R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

Mafkura 
— bu m a’lum tizimga solingan g‘oyalar, qarash- 
lar, fikrlar majmuidir. H ar qanday mafkura muayyan ijtimoiy 
tab aq a, guruh, m illatning o ‘tm ishiga, bugungi kuniga va 
kelajagiga qaratilgan qarashlari yig‘indisidan iborat.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o ‘z taraqqiyot 
va istiqlol yo‘lini mustaqil va erkin belgilab oldi. Endilikda 
mustaqil davlatning siyosiy, iqtisodiy va m a’naviy poydevorini 
yaratish asosiy vazifa bo‘lib qolgan. Bunda bizga eski, zo‘ravonlik 
bilan o ‘rnatilgan kommunistik mafkura mutlaqo to ‘g‘ri kelmay, 
m illatim izni birlashtiradigan, jipslashtiradigan m afkuraga 
muhtojlik yaqqol sezilib qoldi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy 
mafkuramizni yaratish dolzarb masalaga aylandi. Shu y o id a
qo‘yilgan dadil qadam — bu tariximizda birinchi marta Konstitu- 
tsiyamizning 12-moddasida belgilangan me’yor bo‘ldi. Unda ilk 
bor 0 ‘zbekistonning ijtimoiy hayoti siyosiy institutlar, mafkura­
lar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi belgilandi. 
Demak, bu bilan bitta mafkuraning, bitta dunyoqarashning 
yakkahokimligidan q at’iyan voz kechildi.
Konstitutsiyam izning aynan shu moddasi jamiyatimizda 
turli sinf, toifa, millat va elatlarning manfaatlarini ifodalovchi 
p a rtiy a la r, uyu shm alar va ularn in g m a fk u ra la ri b o ‘lishi 
mumkinligini qonuniy mustahkamlaydi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 12-moddasida o ‘rnatilgan 
me’yor oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini 
dolzarb qilib qo ‘yadi. Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning 
qadimiy an ’analariga, urf-odatlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga 
asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-muhabbat, insof, sabr-toqat, 
adolat, m uruvvat tu y g ‘ularini ta rg ‘ib qilishi lozim. U nda 
jamiyatimizdagi barcha kuchlar, harakatlar, jamoat birlashma­
lari, aholi turli tabaqalarining o ‘y-fikrlari, orzu-umidlari o ‘z 
ifodasini to pm o g ‘i lozim. U davlatim iz fuqarolarini ulug‘ 
maqsad yo‘lida qalban birlashtirishga ko‘maklashishi lozim, deb 
k o ‘rsatadi Prezidentimiz Islom Karimov. Shu bilan birga bu 
mafkura xalqimizda, o ‘zining qudrati va himoyasiga suyangan
59


holda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjami- 
yatidagi taraqqiy etgan davlatlar orasida teng huquqli munosib 
o ‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti xalq dunyoqarashini hisobga 
olmasa, taraqqiyot asoslari uning m a’naviy qadriyatlariga, 
moddiy manfaatlariga mos kelmasa, bunday jamiyat tanazzulga 
uchrashi tabiiy. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov 
o ‘z mamlakati istiqboli haqida fikr yuritar ekan, «Mustaqil 
0 ‘zbekistonning kuch-qudrat manbai xalqimizning umuminso­
niy qadriyatlarga sodiqligidadir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil 
qo ‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar 
bo ‘yi avaylab-asrab kelmoqda. 0 ‘zbekistonni yangilashning 
oliy maqsadi ana shu an ’analarni qayta tiklash, ularga yangi 
mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, 
farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol 
to p tirish g a erishish uchun z a ru r b o ‘lgan s h a rt-s h a ro it 
yaratishdir», degan edi. Bu fikrdan anglanadiki, Prezident 
m am lakat kuch -qu dratini xalqning m a ’naviy kam olotida 
k o ‘radi. Shuning uchun ham u jam iki insoniy fazilatlarni 
takomillashtirish uchun zarur sharoit yaratishni asosiy vazifa 
qilib qo‘yadi. Bu bir tomondan mustaqillik sharoitida endigina 
shakllanayotgan davlat siyosatining nechog‘lik insonparvar- 
ligini k o ‘rsatsa, ikkinchi tomondan davlat rahbarining siyosiy- 
madaniy salohiyatining nechog‘lik yuksakligini, xalq m a’naviy- 
ruhiy ehtiyojlarini naqadar chuqur o ‘rganganligini ko‘rsatadi. 
Shu bilan birga esa, bu xalq va hokim iyat intilishlarining 
mushtarakligidan dalolat beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida eng oliy 
qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson 
olindi. Konstitutsiyaning 13-moddasi bunga yorqin misoldir. 
U nga k o ‘ra, « 0 ‘zbek isto n R esp u b lik asid a d em ok ratiya 
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, u- 
ning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz 
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonun­
lar bilan himoya qilinadi».
Inson huquq va e rk in lik lari fa q a tg in a K o n stitu tsiy a
bilangina q o ‘riqlanib, kafolatlanib qolmasdan, balki ular jahon 
hamjamiyati tomonidan tan olingan xalqaro huquqning norma- 
lari va prinsiplari bilan ham qo‘riqlanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1948- 
yil 10-dekabrda «Barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga
60


intilish i lozim b o ‘lgan vazifa sifatida» Inson h u q u q lari 
umumjahon deklaratsiyasini qabul qiladi. «Bundan muddao 
shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti hamisha 
ana shu deklaratsiyani nazarda tutib, m a’rifat va ilm yo‘li bilan 
ushbu huquqlar va erkinliklarning hurmat qilinishiga yordam 
berishga intilishlari ham da milliy va xalqaro taraqqiyparvar 
tadbirlar yo‘li bilan ham, ushbu huquqlar va erkinliklarning 
Tashkilotga a ’zo bo‘lgan davlatlar xalqlari o‘rtasida va mazkur 
davlatlarning yuridiksiyasidagi hududlarda yashayotgan xalq- 
lar o ‘rtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari kerak».
Mazkur deklaratsiya qabul qilinishini dunyoning qirq sakkiz 
davlati q o ‘llab-quvvatladi, sakkizta davlat betaraf b o ‘lgan 
b o ‘lsa-da, biron-bir davlat unga qarshi bo‘lgan emas.
Bosh Assambleya raisi deklaratsiya qabul qilingandan so‘ng 
bildirgan murojaatida deklaratsiyaning qabul qilinishi «Buyuk 
ev o lu tsio n ja ra y o n la rg a q o ‘yilgan d a stla b k i q adam va 
olamshumul yutuqqa erishilganligi»ni m a’lum qildi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov: «Inson va davlat 
o ‘rtasidagi munosabatlarda inson manfaatlari ustuvor bo‘lishi 
kerak», — degan edi. Konstitutsiya 0 ‘zbekistonda erkin fuqaro­
lik jamiyati, ya’ni xalqning o ‘zi bevosita boshqaradigan jamiyat 
va dem okratik huquqiy davlat qurishni asosiy maqsad qilib 
q o ‘yadi. U nda jam i dunyoviy n e’m atlar orasida eng ulug‘i 
«inson» ekanligi yorqin mujassamlashtirilgan. Insonni ulug‘lash, 
uni m u h o faza qilish va h ar tom o n lam a kam ol to p tirish
K onstitutsiyaning asosiy g‘oyasiga aylantirilgan. K onstitu- 
tsiyamiz Inson huquqlari to ‘g‘risidagi xalqaro huquqiy me’yor- 
lar asosida ishlab chiqilgan va aytish mumkinki, uni yanada 
to ‘ldirgan. Masalan, Konstitutsiyaning 13-moddasi fikrimizga 
dalil b o ‘lishi mumkin. U shbu m oddada «Inson huquqlari 
um um jahon Deklaratsiyasi»da e’lon qilingan umuminsoniy 
huquqlar oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan. M a’lumki, «Inson 
huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi» insonlarning ajralmas 
va daxlsiz huquqlarini e’lon qilib, quyidagilarni belgilaydi: 
«Barcha odam lar erkin, qadr-qim m at va huquqlarida teng 
b o ‘lib tug‘ilganlar» (1-modda); «Har bir inson yashash, erkin- 
lik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir» (3-modda); «Hech 
kim qullikda yoki qaramlikda saqlanishi mumkin emas, qulchi- 
lik va qul savdosining barcha turlari taqiqlanadi» (4-modda) 
va hokazo. Konstitutsiyamizning 13-moddasida esa inson, u- 
ning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz 
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deyilgan. Bu 0 ‘zbekis-
61


tonning umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslangan 
davlat ekanligini k o ‘rsatadi.
K onstitutsiyaning 13-moddasida 0 ‘zbekistonda barcha 
fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklari Konstitutsiya 
va qonunlar bilan himoya qilinadi.
Davlat o ‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab 
ijtim oiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida am alga 
oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasida har qanday davlat organi- 
ning faoliyati inson va jamiyat farovonligiga xizmat qilishga, 
uni yuksaltirishga qaratilgan. D avlat o ‘z vazifasini tegishli 
organ lari orqali am alga o shirar ekan, ijtim oiy ad o lat va 
qonuniylikka amal qilishi lozim bo‘ladi. Huquqiy-demokratik 
davlatning eng muhim shartlaridan biri inson va shaxs manfaat- 
larining hamma narsadan ustunligidir. Qonuniylik prinsipi 
deganda avvalo qonunlarni va uning asosida qabul qilingan 
boshqa huquqiy hujjatlarni davlat organlari, mansabdor shaxs­
lar, fuqarolar tomonidan aniq va og‘ishmay bajarilishi lozimligi 
tushuniladi. Qonuniylik prinsipi qonunlarni yuridik hujjatlar 
tizimida oliy kuchga ega ekanligini, barcha uchun barobarligini, 
jamiyat a ’zolarining barchasi uchun majburiyligini anglatadi.
Inson haq-huquqlarining himoyasi muhim masalalardan biri 
bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham istiqlolga erishgan O'zbekis- 
ton Respublikasi o ‘z mustaqilligining ilk qadam larida qabul 
qilingan qonun va huquqiy normalarini, asosan, inson huquq­
larini himoya qilishga, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
har tomonlama muhofaza qilishga qaratib keldi va bu yo‘lda 
ish olib bormoqda.
Inson huquqlariga doir davlat siyosatida insonning huquq 
va erkinliklari jamiyatda qonunchilik asosida mustahkamlanib, 
iqtisodiy, siyosiy, yuridik, tashkiliy kafolatlar tizimi bilan 
t a ’m in lan g an d a n keyingina am alga oshishi m um kinligi 
masalasi muhim o ‘rin egallaydi.
Har bir shaxs shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega bo‘lib, hech 
kim uni o ‘zboshimchalik bilan ushbu huquqdan mahrum etishi 
m um kin emas, chunki inson erkinligi qon u n to m o nid an
q o ‘riqlanadigan oliy ijtimoiy ahamiyatga molik qadriyatdir. 
Shu tufayli shaxsning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi qonun bilan 
kafolatlanadi.
Inson huquqlari va dem okratiya singari um um bashariy 
qadriyatlar Respublikamizning milliy davlatchilik m anfaat- 
lariga to ‘la mos keladi. «Insonning eng ustuvor va muqaddas 
huquqlaridan biri, — deb t a ’kidlaydi Prezidentim iz Islom
62


Karimov, — bu tinch yashash huquqidir. Davlat va jam iyat­
ning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan 
kafolatlab berishdir. Bu huquqni amalga oshirish — davlat va 
jam iyatni dem okratiyalashtirishning eng muhim shartidir. 
Demokratiyaning insonparvarligi shu bilan belgilanadi».
0 ‘zbekistonni demokratik davlat sifatida tavsiflovchi yana 
bir qoida Konstitutsiyaning 14-moddasida belgilangan. Unda 
t a ’kidlanishicha, «D avlat o ‘z faoliyatini inson va jam iyat 
farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsip- 
lari asosida amalga oshiradi».
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining ushbu moddasi davlatimiz 
faoliyatining eng asosiy prinsiplarini belgilab beradi. Bu juda 
muhimdir. Chunki davlat o ‘z faoliyati bilan inson va jamiyat 
taqdirini belgilashi mumkin. Ayniqsa, hozirgi vaqtda jamiyat 
davlatsiz yashay olmasligi hammaga ayon bo‘lib qoldi.
Davlatimizning jamiyat hayotida tutgan о ‘mini belgilashda 
uning vazifalariga, funksiyalariga alohida e’tibor berish kerak. 
Davlatning qanday vazifalarni, funksiyalarni amalga oshirishi- 
ga, boshqacha qilib aytganda, davlat faoliyatiga qarab uning 
mohiyatiga baho beriladi. Agar davlat o‘z faoliyatini avvalo 
inson va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga qaratgan bo isa, 
uni ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga 
oshirib borsa, unday davlatni adolatli, dem okratik deyish 
mumkin. Shu bois Konstitutsiyaning 14-moddasida o'rnatilgan 
me’yor 0 ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy adolat tan tana qilgan 
jamiyat, xalq hokimiyatchiligi qaror topgan davlat ekanligini 
yaqqol k o ‘rsatib turibdi, desak aslo yanglishmaymiz. Chunki 
mazkur modda alohida ravishda inson va jamiyat farovonligini, 
ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplarini davlat faoliyatining 
ajralmas qismi sifatida e’tirof etadi.
Zero, huquqiy-demokratik davlatning eng muhim shartlari- 
dan biri inson va shaxs m anfaatlarining ham m a narsadan 
ustunligidir. Inson va jam iyat farovonligi esa aynan shaxs 
manfaatlariga mos tushadi.
Konstitutsiyamiz ushbu moddasining kafolatlari 0 ‘zbekis- 
ton R espublikasida ayni vaqtlard a am alga oshirilayotgan 
chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o ‘zgarishlar, islohotlar bilan 
belgilanadi. Bunday islohotlardan k o ‘zda tutilgan eng asosiy 
maqsad inson va jamiyat farovonligi ekanligi hech kimga sir 
emas, albatta. «Maqsadimiz aniq, — deb ta ’kidlaydi Preziden- 
timiz Islom K arim ov, — bozor iqtisodiyoti tam oyillariga 
asoslangan, erkin, ochiq, demokratik davlat qurish». Davlatimiz
63


rahbari o ‘zining qator asarlari va kitoblarida 0 ‘zbekistonning 
ana shu maqsadini amalga oshirishga qaratilgan vazifalarini 
va faoliyat dasturini aniq k o ‘rsatib bergan. Bunda, ayniqsa, 
uning « 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
yo‘lida» asari muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Konstitutsiyaning 14-moddasida nazarda tutilgan me’yor- 
ning yana bir muhim tomoni shundaki, unga ko‘ra davlat o ‘z 
faoliyatini qonuniylik prinsipi asosida amalga oshiradi. Bu 
huquqiy demokratik davlatning eng asosiy belgilaridan biridir.
Qonuniylik davlat tuzumidagi demokratizmning ko‘rinish- 
la rid an biri b o ‘lib, ham m aning qonun oldida tengligini 
o ‘rnatadi. Shu bilan birga, bu prinsip fuqarolarning huquq va 
erkinliklari og‘ishmay t a ’minlanishi, fuqarolarga nisbatan 
d av lat o rg an la ri va m a n sab d o r shax slarn ing q an d ay d ir 
o ‘zboshimchaligiga yo‘l qo ‘ymasligi, fuqarolarning jamiyat, 
davlat oldidagi majburiyatlari q at’iy bajarilishi lozimligini ham 
nazarda tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, qonuniylik prinsipi 
o ‘z maqsad va mohiyati bilan xalq manfaatlariga xizmat qiladi.
Qonuniylikning asosiy vazifasi — mamlakatning ijtimoiy 
va davlat tuzumini mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga o ‘tish 
uch u n m u lkning tu rli sh ak llarig a y o ‘l ochish va u la rn i 
q o ‘riqlash, fuqarolarning huquq, erkinliklari va burchlarini 
mustahkamlashdir.
Qonuniylik huquqiy tartibot bilan uzviy bog‘liq b o ‘lib, u 
orqali amalga oshiriladi. Huquqiy tartibot jam oat tartibining 
bir qismi bo‘lib, faqat huquqiy normalarning amalga oshirilishi 
n atijasida paydo b o ‘lib, kishilik o ‘rtasidagi turli ijtimoiy 
m u n o sab atlarn i huquqiy v o sitalar orqali ta rtib g a soladi. 
Jam iyatdagi ijtimoiy m unosabatlar huquqiy tartib ot orqali 
paydo bo‘ladigan huquqiy munosabatlardan kengroq bo‘lib, 
ularga axloq, urf-odatlar va boshqa turm ush qoidalarining 
am alga osh irilish i n a tija sid a paydo b o ‘ladig an ijtim oiy 
munosabatlar kiradi. Kishilar o ‘rtasidagi yoki fuqarolar bilan 
davlat organlari o ‘rtasidagi m unosabatlar huquqiy tartibot, 
y a’ni huquqiy norm alar orqali amalga oshirilib, qonuniylik 
m ustahkamlanadi.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish