Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti: Tadqiqot ob’ekti Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi predmetini - fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tashkil etadi.
Tadqiqot maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiya sharoitida fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligi tushunchasining mohiyati hamda barqorar rivojlanishini ta’minlash uchun ularning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar va infratuzilma korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari hajmini ko‘paytirish va sifatini yaxshilashning ob’ektiv zaruriyati ilmiy jihatdan asoslab berish hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirishga oid amaliy taklif va tavsiyalar tayyorlashdan iborat.
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida fermer xo‘jaliklarining rivojlantirishning ob’ektiv zarurligi, o‘rni va ahamiyatini o‘rganish;
2. Fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshlik afzalliklari va uni aniqlovchi omillarini o‘rganish;
3. -Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligi rivojlanishining hozirgi holati taxlili;
4. Fermer xo‘jaliklari faoliyatida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqish;
5. Fermer xo‘jaliklarida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Ishning tadqiqot usullari: statistik guruxlash va taqqoslash, iqtisodiy taxlil, funksional yondashuv, monografik kuzatish, sotsiologik surov usullaridan foydalanilgan.
Malakaviy bitiruv ishi hajmi: 3 ta bob, xulosa va takliflar hamda 49 ta foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat, o‘z ichiga 5 ta rasm va 12 ta tahliliy jadvallarni olgan holda 88 betda bayon etilgan.
I BOB. FERMER XO‘JALIKLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI
1.1. Raqobatbardoshlikning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uning qishloq xo‘jaligida namoyon bo‘lish shakllari
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi va rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning turli tarmoqlari va sohalarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari mamlakatda yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlardan kelib chiqib, o‘zlarining rivojlanish strategiyasiga ega bo‘ladi va xo‘jalik yuritish jarayonida u yoki bu darajadagi o‘zgarishlarga moslashishga harakat qiladi. Har bir korxonaning muvaffaqiyatli rivojlanishi u tomonidan aholi va boshqa iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni eng maqbul sifat va narxda ishlab chiqarish, xarajatlar bilan foyda o‘rtasidagi nisbatlarning optimalligi va korxonaning kelajakda yanada faol xo‘jalik yuritish imkoniyati va shart-sharoitlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Chunki, aholi tomonidan bildirilgan umumiy talablar korxona faoliyatini harakatlantiruvchi, yo‘naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida keltirilganidek: «Raqobat-xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi»3. Mana shunday rag‘batlantiruvchi omillardan biri raqobat munosabatlarining yuzaga kelishi hisoblanib, bu jarayon tovar va xizmatlar bozorida sub’ektlar o‘rtasida sof iqtisodiy kurash turlarining sodir bo‘lishiga olib keladi.
Haqiqatan ham bozor iqtisodiyotida tovar tijorat yutug‘ining asosiy omili bo‘lib, tovarning iste’mol qiymati va sifati uning raqobatbardoshligini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlar bo‘lib hisoblanadi. Ular esa o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligini oshirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligi va iqtisodiy barqarorlik kategoriyalari juda murakkab va o‘zaro bir-biri bog‘langan bo‘lib, raqobatbardoshlik faqat iqtisodiy barqarorlik mavjud bo‘lgandagina sodir bo‘ladi. Iqtisodiy barqarorlikka juda ham ko‘plab ichki va tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi va ular korxonaning samaradorligi va rivojlanish istiqbolini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, uning boshqa korxonalar bilan sodir bo‘ladigan raqobat muhitida Raqobat tushunchasi juda ko‘p qirrali, sermazmun bo‘lib, tovarning bozor shartlariga mos kelishi, tovarlar texnik, iqtisodiy, estetik tavsiflari bilan iste’molchilarning faqat aniq talablarini qondirib qolmasdan, balki tijorat va sotish jarayonidagi boshqa jarayonlarning ham bajarilishini hisobga oladi. Bular, narx-navo, tovarni etkazib berish muddati, o‘tkazishsotish kanallari, servis, reklama va hokazolardan iborat.
Bulardan tashqari, raqobatbardoshlikda tovar ishlab chiqarish xarajatlari va undan foydalanish darajalarini ham hisobga olish lozim bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, raqobatbardoshlik kategoriyasi haqida fikr bildirilganda, uning turli tarmoq va sohalar xususiyatlari bilan bog‘liq o‘ziga xos ko‘plab jihatlari borligi tufayli ham ilmiy adabiyotlarda qator tushunchalar va hatto birbirini inkor qiluvchi ta’riflar bor. Masalan, A.N.Romanov, Yu.Yu.Koryakov, S.A.Krasilnikovning yozishicha «...raqobatbardoshlik deyilganda bozorda tovarning muvaffaqiyatini aniqlab berishga xizmat qiladigan, uning iste’mol qilishligi va qiymati (narx-navosi)ni har tomonlama tavsiflovchi, ya’ni raqobatchi tovarlar o‘xshashlarini keng taklifi sharoitida asosan shu tovarni boshqa tovarga qaraganda ustunligi tushuniladi»4 4 . A.A.Ambarqulov, F.F.Sterlikovning fikricha, – «tovarning raqobatbardoshligi, bu xaridorning ehtiyojini boshqa o‘xshash tovarlarga qaraganda darajasi va ko‘lami bo‘yicha qondirishdagi, uni xarid qilish, ishlatish bo‘yicha xarajatlar farqini aniqlab beruvchi tovarning iste’mol xususiyatlari yig‘indisidir»5 deb qayd qilinsa, A.A.Tarasova, F.A.Krutikovning ta’kidlashicha: «tovarning raqobatbardoshligi – bu mahsulotlarni boshqa mahsulotlar turi va ishlatilishiga qaraganda bozor va iste’mol talablariga sifati va qiymati tavsiflarining yaxshi bo‘lishi hisobiga iste’molchi (xaridor)ni o‘ziga jalb qiluvchi qobiliyatdir»6.
Bizning fikrimizcha, bu tushuncha talqinlarida bitta umumiy kamchilik mavjud bo‘lib, u ham bo‘lsa raqobatbardoshlik tovarning jami xususiyatlarini o‘zida ifodalovchi ko‘rsatkich deb qaraladi. Ular iste’molchini nima ko‘proq qiziqtirishi, ya’ni sifat va iste’mol narxi nisbatlari hisobga olinmagan. Vaholanki, aynan shu talablarga amal qilinishi mahsulot yoki xizmatlarning raqobatbardoshligini belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Iqtisodiyot nazariyasi fanining kategoriyasi sifatida raqobat nisbatan uzoq vaqtlardan buyon mavjud bo‘lgan tushuncha hisoblansada, uning iqtisodiy tabiati nisbatan murakkab bo‘lganligi uchun ham bugungi kunda uning mohiyati to‘liq ochib berilmagan, deyishga asos mavjud. Bu shu bilan izohlanadiki, raqobatning iqtisodiy mazmuni va ob’ektiv asoslarini ochib berish jarayonida uni ta’riflashdagi serqirra, turfa va mantiqiy bir-birini inkor etuvchi qarashlarning davom etayotganligidadir. Shuning uchun ham raqobat, raqobatbardoshlik munosabatlariga bo‘lgan qiziqish har doim e’tibordan chetda qolgan emas. Haqiqatan ham bugungi kunda raqobat tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjudligiga qaramasdan O‘zbekiston iqtisodchi olimlari tomonidan ham bu kategoriyaga ilmiy ta’rif berishga harakat qilinmoqda.
Xususan, iqtisodchi olimlardan Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo‘raev tomonidan tayyorlangan «Iqtisodiyot nazariyasi» o‘quv qo‘llanmasida raqobatga berilgan ta’rifda asosan ikki jihat: 1) uning iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvidan iborat ekanligi; 2) yuqori foyda va naflikka ega bo‘lish uchun kurash ilgari suriladi, ya’ni: raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni kulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalariga ega bo‘lish maqsadida ular orasida kurash boradi7. O‘z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi. Raqobat tushunchasi turli izohli lug‘at va ma’lumotnomalarda ham turlicha ta’riflanadi. Jumladan, «Yazik biznesa» nomli lug‘atda: «Raqobat (lotincha soncurrere-to‘qnashuv; inglizcha somretition, rivalry)–bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o‘rtasidagi o‘z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o‘zaro ta’sir aloqa va kurash iqtisodiy jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik birlikni tashkil etib, doimo bozorda bir-birlariga qarama-qarshi turadilar»8, deb ifodalangan. Bundan ko‘rinadiki, raqobat nafaqat kurash, balki o‘zaro ta’sir va aloqa jarayoni sifatida ham talqin etilgan. Shu bilan bir qatorda, raqobat maqsadini «xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish» sifatida belgilab, ma’lum noaniqlikka yo‘l qo‘yilgan. Chunki, raqobatning asosiy maqsadi xaridorni emas, balki uning ishtirokchisi manfaatlarini to‘laroq ro‘yobga chiqarishdan iborat bo‘lib, bu maqsadga erishish yo‘lidagi harakatlar pirovardida xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga olib keladi.
Taniqli iqtisodchi olimlarimizdan A.O‘lmasov va N.To‘xlievning «Bozor iqtisodiyoti» nomli qisqacha lug‘at-ma’lumotnomasida: «raqobat–mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda, katta hajmda sotish; umuman bozor iqtisodiyotida o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat asosi tovar ishlab chiqaruvchilarning mustaqil bo‘lishi va o‘z manfaati uchun kurash-intilishidan iborat.
Raqobat bozor iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchidir, chunki raqobatda g‘olib kelish uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tovar sifatini oshirish, tovar sotilishini xaridor uchun qulaylashtirish zarur, aks holda tovarlarni pullab, katta foyda ko‘rib bo‘lmaydi. Monopoliya raqobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni ta’minlab, o‘zaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. Raqobat demonopolizatsiyani talab qiladi, o‘zaro bellasha oladigan ko‘pgina korxonalar bo‘lishini taqozo etadi. Raqobatning asosiy sohasi – bozor, bozorda turli korxona tovarlari raqobatga kirishadi. Raqobat faqat tovarlarni sotuvchilar emas, balki xaridorlar o‘rtasida ham yuz beradi. Korxonalar kerakli vosita, xomashyo, materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadilar», deb ta’kidlanadi.
Ya’ni yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinadiki, raqobat faqat bozor iqtisodiyotiga xos degan qoida ilgari suriladi. Shuningdek, ba’zi bir iqtisodiy manbalarda raqobat mehnatga oid bellashuv bo‘lib, mahsulotning bir turini boshqasidan sifat jihatidan farqlanishi mazmunida ta’kidlanadi. Shu bilan bir vaqtda «raqobatlashuv», «raqibchilik», «bellashuv», «musobaqalashuv» tushunchalarining mazmuni haqida ham to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bu tushunchalarning mazmuni, o‘zaro nisbati va tafovutini 1-jadvaldagi kabi izohlash mumkin.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |