O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Ko‘p qavatli sanoat binolari konstruktsiyalarini



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
9.2. Ko‘p qavatli sanoat binolari konstruktsiyalarini 
montaj qilish 
9.2.1. Umumiy qoidalar 
 
Yig‘ma temirbeton konstruktsiyalar ko‘p qavatli sanoat va fuqaro binolari 
qurilishida qo‘llaniladi. Sanoat binolari uchun konstruktsiyalarning karkasli 
sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir, chunki u katta yuklamalarni qabul qilish 
imkonini beradi. Balandligi 17 qavatgacha bo‘lgan to‘liq yig‘ma turar-joy 
binolarida yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi yirik panelli elementlardan tashkil topgan 
karkassiz sistema qo‘llanadi.
Ko‘p qavatli sanoat binolarining yer usti qismi karkasi Ustunlar, rigellar, 
orayopma plitalar, osma devor panellari, zinapoya marshlari va maydonchalari, lift 
shaxtalari, bikr devorlardan tashkil topadi. Bunday binolarning hajmiy-rejaviy 
yechimi Ustun to‘rlarini 4,5 × 6 m dan 9 × 12 m gacha bo‘lishi nazarda tutiladi. 
Binolarning eni ko‘pincha 12; 18; 24 va 36 m bo‘ladi. Yuqori qavatlarda balandligi 
10,8 m gacha, oralig‘i binoning butun eniga yoki bir qismiga to‘g‘ri keladigan 
zallar ko‘zda tutiladi. Zarur bo‘lgan hollarda yuqori qavatlarga ko‘prikli kranlar 


422 
o‘rnatiladagan yechim bo‘lishi mumkin. Bino sektsiyalarining uzunligi 60 va 72 m 
ni tashkil etishi yoki sektsiyalarning Ustunlar qadamiga karrali bo‘lgan boshqa 
uzunlikdagi yechimlari ham qabul qilinishi mumkin.
Bino karkasida ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchakli (400 × 400 mm dan 400 
× 600 mm) Ustunlarning qo‘llanilishi nazarda tutiladi. Birinchi qavat Ustunlari 
poydevor stakanlariga 600 mm chuqurlikka kiritiladi, agar oraliq yopma plitalari 
rigellarning tokchalariga tayansa, Ustunlar stakanlarga 1000 mm ga kiritiladi, agar 
ora yopma plitalar rigellar ustiga yotqizilsa. Qavatining balandligi 3 va 3,3m 
bo‘lgan binolar uchun balandligi ikki yoki uch qavat kesimidagi Ustunlar qabul 
qilinadi, 3,6 m va 4,8 m balandlikka ega bo‘lgan qavatlar uchun esa balandligi ikki 
qavat kesimidagi Ustunlar, 6 m va undan yuqori balandlikka ega bo‘lgan qavatlar 
uchun balandligi bir qavat kesimidagi Ustunlar qabul qilinadi. Konsol usti sathiy 
belgisidan 1,8 m balandlikda joylashgan Ustun tutashmalari bikr bo‘ladi. Ustunlar 
o‘zaro bir-biriga po‘lat armaturalardan kesib olingan qo‘yilmalarni armaturalarning 
chiqib turgan qismlariga payvandlash orqali ulanadi. Tutashadigan Ustunlar 
orasidagi oraliq tirqish 40 mm ni tashkil etadi. Kam qavatli, asosan yordamchi 
vazifalarni bajaradigan binolar uchun balandligi bir qavat kesimidagi Ustunlar 
ishlatiladi. 
Oraliq yopma plitalari rigel tokchalariga tayanadigan binolar uchun 
mo‘ljallangan rigellar balandligi 800 mm va eni 650 mm bo‘lgan trapetsiyasimon 
ko‘ndalang kesimga ega bo‘ladi. Tom ora yopma plitalari rigel ustiga 
yotqiziladigan rigellar 800 × 300 mm li ko‘ndalang kesimga ega bo‘ladi. Rigel 
Ustun bilan ulardagi chiqib turgan armaturalarni vannali payvandlash orqali
shuningdek, rigel va Ustun konsolidagi qo‘yma payvandlash detallarini 
payvandlash orqali ham birlashtiriladi so‘ng tutashmalar beton aralashmasi bilan 
to‘ldirib yaxlitlanadi. 
Qavatlararo yopmalar Ustunlar orasiga o‘rnatiladigan eni 3000 va 1500 mm 
bo‘lgan asosiy plitalar va faqat Ustunlar chetki qatorlariga joylashtiriladigan eni 


423 
750 mm bo‘lgan to‘ldiruvchi plitalarni nazarda tutadi. Bino bo‘ylab Ustunlar o‘qi 
bo‘yicha joylashtiriladigan asosiy plitalar rigellardagi qo‘yma payvandlash 
detallariga payvandlanadi va ular bir-biri bilan o‘zaro bo‘ylama qovurg‘alarining 
yuqorisi bo‘yicha po‘lat qo‘yilmalar bilan payvandlab birlashtiriladi. To‘ldiruvchi 
plitalar Ustunlarning qo‘yma detallariga payvandlangan po‘lat stolchalarga ustiga 
o‘rnatiladi. Plitalar ushbu stolchalarga payvandlanadi va qo‘shni asosiy plitalar 
bilan ularning bo‘ylama qovurg‘alarning ustidan qo‘yilmalar yordamida 
payvandlanib birlashtiriladi. 
Tashqi devor panellari sifatida xuddi bir qavatli sanoat binolarida 
qo‘llanadigan uzunligi 6; 9 va 12 m, balandligi 1,2 va 1,8 m li panellar qabul 
qilinadi. Birinchi qavatning tsokolli panellari poydevor to‘sinlariga o‘rnatiladi. 
Navbatdagi qavatlarning panellari Ustunlardagi qo‘yma detallarga payvandlangan 
po‘lat stolchalarga tayanadi. O‘z-o‘zini ko‘taruvchi devor panellar varianti ham 
ko‘zda tutiladi.
Ko‘p qavatli sanoat binosining karkasini yig‘ish – Ustunlar, rigellar, bikrlik 
diafragmalari, bog‘lovchi va qavatlararo yopma plitalari montajini o‘zaro 
bog‘lagan jarayondir. Elementlar shunday ketma-ketlikda o‘rnatiladiki, bunda 
karkasning bikr va o‘zgarmas bo‘lishi ta’minlanadi. Har bir konkret vaziyatda 
montaj ketma-ketligi ishlarni bajarish loyihasi va montaj jihozlari jamlanmasi 
(komplekti) orqali aniqlanadi, bu jihozlar konstruktsiyalarini o‘rnatish va ularni 
loyihaviy holatga to‘g‘irlash uchun qo‘llanadi: yakka yoki guruhli moslamalarda 
o‘zini namoyon etadi (9.13, 9.14, 9.15-rasm).
Montaj jihozlari vositalaridan guruhli jihoz vositalari emas, balki ko‘proq 
individual montaj vositalaridan foydalanishadi, ular yordamida konstruktsiyalar 
loyihaviy holatga to‘g‘irlanadi va vaqtinchalik mahkamlanadi. Individual montaj 
vositalari majmuasi (komplekti) tarkibiga ponalar va ponali vkladishlar (tiqin 
qo‘yilmalar), xomutlar, tirgovuchlar va gorizontal tortqichlar, konduktorlar kiradi. 


424 
Guruhli vositalaridan farqliroq individual vositalar qo‘llanilishi bo‘yicha o‘zining 
ancha universalligi va oddiyligi bilan ajralib to‘radi.
9.13.rasm. Yakka konduktorlardan foydalanib, balandligi ikki qavat kesimidagi Ustunlar 
bilan bino karkasini montaj qilishning texnologik ketma-ketligi. 
9.14.rasm. Guruhli konduktorlardan foydalanib, balandligi ikki qavat kesimidagi Ustunlar 
bilan bino karkasini montaj qilishning texnologik ketma-ketligi. 
Yig‘ma konstruktsiyalar montaji uchun minorali, strelali va chorpoyali 
kranlar qo‘llanilishi mumkin. Minorali va strelali kranlar binoning bir tomoniga, 
ikki tomoniga yoki binoning ichkarisidagi o‘rta oraliqqa joylashtiriladi. Kranlarni 
(minorali va strelali) aralash joylashtirish shunday binolarda qo‘llaniladikim, 
ularning pastki yarusi Ustunlari eng og‘ir element bo‘lib massasi 10 t gacha 
bo‘ladi, karkasining qolgan elementlari 5t dan kam bo‘ladi. Bunday vaziyatda 
strelali kran birinchi yarus Ustunlarini montaj qilishni amalga oshirsa, qolgan 


425 
konstruktsiyalarni yuk ko‘taruvchanligi 5 t bo‘lgan minorali kran yordamida 
montaj qilish maqsadga muvofiqdir. 
Binoda ko‘p sonli og‘ir va yirik gabaritli texnologik jihozlar loyihalangan 
vaziyatlarda chorpoyali kranlardan foydalanish ancha oqilonadir, chunki bunday 
jihozlarni amalda boshqa tipdagi kranlar yordamida montaj qilib bo‘lmaydi. 
9.15 rasm. Rama-sharnirli indikatordan foydalanib, balandligi ikki qavat kesimidagi 
Ustunlar bilan bino karkasini montaj qilishning texnologik ketma-ketligi. 
Konstruktsiyalarni montajga tayyorlashda ularning geometrik o‘lchamlari, 
o‘q belgilari va nazorat qiluvchi o‘q chiziqlarining to‘g‘ri chizilganini, chiqib 
turgan armaturalarda deformatsiya va shikastlanganlikning yo‘qligini tekshirish 
talab etiladi.

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish