R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Shvetsariyada bir yo‘la uch-



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

Shvetsariyada bir yo‘la uch-
ta til rasman davlat tili hiso­
blanadi.


hayotida tilning taraqqiyoti va xalqlarning m a’naviy kamolo- 
tida, milliy istiqlolga erishishida beqiyos omil b o ‘lib xizmat 
qilsa, ikkinchi tomondan esa, boshqa millat va elatlarning teng 
huquqliligi saqlab qolinishida, ularning tillari, urf-odatlari va 
an ’analarining hurmat qilinishi va yanada rivojlanishida muhim 
kafolatdir.
0
}
4-§. Xalq hokimiyatchiligi — davlat hokimiyatini
amalga oshirishning asosiy tamoyili sifatida
X alq davlat hokim iyatining m anbaidir. U ning xohish- 
irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va 
jamiyatning farovonligini, 0 ‘zbekiston barcha fuqarolarining 
munosib turmushini ta ’minlashga qaratilgan b o ‘lishi kerak.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasiga 
muvofiq, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. 
0 ‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati xalq manfaatlarini 
ko‘zlab va 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 
uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idora- 
lar tomonidangina amalga oshiriladi.
« 0 ‘zbekiston, — deydi Prezidentimiz Islom Karimov, — 
kelajagi buyuk davlat. Bu m ustaqil, dem okratik, huquqiy 
davlatdir. Bu — insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, 
dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan q at’i nazar fuqaro­
la rn in g h u q u q la ri va erk in lik larin i t a ’m inlab beradigan 
davlatdir»22.
K o n stitu tsiy a d a n a z a rd a tu tilm a g a n ta rtib d a d av lat 
hokim iyati vakolatlarini o ‘zlashtirish, hokim iyat idoralari 
faoliyatini to ‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi 
va muvoziy tartiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi 
va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
0 ‘zbek isto n R esp ub likasi K o n stitu tsiy asi m am lakat 
demokratik taraqqiyotining strategik yo‘nalishlarini, insonning 
siyosiy huquqlarini xalqaro andozalar miqyosida belgilab beradi, 
xalqaro huquq ustunligini, hokimiyatlar taqsimlanishini, davlat­
ning asosiy muassasalari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idora- 
larin in g saylanishini, k o ‘p p artiy av iy lik n i, m afkuraviy 
plyuralizmni o ‘zida aks ettiradi.
0 ‘zbekiston R espublikasi davlat m ustaqilligini q o ‘lga 
kiritgan dastlabki kunlardayoq, u qanday taraqqiyot yo‘lidan
22 Karimov I.A. 0 ‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.
T.l-T.: « 0 ‘zbekiston», 1996, 44-bet.
52


boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi 
qanday b o ‘ladi, degan savollar ko‘ndalang turardi. 0 ‘zbekis- 
tonning o ‘z istiqlol va taraqqiyot y o iin i belgilash lozim edi. 
Ana shu yo‘lni belgilashda 0 ‘zbekiston Prezidenti I.Karimov 
ulkan hissa q o ‘shdi. I.K arim ovning « 0 ‘zbekistonning o ‘z 
istiqlol va taraqqiyot yo‘li», « 0 ‘zbekiston — bozor munosa- 
batlariga o‘tishning o ‘ziga xos yo‘li», « 0 ‘zbekiston iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» nomli asarlarida, shu­
ningdek, Respublika parlam entida va boshqa yig‘ilishlarda 
qilgan m a’ruzalari va nutqlarida 0 ‘zbekistonning o ‘ziga xos 
ta ra q q iy o t y o ‘li, d em o k ra tik ja m iy a t q u rish n in g , milliy 
h u q u q iy d a v la t b a rp o e tish n in g n a z a riy m eto d o lo g ik , 
g‘oyaviy-siyosiy, iqtisodiy, m a’naviy-madaniy asoslari ishlab 
chiqildi. 0 ‘zb ek isto n n in g ta ra q q iy o t y o ‘li, b irin ch id an , 
xalqaro tajribaga asoslangan holda, ikkinchidan, xalqimiz- 
ning m illiy x u s u siy a tla ri, q a d riy a tla ri, u rf-o d a tla rig a , 
uchinchidan, R espublikaning o ‘z im koniyatlari va shart- 
sharoitlariga mos ravishda ishlab chiqildi. Bu yo‘lga quyidagi 
asosiy yo‘nalishlar asos qilib olindi:
— demokratik, odil, fuqarolik jamiyat qurish;
— qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokim iyati 
vakolatlarini ajratish;
— milliy davlatchilik tarixi tajribasiga asoslangan huquqiy 
davlat barpo etish;
— qonun va qonunlarga rioya qilish ustunligini ta ’minlash;
— islohotlarda davlatning tashabbuskor va yetakchilik roli;
— ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma- 
bosqich shakllantirish, k o ‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga 
keltirish, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, tashabbuskor- 
lik, ishbilarmonlik, tadbirkorlikka k o ‘maklashish;
— b ir m a fk u ra n in g y ak k a h o k im lig id an voz kechish, 
mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olish, hurflkrlik, vijdon 
va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish;
— kommunistik partiya yakka hukmronligiga chek qo‘yish, 
k o ‘ppartiyaviylikni amalda shakllantirish;
— ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquq- 
larini himoya qilish;
— hamma uchun umumiy ta ’lim olish, mehnat qilish, dam 
olish shart-sharoitlarini yaratish;
— ijodiy m ehnatni qadrlash, odam larning iste’dod va 
qobiliyatlarini namoyon etish uchun imkoniyatlar yaratish va 
boshqalar.
53


0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasiga 
binoan xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sanaladi. 
0 ‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq m anfaat­
larini ko'zlab va 0 ‘zbekiston Respublikasi K onstitutsiyasi 
hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan 
idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Ushbu moddadan 
kelib chiqib, davlat hokimiyati xalq manfaatlari yo‘lida xizmat 
qilar ekan, uning uchun o ‘z faoliyatini olib borar ekan, o ‘z 
navbatida xalq ham davlat uchun o ‘zining oldiga qo'yilgan 
yuksak va ishonchli vazifalarni amalga oshirmog‘i lozim.
Konstitutsiyaning 7-moddasiga binoan, davlat hokimiyati 
faqat Konstitutsiyada va qonunlarda k o ‘zda tutilgan va ular 
asosida tuzilgan idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi 
vaqtda bizda davlat hokim iyatining tizimi — uning qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud ho kim iyatiga b o ‘linishi 
tamoyiliga asoslanadi. Q onun chiqaruvchi hokim iyat Oliy 
Majlis tom onidan, ijroya hokim iyati Prezident va Vazirlar 
M ahkamasi tomonidan, sud hokimiyati esa Konstitutsiyaviy 
sud, Oliy sud ham da Oliy xo‘jalik sudi tom onidan amalga 
oshiriladi. Davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi barcha idora­
lar o ‘z faoliyatini faqat qonun tom onidan berilgan vakolat 
doirasidagina yuritadilar. U larning o ‘zboshim chalik bilan 
K o n stitu tsiy a va q o n u n lard an ta sh q ari v ak o latlarg a ega 
bo‘lishi, o‘zlariga berilgan vakolatdan chetga chiqishi mumkin 
emas. Shuningdek, ularning vakolatlarini boshqa organlar yoki 
tashkilotlar, alohida shaxslar amalga oshirishi mumkin emas.
Yuqorida aytib o ‘tilgan barcha davlat idoralarining tashkil 
etilishi va huquqiy holati Konstitutsiya va tegishli qonunlarda 
belgilab qo‘yilgan. Barcha davlat idoralari va mansabdor shaxs­
lar, shu jumladan, fuqarolar ham 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi 
va uning asosida qabul qilingan qonunlarga so‘zsiz itoat etish- 
lari lozim. Bu esa huquqiy davlatimizning muhim belgilaridan 
biridir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasiga 
muvofiq 0 ‘zbekiston xalqini millatidan q at’i nazar, 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.
Konstitutsiyada « 0 ‘zbekiston xalqi», « 0 ‘zbekiston fuqaro­
lari» degan tushu n ch alarga t a ’rif berilgan. Bunga k o ‘ra, 
0 ‘zbekistonda tug‘ilgan va uning hududida istiqomat qiladigan 
har bir inson millatidan, irqidan, qaysi dinga e’tiqod qilishidan 
qat’i nazar, 0 ‘zbekiston xalqini tashkil etadi va Respublikamiz- 
ning teng huquqli fuqarosi bo‘lish huquqiga egadir.
54


Konstitutsiyaning 8-moddasida belgilangan yana bir muhim 
demokratik ruhdagi qoida 0 ‘zbekiston fuqarolarining milliy 
tengligi tamoyilining mustahkamlanishidan iborat. Bu esa inson 
huquqlari haqidagi xalqaro Tiuquq m e’yorlariga to ‘la mos 
tushadi. Masalan, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi- 
ning 2-moddasida shunday deyiladi: «Har bir inson, biror-bir 
ayrimachiliksiz, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy 
e’tiqodi yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib 
chiqishidan, mulkiy ahvoli, qaysi tab aq ag a mansubligi va 
boshqa holatlardan q at’i nazar, mazkur deklaratsiyada e’lon 
qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi boMishi kerak.
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq 
va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy 
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan q a t’i 
nazar, qonun oldida tengdirlar.
Im tiyozlar faqat qonun bilan belgilanib q o ‘yiladi ham da 
ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart». ( 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, 18-modda).
Mazkur qoida 0 ‘zbekistonni davlat sifatida dunyodagi eng 
demokratik mamlakatlar darajasiga k o ‘tardi. Chunki insonni 
ulug‘lash, uning kim b o ‘lishidan q a t’i nazar qonun oldida 
ten g lig in i t a ’m in lash h a m d a u n ing h aq va h u q u q la rin i 
qo‘riqlash demokratik davlatlargagina xosdir. Fuqarolarning 
0 ‘zbekiston Respublikasida bir xil huquq va erkinliklarga ega 
b o ‘lish qoidasi Inson huquqlari U m um jahon deklaratsiyasi 
qoidalariga to ‘la -to ‘kis mos keladi. Shu bilan bir qatorda, 
b arch a fu q aro la r bir-b irlari bilan d o ‘ston a m un osabatda 
b o ‘lishlari va tinch-totuv yashashlarining zam inida inson 
huquqlari turishi va bu birinchi navbatda, Konstitutsiyaviy 
huquq bilan himoya qilinishi zarur.
Davlat hokimiyatining taqsimlanishi har qanday davlatning 
dem okratik xususiyatini belgilaydi, uning xalq hokim iyat- 
chiligiga asoslanganligini bildiradi. Bu prinsip 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasining 11-moddasida quyidagicha m ustahkam ­
langan: « 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi
— hokim iyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatiga b o ‘linishi prinsipiga asoslanadi».
Davlat hokimiyatining bo‘linishi prinsipini mustahkamlagan 
ushbu modda, me’yor 0 ‘zbekistonning Konstitutsiyaviy tarixida 
birinchi m arta paydo bo‘ldi. 0 ‘zbekistonning ilgarigi 1927, 1937 
va 1978-yillardagi Konstitutsiyalarida bunday prinsip mavjud 
emas edi. Chunki ushbu Konstitutsiyalar markscha-lenincha
55


kom m unistlar hukm ronligi nazariyasiga asoslanib, unda 
«hokimiyatning bo‘linishi» prinsiplari rad etilar edi.
«Hokimiyatning bo‘linishi» g‘oyasi qadimiy bo‘lib, qadimgi 
yunon faylasufi va olimi A ristotel tom onidan ham ilgari 
surilgan. XVIII asrning o ‘rtalariga kelib, bu g‘oya mustaqil 
t a ’lim otga aylang an. M ash h u r fransu z m a ’rifa tp a rv a ri, 
huquqshunos, faylasuf va yozuvchi Monteske (1689-1755-yil- 
lar) o‘zining «Qonunlarning ruhi haqida» kitobida hokimiyat­
ning b o iin ish i prinsipini ilgari surgan. M onteske fikricha, 
siyosiy xiyonatlarning boim asligini ta ’minlaydigan narsa uch 
hok im iyatn ing: q o n u n ch iq aru v ch i, ijro etuvchi va sud 
hokim iyatining to ‘la b o ‘linishi va bir-birini cheklashidir. 
M onteske ta ’lim otida alohida o ‘rin tutadigan g ‘oya — bu 
hokimiyatlarning muvozanati, tengligi hamda ularning «o‘zaro 
bir-birini tiyib turish va qaram a-qarshi t a ’sir etish tizimi» 
haqidagi g‘oyadir. Yuqorida zikr etilgan hokimiyatlar o ‘rtasida 
shunday munosabat o ‘rnatilmog‘i lozimki, bunda ularning har 
biri davlat vazifalarini mustaqil o ‘tash bilan birgalikda o ‘z 
huquqiy vositalari yordamida bir-birlarini muvozanatga chorlab 
tu ra d ila r, h o k im iy a t v a k o la tla rin in g b irg in a m u assasa 
tom onidan qonunsiz ravishda to rtib olinishi (uzurpatsiya 
qilinishi)ni bartaraf etadilar. Masalan, qonun doirasida ishlashi 
lozim b o ‘lgan ijro etuvchi hokim iyat, ayni paytda, qonun 
chiqaruvchi kengashning faoliyatini chegaralab turishi talab 
etiladi, aks holda p arlam ent o ‘zining m utlaq hokim ligini 
o ‘rnatishi m um kin. Shu sababli ham ijro hokim iyatining 
boshlig‘i qonunlarni im zolashda «veto» (ya’ni, imzolashni 
vaqtincha rad etish) huquqidan foydalanadi, qonunchilik 
tashabbusi huquqiga ega boiadi.
Umuman «hokimiyatning b o ‘linishi» nazariyasiga ko ‘ra, 
davlat hokimiyati yagona, yaxlit, bir butun deb emas, balki 
turli hokimiyat (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud vakolat- 
la rin i am alga oshiruvchi h o k im iy atlar) funk siy alarin in g
yig‘indisi sifatida tushuniladi. Bunday turli funksiyalarni 
amalga oshiruvchi hokimiyat organlari bir-biridan mustaqil 
ravishda harakat qilishlari lozim. Lekin bu uchala hokimiyat 
idoralari bir-biriga bog‘liq emas, degan m a’noni bildirmaydi. 
Aksincha, ular bir-birini to ‘ldiradi va nazorat qilib boradi.
0 ‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institut- 
lar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. 
M amlakatda hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida tan 
olinmaydi va hatto o‘matilishi ham mumkin emas. Respublika-
56


mizda ijtimoiy hayotni rivojlantirishning muhim yo‘li — bu 
demokratiyaga asoslangan turli siyosiy institutlar, mafkuralar 
va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanar ekan turli mafkura­
lar va fikrlar davlat va jamiyat xavfsizligiga tajovuz etmasligi, 
o ‘z navbatida jam iyatni iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy 
jihatdan rivojlantirishga hissa qo‘shmog‘i lozimdir. Har qanday 
jamiyatning ijtimoiy hayotini turli fiklar, g‘oyalar, siyosiy institut­
lar orqali rivojlantirish, shakllantirish mumkin ekan, Respub­
likam izda ham o ‘z navbatida ijtimoiy hayot shu y o ‘sinda 
shakllanib boradi. Insonning erkin fikrlash, o ‘z aql-idroki, 
qobiliyati, olgan bilimlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga 
ega boiishi davlatda shaxs haqiqiy erkinligining yorqin ifodasidir. 
H ar qanday mafkura muayyan ijtimoiy tabaqa, guruh, millat­
ning o‘tmishiga, bugungi kuniga va kelajagiga qaratilgan qarash- 
lari yig‘indisidan iborat. H ar qanday davlatning demokratik, 
huquqiyligi yoki zulmkor, zo‘ravonligini baholashda ko‘pincha 
u nda shaxsiy daxlsizlik kafolatlanganligiga, m ustaqil sud 
m avjudligiga, sud hokim iyatining m am lakatdagi o ‘rni va 
obro‘siga e’tibor qilinadi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi mamlakatning tarixiy 
shart-sharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joriy etilsagina, 
hokimiyat organlarining muvozanati va tengligini ta ’minlash 
mumkin. Mazkur prinsip hokimiyat egasi bo‘lgan subyektlar- 
ning o ‘zaro munosabatlarini tartib (muayyan qolip, andoza)ga 
solish imkoniyatini beradi. Zero, ularning har biri o ‘z sohasi 
doirasida mustaqil, boshqa hokimiyatga itoat etmaydi, so‘zsiz 
ijro etilishga m o‘ljallangan jqarorlar (hujjatlar) qabul qiladi.
Hokimiyatning uchala shaxobchasi, faqat ular va albatta, 
ularning uchalasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil 
etadilar. Ulardan boshqa hech bir davlat organi hokimiyatga 
d a ’vogarlik qilolmaydi. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi- 
ning muhim jihatlaridan biri shuki, unda hokimiyatning har 
bir shaxobchasi qolgan ikki hokimiyat subyektining har birini 
nazorat qilish huquqi va imkoniyatiga ega b o ‘lishi kerak.
Hokimiyat bo‘linishi prinsipi adolatli, demokratik, huquqiy 
davlatning eng muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Bunday 
prinsip muayyan davlatda biror organning yoki alohida davlat 
rahbarining kuchli diktaturasi o ‘rnatilishining oldini oladi. Shu­
ningdek, tegishli davlat organlarining vakolatlari, vazifalari aniq 
bo'lishini ta ’minlaydi, bir organning ikkinchi organ ishlariga 
aralashuviga barham beradi, boshqarish sohasida chalkashlik- 
lar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi va hokazo.


Mazkur prinsip hokimiyat organlarining o ‘zaro kelishib, bir- 
birini nazorat qilib, uyg‘unlashib ishlashlariga ham imkoniyat 
yaratadi. Bular esa adolatli, demokratik davlatga xos jihatdir.
R ivojlangan dem okratik dav latlar singari 0 ‘zbekiston 
R espublikasi davlat hokim iyatining tizimi hokim iyatning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi 
prinsipiga asoslanadi. Q onun chiqaruvchi hokim iyat ikki 
palatali (yuqori - Senat, quyi - Qonunchilik palatasi) Oliy 
M ajlis tom onidan, ijro hokim iyati Prezident va V azirlar 
M ah k am asi to m o n id a n , sud ho k im iy ati esa fao liy at 
yo‘nalishiga qarab, K onstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy 
X o‘jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat hokimiyatini 
amalga oshiruvchi barcha idoralar o ‘z faoliyatini faqat qonun 
tomonidan berilgan vakolat doirasidagina yuritadilar. H ar bir 
hokimiyat o‘z faoliyatini o ‘ziga tegishli bo'lgan vakolatlarni 
amalga oshirish orqali o ‘z hokimiyatiga mustaqil sanaladi. 
Ushbu organlar o ‘z vakolatlarini boshqa bir tashkilotga yoki 
bo‘lmasa biron-bir shaxsga berishga haqli emas.
D a rh a q iq a t, hozirgi zam on ja h o n m a m la k a tla rin in g
Konstitutsiyaviy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, hokimiyatlarning 
bo‘linish prinsipi, ular ushbu prinsip rasman o ‘rnatilgan yoki 
o ‘rnatilmaganligidan q at’i nazar, barcha chet el Konstitutsiya- 
lari tomonidan qabul qilingan. Chunonchi, mustaqil 0 ‘zbekis- 
tonning birinchi Konstitutsiyasida ham bu prinsip rasman 11 - 
m oddada o ‘rnatilgan. U nga k o ‘ra, 0 ‘zbekistonda qonun 
ch iq arish hokim iyati Oliy M ajlis, ijroiya hokim iyati esa 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan amalga oshiriladi. Sud hokimiyati Konstitutsiyaviy 
sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi tomonidan amalga oshirilib, 
ular birgalikda 0 ‘zbekiston R espublikasining yagona sud 
tizimini tashkil etadi.
Zero, Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov ta ’kidla­
ganidek, «qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati
— davlatning uchta asosiy tayanchidir».
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida 
« 0 ‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institut- 
lar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. 
Hech qaysi m afkura davlat m afkurasi sifatida o ‘rnatilishi 
m um kin em as», deb m u sta h k am lan ish i d av latim izn in g
demokratik mohiyatidan kelib chiqadi.
M a ’lum ki, har qanday ado latli, d em ok ratik davlatd a 
fuqarolarning erkin fikrlash huquqi kafolatlangan b o ia d i.
58


Albatta, erkin fikrlash bor joyda fikrlar xilma-xil bo‘ladi va 
turli mafkuralar, siyosiy institutlar, harakatlar paydo b o ‘lishi 
mumkin. Aks holda, y a’ni erkin fikrlash cheklangan joyda 
ko‘pincha inson o ‘z fikrlarini, xohish-istaklarini oshkora bayon 
qilish im koniyatidan m ahrum b o ‘ladi. Bunday holatlarda 
odatda yagona m afkura hukm ron b o ‘ladi. M asalan, sobiq 
to ta lita r tuzum ning 70 yildan o rtiq hukm ronligi davrida 
kommunistik mafkuraning yakkahokimligi o ‘rnatilgan edi.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish