QATTIQ MAIShIY ChIQINDILARNI IKKILAMChI QAYTA
IShLASh BORASIDAGI VAZIYaT TAHLILI
Oʻzbekistonda har yili 13-15 mln tonnadan ziyod qattiq maishiy
chiqindilar (QMCh) hosil boʻladi, ularning 90%dan ortigʻi poligonlarga
joʻnatiladi va faqat 8% chiqindi ikkilamchi qayta ishlab chiqariladi. Har
bir million tonna qattiq maishiy chiqindi (QMCh)da 360 ming tonna
oziq-ovqat chiqindisi, 160 ming tonna qogʻoz va karton, 55
ming tonnagacha mato, 45 ming tonnagacha plastmassa va koʻplab
boshqa qimmatli komponentlar yoʻq boʻlib ketadi.
QMChni boshqarish tizimi toʻgʻrisida
Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tushunchasi keng koʻlamdagi,
jumladan QMCh toʻplash, tashish, utilizatsiyalash va qayta ishlash
masalalarini qamrab oladi. 1990-yilga qadar Oʻzbekistonda
chiqindilarni boshqarishning qatʼiy maʼmuriy-rejali tizimi ishlagan.
Oʻshanda respublikadagi butun texnik va institutsional siyosatni
Kommunal xoʻjalik vazirligi amalga oshirardi, u yil va besh yillikdagi
ustuvor harakatlarni aniq belgilardi, boz ustiga, ishlab chiqarish va
isteʼmol chiqindilarining ikkilamchi qayta ishlanishiga salmoqli urgʻu
berilardi.
2002-yilda “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonun (lex.uz)ni tayyorlash va
qabul qilish uchun naq oʻn yil kerak boʻldi, unga koʻra: “Chiqindilar
bilan ishlash sohasidagi maxsus vakolatga ega davlat organlari
quyidagilardir:
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
“Sanoatkontexnazorat” agentligi
“Oʻzkimyosanoat”
Ichki ishlar vazirligi
Mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimliklar)
Oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahalla qoʻmitalari, TJESH)
Idoralar soni ortishi har doim ham ish sifatining ortishiga olib
kelmasligi maʼlum, zero bu tuzilmalarning har biri oʻzining tor idoraviy
vazifalari va maqsadlariga ega. QMCh yigʻish, saqlash, tashish va
qayta ishlash muammolari esa, bu muassasalar uchun qoʻshimcha
“bosh ogʻriq” boʻladi, boz ustiga, bu funksiyani amalga oshirish koʻp
ham davlat byudjetidan moliyalanavermaydi.
Shusiz ham kam boʻlgan byudjet mablagʻlarining yanada boʻlib
tashlanishi respublikadagi shaharlar va tuman markazlari hududlarini
sanitar tozalashni amalga oshirayotgan “Oʻzkommunxizmat” va
uning boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishini
qiyinlashtiradi.
Bundan tashqari, idoralar oʻrtasida kerakli axborot almashinuvi
amaliyoti yetarlicha rivojlanmaganligini qayd etish kerak. Qabul
qilinadigan hujjatlar koʻp qismi takrorlanadi va, aslida aholi uchun
qabul qilingan boʻlsa-da, aholigacha yetib bormaydi.
QMChni ikkilamchi qayta ishlash sohasini huquqiy tartibga
solish
QMChni ikkilamchi qayta ishlash sohasini huquqiy tartibga solish
quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi QONUNLARI
1
“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun
1992 y
“Davlat sanitar nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun
1992 y
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi
1998 y
“Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonun
2002 y
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmoyish
“2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni
amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
„ Fransiyaning Taraqqiyot agentligi ishtirokida «Samarqand
shahridagi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni
modernizatsiyalash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida “
Respublika shaharlarida maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish,
utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish boʻyicha klasterlarni
tashkil etish doirasida olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida
ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika, texnologik uskuna hamda
butlovchi buyumlarni olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod etish
roʻyxatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoyish
„Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“
„2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini
tasdiqlash toʻgʻrisida“
Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq
ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari
„Tarkibida simob moddasi boʻlgan lampalar va priborlardan
foydalanish va ularni foydali ravishda ishlatish korxonalari faoliyatini
tartibga solish toʻgʻrisida“
„Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni
utilizatsiya qilishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash
haqida“
„Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat
hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash
haqida“
„Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat
hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash
haqida“gi Qaroriga ilova
“Toshkent viloyatidagi “OHANGARON” va “MAYDONTOL” maishiy
chiqindilar poligonlarida hosil boʻladigan sassiq gazlarni qayta
ishlash hisobiga elektr energiyasi shlab chiqarish” investitsion
loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Sanitar qoidalar va me’yorlar
Oʻzbekiston sharoitida maxsus poligonlarda qattiq maishiy
chiqindilarni saqlash va zararsizlantirishga sanitar talablar
OʻzR SanQvaM N 0157-04 12.07.2004 y
Oʻzbekiston sharoitida sanoat chiqindilarini yigʻish,
inventarizatsiyalash, tasniflash, zararsizlantirish, saqlash va
utilizatsiyalashni tashkil qilish sanitar qoidalari va me’yorlar
Prezidentning 15.12.2020 y.dagi PQ-4925- son qarori alohida eʼtiborga
molik, u QMChni ikkilamchi qayta ishlash sohasida davlat-xususiy
sherikchiligini oʻrnatadi.
Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi
hukumati kafolаti ostida 55 mln dollarlik “Toshkent shahrida qattiq
maishiy chiqindilarni boshqarish” kredit loyihasi doirasida Toshkent
shahrida maishiy va qurilish chiqindilarini yigʻish, saralash, olib chiqib
ketish va qayta ishlashning zamonaviy uslublari va texnologiyalarini
joriy etish maqsadlarida QMChlarni ajratib yigʻish, Toshkentda
xususiy sherik tomonidan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda
tashkil topadigan qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiyalash va qayta
ishlash korxonalarini tashkil etish shart-sharoitlari belgilandi.
Loyiha doirasida QMChni qayta ishlash darajasini 8%dan 30%ga
oshirish va qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, saralash va olib chiqib
ketish sohasida xususiy tarmoq ulushini 100%ga yetkazish koʻzda
tutilgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
17-apreldagi “2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida
qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish
strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4291-son Qaroriga muvofiq,
2022-yildan boshlab respublika shaharlarining koʻpxonadonli
turar joy sektorida beshta belgilangan konteynerlarni oʻrnatishga
asoslangan qattiq maishiy chiqindilarni “qayta ishlanuvchi” va “qayta
ishlanmaydigan” turlarga (ularning roʻyxati Toshkent shahar hokimi
tomonidan belgilanadi) ajratib yigʻish tizimini joriy qilish koʻzda
tutilgan.
OTBning “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish”
loyihasini amalga oshirishning birinchi bosqichida Toshkent shahar
hokimligi va “Maxsustrans” DUK tomonidan chiqindilarni “qayta
ishlanuvchi” va “qayta ishlanmaydigan” turlarga ajratib yigʻish uchun
isteʼmolchilarni bepul rangli konteynerlar, paketlar bilan taʼminlash,
shuningdek chiqindilarni ajratib yiqqanligi uchun isteʼmolchilarni
moddiy ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish rejalashtirilgan.
Loyiha oldiga qoʻyilgan maqsadlar va vazifalar amaliyotda
qanday bajarilishini vaqt koʻrsatadi, ammo loyihaning moliyaviy
jihatlari koʻplab savollar uygʻotmoqda. Jumladan, “yoʻl xaritasi”da
koʻrsatilishicha, “Maxsustrans” DUKda maxsus texnika marshrutini
optimizatsiyalovchi elektron dasturlarni (GIS), shuningdek Yagona
elektron dasturni (ERP) oʻrnatish OTB loyihasi doirasida tejab
qolingan kredit mablagʻlari evaziga amalga oshiriladi. Savol tugʻiladi:
loyihaning butun byudjeti OTB tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, qaysi
pozitsiyalar evaziga va qanday qilib bu mablagʻlar tejab qolinishi
mumkin?
Ichki ishlar vazirligi – sanitar militsiya, amalda oʻziga yuklatilgan
funksiyalarni bajarmayapti. Moratoriy eʼlon qilinganiga qaramay,
amalda butun mamlakat boʻylab, jumladan respublika poytaxtida
daraxtlar kesilmoqda.
Oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakolatiga tegishli hududlarda
chiqindilar bilan ishlash obyektlarini joylashtirish, aholi yashash
punktlarini sanitar tozalashga va maishiy chiqindilarni yigʻish uchun
toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishiga koʻmaklashish, chiqindilar bilan
ishlash obyektlarining sanitar va ekologik holati ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish (12- modda).
Amalda oʻzini oʻzi boshqarish organlari QMChni ikkilamchi qayta
ishlash boʻyicha salmoqli qarorlar qabul qilishga qodir emas va
asosan aholi punktlarini sanitar tozalashga jalb qilinadi.
QMCh manbalari
Joʻshqin urbanizatsiya, shaharda yashovchi aholi sonining oʻsishi,
ishlab chiqarish va isteʼmolning gʻayrioqilona modeli – bularning
hammasi koʻp miqdorda chiqindilar yuzaga kelishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |