Kirish
O’zbekiston
Respublikasi
aholisining
oziq–ovqat
mahsulotlariga,
o’simlikshunoslik xom–ashyosiga bo’lgan talabini to’liq qondirish masalasi
qishloq
xo’jaligini yanada jadal rivojlantirishni taqazo etmoqda.
Bu esa, o’z navbatida jadallashgan qishloq xo’jaligi
sohasidagi fanlarni
mukammallashtirish jadallashgan qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni yaratish
yerlarni aholiga merosga hamda uzoq muddatli ijaraga berish bilan bir qatorda oliy
o’quv yurtlarida tayorlanayotgan mutaxasislarning bilimi saviyasini tubdan
yaxshilash chora tadbirlari ham ko’rilmokda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligida bo’layotgan o’zgarishlarni
inobatga olib tayyorlayotgan mutaxasislardan
tuproq xususyatlarini, uni
agrokimyoviy va fizikaviy xossalarini mukammal bilishini qishloq xo’jalik
ekinlarini jadallashgan texnologiya asosida yetishtirishda ularni oziqlantirishni
o’g’itlarga bo’lgan talabini davr talabiga javob bera oladigan texnika vositalaridan
foydalanishni ularni iqtisodiy jihatdan asoslangan holda baholashni talab qiladi.
Hozirgi davrda ishlab chiqarish uchun mutaxasislar tayyorlash va kelajakda
talabalarni amaliy jihatdan shu sohalar uchun tayyorlashni yanada kuchaytirish
zaruriyati yuzaga keldi. Shuning uchun ham II - bosqich talabalari o’quv-tanishuv
amaliyoti davrida nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun
tuproq xususiyatlarini
o’rganish ularning unumdorligini baholashlari qishloq xo’jalik ekinlarini o’g’itlash
tizimini ishlab chiqarishga joriy etishni bitiruv ishi bo’yicha tajribalar o’tkazishi va
xo’jalikdagi ish yuritish tajribalarini o’rganishlari zarur.
5410200- Agronomiya (qishloq xo’jalik mahsulotlar bo’yicha), 5410300-
O’simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo’yicha), 5410400- Qishloq xo’jalik
ekinlari selleksiyasi va urug’chiligi, 5410500- Qishloq xo’jalik maxsulotlarini
saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (maxsulotlar turlari bo’yicha), 5411600-
Sabzavotchilik,polizchilik va kartoshkachilik, 5411000- Mevachilik va uzumchilik,
5411700- Issiqxona xo’jaligini
tashkil etish va yuritish, 5410200-
Agranomiya
(anorchilik), 5410800- O’rmonchilik, 5411200- Manzarali bog’dorchilik va
ko’kalamzorlashtirsh, 5410900- Ipakchilik va tutchilik, 5411100-
Dorivor
o’simliklarni yetlshtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishining II –
bosqich talabalari va uchun tashkil qilingan malakaviy amaliyoti, agrokimyo va
tuproqshunoslikka taaluqli ko’nikmalarni hosil qilishga qaratilgan bo’lib qishloq
xo’jaligi mutaxassisliklarini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning
uchun ham talabalar amaliyotning barcha bo’limlarida ko’rsatilgan topshiriqlarni
bajarishlari shartdir.
Talabalarning malakaviy amaliyotini o’tishi mutlaq talab etilib, davlat ta’limi
namunaviy dastur xulosalari asosida yozma ravishda hisobot yozadilar va institut
rektori tamonidan tayinlangan rahbarga topshiradilar.
Shuni ta’kidlash lozimki, talabalar amaliyotga puxta tayyorgarlik ko’rishi uni
tashkil etish va o’tkazishini avvalo kafedralar zimmasiga yuklatiladi va uni bevosita
dekanat (dekan ma’sulligida) nazorat qilib boradi.
Amaliyotning sifatini oshirish uchun 1-2
kunlarida amaliy seminarlar
uyushtirish har bir amaliyot yakunida esa hisobotlar yozish va ularni himoya qilish
tadbirlari yaxshi natija beradi.
5410200- Agronomiya (qishloq xo’jalik mahsulotlar bo’yicha), 5410300-
O’simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo’yicha), 5410400- Qishloq xo’jalik
ekinlari selleksiyasi va urug’chiligi, 5410500- Qishloq xo’jalik maxsulotlarini
saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (maxsulotlar turlari bo’yicha), 5411600-
Sabzavotchilik,polizchilik va kartoshkachilik, 5411000- Mevachilik va uzumchilik,
5411700- Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish, 5410200- Agranomiya
(anorchilik), 5410800- O’rmonchilik, 5411200- Manzarali bog’dorchilik va
ko’kalamzorlashtirsh, 5410900- Ipakchilik va tutchilik, 5411100- Dorivor
o’simliklarni yetlshtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishlarining
namunaviy va ishchi o’quv rejasi hamda kafedra o’quv yuklamasiga ko’ra 2-kurs
talabalari 4-semestrda bahorgi mavsumda 30 soat hajmdagi o’quv-tanishuv
amaliyotini o’tishlari rejalashtirilgan.