O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Devor to‘siqlarini montaj qilish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

9.1.6. Devor to‘siqlarini montaj qilish. 
 
Devor panellari butun bino karkasi va tom yopmasini yoki uning bir qismi 
montaj qilingandan keyin mustaqil montaj oqimida o‘rnatiladi. Tashqi devor 
panellari o‘lchamlari 1,2 va 1, 8 m balandlikda 6 va 12 m uzunlikda qabul qilingan.
Devor to‘siqlari odatda o‘zi yurar to‘g‘ri strelali gusenitsali yoki 
pnevmog‘ildirakli kranlar, guskali strelaga ega bo‘lgan yoki maxsus minora-strela 
bilan jihozlangan kranlar bilan bajariladi. Devor panellarni montaj qilishda 
gusenitsali kranlardan keng foydalaniladi, chunki ularning yurishi uchun yo‘llar 
oson tayyorlanadi.
Devor panellarini transport vositalaridan tushirish uchun va ularni 
kassetalarga joylashtirishda mustaqil krandan, avtomobil kranidan foydalaniladi. 
Kassetalarni bino bo‘ylab bir necha qatorda joylashtirish va shu bilan montaj 
zonasini kengaytirish oqilona deb hisoblanmaydi. Shuning uchun, agar devor 
balandligi bo‘yicha 12 ta panelni sig‘dirsa, u holda devorni montaji kranning bino 
uzunligi bo‘yicha 2-3 marta o‘tishi bilan amalga oshiriladi. 
Devor panellari Ustunlar orasidagi uchastkalarda binoning butun balandligi 
bo‘yicha montaj qilinadi. Panellarni tushirish va kassetalarga o‘rnatishda asosan 
avtokranlardan foydalaniladi. Bunda uzunligi 6m bo‘lgan panellarni stropovka 
qilish ikki shoxli stroplar bilan, 12 m uzunlikdagi panellar esa traversalar 
yordamida stropovka qilinadi. Montaj zonasining eni, devor panellarini yetkazib 
beradigan transport vositalari o‘tish yo‘lining eni, kran ishlash zonasining eni 
montaj ishlarining bajarilish texnologiyasiga, panellar joylashtirilgan 


417 
kassetalarning joylashish o‘rniga va boshqa shu kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Montaj ishlarini olib borish zonasiing eng kichik eniga shunday holda 
erishiladikim, bunda panellar joylashgan kassetalar kran va montaj qilinadigan 
devor orasiga joylashadi; bunda binoning butun balandligi bo‘yicha montaj 
ishlarini bajarish uchun kassetada yetarlicha panellarning bo‘lishi taqoza etiladi 
(9.12 rasm).
9.12. rasm. Konstruktsiyalarni turli xil qilib taxlashda tashqi devorlarni o‘rnatish: 
a – kassetalarning kran va devor orasida joylashgan holati; b – kassetlarning kran 
orqasiga joylashgan holati; v – kraning ikkita kasseta orasida joylashish holati; 1 – kran; 2 – 
devor panellari taxlangan kassetalar; 3 – tortqgichlar; 4 – stroplar; 5 – devor panellari; 6 – tom 
yopmasi plitalari; 7 – stropila fermalari; 8 – o‘rnatilgan devor panellari; 9 – Ustunlar; 10 – 
gidroko‘targichlar. 
Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan texnologiyaga ko‘ra montajchilar 
o‘rnatiladigan panellarni binoning ichki tomonidan turib to‘g‘irlashadi va 
mahkamlashadi. Agar binoning ichiga avtomobil bazasiga o‘rnatilgan 
ko‘targichlarning kira olish imkoniyati mavjud bo‘lsa, u holda montajchilarning 
ish joyida shunday ikkita ko‘targichlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Bu montajchilarga har bir panelni uni Ustun bilan biriktirish joyida qabul qilish 
imkonini beradi. Ko‘targichlar bo‘lmagan vaziyatlarda montajchilarning ish joyi 


418 
sifatida havozalar va kajavalarni (lyulka) qo‘llash mumkin. Bino ichiga 
avtoko‘targichlarni kiritishining iloji bo‘lmagan vaziyatlarda ishchi joy sifatida
o‘zi ko‘tariladigan kajavalardan foydalaniladi. 
Maxsus minora-strelali jihozga ega kranlardan foydalanilgan holda tashqi 
devor panellarni montaj qilish texnologiyasi keng qo‘llanilmoqda. Bunday 
jihozning qo‘llanilishining asosiy texnologik jihatlari qo‘yidagilardan iboratdir: 

yuk ko‘taruvchi kranni montaj maydonchasi bilan birlashishi; 

montaj maydonchasini vertikal (kran minorasi bo‘yicha 
yuqoriga va pastga) va gorizontal (minoradan devorga va aksincha 
devordan minoraga) yo‘nalish bo‘yicha ko‘chirish imkoniyati; 

o‘rnatiladigan panellarni kran va montaj qilinadigan devor 
orasida joylashgan kassetalarga taxlash; 

bino perimetri bo‘yicha eni 8,5 dan kam bo‘lmagan montaj 
zonasini tashkil etish. 
Tashqi panellarni o‘rnatishda nafaqat to‘suvchi panellarni aniq montaj qilish, 
balki ularning estetik funktsiyalari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababli 
choklarning zarur bo‘lgan o‘lchamlarini saqlash, ularni sifatli pardozlash, yuza 
tomonidagi qirralarining butun holatida saqlanishi lozimdir.
Montaj ishlarining aniq bajarishligini geodezik tekshiruvda qo‘yidagilar 
nazorat qilinadi: birinchi qator panellari uchun – panel pastki qirrasining o‘q 
belgilarining chiziqlari bilan mos tushishi; yonma-yon yoki ustma-ust o‘rnatilgan 
panellar qirralarining mos tushishi, o‘rnatilinadigan panellar qatori qirralarining 
vertikalligi. 
Gorizontal choklarni pardozlash yoki ularga tashqaridan germetik mastikani 
surtish, panellar orasidagi vertikal choklarni to‘ldirish uchun so‘rilar yoki 
ko‘tariladigan kajavalardan foydalanilib, ular bino oralig‘ining tashqi tomoniga 
montaj kranlari navbatdagi joyga o‘tqazilgandan keyin bo‘shagan joyga 
joylashtiriladi. 


419 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish