Fuqarolik huquqi modulidan



Download 291,52 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2022
Hajmi291,52 Kb.
#571720
  1   2
Bog'liq
Fuqarolik huquqi oraliq nazorat




TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI JINOIY ODIL SUDLOV FAKULTETI 2-KURS A POTOK 2-GURUH TALABASI SHODIYEV RAJABBOY



FUQAROLIK HUQUQI MODULIDAN
ORALIQ
NAZORAT ISHI

Nazariy savol


Topshiriq shartnomasi tuzilgach , vakil topshiriq beruvchining nomidan harakat qilishi uchun huquqiy asosga ega bo’ladi . Biroq topshiriq shartnomasi bilan birga ishonchnoma tuzish holatlari ham uchraydi , bu esa huquqiy qarama qarshilikni vujudga keltiradi



Javob : Topshiriq shartnomasida taraflar mavjud bo’ladi . Bir taraf vakil , ikkinchi taraf topshiriq beruvchi hisoblanadi . Bular muomala layoqatiga ega yuridik hamda jismoniy shaxslar hisoblanadi . Topshiriq shartnomasida taraf sifatida qatnashadigan shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak : 16 yoshga to’lgan O’zBekiston FK ning 28-moddasiga muvofiq jismoniy shaxs , yuridik shaxlar agar uning ustavida nazarda tutilgan bo’lsa qatnashishi mumkin . Shartnomaga asosan vakil topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni bajarish majburiyatini oladi . Shartnoma bo’yicha huquq-majburiyatlar vakilning yuridik hatti –harakatlaridan kelib chiqib uzida emas , topshiriq beruvchida o’zgaradi va bekor bo’ladi . 1
Topshiriq shartnomasini tuzishdan maqsad nima degan savolga jdavob beradiga bo’lsak , bu vakilning topshiriq beruvchi ega bo’ladigan subyektiv huquq va majburiyatlarni o’zgartirish va bekor qilishga qaratilgan huquqlarni amalga oshirish . Ushbu shartnoma huquq va majburiyatlar paydo bo’lish asosiga ko’ra konsensual shartnoma hisoblanadi .
Mazkur shartnoma haq evaziga va tekinga ham tuzilishi mumkin . Haq evaziga tuziladigan shartnoma ikki tomonlama bo’ladi degan tushuncha mavjud . Topshiriq shartnomasi har qanday holllarda ham ikki tomonlama hisoblanadi va shu bilan birga fuqarolar o’rtasida tuziladigan shartnomalarning nisbatan keng tarqalgan turi hisoblanadi . Fuqarolar o’rtasida sodir bo’ladigan ijaraga berish , uy – joyni sotish , moddiy qiymatliklarni olish , topshiriq va xizmatlarni bajarish bunga misol bo’la oladi . Topshiriq shartnomasida topshiriq beruvchi vakilga xizmat vazifalarini va faoliyat doirasini belgilab berishi kerak . Bundan kelib chiqadiki , shartnomada albatta topshiriq beruvchi manfaatlari yotadi .Ammo ba’zi holatlarda vakilning mazkur belgilab berilgan faoliyat doirasidan chetga chiqish holatlari kuzatib turiladi . “Fuqarolik kodeksi”ning 819-moddasida quyidagicha bayon qilingan, “Agar ishning holatlariga ko‘ra topshiriq beruvchining manfaatlari uchun uning ko‘rsatmalaridan chetga chiqish zarur bo‘lsa hamda vakil topshiriq beruvchidan bu haqda oldindan so‘ray olmagan yoxud o‘z so‘roviga oqilona muddatda javob olmagan bo‘lsa, u topshiriq beruvchining ko‘rsatmalaridan chetga chiqishga haqli. Bunday hollarda vakil xabar berish imkoni tug‘ilishi bilanoq yo‘l qo‘yilgan chetga chiqishlar haqida topshiriq beruvchiga xabar berishi shart.” 2 Bu moddadan ko’rinib turibdiki, ko’rsatmalardan chetga chiqishga faqat ikki holat mavjud bo’lganida yo’l qo’yiladi. Birinchisi, harakat topshiriq beruvchining manfaatlari uchun sodir etilgan bo’lishi kerak. Ikkinchidan esa, vakil zarur holda ko’rsatmalardan chetga chiqish haqida topshiriq beruvchini xabardor qilishi yoki so’roviga yaqin muddatlarda javob kelmagan bo’lsagina vakil topshiriq shartnomasidan zarur holda chetga chiqishi mumkin . Mazkur modda yuzasidan xulosa qiladigan bo’lsak ayni ikki holatdan birining ham bo’lmasligi ko’rsatmalardan chetga chiqish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy holatlar uchun vakilga nisbatan javobgarlikni keltirib chiqaradi .

Topshiriq beruvchining vakilga beradiga ishonchnoma haqida so’z yuritadigan bo’lsak , vakilga ishonchnoma berish orqali uning uchinchi shaxslar oldida ishonchli vakil ekanligini rasman vakolatlaydi . Ushbu ishonchnoma vakilning vakolatlarini belgilab berib , topshiriq shartnomasining shartlarini uzida aks ettiradi. Ishonchnoma topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan yuridik harkatlarning faqat bir qismini qamrab oladi . Ishonchnomaning muddati 3 yildan oshmasligi kerak .



Kazus
Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro D. shaxsiy avtomobil sotib oldi va uni oʻz ixtiyori bilan sugʻurta qildirdi. Biroz vaqt oʻtgandan soʻng fuqaro D. ning avtomobili tabiiy ofat natijasida yaroqsiz holatga kelib qoldi. U sugʻurta tashkilotiga murojaat qildi va oʻrtadagi sugʻurta shartnomasini roʻkach qilib avtomobilga yetkazilgan zararni toʻliq qoplanishini soʻradi. Sugʻurta tashkiloti esa uning talabini rad etdi. Shundan soʻng fuqaro D. Shayxontohur tumani fuqarolik sudiga sugʻurta tashkilotidan oʻz avtomashinasiga yetgan zararni undirib berishni talab qilib da’vo arizasi beradi. Shayxontohur tuman fuqarolik sudi esa bu ish uning vakolatiga kirmasligini, bunday ishlar bilan ma’muriy sudlar shugʻullanishini aytib fuqaro D. ning da’vo arizasini rad etgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering
Javob : Vaziyatga huquqiy baho berishdan oldin , sug’urta va ixtiyoriy sug’urta tushunchalariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak , O’zbekiston Respublikasining amaldagi Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonunning 3- moddasida bevosita sug’urta tushunchasiga ta’rif berib o’tilgan . Ushbu moddaga asosan sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shuningdek sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.3 Ixtiyoriy sug’urta tushunchasi bu tanlab olish yo’li bilan sug’urtalanuvchining xohishi amalga oshiriladigan sug’urta . Mazkur vaziyatda fuqaro D sug’urta tashkiloti bilan Mulkiy sug’urta shartnomasi tuzadi . Mulkiy sug’urta shartnomasi tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak , amaldagi FK ning 915 moddasida batafsil ta’rif berib o’tilgan . Ushbu shartnomaga muvofiq bir taraf (sug‘urtalovchi) shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda boshqa tarafga (sug‘urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug‘urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sug‘urtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni shartnomada belgilangan summa (sug‘urta puli) doirasida to‘lash (sug‘urta tovoni to‘lash) majburiyatini oladi. Fuqaro D ham uzining shaxsiy avtomobilini sug’urta qildirdi . Biroz vaqt oʻtgandan soʻng fuqaro D. ning avtomobili tabiiy ofat natijasida yaroqsiz holatga kelib qoldi . U sugʻurta tashkilotiga murojaat qildi va oʻrtadagi sugʻurta shartnomasini roʻkach qilib avtomobilga yetkazilgan zararni toʻliq qoplanishini soʻradi. Sugʻurta tashkiloti esa uning talabini rad etdi.
Endilikda kazusimizga ushbu vaziyatda huquqiy tahlil va huquqiy yechim beramiz .

Download 291,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish