I bob. Fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligini oshirishning nazariy va uslubiy asoslari


Fermer xo‘jaliklarining mohiyati, ularning shakllanish va rivojlanish imkoniyatlari



Download 1,54 Mb.
bet6/29
Sana20.06.2022
Hajmi1,54 Mb.
#683016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Fermer xo`jaliklari raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo`nalishlari (buxoro tuman fermer xo`jaligi materiallari asosida)

1.2. Fermer xo‘jaliklarining mohiyati, ularning shakllanish va rivojlanish imkoniyatlari

Agrar iqtisodiyot tizimida fermer xo‘jaliklarining mustaqil xo‘jalik yuritish shakli sifatida vujudga kelishining zaruriyati iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillarga bog‘liqdir. Iqtisodiy omillar agrar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish va oziq-ovqat muammolarini hal qilishga bog‘liq bo‘lsa, ijtimoiy omillar qishloq xo‘jaligi xodimlarining iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirishdan iboratdir. Vaholanki, fermer xo‘jaliklarida uning azosi o‘zining imkoniyatlari, mehnat faoliyati va shaxsiy manfaatdorligi hisobiga oila a’zolarining turmush sharoitini taminlaydi. Siyosiy omillar qishloq mehnatkashlarining siyosiy erkinliklarini taminlashni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, fermer xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchi maqomidagi iqtisodiy jihatdan mustaqil xo‘jalik yuritish sub’ekti sifatida o‘zining qarashlarini mustaqil ifodalovchi va qarorlar qabul qiluvchi hisoblanadi.



2-rasm. Fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar tasnifi13
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida fermer xo‘jaliklarining shakllanishi va rivojlanishining asosiy shart-sharoitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi;
– davlat va jamoa xo‘jaliklari daromadlari darajasining pastligi;
– tarmoq moddiy-texnika bazasining zaifligi;
– qishloq xo‘jalik mahsulotlari va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan sanoat ishlab chiqarish vositalari o‘rtasidagi baholar nomutonasibligi va ularni bartaraf etish hamda o‘rnini qoplash bo‘yicha samarali mexanizmning mavjud emasligi;
– qishloq xo‘jaligida shaxsiy tomorqa uchastkasidagi va jamoa xo‘jaligida mehnatning ikkiyoqlama xarakterda bo‘lishi va ular o‘rtasidagi nomutanosiblik;
– mehnat resurslarining samarasiz taqsimlanishi va foydalanishi.
Ushbu shart-sharoitlarni bartaraf etish, bozor tamoyillarga mos xo‘jalik yuritish shakli sifatida faoliyat yuritish uchun qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklarining shakllanishi ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ham ishlab chiqarishning barqaror o‘sishi va o‘zini-o‘zi moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash, iqtisodiy jihatdan mustaqil, yuqori daromad olish uni erkin taqsimlash hamda mustaqil tasarruf etish uchun fermer xo‘jaliklari asosiy qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari sifatida faoliyat yuritishlari nafaqat tashkiliy va iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham muhim omildir. O‘zbekiston iqtisodiyotida ro‘y berayotgan turli ijobiy o‘zgarishlar ko‘p jihatdan fermer xo‘jaliklarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Mazkur sohaning qaror topishi va rivojlanishi fermer xo‘jaliklari sohasida ro‘y berayotgan har qanday o‘zgarishlarga ta’sirchan hisoblanadi. O‘zbekistonda bozor munosabatlari rivojlanayotgan hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklarining rivojlanishini ifoda etuvchi qonuniyatlar va tamoyillarga asoslangan holda shakllanayotgan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Shu bilan bir vaqtda, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, aholi turmush darajasining doimiy ravishda yuqori bo‘lishiga eng avvalo fermer xo‘jaliklarini jadal rivojlantirish orqali erishib kelingan.
Shundan kelib chiqqan holda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularning iqtisodiyotdagi o‘rni va rolini yanada oshirish O‘zbekiston aholisi uchun ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda bugungi kunga qadar fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish jarayoni o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘z ichiga olgan quyidagi bosqichlarni bosib o‘tganini e’tirof etish lozim: 1-bosqich. 1991–1998 yillarda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va faoliyat yuritishining asosiy me’yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi. Shu davr ichida qishloq xo‘jaligida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari yaratildi. Mamlakatimizda yirik xo‘jaliklar hududida ichki fermer xo‘jaliklari, tuman hokimlarining qarorlari bilan mustaqil fermer xo‘jaliklari tashkil qilina boshlandi. Fermer xo‘jaliklari asosan mehnat resurslari etarli bo‘lmagan, ekin erlari samarasiz foydalanadigan hududlarda qishloq xo‘jaligi korxonalarining roziligi bilan berila boshlandi. 1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Er kodeksi», «Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilindi va shular asosida qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun to‘la huquqiy-me’yoriy asoslar yaratildi. 2-bosqich 1999–2002 yillarni o‘z ichiga olib, shu davrda zarar bilan faoliyat ko‘rsatayotgan shirkat xo‘jaliklarini tugatish, ular negizida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish jarayoni sifatida xarakterlanadi.
1999–2002 yillarda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq zarar bilan faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiyalash jarayoni boshlandi. Sanatsiyalash davridan so‘ng ham moliyaviy holati og‘ir bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini tugatish va ular negizida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish jarayoni rivojlandi. Ushbu jarayonni samarali amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli «Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 3-bosqich. 2003 yildan fermer xo‘jaliklarini ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlantirish belgilandi. Bu davrda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF-3226-sonli Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 25 oktyabrdagi «2004–2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasi to‘g‘risida»gi PF-3342-sonli Farmoni (fermer xo‘jaliklarini ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlantirish, er-suv, mexanizatsiya, moliya-kredit, soliq, sug‘urta, infratuzilma tizimlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyabrdagi «2004–2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 476-sonli Qarori (shirkat va fermer xo‘jaliklariga er uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha tuman hokimliklari bilan shartnoma tuzilishi to‘g‘risidagi Nizom va ijara shartnomasi joriy qilindi), mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi. Mazkur qarorlarga asosan past rentabelli, iqtisodiy nochor va zarar bilan ishlayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari tugatilib, fermer xo‘jaliklarini tashkil etish jadallashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-308-sonli Qarori kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga mol berish, chorvachilikni va infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish masalalarini hal etishga mustahkam zamin yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi PQ-842-son «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan omixta ozuqa etkazib berish va sotishga ixtisoslashgan 13 ta viloyat va 170 ta tuman birlashmalari hamda 1484 ta hududiy shoxobchalar tashkil qilindi. Ular tomonidan birja orqali 185,2 ming tonna omixta ozuqalar mijozlarga sotildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 noyabrdagi «Hosildorligi past erlarda davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirayotgan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 725-sonli Qarori hosildorligi past erlarda davlat ehtiyoji uchun paxta etishtirayotgan fermer xo‘jaliklariga dotatsiya ajratish yo‘li bilan ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi amaliyotga joriy qilina boshlandi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish, iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari bu turdagi xo‘jalik yuritish shaklining ancha samarali ekanligini hamda hukumatimiz tomonidan bu borada olib borilayotgan siyosatning strategik jihatdan to‘g‘riligini isbotladi. 4-bosqich. 2008 yilda fermer xo‘jaliklarining er uchastkalarini maqbullashtirish jarayoni amalga oshirilib, ularning iqtisodiy barqaror faoliyat ko‘rsatishiga zamin yaratildi. 2008 yil 6 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3077- sonli «Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi er uchastkalarini maqbullashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida maxsus komissiyani tashkil qilish to‘g‘risida»gi Farmoyishi qabul qilindi. Natijada fermer xo‘jaliklari er uchastkalarini maqbullashtirish jarayoni bilan mamlakatimizda fermerlik harakatini yanada rivojlantirishning to‘rtinchi bosqichi boshlandi. Bu bosqich mobaynida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi muhim vazifalar: – mahsulot etishtirish miqdorini ko‘paytirish evaziga yuqori daromadga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklari sonini ko‘paytirish; – er va suvdan samarali foydalanishni ta’minlash; – agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishiga erishish; – tijorat banklarining kreditlaridan foydalanish uchun etarli mulkka ega bo‘lishni ta’minlash; – o‘z daromadi yoki bank kreditlari hisobidan texnika yoki boshqa vositalarni sotib olinishiga erishish.
Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni bosqichmabosqich chuqurlashtirish, qishloqdagi mulkdor va tadbirkorlarning nufuzini oshirish, fermerlar harakatini qo‘llab-quvvatlash- «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturining asosiy tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar orqali erishilgan natijalar to‘g‘risida to‘xtalar ekan, Prezidentimiz o‘tgan yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini yanada oshirish prinsipial muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, fermer xo‘jaliklariga ajratilayotgan er maydonlarini optimallashtirish borasida zarur ishlar amalga oshirilganligini, dastlab zarar ko‘rib ishlaydigan, rentabelligi past va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini tugatish negizida tashkil etilgan xususiy fermer xo‘jaliklari bugungi kunda haqli ravishda qishloqda etakchi bo‘g‘inga-qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kuchga aylanganligini ta’kidlab o‘tdilar. Bu borada rivojlangan mamlakatlarning uzoq davrli tajribasidan ma’lumki, fermer xo‘jaligi instituti o‘zining samaradorligi, raqobatbardoshligi, bozor kon’yunkturasiga tez moslasha olishi kabi xususiyatlarini namoyon eta oldi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham fermer xo‘jaliklarining rivojlanishiga katta e’tibor qaratilib, ular faoliyatining zarur iqtisodiy shartsharoitlari yaratildi, me’yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida fermer xo‘jaliklari shakllantirish agrar islohotlarning asosiy mazmunini tashkil etib, bu jarayon bosqichma-bosqich va izchillik asosida olib borildi. Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish bilan bir qatorda ularning raqobatbardoshligini oshirishga muhim masala sifatida qaralib, buning negizida mamlakat iqtisodiyotining barqaror taraqqiyotini ta’minlash, xalqimiz turmush darajasini oshirish hamda sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan aholini to‘laqonli ta’minlash maqsadi yotibdi. Bu yo‘lda mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va raqobatbardoshligini mustahkamlashga qaratilgan ko‘plab farmon va qarorlarning qabul qilinganligi esa yurtimizda fermerlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligidan dalolat beradi. Shu sababdan ularning qishloqxo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sub’ektlar o‘rtasida shakllanayotgan raqobat muhitidagi raqobatbardoshligini oshirish muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish