431
bo‘yicha to‘g‘irlanadi. Vertikal holatda turgan panelga bikrlik devori va Ustunning
qo‘yma payvandlash detallari payvandlanadi va faqat shundan keyin stropning
ilmog‘i bo‘shatiladi. Vaqtinchalik mahkamlash uchun montajli omonat
mahkamlash o‘rniga ba’zan uchburchakli Ustunchalardan foydalanishadi.
Karkas konstruktsiyalari qavatlar bo‘yicha montaj qilinadi. Dastlab rigellar
va bog‘lovchi plitalar o‘rnatiladi. Umuman ishlar xuddi pastki yarusni
yig‘ishdagidek tartibda bajariladi. Ayniqsa Ustunlarning
holati alohida nazorat
qilinadi, shuning uchun rigellar va bog‘lovchi plitalar o‘rnatilib, vaqtinchalik
mahkamlangandan keyin ham Ustun holatini takroran tasvirga olish (s’yomka
qilish) amalga oshiriladi. Bu tasvir natijalariga ko‘ra Ustunlarning tutashmalari va
rigellarning hamda bog‘lovchi plitalarning Ustunlar bilan tutashmalarni tugunlari
uzil-kesil payvandlanadi va faqat shundan keyin Ustunlardan yakka konduktorlar
yechib olinadi.
Bikrlik diafragmalari Ustunlarning tutashmalari uzil-kesil payvandlanib va
ular vaqtinchalik mahkamlash moslamalaridan ozod etilgandan keyin bikrlik
diafragmalari o‘rnatiladi. Rigellar ostida joylashgan bikrlik diafragmalari ularning
ustiga qo‘yiladigan rigellarni o‘rnatgunga qadar o‘z joylariga o‘rnatiladi.
Ularni
vaqtinchalik mahkamlashda Ustunlardan yechilgan gorizontal tirgaklardan
foydalaniladi.
Rigellar Ustunlarga Ustunlarning qo‘yma detallar qismi yoki chiqib turgan
armatura qismlarini va rigelning chiqib turgan armatura qismlarini payvandlash
orqali birlashtiriladi. Ustunlarning konsollari beton qoldiqlari va iflosliklardan
tozalanadi, Ustunlarning yon qirralariga o‘q belgisi chizig‘i chiziladi. Rigellarni
o‘rnatishda o‘q belgilari chiziqlarining
mos tushishi tekshiriladi, zarur bo‘lgan
hollarda tekislanadi, elementlar bir-birlari bilan elektr payvandlash yordamida
biriktiriladi. Rigellarning boshqa elementlar bilan tutashmalari montaj qilingan
yacheyka karkasi to‘liq to‘g‘irlangandan keyin to‘ldiriladi.
432
Ichki devorlar va pardevorlar bikrlik diafragmalari funktsiyasini bajaradi.
Temirbetondan
ishlangan
bunday
devorlar
Ustunlar
tutashmalari
payvandlangandan keyin, lekin rigellar va plitalar yotqizishidan oldin o‘rnatiladi,
chunki rigellar va plitalar mazkur devorlar ustiga joylashtiriladi (9.17
-
rasm).
Elementlar qorishmali to‘shamaga o‘rnatiladi, ularni loyihaviy holatga to‘g‘irlash
va vaqtinchalik mahkamlash uchun tirgaklar hamda strubtsinalardan foydalaniladi.
9.17. rasm. Rigelsiz bikrlik panellarini o‘rnatish:
a – panelni
qorishma ustiga tushirish; b – panellarni to‘g‘irlash va mahkamlash; 1 –
Ustun; 2 – panel; 3 – rigel; 4 – belgilovchi chiziqlar; 5 – qorishmadan to‘shama; 6 – qo‘yma
payvandlash detallari; 7 – reyka-shovun; 8 – montaj kursisi.
Do'stlaringiz bilan baham: