I bob. Fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligini oshirishning nazariy va uslubiy asoslari


Bozor sharoitida qishloq xo‘jaligida raqobat muhiti va fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshlik xususiyatlarining shakllanishi va asosiy yo‘nalishlari



Download 1,54 Mb.
bet7/29
Sana20.06.2022
Hajmi1,54 Mb.
#683016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Fermer xo`jaliklari raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo`nalishlari (buxoro tuman fermer xo`jaligi materiallari asosida)

1.3. Bozor sharoitida qishloq xo‘jaligida raqobat muhiti va fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshlik xususiyatlarining shakllanishi va asosiy yo‘nalishlari

Bozor iqtisodiyoti eski, samarasiz xo‘jalik yuritish mexanizmi o‘rniga bozor munosabatlarini shakllantirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar tizimiga asoslangan raqobat muhitini yaratadi. Bozor iqtisodiyoti mexanizm va tamoyillariga asoslangan rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, raqobat munosabatlarini rivojlantirish ancha murakkab va uzoq davrni oluvchi jarayon hisoblanadi.


O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish aksariyat holatlarda quyidagi muammolarni hisobga olishni va ularni bartaraf etish chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishni taqozo etadi: – tarmoqlar tuzilishidagi nomuvofiqliklar va mahsulot ishlab chiqarishda yuqori texnologiyalarning etishmasligi; – soha va tarmoqlar miqyosidagi raqobatda adolat mezonlarining buzilishi; – mansabdor shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati borasida suiiste’mollik holatlariga yo‘l qo‘yilishi; – narx belgilashda monopol mavqening saqlanib qolishi, jumladan, iqtisodiyotning agrar va industrial sektorida narxlarning keskin farqlanishi; – faoliyat turi va daromadlarni yashirish holatlarining mavjudligi; – milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirish imkoniyatining cheklanganligi; – xo‘jalik sub’ektlarining bozor iqtisodiyoti qonunlarini chuqur tushunib etmasliklari. Industrial rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida raqobat bozor xo‘jaligining ajralmas qismi sifatida tabiiy ravishda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘nlab yillar davomida ma’muriy buyruqbozlik tartibi hukmron bo‘lgan, raqobatni va bozorning boshqa belgilarini tan olmagan mamlakatlarda bu jarayon elementlarini «joriy qilish» va hatto majburan qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotning o‘tish davri holatida raqobat munosabatlarini rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga olish muhim rol o‘ynaydi.
Bu jarayonda, birinchidan, raqobatsiz iqtisodiyotning samarali harakat qila olmasligiga ishonch shakllandi. Bu ishonch ta’sirida yaqin vaqtlargacha hukmron mavqega ega bo‘lgan rejalibuyruqbozlik tizimining g‘oyaviy qarashlari emirilmoqda. Ikkinchidan, respublikada raqobatni davlat tomonidan rag‘batlantirish va tartibga solishning keng rejali harakatlari shakllanmoqda. Uchinchidan, raqobat hali keng joriy qilinmagan bo‘lsada, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida raqobatni shakllantirishning asosiy tamoyillari qatorida, eng birinchi navbatda, bozor munosabatlarini qaror toptirish zaruriyatini ta’kidlash mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotining yuzaga kelishi ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Raqobatning to‘laqonli amal qilishi iqtisodiy jarayonlarning erkinligini taqozo etadi. Iqtisodiyotdagi faoliyat va jarayonlar erkinligining har qanday ko‘rinishdagi cheklanishi o‘z navbatida raqobatning ham cheklanishi holatlariga olib keladi.
Bugungi kunda ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan ko‘plab mamlakatlar uchun erkinlashtirish jarayonlarini amalga oshirish tamoyili xos bo‘lib, bu quyidagi jarayonlarning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq:
– ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish;
– xususiy sektorni rivojlantirish;
– raqobat muhitini yaratish, yakka hukmronlik holatini bartaraf etish va monopoliyaga qarshi tartib-qoidalarni takomillashtirish;
– bozor infratuzilmasini rivojlantirish, moliya va bank tizimini takomillashtirish, bank islohotlarini jadallashtirish;
– tashqi iqtisodiy faoliyat hamda valyutani tartibga solishni erkinlashtirish;
– xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga davlatning aralashuvini cheklash.
– xo‘jalik yuritish sub’ektlarining iqtisodiy va moliyaviy mas’uliyatlarini oshirish, bankrotlik instituti rolini kuchaytirish, xo‘jalik sudlari ishlarini faollashtirish.
Yuqoridigalardan kelib chiqib ta’kidlash o‘rinliki, faoliyat erkinligi, har bir kishining tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishigina raqobat uchun keng yo‘l ochadi va bu jarayonda fermer xo‘jaliklari g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda raqobat muhitining shakllanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun ham bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari O‘zbekiston ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishining muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Binobarin. har qanday fermer davlat ko‘magisiz o‘zining istiqbolli kelajagini va o‘z qonuniy manfaatlari himoyasini ko‘ra olmaydi.
Mamlakatda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchunkatta imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ular rivojlanishining asosiyyo‘nalishlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishhisoblanadi. Mazkur yo‘nalishlarda fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish, ularning barqaror tashqiiqtisodiy faoliyatini kuchaytirish maqsadida davlat tomonidanqulay shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda. Xususan, davlattomonidan lizing xizmatlari tizimini rivojlantirish, kreditittifoqlarini shakllantirish va fermer xo‘jaliklariga xizmatko‘rsatadigan bank-moliya institutlarini vujudga keltirishmaqsadida katta imkoniyatlar yaratilgan.
Masalan, ular texnologik jihozlarni olib kirayotganda import bojxona to‘lovlaridan ozod qilish tartibi belgilab qo‘yilgan. Fermer xo‘jaligi rahbarlari uchun muntazam ravishda seminarlar, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan bahs-munozaralar,tegishli ixtisoslashtirilgan idoralar tomonidan kichik jihozlar, texnologiyalar hamda fermer xo‘jaliklarining eksportgayo‘naltirilgan mahsulotlarining ko‘rgazmalarini muntazamtashkil etish davlat tashqi savdo siyosatining ajralmas bo‘lagisifatida amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati Iqtisodiyot vazirligitomonidan ishlab chiqilgan «Qishloq xo‘jaligining 2007–2011 yillarda hududiy rivojlantirishning kompleks strategiyasini shakllantirish bo‘yicha Davlat dasturi»dagi muhim o‘rinni fermerxo‘jaliklarini rivojlantirish masalasi egallaydi. Bu davrdaasosiy maqsad fermer xo‘jaliklarini tashkil etish emas, balkiularning erkin raqobat muhitida shakllanib, uning zaminidaraqobatbardosh yirik qishloq xo‘jalik korxonalari, ya’ni fermerxo‘jaliklari vujudga kelishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Buning natijasida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlabchiqarilishini ta’minlab beruvchi ishlab chiqarish sohalarinitexnik qayta qurollantirish va modernizatsiya qilishni ta’minlashmaqsadida respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarnikeng jalb etish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartarafetishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish masalasidir. Xorijiy investitsiyalarnijalb etmay, ayniqsa, etakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarniamalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviytexnika-texnologiyalar bilan jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish murakkabdir.
Shuning uchun har bir mamlakat, jumladan O‘zbekiston hamfermer xo‘jaliklarini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirishning tashqi manbalari bilan bir qatorda, moliyalashningichki manbalaridan ham oqilona foydalanishga harakat qiladi.Demak, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ular tomonidanetishtirilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishstrategiyasini, uning o‘ziga xos jihat va yo‘nalishlarini ilmiyamaliy nuqtai nazardan tadqiq etib, olingan xulosa va tavsiyalarni amaliyotga joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi (2-jadval).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat strategik ahamiyatga egabo‘lgan hamda kam foyda keltirsada, milliy iqtisodiyotimiz uchunzarur bo‘lgan mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqaruvchi ob’ektlarni moliyalashtiradi. Lekin shunday bo‘lsada, xususiylashtirishko‘lamining kengayishi hamda xususiy sektorning rivojlanibborishi bilan davlat byudjeti mablag‘lari evaziga investitsiyalashkamayib boradi. Bunday hollarda bozor iqtisodiyotiga endiginao‘tib borayotgan davlatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham davlatbyudjeti tomonidan tibbiyot, sog‘liqni saqlash, fan va madaniyat,maorif va boshqa ijtimoiy sohalar loyihalari moliyalashtirilishi bu maqsadga muvofiqdir. Bunga misol qilib, keyingi paytlarda mamlakatda keng miqyosda qurilib foydalanishga topshirilayotgan sog‘liqni saqlash muassasalari, akademik litseylar hamdakasb-hunar kollejlari va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Bundaymaqsadlar uchun davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar hamda boshqa manbalardan mablag‘lar ajratiladi. Respublikada fermer xo‘jaliklari asta-sekin rivojlanib, iqtisodiy jihatdan o‘z-o‘zini moliyalashning yangi mablag‘lari shakllanib bormoqda va ular quyidagilardan tashkil topishi mumkin:
– fermer xo‘jaliklari sub’ektlarining taqsimlanmagan foydasi;
– amortizatsiya ajratmalari fondi;
– maxsus fondlar.
Bu mablag‘lar manbaidan fermer xo‘jaligi sub’ektlari o‘zishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi ishlab chiqarishni barpo qilish, modernizatsiyalash yoki texnik-texnologik jihatdan yangilash, aylanma mablag‘larni ko‘paytirishda foydalanishlari mumkin. Hozirgi kunda ko‘pgina fermer xo‘jaliklari moddiy jihatdan etarli darajada ta’minlanmaganligi va moliyaviy holatining beqarorligi bois ularni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash maqsadga muvofiqdir.
Davlat tomonidan olib borilayotgan qo‘llab-quvvatlashsiyosati asosida fermer xo‘jaligi sub’ektlariga, ayniqsa, endiginaish boshlagan fermerlik sub’ektlariga berilgan soliq imtiyozlariham alohida ahamiyat kasb etib, ular imtiyozli davr mobaynidasoliq to‘lovlarini amalga oshirmaydilar va uni ishlab chiqarishnikengaytirish maqsadida sarflashlari mumkin. Bundan tashqari,fermer xo‘jaliklari o‘zlariga keraksiz bo‘lgan asosiy vosita vaboshqa mulklarni sotishi yoki ijaraga berishi orqali ham qo‘shimchamablag‘larga ega bo‘lishlari mumkin.
Respublikamizda aholining bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arishtijorat banklarida amalga oshirilmoqda va ushbu jamg‘armamablag‘lari ko‘proq qisqa muddatli kreditlashga yo‘naltirilmoqda.Buning birinchi sababi, inflyasiya darajasining yuqoriligi bo‘lsa, ikkinchi sababi, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchiningkamligidadir. Shuning uchun respublikamizda mahalliy investorlar soni sanoqli desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Pul mablag‘larining taqchilligi sharoitida va mahalliy investorlar
2-jadval

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish