Mavzu. Biznesni tashkil etish va yuritish faniga kirish



Download 45,96 Kb.
bet1/2
Sana08.04.2022
Hajmi45,96 Kb.
#536137
  1   2
Bog'liq
1-mavzu KIRISH

MAVZU. BIZNESNI TASHKIL ETISH VA YURITISH FANIGA KIRISH.

Reja:


  1. Biznes xaqida tushuncha,uning axamiyati,moxiyati, zarurligi.

  2. Biznesni muvafaqqiyatli olib borish tamoyillari.

“Biznesni tashkil etish va yuritish” fani iqtisodiy fan hisoblanadi. U iqtisodiy fanlar bilan bog‘lovchi asos hisoblanadi. Biznesni tashkil etish va yuritishning asosiy maqsadi talabalarda biznesni tashkil etish va yuritish strategiyasi va taktikasini belgilovchi hujjat sifatida ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha bilimlar majmuini shakllantirishdan iborat.


“Biznesni tashkil etish va yuritish” faniningmaqsadi: biznes tashkil etish, rejalashtirish texnologiyasining zamonaviy uslublari va amaliyotini o‘rganish; biznesni tashkil etishni va yuritish tuzilmasi va mazmunini belgilash; biznesni tashkil etish va yuritish bo‘limlarini rejalashtirish uslublarini o‘rganish bo‘yicha mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdan iborat. Biznesni tashkil etish va yuritish” faniningtuzilmasini; korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishni; korxonalardagi mavjud imkoniyat va muammolarni bartaraf etishni; korxonalarning ishlab chiqarish potensialidan samarali foydalanishda yangi usullari va yo‘nalishlariningasosiy qonunlari, prinsiplari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
“Biznesni tashkil etish va yuritish” fanining korxonada ishlab chiqarishni tashkil qilish ko‘rsatkichlari darajasini ishlab chiqish hamda tadqiqot va baholash bilan bog‘liq masalalarni hal etish; tashkil etishni mukamallashtirish bo‘yicha vaziyatli masalalarni echish; korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish muammolarini bartaraf etish; umumboshqarish masalalarini qo‘yish va hal etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
O‘zbekiston Respublikasining qonun va qoidalari yo‘nalishlari va ularni korxonalarning ishlab chiqarish – moliya faoliyatida qo‘llash; korxonalarning xo‘jalik faoliyatini o‘zgartirish sohasida davlatning zamonaviy, iqtisodiy va ijtimoiy siyosati korxonalar miqyosida amalga oshirish; biznesni tashkil etish va yuritish usullarini va tashkil etish texnologiyasini qo‘llash; korxonalarda biznesni tashkil etish va yuritish prinsiplarini ishlab chiqish; bozor imkoniyatlarini baholash; korxona va mahsulotni baholash; bozorda mahsulotning siljish strategiyasini tanlash; ishlab chiqarish rejasi tayyorlash; korxonaning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish; biznesni tashkil etish va yuritishni amalga oshirish uchun zaruriy investitsiyalar samaradorligini baholash malakalariga ega bo‘lishikerak
Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R. Kontilon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida “tadbirkorlik” tushunchasining ko‘p ma’noliligi saqlanib qolmoqda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha haqida ko‘pincha bu favkulodda hodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruhiy tavsiflari to‘plamidan iborat har xil tasavvurlar mavjud.
Sohibqiron Amur Temur o‘z davrida tadbirkorlikka katta e’tibor bergan. U o‘z o‘gitlarida “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va xushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir” deb ta’kidlagan edi.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘liq bo‘lgan.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron bir shaxs-tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararligini belgilovchi noaniqlik omili hisoblangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o‘rnatishga doir takomillik faoliyatidan iborat deb tan olingan.
Keyinchalik “sarmoya egasi” va “Tadbirkor” tushunchalari bir-biridan farklana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, ko‘payib borishini ta’minlaydi va bu borada u venchur sarmoyador, ya’ni jalb qilingan moliyaviy mablag‘larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga o‘z g‘oyalari, bilimi va ko‘nikmalarini tadbiq qilib, ko‘p foyda olish maqsadida o‘sha mablag‘larni tavakkali ishlarga sarflaydi.
O‘zbekistonda va MDHda biznes haqidagi makolalar, adabiyotlar 60-yillarning o‘rtalarida paydo buldi. Xususiy mulkchilik esa o‘sha davrda bizning mafkuramiz uchun butunlay yot narsa edi. Lekin bizda biznesni fan tarikasida o‘rganish faqatgina 90-yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta-syokin o‘tish bilan boshlanadi.
“Biznes” - so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘liq bo‘lgan.
Biznesmen (tadbirkor) so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta’kidlaydi. Tadbirkorni o‘zi, o‘z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o‘zi xo‘jayinlik qiladi.
Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o‘zi so‘ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes- bu xorijiy so‘zdir. U butun dunyo bo‘yicha tarqalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O‘zbek tilida esa biznes so‘zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. O‘zbekcha so‘z xorijiy so‘zga to‘g‘ri keladi, lekin unga qo‘shimcha ma’no xam beradi. Bu so‘zlarni ortida “ish” ya’ni ish bilan shug‘ullanish yoki korxona tashkil qilish etadi. SHunday qilib, biznes - bu korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo do‘koni, xizmat ko‘rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, bank va x.k.). Demak, biznes bu yo‘q narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - bu doimo o‘z ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o‘qish kerak, nafaqat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umir o‘qishi, izlanishda bo‘lishi kerak.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2011 yilda 54 %ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich 2000 yilga nisbatan 1,7 marta ko‘p demakdir.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruhini alohida ko‘rsatish mumkin:

  1. yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug‘ullanadi.

  2. tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.

  3. tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.

Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki to‘rini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog‘liqni saqlash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.

Download 45,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish