I bob. Mumtoz adabiyot tarixida yaratilgan e’tiqod va fiqhga oid asarlarning oʻziga xos oʻrni



Download 32,53 Kb.
bet1/6
Sana27.05.2022
Hajmi32,53 Kb.
#611007
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
A.N. va B. asarlari tadqiqi




MUNDARIJA:


Kirish …………………………………………………………………………


I BOB. MUMTOZ ADABIYOT TARIXIDA YARATILGAN E’TIQOD VA FIQHGA OID ASARLARNING OʻZIGA XOS OʻRNI ....................................
1. X-XIV asrlarda yozilgan diniy-didaktik asarlar ………………….... .................
2. XVI-XIX asrlarda ijod qilgan diniy-ta’limiy ijod namunalari …………………
I bob bo‘yicha xulosa ……………………………………………………………..


II BOB. TEMURIYLAR DAVRIDAGI TURKIY TILDA YOZILGAN FIQHIY-TA’LIMIY ASARLAR…………………………………………………
1. Alisher Navoiyning “Sirojul muslimiyn” asari ………………………..............
2. Zahiriddin Muhammad Boburning “Mubayyin dar fiqh” asari ………………...
II bob bo‘yicha xulosa ……………………………………………………….....


III BOB. “SIROJ UL-MUSLIMIN” VA “MUBAYYIN DAR FIQH” ASARLARINING QIYOSIY TADQIQI …….....................................................
1. “Siroj ul-muslimin” va “Mubayyin dar fiqh” asarlarining qoʻlyozmalari va hozirgi holati .........................................................................................................................
2. “Siroj ul-muslimin” va “Mubayyin dar fiqh” asarlari bayonidagi oʻxshash va farqli jihatlari …………………………………………………………………….....
III bob bo‘yicha xulosa ………………………………………………………


Xulosa …………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati …………………………………………
Ilovalar …………………………………………………………………………
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
O‘zbekiston tarixini asrlar osha yetib kelgan yozma meros asosida xolisona va chuqur o‘rganish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu merosning salmoqli qismini vatanimizdan yetishib chiqqan olimlarning asarlari tashkil etadi. “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni qayta tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi”1. Ularni jahon madaniy merosining bir qismi sifatida ‘rganish hozirgi davrda ilm-fanning muhim vazifalaridan biridir. “Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi”2.
Mamlakatimizda milliy qadriyatlardan hisoblanmish ma’naviy-madaniy merosni o‘rganish sohasida keskin burilishi yasaldi. Tarixga munosabat o‘zgarib, xalqimizning milliy-ma’naviy diniy-ma’rifiy ongi o‘sdi. Ma’naviyatimizning ruhiy poydevorlaridan bo‘lgan islom dini asoslari to‘g‘ri talqin qilina boshlandi. Bu sohadagi ilmiy tadqiqotlarga keng imkoniyatlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bu tabarruk zaminda ne-ne buyuk zotlar, olim-u ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib-kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekanligi bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”3.
Mustaqillikning keyingi davrlarida juda shiddatkorlik bilan ajdodlarimizning hayoti va ilmiy merosini keng o‘rganishga kirishildi. Bugungi kunda islom madaniyati asosida uzoq o‘tmishdan saqlanib, shakllanib va xalqimizning urf-odatlari bilan jipslashib kelayotgan tarixni xolisona o‘rganish va uni to‘g‘ri talqin qilish soha mutaxassislari oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Ma’lumki, xalqimizning ma’naviy merosi nihoyatda boy va rang-barang bo‘lib, islom shariatiga xos ilmlar uzoq asrlar davomida yurtimiz tarixini o‘rganishda muhim rol o‘ynab keldi. Bu ilmlar orasida fiqhshunoslik ham alohida fan sifatida rivojlanib o‘rganila boshlandi.
Hanafiy mazhabining fiqhiy asosini tashkil etgan ko‘pgina mo‘tabar asarlar yurtimiz tuprog‘idan yetishib chiqqan faqihlar tomonidan bitildi. Jumladan, Abu Lays Samarqandiyning (vaf. 376/986) “Xizanat al-fiqh”, Qozi Abu Ali Nasafiyning (vaf. 424/1033) “Favoid”, Abu Hafs Umar Nasafiyning (vaf. 537/1142) “Manzumot al-fiqh”, “Ajnos al-fiqh”, Abu Nasr Attobiyshing (vaf. 586/190) “Fatovoyi Attobіyya”, Burhoniddin Ali ibn Abu Bakr Marg’inoniyning (vaf. 592/196) “Hidoya”, Zahiriddin Muhammad ibn Ahmad ibn Umar Buxoriyning (vaf. 619/1222) “Favoyidi Zahiriyya”, Ubaydulloh ibn Mas’ud ibn Toj ash-shari’a Mahbubiy Buxoriyning (vaf. 747/1346) “Muxtasar al-Viqoya”, Mahmud ibn Yusuf Samarqandiyning (XIV asr) “Saloti Mas’udiy", Abul Makorim Abdulloh ibn Muhammadning “Viqoya” asariga yozgan uch juzli sharhi, Imom Muhammad ibn Husayn Buxoriyning “Muxtasar”, Husayn ibn Ali Lomishiyning “Fatovo” kabi va boshqa asarlar kiradi. Bu manbalar shariatning turli masalalarini qamrab olgan asarlar sifatida musulmon dunyosida shuhrat topdi. Qadimda shariatning namoz, ro‘za, zakot, haj, meros kabi arkonlarini yoritib bergan fiqhiy asarlar ham yozildi. Bu mavzular orqali mualliflar shariatda mavjud bo‘lgan biror sohani atroflicha yoritib berishga erishdilar.
Mana shunday fiqhiy asarlarning yana bir zabardast mualliflari Alisher Naoiy va Zahiriddin Muhammad Boburdir. Ularning qalamiga mansub “Siroj ul-muslimin” va “Mubayyin dar fiqh” asarlari ham aynan fiqhiy masalalarga oid bo‘lib, XIV-XV asr Temuriylar davridagi diniy-ilmiy muhitning nechog‘lik darajada yuksaklikka erishganini mana shu asarlarni o‘zaro tadqiq qilish orqali ko‘rishimiz mumkin. O‘tmishda mafkura tufayli o‘rganilmagan diniy-falsafiy asarlar mustaqillikka erishganimizdan so’ng o’rganila boshlandi. Xususan, Navoiyning “Siroj ul-muslimiyn” va Zahiriddin Boburning “Mubayyin” kabi diniy-falsafiy mazmundagi asarlariga e’tibor berildi. Ular mustaqillik yillarida birinchi bor nashr qilindi4. Mazkur asarlar diniy-falsafiy mazmunda bo‘lishi bilan barobar, chuqur axloqiy-ta’limiy xarakterga ham ega. Bu jihatdan ularning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin, shunday esa-da, bu bebaho yodgorliklarimiz adabiyotshunoslik va tilshunoslik nuqtai nazaridan hali chuqur o‘rganishni talab qiladi. Ushbu asarlar tilini o‘rganish o‘zbek tili tarixi uchun katta ahamiyatga ega. Xususan, ularda qo’llangan shariat ilmiga oid atamalarni o‘rganish o‘zbek tili diniy atamalarining shakllanish tarixini o‘rganishda yordam beradi.
Shuningdek, jahon fani uchun Movarounnahrda faoliyat olib borgan olimlar, ular jumlasida esa faqihlarning merosini ham o‘rganish ham katta ahamiyatga ega5. Chunki Movarounnahrlik faqihlar islom olamining boshqa mintaqalarida ham tan olinganlar, ular tomonidan yozilgan fiqhiy asarlar esa hozirgi vaqtda ham ilmiy dargohlarda islom fiqhi bo‘yicha darslik vazifasini o‘tamoqda. Bu Movarounnahrda fiqh ilmining yuzaga kelishi, rivojlanish bosqichlari, yo‘nalishlari, o‘ziga xos jihatlari va an’analarini o‘rganishga jiddiy yondashish kerakligini ko‘rsatmoqda.
Ana shu maqsadda so‘nggi yillarda yurtimizda fiqhshunoslik ilmiga bo‘lgan e’tibor tobora rivojlanib bormoqda. So‘nggi yillarda yurtimizda ulkan o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, 2017-yil 15-iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi videoselektorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “Samarqandda – Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi, Farg‘onada – Marg‘iloniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini tashkil etsak, o‘ylaymanki, bu juda foydali bo‘ladi. Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib xizmat qiladi”6, –deya taklif bergan edi.
Ushbu taklifga ko‘ra, 2017-yil 13-noyabrda Farg‘ona viloyatida O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan “Islom huquqi” maktabi tashkil etildi7. Shuning o‘zi ham fiqh ilmi va bu borada yozilgan asarlarni o‘rganish naqadar zaruriy ekanligini ko‘rsatib turibdi hamda tadqiqot mavzusining dolzarblik ahamiyati namoyon qilmoqda.

Download 32,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish