Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik



Download 0,79 Mb.
bet1/2
Sana09.12.2019
Hajmi0,79 Mb.
#29020
  1   2
Bog'liq
ERKINLIK VA SHAXSIY DAXLSIZLIK

ERKINLIK VA SHAXSIY DAXLSIZLIK

O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Insonning o’z huquq va burchlarini bilishi insonning konstitustiyaviy huquqlarining ta’minlanishini kafolatlaydi. Biz odamlardagi eski tuzum psixologiyasini o’zgartirishimiz va yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim, inson anglasinki, erkinlik — bu burch mas’uliyatidir». Konstitustiyaga binoan, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan o’zaro bog’liqdir. Har bir fuqaro qonun oldida tengdir va boshqa fuqarolarning millati, tili, dini va e’tiqodini hurmat qilishi shart. Fuqaro o’z huquq va erkinliklaridan foydalanganida, uning harakatlari boshqa shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon etkazmasligi lozim. Shu bois shaxs qonun doirasidan chiqmagan holda o’z huquq va erkinliklaridan foydalanishi lozim.



Shaxsiy huquq va erkinliklar-ijtimoiy va huquqiy maqomidan qat’iy nazar, insonga tug’ilganidan mansub bo’lgan asosiy huquqlardir.

Shaxsiy huquqlarga quyidagilar kiradi: yashash huquqi, erkinlik huquqi, shaxsiy daxlsizlik huquqi, or-nomusini va sha’nini himoya qilish huquqi, sud himoyasi va odil sudlov huquqi, fikrlash, so’z va vijdon erkinligi, o’z milliy mansubligini erkin belgilash va ona tilidan foydalanish huquqi, qiynoqqa va muomalaning boshqa yovuz, inson qadrini erga uruvchi turlariga duchor bo’lmaslik huquqi, erkin harakatlanish va yashash joyini erkin tanlash huquqi, ma’lumot erkinligi, axborot olish huquqi, sud hukmisiz aybdor hisoblanmaslik huquqi, o’ziga va o’zining yaqin kishilariga qarshi guvohlik bermaslik huquqi, yozishma va so’zlashuvlarning sir saqlanishi huquqi kabilar.




Shaxs erkinligi va daxlsizligi inson huquqlarining ustivorligini ta’minlashga qaratilgan kurashlar samarsi bo’lib, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas. Konstitustiyamizning 25-moddasida belgilangan shaxslarning erkinligi va shaxsiy daxlsizlik huquqi har bir shaxsga, uning fuqaroligidan qat’iy nazar tatbiq etiladi. Shuningdek, 26-moddada jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi qonun talablari doirasida faqat sud tomonidan oshkora ko’rib chiqilishi hamda sud tomonidan aybdor deb topilmagan biror shaxsni aybdor hisoblanmasligi ifodalab berilgan. Bunda himoyachi bilan ta’minlash, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan ayblanuvchiga tarjimon berilishi, ayblanuvchini o’ziga qarshi guvohlik berishga majbur etmaslik ayblanuvchidan o’zining aybsizligini isbotlashni talab etmaslik kabi holatlar nazarda tutiladi. Har qanday holatda ham insonning qiynoqqa solinishiga, unga nisbatan noqonuniy kuch ishlatilishiga, uning zo’ravolik va shafqatsizlikning qurboni bo’lishiga, sha’ni, qadr-qimmati, nafsoniyatiga teguvchi biror-bir tarzda kamsitilishiga yo’l qo’yilmasligi lozim. O’zining roziligisiz inson ilmiy va tibbiy ko’rinishdagi har qanday tajribadan o’tkazilishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining 27-moddasida belgilangan normada har kim o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga o’zgalarning aralashuvidan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega ekanligi, qonunda belgilangan tartib va asoslarda hech kimning turar joyiga uning ruxsatisiz kirish, turar joyini ko’zdan kechirish, tintuv qilish mumkin emasligi, shuningdek, insonning yozishmalari va so’zlashuvlari sirlarini oshkor qilinishi mumkin emas deb ko’rsatilgan. Ushbu norma Inson huquqlari Umumjahon Deklarastiyasining 12-moddasida ko’rsatilgan g’oyalar mazmuniga mos kelib, insonlar normalarda belgilab qo’yilgan qoidalar asosida yashashi lozim. Ushbu qoidalar insonlarni shu turdagi huquqlardan foydalanishida hech kimdan ruxsat talab qilmasligi bilan izohlanadi. Ushbu huquqlar O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi asosida qabul qilingan fuqarolik, ma’muriy, jinoiy-huquqiy va boshqa normalar orqali qo’riqlanadi.
Inson huquq va erkinliklaridan asosiysi erkin ko’chib yurish, ya’ni yashash joyini o’zi tanlash huquqi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatimiz hududida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, undan chiqib ketishi va qaytib kelishi mumkin. Bu norma xalqaro huquq normlariga to’liq mos keladi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi konstitustiyaviy normani to’ldiruvchi qoidalar ma’lum toifadagi shaxslarga nisbatan chet elga chiqish huquqini cheklaydi. Bunday qoidalar davlat va jamiyat a’zolari manfaatlari yuzasidan qabul qilingan. Chet elga chiqish rad etilgan fuqarolar bevosita sudga murojoat etishi mumkin.
Inson huquqlari Umumjahon Deklarastiyasining 19-moddasi, O’zbekiston Konstitustiyasining 29-moddasi fikrlash, so’z, e’tiqod erkinligi huquqini mustahkamlash bilan istalgan axborotni izlash, olish va uni tarqatish, fikrni ifodalash kabi huquqlarni ham belgilab beradi. Ushbu huquqlar amaldagi konstitustiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan bo’lishi mumkin emas. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga tegishli bo’lgan taqdirgina qonun bilan cheklanishi mumkin. Har kim o’zining ichki ishonchi asosida jamiyat hayotiga va davlat muammolariga doir masalalar yuzasidan o’z fikri, siyosiy, huquqiy qarashlarini ifoda etishi mumkinligi qonunchiligimizda belgilangan.
Fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjat, qaror va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini yaratish maqsadida Konstitustiya barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar zimmasiga ma’lum mas’uliyat yuklaydi va bu qoida 30-moddada o’z ifodasini topgan.
O’zbekiston Konstitustiyasining 31-moddasiga asosan “hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi, har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi mumkin. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi.” Davlat diniy idoralar ishiga aralashmaydi, diniy idoralar siyosatga aralashmaydi. O’zbekiston Respublikasida dinga e’tiqodsizlik asoratiga chek qo’yilgan, mamlakatimizdagi barcha umuminsoniy diniy konfessiyalarning rivojlanishlari uchun keng sharoit yaratilgan.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish