ODAM SAVDOSI DAVR MUAMMOSI
Erkin demokratik davlat va fuqarolik jamiyatiga inson uchun munosib hayot tarzi tashkil etilgan bo’lib, uning huquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlari har qanday tajovuzlardan himoyalangan bo’lishi shart.
Davlatimizda esa, mustaqillik yillaridanoq, inson manfaatlari eng oliy qadriyat uning ulug’lash bo’lib, transmilliy jinoyatlardan biri bo’lgan odam savdosining har qanday ko’rinishiga qarshi kurashish ustuvor vazifalardan biri darajasiga ko’tarilgan.
Albatta, bugun dunyo hamjamiyatini turli dinlararo, millatlararo nizolar, diniy ekstremizm, terrorizm noqonuniy qurol-yaroqlar narkotiklar savdosi kabi tahdidlardan tashqari, keyingi yillarda avj olib borayotgan qamrovi jihatidan tobora kengayib borayotgan odam savdosi xavf-xatar solyapti. U yangicha ko’rinishlarida namoyon bo’lmoqda.
Birlashgan millatlar tashkilotining rasmiy ma’lumotlariga ko’ra, bir yil ichida o’rtacha 2 million 800 ming fuqaro odam savdosi qurboniga aylanyapti, 600-800 mingacha ayol va bolalar turli hiyla-nayranglar bilan xorijiy mamlakatlarga olib ketilgani holda qul sifatida sotib yuborilmoqda. Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashlircha, ushbu jinoyat sabab jahon bo’yicha 7 milliard AQSH dollari hajmidagi pul noqonuniy aylanmoqda. Jahon ommasi oldida unga qarshi kurashish e ng dolzarb bo’lgan ushbu jinoyat turi bizning yurtimizni ham chetlab o’tgani yo’q.
Mustaqillik yillarida Muhtaram Prezidnetimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda odam savdosi jinoyatlarini oldini olish, uni bartaraf etish maqsadida huquqiy asoslar yaratildi.
Bundan tashqari davlatimiz 2003 yil 12 dekabrda Birlashgan millatlar tashkilotiningBosh assambleyasi tomonidan 1950 yilda qabul qilingan "Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanishga qarshi kurashish to’g’risida” gi Konventsiyaga qo’shildi.
SHuningdek, 2000 yil 15 noyabrdagi "Birlashgan millatlar tashkilotining transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konventsiyasini (Nyu-york, 2000 yil, 15 noyabrь) to’ldiruvchi oldam savdosining, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda chek qo’yish va uning uchun jazolash haqida” gi bayonnomasi ham ratifikatsiya qilingan.
Mamlakatimizda 2008 yil 17 aprelda «Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida» gi qonun va bundan tashqari Yurtboshimizning 2008 yil 8 iyulda "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan, odam savdosiga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha Respublika idoralararo komissiyachi tuziladi. Ushbu turdagi jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |