5- jadval
Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida xo‘jalik yuritish toifalari ulushining o‘zgarish tendensiyasi18
|
2014 yil yanvar-iyun
|
2015 yil yanvar-iyun
|
2014 yil yanvar-iyunga nisbatan foiz hisobida
|
tonna
|
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz
|
tonna
|
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz
|
Go‘sht, tirik vaznda
|
1994
|
2.2
|
2164
|
2.3
|
108.5
|
Sut
|
15074
|
4.6
|
16001
|
4.6
|
106.1
|
Tuxum, ming dona
|
2121
|
1.3
|
2310
|
1.2
|
108.9
|
Qorako‘l teri, dona
|
26454
|
7.7
|
28695
|
8.1
|
108.5
|
Jun
|
178
|
10.9
|
193
|
10.8
|
108.4
|
Pilla
|
3122.4
|
91.8
|
2778.1
|
89.8
|
89.0
|
Boshoqli don
|
341125
|
68.0
|
341517
|
68.0
|
100.1
|
Kartoshka
|
7987
|
5.8
|
8388
|
5.7
|
105.0
|
Sabzavot
|
15334
|
9.5
|
15953
|
8.8
|
104.0
|
Poliz
|
3653
|
35.4
|
3769
|
33.7
|
103.2
|
Meva va rezavorlar
|
31758
|
27.6
|
32927
|
26.3
|
103.7
|
Uzum
|
85
|
2.8
|
100
|
3.0
|
117.6
|
Tadqiqotlarimizning guvohlik berishicha, viloyatda fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshirishda nafaqat ularni hudud (tuman)larning tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlariga mos joylashtirish va ixtisoslashtirish chora-tadbirlari, shu bilan bir qatorda fermerlarga turli xizmatlar ko‘rsatuvchi infratuzilma sub’ektlarini tashkil qilish va ularning faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar ham muhim rol o‘ynamoqda.
Natijada fermer xo‘jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish jarayonida intensiv omillardan samarali foydalanish darajasi yuksalib bormoqda.
Ayniqsa, ishlab chiqarish infratuzilma sub’ektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining intensivlashtirish darajasi va samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligini alohida e’tirof etish lozim. Qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalash, kimyolashtirish, melioratsiyalash vositalari va ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillaridan oqilona foydalanish, bu jarayonda resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etishga katta e’tibor qaratilayotgani ham buning yorqin dalilidir. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroriga asosan respublikada 5ta faoliyat yo‘nalishida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi sub’ektlari (MMTP, SIU, YOMM, mineral o‘g‘itlar va chorvachilik ozuqalarini sotish shoxobchalari) tashkil etilgan edi. Hozirgi kunga kelib 10ta faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga xizmatlar ko‘rsatilmoqda (6-jadval).
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, viloyatda fermer xo‘jaliklariga aylantirilgan, istiqbolsiz, past rentabelli shirkat xo‘jaliklari hududida 2005 yilda 151 ta muqobil MTP, 134 ta SIU, 136 ta yonilg‘i-moylash materiallari sotish shoxobchasi, 106 ta mineral o‘g‘it sotish shoxobchalari va 106 ta minibank tashkil etilgan edi. 2013 yilga kelib, ushbu infratuzilma ob’ektlarining soni MMTP bo‘yicha 1,2 martaga, SIU-1,09 martaga, YOMM sotish shoxobchalari-1,36 martaga, mineral o‘g‘it sotish shoxobchalari-1,2 martaga va minibanklar soni 1,2 martaga oshganligi bilan birga boshqa xizmat turlari, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, zooveterinariya xizmati, axborot ta’minoti va konsalting xizmati, transport xizmati, tara idishlarini tayyorlash va qadoqlash kabi xizmatlarni ko‘rsatuvchi infratuzilma ob’ektlari tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Lekin xorijiy davlatlar tajribalarining ko‘rsatishicha, ularda qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga ko‘rsatilayotgan infratuzilma xizmatlari turi 20 dan ortiq yo‘nalishlarni qamrab olgan va ularning o‘z vaqtida sifatli va kafolatli amalga oshirilishi mazkur davlatlarda fermer va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtiruvchi xo‘jaliklarning ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining barqaror o‘sishini ta’minlab kelmoqda.
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |