R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Qarang: И слом ов 3. О бщ ество. Г осу д а р ств о . П р а в о .— Т



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

25 Qarang: И слом ов 3. О бщ ество. Г осу д а р ств о . П р а в о .— Т.:
«Адолат», 2001, 354-361-ст.
6 9 ’


manbai Konstitutsiya bo‘lib qoladi. Konstitutsiya esa oliy yuridik 
kuchga ega boiib, boshqa barcha joriy qonunlar va me’yoriy- 
huquqiy hujjatlar unga muvofiq kelishi lozim.
K o n stitutsiyaning Asosiy Q onun sifatidagi aham iyati, 
obro‘-e’tibori, barqarorligi, uning oddiy qonunlardan farqi shu 
bilan belgilanadi. Bir so‘z bilan aytganda, K onstitutsiyani 
q o n u n la r qon un i deyish m um kin. Shu bois 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasida Konstitutsiyaning eng yuqori kuchga egaligi, 
ham m a qo nu nlardan ustun turishi alohida e’tiro f etilgan. 
Bunda faqat Konstitutsiyaninggina emas, balki uning asosida 
qabul qilinadigan qonunlarning ustunligi o ‘rnatiladi.
Yuqoridagi prinsip jamiyatimizda qonunchilik va huquqiy 
tartibot tantanasini anglatadi. Qonunchilik — bu qonunlar­
ning mavjudligidan, jam iyatda chinakam dem okratik muhit 
va haqiqiy huquqiy rejim o ‘rnatilganligidan dalolat beradi. 
Qonunchilik bu davlat tomonidan qonunlar tizimini jam iyat 
taraqqiyoti talablariga mos ravishda takomillashtirib borish 
va davlat organlari, jam oat birlashmalari, mansabdor shaxslar 
va fuqarolar tom onidan qonunlarga q at’iy rioya etish va u- 
larni og‘ishmay amalga oshirishda namoyon bo‘ladigan davlat 
va jamiyat hayotining prinsipidir. Qonunchilik prinsipi qonun­
larning hamma uchun istisnosiz majburiyligini, hammaning 
qonun oldida tengligini, qonunlarning hamma yerda bir xilda 
joriy qilinishini ham anglatadi.
Qonunchilik bilan huquqiy tartibot bir-biridan farq qiladi. 
Q onunchilikning mazmuni huquqiy m e’yorlarga q a t’iy va 
og‘ishmay rioya etishlarida ifodalansa, huquqiy tartibot esa 
jamiyat a ’zolarining yurish-turishlari, ularning subyektiv huquq 
va burchlariga muvofiq kelishida ifodalanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, huquqiy tartibot huquqiy m unosabatlar doirasida 
shu munosabatlarning ishtirokchilari o ‘z subyektiv huquqlarini 
am alga o sh irish la ri va huq u q iy b u rc h la rin i b a ja rish la ri 
natijasid a vujudga keladi. D em ak, qonunchilikni am alga 
oshirish huquqiy tartibotni ta ’minlash vositalaridan biri bo isa, 
h u q u q iy ta rtib o tn i m u sta h k a m la sh esa, o ‘z n a v b a tid a
qonunchilikni mustahkamlashga yordam beradi. Shu bois u- 
lar bir-biridan ajralmas bo ‘lishi lozim.
0 ‘zbekistonda K onstitutsiya va qonunlar oldida hamma 
teng darajada m as’uliyatga ega b o ‘lib, qonunlar ham o ‘z 
navbatida barchaga barobardir.
Konstitutsiyaning 15-moddasi ikkinchi qismida davlat, u- 
ning organlari, m ansabdor shaxslar, jam o at birlashm alari,
70


fuqarolar K onstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish k o ‘radi- 
lar, deb k o ‘rsa tilg a n . D av la t, un in g o rg a n la ri, ja m o a t 
birlashmalari Konstitutsiya va tegishli maxsus qonunlar asosida 
tashkil qilinadi hamda faoliyat yuritadi. Ular Konstitutsiya va 
maxsus q o n u n la rd a belgilangan v ak o latlarn ig in a am alga 
oshiradilar. M ansabdor shaxslar va fuqarolarning birontasi ham 
Konstitutsiya va qonunlardan tashqari ish ko‘rishga haqli emas. 
Zero, Konstitutsiya va qonunlarni chetlab o ‘tish, ularning talab- 
larini buzish g‘ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi. Bunday 
harakatlar uchun esa maxsus qonunlarda tegishlicha javobgar- 
liklar o ‘rnatilgan, sanksiyalar belgilangan.
Demokratik huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunlarga 
og‘ishmay amal qilish talabi bilan bir qatorda Konstitutsiya­
ning b iro rta qoidasi 0 ‘zbekiston R espublikasi huquq va 
manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin 
emasligi ham o ‘rnatilgan b o iadi.
Demak, K onstitutsiyaning har bir moddasi hayotga tatbiq 
qilinayotganda xalq va davlat m anfaatlariga zarar yetkaz- 
maydigan tarzda talqin qilinishi zarur. Zero, K onstitutsiya­
ning o ‘zi xalq va d av lat irod asin in g ifodasidir. Shuning 
uchun K o n stitu tsiy a va q o n u n larn in g p iro v ard m aqsadi 
inson, uning huquq va erkinliklarini ta ’minlashga qaratilishi 
kerak.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining birorta qoidasi 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan 
tarzda talqin etilishi mumkin emas. Shuningdek, K onstitu- 
tsiyaga k o ‘ra, b iro rta ham qonun yoki boshqa m e’yoriy- 
huquqiy hujjat K onstitutsiya norm alari va qoidalariga zid 
kelishi mumkin emas. Chunki K onstitutsiya davlatimizning 
Asosiy Q onuni b o ‘lib, u oliy yuridik kuchga ega b o ig a n
qonunchilik h u jjatid ir, K o n stitu tsiy a h u q u qning ham m a 
tarmoqlari: fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, mehnat huquqi, 
m a ’m uriy huquq va h ok azo lar uchun qonunchilik negizi 
h iso b la n a d i. D av la t o rg an la rin in g b a rc h a q o n u n la ri va 
m e’yoriy-huquqiy hujjatlar K onstitutsiya asosida chiqarilib, 
uning qoidalariga xilof boim asligi lozim.
Asosiy Qonunimizga binoan 0 ‘zbekiston tarixida birinchi 
m arta K onstitutsiya maxsus tarzd a m uhofaza qilinadigan 
b o ‘ldi. Shu maqsadda Konstitutsiyaviy sud joriy qilindi. Bu 
organ qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokim iyatlarning 
hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mos kelishini tekshirib 
turadi. Konstitutsiyaviy sudning tashkil etilishi, vazifalari va


vakolatlari haqida K onstitutsiyaning 108-109-moddalarida 
m a’lumotlar berilgan.
Shunday qilib, Prezident I.A.Karimov 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Oliy M ajlisi ikkinchi chaq iriq o ltinchi sessiyasida 
ta ’kidlaganidek, qonun ustuvorligini ta ’minlash, shaxs, oila, 
jam iyat va davlatning huquq va m anfaatlari m uhofazasini 
kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini 
oshirish, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurm at ruhida 
tarbiyalash - bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
chinakam dem okratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik 
jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vazifasi, eng 
muhim sharti hisoblanadi26.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish