R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid
qilmaslik tamoyili 
ham mamlakat Konstitutsiyasida o ‘z ifodasini 
topgan.
Xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishdan yoki kuch bilan 
tahdid qilishdan voz kechish tam oyili tom onlarni boshqa 
davlatlarga qarshi bevosita yoki bilvosita kuch ishlatishni 
ifodalovchi har qanday harakatlardan o ‘zini tiyib turishini 
anglatadi. Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik 
to ‘g‘risidagi m asala ilk bor Ikkinchi jahon urushi yillarida 
yuzaga keldi va x a lq la rn in g u ru sh d a n keyin x alq aro
munosabatlarni adolatli asosda qurishga b o ig an intilishlari va 
umidlarini aks ettirdi. Bu obyektiv qonuniyat birinchi m arta 
x alq a ro h u q u q p rin sip ig a ay lan d i va BM T N izom ida 
mustahkamlab q o ‘yildi.
BMT Nizomining IV bo ‘lim 2-moddasiga asosan xalqaro 
huquq subyektlari kuch ishlatm aslik va kuch bilan tahdid 
qilmaslik prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatishini o ‘z zimmasiga 
oladilar. BMT Nizomidagi m e’yorga asosan qabul qilingan 
1970-yilgi xalqaro huquq prinsiplari to ‘g‘risidagi Deklaratsiya 
va X elsinki K en g ash in ing y ak u n lo v ch i h u jja tla ri kuch 
ish la tm a slik va kuch b ilan ta h d id so lm aslik p rin sip in i 
mazmunan boyitadi.
Kuch ishlatmaslik majburiyati barcha davlatlarga taalluq- 
lidir, chunki xalqaro xavfsizlik va tinchlikning saqlanishi, nafa- 
q at BM T ga a ’zo b o ‘lgan davlatlarga, balki barcha a ’zo 
bo‘lmagan davlatlarga ham ushbu tamoyilga amal qilishni shart 
qilib qo‘yadi. Biroq BMT Nizomining na 2-moddasida va na 
boshqa bandlarida davlatlar tomonidan shu tamoyilga asosan 
qanday faoliyat k o ‘rsatm asligi yoki ularg a qanday xatti- 
harakatning taqiqlanganligi aniq tavsiflab berilmagan.
BMT Nizomiga muvofiq, nafaqat qurolli kuchlarning, balki 
har qanday kuchning haq-huquqlariga qarshi qo‘llanilishi, ya’ni 
qurol ishlatm asdan qilinadigan zulm -zo‘rav o n lik lar ham 
taqiqlanadi. «Kuch» atam asiga alohida u rg ‘u berib, kuch 
ishlatishning tinchlikka o ‘ta katta xavf-tahdid solishini e’tirof 
etmoq lozim. Nizomning 2-modda, 4-bandida, avvalombor, 
qurolli kuch ishlatishning man etilganligi haqida so‘z boradi.
Y E X H T ning yakunlovchi hu jjatida a ’zo davlatlarning 
«boshqa a ’zo-davlatni majburlash maqsadida kuch ishlatish-
81 ’


ning barcha ko‘rinishlaridan tiyilishi», «har qanday iqtisodiy 
majburlash ta ’siridan o ‘zini tiyib turishi» kerakligi to ‘g‘ridan- 
to ‘g ‘ri k o ‘rsatib q o ‘yilgan. Bularning barchasi, shubhasiz, 
hozirgi zamon xalqaro huquq hujjatlari tomonidan har qanday 
k o ‘rinishdagi g‘ayriqonuniy kuch ishlatishni q a t’iyan man 
etilayotganligidan dalolat beradi. BMT Nizomining 42-47 va 
51-m oddalarida qurolli kuchni qonuniy ravishda q o ‘llash 
holatlari haqida, 41 va 50-moddalarida esa qurolsiz kuchlar- 
ning qonun doirasida qo'llanilishi haqida aytib o ‘tilgan. Bu 
m o d d a la rd a quyidagi u su lla r sanab o 'tila d i: « Iq tiso d iy
munosabatlar, temir yo‘l, dengiz, havo, pochta, telegraf, radio 
va boshqa aloqa vositalarini to ‘la yoki qisman uzib qo‘yish, 
diplomatik aloqalarni to ‘xtatib qo‘yish».
N izom da qu ro lli k u ch larn i d a v la tla r to m o n id an ikki 
holatdagina, ya’ni o ‘zini-o‘zi mudofaa qilish (51-modda) va 
BM T X avfsizlik K en g ash in in g q a ro rig a aso san , dunyo 
xavfsizligiga tahdid, tinchlik, sulh buzilgan yoki agressiya holat- 
larida (39 va 42-m.m) qonuniy ravishda q o ‘llash mumkinligi 
t a ’kidlanadi.
M a’lum davlatning o ‘zini-o‘zi mudofaa qilishi, shu davlatga 
qurol bilan bostirib kirilganidagina huquqiy asosga ega boiadi. 
Bir davlat boshqasiga qarshi iqtisodiy yoki siyosiy chora 
ko‘rganida, birinchi davlatga qarshi qurolli kuch ishlatish 51- 
moddaga binoan to ‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlangan.
Bunday vaziyatlarda yoki hatto qurol bilan davlat hududiga 
bostirib kirish holati namoyon bo'lganida, himoyalanuvchi 
davlat unga nisbatan teng o ‘lchov tamoyiliga amal qilgan holda 
javob tadbirini q o ‘llashi mumkin.
BMT Nizomi aniq majburiy choralarning to ‘la ro ‘yxatini 
o ‘zida ifodalamagan. Xavfsizlik Kengashi Nizomda maxsus 
sanab o ‘tilm agan boshqa ch o ra-tad b irla rn i ham k o ‘rishi 
mumkin.
Kuch ishlatmaslik tamoyili, eng avvalo, agressiv urushlar- 
ning taqiqlanishini ko‘zda tutadi. Chunki m a’lum bir davlat 
tomonidan qurolli kuch ishlatilishi, avvalo agressiv urush deb 
tan olinadi va xalqaro jinoyat sifatida davlatlarning xalqaro- 
huquqiy javobgarlikka tortilishiga, shuningdek, bunga aybdor 
shaxslarning xalqaro jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab 
b o ‘ladi.
Agressiya harakatlari Nyurnberg va Tokio xalqaro harbiy 
tribunallarining nizomlarida xalqaro jinoyatlar deb yuridik 
jih a td a n tasniflangan. U rushdan keyingi yillarda, ushbu
82


tam oyilning m azm uniga davlatlarning agressiv urushlarni 
tashviq qilmasliklari majburiyati ham kiritilgan.
Agressiya tushunchasidan tashqari xalqaro huquqda «qurolli 
hujum» tushunchasi ham e’tirof etilgan. H ar ikkala o ‘xshash 
holatda ham ularning oqibatlari turlicha talqin qilinadi. BMT 
Xavfsizlik Kengashining ta ’rificha, bevosita qurolli hujum bilan 
bog‘liq boim agan harakatlar agressiya deb nomlangan.
Ushbu tamoyilning mazmuniga 70-yillardan boshlab davlat­
larning kuch bilan tahdid solish yoki boshqa davlat chegara­
larini buzish maqsadida kuch ishlatish yoki bo‘lmasa hududiy 
ixtiloflar va davlat chegaralari bilan b o g iiq masalalarni hal 
etish vositasi sifatida kuch ishlatilishidan o ‘zini tiyishi lozimligi 
alohida kiritilgan.
K uch is h la tm a slik ta m o y ilin in g m a zm u n ig a k o ‘ra, 
xalqaro huquq m e’yorlarining buzilishi orqali boshqa davlat 
h u d u d la rin i b o sib o lish , k u ch is h la tis h b ila n b o g ‘liq 
repressaliya harakatlari man etiladi, shu jum ladan, uchinchi 
bir davlatga qarshi agressiyani amalga oshirmoqchi b o ‘lgan 
ikkinchi davlat ixtiyoriga foydalanish uchun o ‘z hududlarini 
berish, boshqa bir davlatdagi fuqarolar urushi yoki terroristik 
harakatlarda ishtirok etish yoki yordam k o ‘rsatish, gijgijlash 
uyushtirish, bir davlat hududiga bostirib kirish uchun qurolli 
to ‘dalar, m untazam kuchlar, yollanm a jan g ari guruhlarni 
tashkil etish yoki bunday harakatlarni rag‘batlantirish kabi- 
lar taqiqlanadi.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish