R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


-§. O ‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

6-§. O ‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya
va qonunlarning ustuvorligi. Konstitutsiya
normalarining to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri amal qilishi
K o n stitutsiy a va qo n u n lar ustunligining t a ’m inlanishi 
huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo‘lib, u 0 ‘zbekis- 
tonda davlat-huquqiy qurilishining eng asosiy prinsipi hamdir. 
« K o n stitu tsiy a va q o n u n larn in g ustunligi p rinsip i shuni 
anglatadiki, — deydi Prezidentimiz I.A.Karimov, bunda barcha 
joriy qonunlar va m e’yoriy-huquqiy hujjatlar K onstitutsiya 
asosida, unga muvofiq bo‘lishi talab etiladi»23.
Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur aytganlariday: «Qayerda 
qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik b o ‘ladi». 0 ‘zbekis- 
ton Konstitutsiyasida Konstitutsiya davlatimizning eng Asosiy 
Q onuni ekanligi, u boshqa barcha qonunlar va m e’yoriy- 
huquqiy hujjatlardan yuqori turishi quyidagicha belgilangan: 
« 0 ‘zbek iston R esp u b lik asid a 0 ‘zbekiston R esp u b lik asi 
Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Konstitutsiya va qonun ustunligi davlat, uning organlari, 
m ansabdor shaxslar, barcha jam oat birlashmalari va fuqaro-
23 Karimov I.A. 0 ‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.
Т. 1 - Т.: « 0 ‘zbekiston», 1996,125-bet.
66


larning K onstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat olib 
borishini taqozo etadi. Bundan tashqari, bu Konstitutsiyaviy 
tamoyil, barcha normativ huquqiy hujjatlar Konstitutsiyada 
mustahkamlangan qoidalarga to ‘liq mos kelishini ham q at’iy 
talab etadi. Bu K onstitutsiyaviy qoidaga to ‘la rioya etish 
m am lakatda qonunchilik va huquqiy tartibot, taraqqiyot va 
barqarorlik hukm surishiga olib keladi.
Shu m u n o sab at b ilan, qo n u n u stu v o rlig i h aq id a gap 
ketganda, avvalo, bir holat haqida ta ’kidlab o ‘tish joiz. Ilmiy 
a d ab iy o td a qo nu n ustu v orlig i bilan huq uq hukm ronligi 
tushunchalarini b a ’zan aralashtirib yuborish hollari mavjud. 
Aslida bular mohiyatan yaqin huquqiy hodisalar b o ‘lsa-da, 
har holda bir-biridan muayyan darajada farqlanadi.
Huquq hukmronligi shunda ko‘rinadiki, har qanday davlat, 
o ‘zi huquqiy normalar yaratar ekan, eng avvalo, o ‘zi aynan shu 
huquqiy normalarga rioya etishi kerak, ya’ni amaldagi huquq 
normalari fuqarolar uchun qanchalik majburiy xaraktera ega 
bo‘Isa, davlat uchun ham shunchalik majburiy xaraktera egadir.
Davlat hokimiyati qonunda belgilab qo‘yilgan asoslarda va 
doiralarda harakat qilm og‘i, davlat organlari esa, hech bir 
istisnosiz harakatdagi huquq normalariga bo‘ysunmog‘i lozim. 
Buning m a’nosi shuki, davlat organlari faqat qonun bergan 
vakolat doirasida harakat qilib, Konstitutsiyaga muvofiq u- 
ning kom petensiyasi (huquq va m ajb u riy atlar m ajm ui)da 
kiradigan qarorlarni qabul qilish va harakatlarni sodir etish 
huquqiga ega.
H uquq hukmronligi bu — davlatning, uning m ansabdor 
shaxslarining, davlat organlarining, fuqarolarning va ularning 
turli tuzilmalarining faoliyati huquq bilan bog‘liqligi, huquq 
asosida kechishidir.
Qonun ustuvorligi bu — muayyan bir davlatda amal qilib 
turgan huquqiy normalar, normativ-huquqiy hujjatlar ichida 
qonunning oliy yuridik kuchga ega ekanligi, barcha qonun osti 
hujjatlari qonunga mos kelishi lozimligidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uchinchi bobi 
huquqiy davlat barpo etishda muhim bo‘lgan ushbu prinsipni 
o ‘zida m u sta h k am lag an : « 0 ‘zb ek isto n R e sp u b lik asid a 
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning 
ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
D avlat, uning o rganlari, m an sab d o r shaxslar, ja m o at 
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq 
ish ko‘radilar» (15 -modda).
67


Oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan va 0 ‘zbekiston hududida 
bevosita to ‘g‘ridan - to ‘g‘ri amal qiladigan Konstitutsiyaning 
ustunligi shuni anglatadiki, 0 ‘zbekiston h u dudida qabul 
qilinadigan barcha qonunlar va boshqa norm ativ hujjatlar 
Konstitsiyaga zid kelmasligi, unga mos kelishi lozim. Davlat 
hokimiyati organlari, m ansabdor shaxslar, fuqarolar, o ‘zini 
boshqarish organlari, barcha boshqa tashkilot va tuzilmalar 
0 ‘zbekiston K onstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishlari 
kerak. Shu tariqa davlat faoliyati huquq va qonunlar bilan 
«bog‘lab» qo‘yiladi, m a’lum darajada cheklab qo‘yiladi.
Qonunlarga rioya etish uchun ular rasmiy tarzda e’lon etilgan 
bo‘lishi shart. Qonunlarning e’lon qilinishi — ularga rioya etish- 
ning shartidir, chunki e’lon qilinmagan qonun qo‘llanilmaydi24.
Qonun ustuvorligi va huquq hukmronligi («rull of low») — 
huquqiy davlatning eng muhim tamoyillaridan, tavsiflaridan 
biri hisoblanadi. Biroq biz yuqorida ta ’kidlaganimizdek, qonun 
ustuvorligi bilan huquq ustuvorligi bir narsa emas. Chunki har 
qanday qonun doim o huquqiy x arak tera ega b o ‘lmasligi 
mumkin, ya’ni o ‘zida insonga huquq beradigan, uning erkinligi, 
real tengligi, ijtimoiy xavfsizligini t a ’m inlaydigan qoidani 
ifodalam asligi m um kin, shu bois doim o huquq va qonun 
tushunchasi bir-biriga mos kelmasligi mumkin.
Shu bois ham olim lar huquq ustuvorligi bilan qonun 
ustuvorligini alohida talqin etishlari bejiz emas, alb atta. 
M utaxassislarning ta ’kidlashicha, h atto huquq ustuvorligi 
g‘oyasining «yoshi» qonun ustuvorligi g ‘oyasinikidan ulug‘roq, 
ya’ni undan oldinroq shakllangan. Qonun ustuvorligi g‘oyasi- 
ning mazmunini Konstitutsiyaning ustuvorligi, qonunni qabul 
qilishning va unga tegishli o ‘zgartirish va q o ‘shimchalar kiritish- 
ning alohida tartiboti, muolijasi mavjudligi, qonunga barcha 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mos kelishi majburiy- 
ligi, qonunni amalga oshirish va uni muhofaza etishning maxsus 
mexanizmi mavjudligi, yaxlit qonunchilik tizimining ziddiyatsiz 
b o ‘lishini t a ’m in lay d ig an K o n stitu tsiy av iy n a z o ra tn in g
mavjudligi tashkil etadi.
Huquq ustunligi o ‘z ichiga quyidagilarni olishi kerak:
1. Davlat va jamiyat hayotining barcha muhim masalalariga 
huquq va qonun nuqtayi nazaridan qarash va hal eitsh;
2. Davlat va jam oat organlarining har qanday qarorlarini 
g‘oyaviy-huquqiy asoslash;

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish