I bob. Fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligini oshirishning nazariy va uslubiy asoslari


-rasm. Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida)



Download 1,54 Mb.
bet11/29
Sana20.06.2022
Hajmi1,54 Mb.
#683016
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Fermer xo`jaliklari raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo`nalishlari (buxoro tuman fermer xo`jaligi materiallari asosida)

3-rasm. Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida)16
Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlar natijasida Buxoro viloyatida ham fermer xo‘jaliklarining salmog‘i va ular faoliyati samaradorligining o‘sish sur’atini kuzatish mumkin (4- jadval).
4-jadval
Buxoro viloyatida fermer xo‘jaliklari rivojlanish ko‘rsatkichlari17



Tumanlar nomi

Jami fermer xo‘jaliklari

Shu jumladan ixtisosligi bo‘yicha

Soni

Er maydoni, ga

Paxta va g‘alla-chilik

Sabzavot va polizchilik

Bog‘dorchilik va uzumchi-lik

Chorvachilik

Bosh-qalar

Jami

Sh.j. ekin maydoni


Buxoro

543

68109

19114

236




200

94

13


Vobkent

370

27157

18426

339




6

21

4


Jondor

520

95502

24124

319

1

93

104

3


Kogon

318

26542

14277

240




44

31

3


Qarako‘l

319

47267

17655

243

6

44

7

19


Qorovulbozor

138

33249

13604

105







33





Olot

278

87405

16116

276







2





Peshku

320

196663

16625

238




12

66

4


Romitan

430

134414

20184

320

1

43

64

2


Shofirkon

532

103164

19808

349




149

19

15


G‘ijduvon

397

55664

16837

289

3

23

77

5


Buxoro sh.

99

1337

1007

9

58

29

3







Viloyat jami

4264

876473

197777

2963

69

643

521

68

Buxoro viloyatida 2009–2015 yillarda fermer xo‘jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining tahliliga asosan ta’kidlash lozimki, qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti 2009 yilda 189131 mln. so‘m, 2015 yilda esa 1329800,9 mln. so‘mni tashkil etib, 2015 yilda 2009 yilga nisbatan 7% ga oshgan. Shu jumladan o‘simlikchilikda bu ko‘rsatkich 2009 yilda 185929 mln. so‘m, 2015 yilda 709733,8 mln. so‘mni tashkil etgan holda 2009 yilga nisbatan 3,8 % ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin, chorvachilikda 2009 yilda 3202 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2013 yilda 620067,1 mln. so‘mni tashkil etgan, 2015 yilda 2009 yilga nisbatan 19.9 % ga oshganligini


Tahlillarning ko‘rsatishicha, 2009–2015 yillarda viloyat fermer xo‘jaliklari soni 75,7 foizga qisqargani holda, ularning yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2009 yilda 38,7 foizni tashkil etgan 2015 yilda 38,0 foizga teng bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich o‘simlikchilikda 2009 yilda 98,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib 97,4 foizga teng bo‘ldi, chorvachilikda ushbu ko‘rsatkich mutanosib ravishda 1,8 foiz va 2,6 foizni tashkil etdi. Shuningdek, respublika miqyosidagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda ham, viloyat fermer xo‘jaliklarining barqaror rivojlanayotganini kuzatish mumkin. Fermer xo‘jaliklari soni 2009 yilda 29785 tani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2012 yilda 7139 tani tashkil etgan. 2013 yilda 2009 yilga nisbatan 73,6 foizga qisqargan. Fermer xo‘jaligida ishlovchilar soni 2015 yilda 2009 yilga nisbatan 0,35 foizga kamaygan, Fermer xo‘jaliklariga ajratilgan er maydoni 2015 yilda 2009 yilga nisbatan 0,05 foizga oshgan, o‘rtacha fermer xo‘jaliklari er maydoni 2015 yil 2009 yilga nisbatan 4,3 marta oshgan.
Hozirgi kunda Buxoro viloyatida fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga asosiy e’tibor berilmoqda. Xususan, viloyatda fermer xo‘jaliklarining rivojlanishiga alohida e’tibor berilishi natijasida, ularga ajratib berilgan er maydoni hajmi 2009 yilda 717086 gektarni, 2010 yilda 717086 gektarni, 2011 yilda esa 772099 gektarni, 2015 yilda 876473 gektarni tashkil qilmoqda. Ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, viloyatdagi fermer xo‘jaliklari uchun ajratib berilgan er maydoni 2015 yil 2009 yilga nisbatan 159387 gektarga ko‘payishiga olib keldi. Bu fermer xo‘jaliklarining har tomonlama xo‘jalik yuritishda qulayligini yana bir bor isbotlamoqda.
Tahlillar ko‘rsatishicha, viloyat fermer xo‘jaliklarining 69,0 foizi asosan paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan bo‘lib, bog‘dorchilik va uzumchilik-15,2 foiz, chorvachilik sohasidagi fermer xo‘jaliklari 13,9 foiz, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganlari 1,3 foiz va boshqa yo‘nalishdagilar 1.3 foizni tashkil etadi. Tumanlar miqyosida esa, Buxoro shahar va Qarakul tumanlarida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari mos ravishda 82 va 9.8 foizni, bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari Buxoro va Shofirkon tumanida rivojlangan bo‘lib, ya’ni jami mazkur mahsulotni etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tarkibida 53,2 foizni tashkil etgan.
Bizning fikrimizcha, fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida ularni birinchi navbatda muayyan hudud yoki tumanning tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlarini inobatga olgan holda joylashtirish va ixtisoslashtirish omillarini alohida e’tiborga olish lozim. Zero, bu omillardan foydalanish ortiqcha xarajat talab qilmaydigan choratadbirlar doirasida amalga oshiriladiki, natijada nafaqat ekinlar hosildorligini, eng muhimi esa fermer xo‘jaliklarining daromadlarini o‘stirish evaziga ularning raqobatbardoshligini oshirish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Shu sababli fermerlik harakatini yanada rivojlantirish maqsadida viloyatda 2010 yildan boshlab fermer xo‘jaliklari er o‘lchamlarini aynan tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlarini hisobga olgan holda maqbullashtirish chora-tadbirlariga ustuvorlik berilayotgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Viloyatda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish asosan fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va qisman shirkat xo‘jaliklarida amalga oshiriladi. Bu xo‘jalik yuritish shakllaridan fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushining katta qismini ishlab chiqaruvchi sifatida etakchilik qiladi. Jumladan, 2011–2015 yillarda paxta xom ashyosi to‘lig‘icha, ya’ni 100 foiz fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari turlaridan biri don ishlab chiqarish sohasida ham ularning ulushi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Masalan, 2011–2015 yillarda viloyatda etishtirilgan donning 84-86 foizi bevosita fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, tahlillarning ko‘rsatishicha, keyingi yillarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida ham fermer xo‘jaliklarining ulushi o‘sish sur’atiga moyil bo‘lmoqda. Masalan, 2011 yilda viloyatdagi barcha shakldagi xo‘jaliklar tomonidan ishlabchiqarilgan sutning 0,7 foizi fermer xo‘jaliklari ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2015 yilda deyarli 0,8 foizni tashkil qilgan (5-jadval).




Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish