaharlarda savdogarlar yuqori mavqega ega bo‘lgan. Qabilaviy tuzum zaiflashib, qabilalar o‘rtasida harbiy yurishlar davom etgan. Shunday qilib, chuqur ildiz otgan ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul sharoitida yangi tabaqalashgan jamiyat vujudga keldi. Boshqa xalqlar tarixida bo‘lganidek yangi tuzum uchun olib borilayotgan ommaviy harakatlar mafko’rasi diniy ko‘rinishda namoyon bo‘ldi.
Bu harakatga tarixiy shaxs, din va davlat asoschisi Muhammad sallolohu alayhi vassallam (570–632-y.) rahbarlik qildi. Buning natijasida VII asrda juda ulkan davlat – Arab xalifaligi tashkil topdi. Bu yangi dinning barcha qoida va tartiblariga rioya qilgan shaxslargina Muhammadning ummati deb tan olingan. Tez orada urug‘-qabila va nufuzli savdogarlar vakillari islomni qabul qilib, musulmonchilikka kira boshladilar.
Zardushtiylik, buddaviylik va shomonizm kabi dinlar ta’sirida bo‘lgan turklar arablarga qarshi boshqa xalqlar bilan birga ko’rash olib bordi. Arablar bilan birga ularning madaniyati, tili va musulmon huquqshunosligi ham o‘lkaga kirib keldi. U barcha diniy-huquqiy tizimlarni siqib chiqardi.
VII asrning 20–30-yillariga kelib musulmonlarning islomiy jamiyati to‘la shakllanib bo‘ldi va islom lashkarlari tashkil etildi. Islom dinini keng yoyish maqsadida qo‘shni hududlarga yurishlar amalga oshirildi.
Muhammad vafotidan keyin musulmonlarga boshchilik qilish maqsadida urug‘-qabila va nufuzli savdogarlar orasidan musulmon xalifalari – arab harbiy jamoasining boshliqlari saylandi. Ularning qarorgohi Madina shahri bo‘lgan.
Davlat dastlabki to‘rt xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) davridayoq (632–661-y.) islom dinini yoyish shiori ostida Osiyoning qo‘shni davlatlarini bosib ola boshladi. VII–VIII asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika hamda boshqa mintaqalardan tashkil topgan katta hudud egallandi. Xalifalik chegaralari G‘arbda Atlantika okeanigacha, sharqda Xitoy va Janubiy Hindistongacha borib yetib, tarixda eng katta hududga ega buyuk imperiyaga aylandi. Ular dastlab VII asr o‘rtalarida Vizantiya (Suriya, Falastin, Mesopatamiya va Misr) hamda Eronni egallashadi. 651-yilda Xuroson hududlarini egallashga o‘tadilar.
Xalifani «amir al mo‘minin» – musulmonlar amiri hamda sultoni, Xalifaga bo‘ysundirilgan hududlar hukmdorlarini esa «mulk ul atrof» – o‘lkalarning podsholari deb atay boshladilar.
Xalifalik shakllanishi jarayonida Arabistonda ibtidoiy jamoa tuzumi yemirildi. Qadimgi madaniyat o‘lkalaridan hisoblangan Mesopatamiya, Suriya va Misr yerlarida feodal jamiyat shakllanayotgan edi. Xalifalik hududida feodalizm taraqqiyoti bir xilda bo‘lmagan. Bu bosib olingunga qadar bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilan bevosita bog‘liq edi. Agar Suriya, Iroq, Misrda feodalizm keng quloch yoygan bo‘lsa, Arabistonning ko‘pchilik qismida hali urug‘chilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |