Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti Yu-bu-21-guruh talabasi Reja: - “Shaxsiy huquq va erkinliklar” tushunchasi;
- Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
- Shaxsni aybdor deb toppish. Sudda himoya bilan taminlanish huquqi;
- Har kimning sha’ni, obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va turarjiy daxlsizligi huquqi, yozishma so’zlashuvlarning sir saqlanish huquqi;
- Yashash joyini erkin tanlash huquqi;
- Fikirlash, so’z, e’tiqod erkinligi. Axborot olish, tarqatish, hujjatlar bilan tanishish huquqi;
- Vijdon erkinligi.
Huquq va erkinlik Huquq – davlat tomonidan ta’minlanadigan, himoya qilinadigan nimadir qilish, amalga oshirish, munosib yashash sharoitiga ega bo’lish, zo’rliklardan himoya qilinishnig tabiiy imkoniyati. Erkinlik – biror-bir narsada (xulq-atvorda, faoliyatda) qonun bilan taqiqlanmagan, biror-bir cheklashning yo’qligi. O’zbekiston respublikasi konistitutsiyasida shaxsiy huquq va erkinliklar 3 guruhga bo’linadi: - Shaxsiy huquq va erkinliklar;
- Siyosiy huuqlar;
- Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar.
Yashash huquqi Insonning hayoti Konistitutsiyada yashash huquqining belgilanishi va har tomonlama ta’minlanishi bilan kafolatlanadi “yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir.” (o’zbekiston respublikasi konistitutsiyasi 24-moddasi). Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi “har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.” (o’zbekiston respublikasi konistitutsiyasi 25-moddasi). Sudda himoya bilan taminlanish “aybsizlik prezumpsiyasi” – shaxsning aybi aniq isbotlanib, sud tomomnidan e’tirof etilmaguncha unga hech qanday ayb qo’ymaslik va aybdor deb elon qilmASlik. “jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ish sudda qonuniy tartibda, oshkora ko’rib chiqilib, unung aybi aniqlanmagunicha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o’zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.” (o’zbekiston respublikasi konistitutsiyasi 26-moddasi) “ayblanuvchi himoyalanishi huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqiga ega” (o’zbekiston respublikasi konistitutsiyasi 116-moddasi) “har him o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joy daxlsizligi huquqiga ega. “har him o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joy daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirirshi, tintuv o’tkazishi yoki uni ko’zdan kechirishi, yozishmalar va trlrfonda so’zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.” (o’zbekiston respublikasi konistitutsiyasi 27-moddasi). Yashash joyini erkin tanlash huquqi “o’zbekiston respublikasi fuqarosi respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, O’zbekiston respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.” (o’zbekiston respublikasi konistitutsiyasi 28-moddasi.) Fikirlash, so’z, e’tiqod erkinligi. Axborot olish, tarqatish, hujjatlar bilan tanishish huquqi “har kim fikrlash, so’z, e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Harkim o’zi istagan axborotni izlash, olish, uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konistitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va unu ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taluqli bo’lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.” (o’zbekiston respublikasi konistitutsiyasi 29-moddasi.) Vijdon erkinligi “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi, har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo’l qo’yilmaydi.” (o’zbekiston respublikasi konistitutsiyasi 31-moddasi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |